Научная статья на тему 'TARIXI YAMINIY” – AJDODLARIMIZ KECHMISHIGA DOIR MUHIM MANBA'

TARIXI YAMINIY” – AJDODLARIMIZ KECHMISHIGA DOIR MUHIM MANBA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
860
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Al-kitobu-l-Yaminiy” / “Al-Yaminiy” / “Siyratu-l-Yaminiy” / “Tarixu-l-Yaminiy” / “Tarixu-l-Utbiy” / “Tarixu Oli Sabuktakin” / “Tarixi Sabuktagin al-G‘aznaviy”. / "Al-kitabu-l-Yaminiy" / "Al-Yaminiy" / "Siyratu-l-Yaminiy" / "Tarikhu-l-Yaminiy" / "Tarikhu-l-Utbiy" / "Tarikhu Oli Sabuktakin" / “History of Sabuktagin al-Ghaznavi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abbosxon Abdullayev

Tarixga doir nodir qo‘lyozma manbalarni ilmiy tavsiflash, tarjima va tadqiq qilish manbashunoslik oldida turgan dolzarb ilmiy muammolardandir. Abunasr Muhammad ibn Abduljabbor Utbiyning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Tarixi Yaminiy” asari ana shunday nodir qulyozmalar sirasidan. Ushbu noyob asar Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi rejasiga muvofiq arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF YAMINI ”AN IMPORTANT SOURCE ABOUT THE PAST OF OUR ANCESTORS

The scientific description, translation, and study of rare historical manuscripts is one of the most pressing scientific problems facing source studies. Abunasr Muhammad ibn Abduljabbor Utbi's work "Tarihi Yaminiy" kept at the Institute of Oriental Studies named after Abu Rayhan Beruni of the Academy of Sciences of Uzbekistan is one of such rare manuscripts. This unique work has been translated from Arabic into Uzbek according to the plan of the Imam Termizi International Research Center.

Текст научной работы на тему «TARIXI YAMINIY” – AJDODLARIMIZ KECHMISHIGA DOIR MUHIM MANBA»

"TARIXI YAMINIY" - AJDODLARIMIZ KECHMISHIGA DOIR

MUHIM MANBA

Abbosxon Abdullayev, Imom Termiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Annotatsiya: Tarixga doir nodir qo'lyozma manbalarni ilmiy tavsiflash, tarjima va tadqiq qilish manbashunoslik oldida turgan dolzarb ilmiy muammolardandir. Abunasr Muhammad ibn Abduljabbor Utbiyning O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan "Tarixi Yaminiy" asari ana shunday nodir qulyozmalar sirasidan. Ushbu noyob asar Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi rejasiga muvofiq arab tilidan o'zbek tiliga tarjima qilindi.

Kalit so'zlar: "Al-kitobu-l-Yaminiy", "Al-Yaminiy", "Siyratu-l-Yaminiy", "Tarixu-l-Yaminiy", "Tarixu-l-Utbiy", "Tarixu Oli Sabuktakin", "Tarixi Sabuktagin al-G „aznaviy".

Аннотация: Научное описание, перевод и изучение редких рукописных источников по истории - одна из наиболее актуальных научных проблем, стоящих перед источниковедением. Одним из таких редких рукописей является труд Абунасра Мухаммада ибн Абдулджаббора Утби «Тарихи Яминий», хранящийся в Институте востоковедения имени Абу Райхана Беруни Академии наук Узбекистана. Этот уникальный труд был переведен с арабского на узбекский язык по плану Международного исследовательского центра имама Термизи.

Ключевые слова: «Аль-Китабу-ль-Яминий», «Аль-Яминий», «Сийрату-ль-Яминий», «Тариху-ль-Яминий», «Тариху-ль-Утбий», «Тариху Оли Сабуктакин», «История. Сабуктагина аль-Газнави ».

Abstarct: The scientific description, translation, and study of rare historical manuscripts is one of the most pressing scientific problems facing source studies. Abunasr Muhammad ibn Abduljabbor Utbi's work "Tarihi Yaminiy" kept at the Institute of Oriental Studies named after Abu Rayhan Beruni of the Academy of Sciences of Uzbekistan is one of such rare manuscripts. This unique work has been translated from Arabic into Uzbek according to the plan of the Imam Termizi International Research Center.

Keywords: "Al-kitabu-l-Yaminiy", "Al-Yaminiy", "Siyratu-l-Yaminiy", "Tarikhu-l-Yaminiy", "Tarikhu-l-Utbiy", "Tarikhu Oli Sabuktakin" , "History of Sabuktagin al-Ghaznavi".

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

"Al-kitobu-l-Yaminiy", "Al-Yaminiy", "Siyratu-l-Yaminiy", "Tarixu-l-Yaminiy", "Tarixu-l-Utbiy", "Tarixu Oli Sabuktakin", "Tarixi Sabuktagin al-G'aznaviy" singari nomlar bilan atalib kelgan ushbu asar Mas'ud ibn Mahmudning iltimosiga ko'ra yozilgan. Asar muallifi Utbiyning nasabi Basrani shaharga aylantirgan ulug' sahoba Utba ibn G'azvonga boradi. U odobining mukammalligi, nasr va nazmdagi mahoratiga ko'ra suvda buloqqa va o'tda chaqmoqqa tashbeh etilgan. U Ray shahrida tug'ilgan. Yoshligida Raydan ketib, Xurosonda tog'asi Abunasrning uyida turib tahsil oladi. Xuroson fuzalolaridan, omil (zakot yig'uvchi) va barid (xat tashuvchi) bo'lib ishlagan tog'asi bilan ota-boladek ahil yashaydi. Shu sababdan keyinchalik Abunasr taxallusini oladi.

Safarlar va sharoit bois Abulfath Bo'stiy bilan birga avval Abualiga, keyin Abumansur Sabukteginga kotib bo'lib ishlaydi. So'ngra Abulmuoliyga o'rinbosarlik, Qobus ibn Vashmkinga noiblik qiladi. Nishopurda istiqomat qilar ekan, adab ilmini o'rganishga qattiq kirishadi. "Latoifu-l-kitob", "Shuzuru-n-nasr min kalomi Abunnasr" va boshqa asarlarni yozadi. Utbiy mashhur asarlaridan "Tarixi Yaminiy"ni nasri musajja'da sulton Mahmudning o'g'li Mas'ud ibn Mahmudning iltimosiga ko'ra bitgan.

"Tarixi Yaminiy"da o'rta asrda yashab o'tgan podshohlar tarixi, o'sha davrda Markaziy Osiyoda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy jarayonlar bayon etilgan. Xususan, unda Mahmud G'aznaviy va uning otasi Sabukteginning faoliyati yoritilgan. Mahmud ibn Sabuktegin milodiy 971-1030-yillarda abbosiylar xalifaligi davrida yashagan va 998-yildan 1030-yilgacha g'aznaviylar davlatini boshqargan. Abulqosim Mahmud ibn Sabuktegin "Sayfu-d-davla" - davlat qilichi, "Yaminu-d-davla" - davlatning o'ng qo'li, "Aminu-l-milla" - millatning omonatdori, "Al-G'oziy" - g'azotchi, "Batalu-l-Islom" - Islom pahlavoni, "Muhattimu-l-asnom" -but-sanamlarni parchalovchi, "Yaminu amiru-l-mu'minin" - xalifaning o'ng qo'li kabi nisbalar bilan mashhur bo'lgan.

Mahmud G'aznaviyning otasi harbiy qo'mondon Sabuktegin Buxoroda tug'ilgan. Shu sababdan shoirlar uni "Zabulistonlik Sabuktegin" deb atashgan. Mahmudning onasi esa forslardan edi. Bobosi Alptegin ham harbiy etakchi bo'lgan. Milodiy 994-yilda somoniylar itoatsiz Xurosonni Sabuktegin boshchiligidagi qo'shin bilan zabt etadi. Ushbu harakatlari tufayli Somoniylar Sabukteginni "Nosirud-din va-d-davla" unvoni bilan siylagan. U yoshlik chog'idanoq davlatni boshqargan.

Sabuktegin vafotidan keyin uning vasiyatiga binoan kichik o'g'li Ismoil hokimiyat tepasiga keldi. Ammo bu lavozimga Nishopurda lashkarboshi vazifasini bajarayotgan Mahmud G'aznaviy undan haqliroq edi. Chunki uning yoshi Ismoildan katta, shuning bilan birga, tajribali va ziyrak edi. Shu sabab u Ismoildan hokimiyatni

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

tark qilishni so'raydi. U ko'nmagach, bahorning boshlarida Mahmud G'aznaviy Ismoilga qarshi qo'shin tortib, uni mag'lubiyatga uchratadi. Ismoil Hisnga chekinishga majbur bo'ladi. Biroq itoatsizligi tufayli etti oydan so'ng qatl etiladi.

"Tarixi Yaminiy"da yozilishicha, Mahmud G'aznaviy o'z hukmronligi davrida ilm-fan rivojiga katta ahamiyat bergan. U G'aznani ilm-fan markaziga aylantirish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Uning davrida ko'pchilik olimlar va shoirlar yashab, ijod qilgan. Jumladan, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abulfath Bustiy, Firdavsiy, Asjudiy, Bayhaqiy, Manuchehriy, Faraxiy, Daqiqiy, Unsuriy, Kisoiy va boshqalar.

Mahmud G'aznaviy davlat boshqaruvini yaxshi olib borgani sabab, qisqa vaqt ichida uning davlati taraqqiyotning yuqori cho'qqilariga yuksaladi. Uning dastlabki amalga oshirgan maqtovga loyiq ishi amirlikni tezda qo'lga olib, shimoldagi qo'shnisi bo'lmish qoraxoniylar bilan sulh tuzish bo'lgan. Ushbu sulhdan keyin u Hindlarga qarshi jang olib bordi. Bu urush milodiy 1001 yildan boshlanib 1027 yilgacha davom etdi. Hind viloyatlari va shaharlariga qarshi o'n ettita jang o'tkazdi. Bu vaqt mobaynida urush alangasi o'chmagan, poydevoriga darz ketgan somoniylar davlatini ham qo'lga kiritdi. Natijada uning davlati G'aznadan boshlanib Buxorogacha, keyin shimoliy-g'arbda joylashgan: Kashmir, Tabariston, Xuroson va Sijistondan Movarounnahrgacha, ikkinchi tomondan Afg'oniston, Kunuj, Kujiston va Samarqandgacha bo'lgan hududlarni qamrab olgan edi. Mahmud G'aznaviy 1030 yil (421 hijriy)da vafot etdi. Oradan bir oz vaqt o'tib, u tuzgan davlat saljuqiylar qo'liga o'tdi va o'z nihoyasiga etdi.

Mahmud G'aznaviyning urush maydoniga kirishdan maqsadi uchta edi. Birinchisi va ahamiyatlisi bu - Islom dinini yoyish, ikkinchisi - g'aznaviy askarlar sonini ko'paytirish, oxirgisi - o'lja yig'ish. Sulton Mahmud G'aznaviy dastlab 1000 yil sentabr oyida Hindistonga yurish qildiva bu mamlakatning bir qancha qal'alarini boshqardi. Ikkinchi hujumida o'n besh ming otliqdan tashkil topgan askar bilan chiqdi. Bu urush 1001 yil 27 noyabrda bo'lib o'tdi hamda g'alaba bilan yakunlandi. Natijada oldingi safar qo'lga kirita olmagan Baxtiyo o'lkasini ham zabt etdi. Bu engilmas o'lkani Bojiroy boshqarar edi. Bojiroy mag'lub bo'lgach, Baxtiyo g'aznaviylar qo'liga o'tdi. 1006 yili Mahmud G'aznaviyning to'rtinchi hamlasi Botiniya harakatining etakchisi Abdulfotih Dovudga qarshi bo'ldi. SHu orada Mo'lton va Panjob ishg'ol etildi. Mahmud G'aznaviy SHimolda qoraxoniylar bilan jang olib borayotgan kezda, bir oz vaqt ushlanib qolganidan foydalanib, Mo'lton hokimi Subhon o'zining eski dini Hindusiya diniga qaytdi. 1008 yili bu mash'um voqeadan xabar topgan Mahmud G'aznaviy Mo'ltonni ikkinchi marta o'z hukmiga bo'ysundirdi. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga oltinchi hujumi 1008 yil 31 dekabrda Panjob atrofidagi islomni tark etgan Rajo amirliklariga qarshi bo'ldi. Bu hujum sentyabr oyida o'z nihoyasiga etdi. Hindistonga ettinchi marta yurish qilishi

savdo-sotiq ishlarini yo'lga qo'yish va o'rnatish uchun edi. Sakkizinchi marta 1010 yil oktyabr oyida yurish qilib, g'alabaga erishdi.

Bundan tashqari, u Dehlidan 150 km uzoqda joylashgan, hindlar uchun muqaddas hisoblangan Zonvar shahriga hujumlar uyushtirdi. Bu shaharda butlar ko'p bo'lib, ularning eng kattasi va ahamiyatlisi SHaksor Fomi deb atalar edi. 1014 yili g'alabani qo'lga kiritgach, shu butni aholiga ko'rsatish maqsadida G'aznaga olib keltirdi. 1015 yilgi o'n birinchi va 1018-yilgi o'n ikkinchi hujumda u askar sonini ko'paytirish maqsadida Turkistondan yigirma ming odam ixtiyoriy ravishda qo'shib oldi. SHundan keyin Mahmud G'aznaviy hujumini hech bir kuch qaytara olmadi va uning erlari Hindistonning Agra shahrigacha etib bordi. Mahmud g'alabalari bois SHimoliy Hindistonda islom dini keng yoyildi.

Sulton Mahmud 1021 yili o'n to'rtinchi yurishni boshlab, avvallari bo'ysundira olmagan Kashmirga yuzlandi. Ammo qish qattiq sovuq bo'lgani uchun Lukhut qal'asini qo'lga kirita olmadi. Qalinjor qal'asi amirini mag'lub etgan bo'lsa-da, lekin u G'aznaviyga to'liq itoat etmagan edi. 1022 yili o'n beshinchi yurishda ham sulton uni to'liq bo'ysundira olmay, jizya bilan kifoyalandi. O'n oltinchi yurishi tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, 1026 yilgi qattiq qamaldan so'ng Sumanot g'aznaviylar qo'liga o'tdi. Sulton ular nazdida muqaddas sanalgan SHayfo sanamini yo'q qilib, ibodatxonasiga azon ayttirdi. YAkuniy o'n ettinchi hujumidan qaytayotganda unga Jotiyinlar hujum qiladi. Ammo Mahmud G'aznaviy ularni mag'lub qilib, Ganj daryosigacha bosib oldi va Hindistonda uzoq vaqt davom etgan turklar saltanatining asoschisi bo'lib qoldi.

Mo'lton g'azoti

Sulton Mahmud Mo'ltonga yurish qilishining sababi shuki, uning hokimi Abulfutuh mulhid edi. U xalqini xudosizlikka chaqirdi va ular qabul qilishdi. Lekin Sayhun daryosining toshqini sultonning Mo'ltonga o'tishiga yo'l qo'ymadi. Andbolga maktub yozib, uning mamlakati orqali Mo'ltonga borishiga izn so'radi. Andbol bunga rozi bo'lmadi. SHundan keyin sulton dastlab Andbolning shaharlarini bosib oldi va shu ketishda Kashmir chegarasigacha bordi. Bu voqealarni eshitgan Abulfutuhning qalbiga qo'rquv tushdi. G'aznaviy bilan jang qila olmasligini bildi va mollarini Sarandebga1 jo'natdi.

Mo'ltonga etib borgan Sulton Mahmud ularni qamal qildi. Ular shahar darvozasini ochib berishdi. Itoatsizlik qilganlari uchun sulton ularga yigirma ming tanga jarima soldi.

Siyistonning bo'ysundirilishi

Saforiyinlar davrida Siyistonda hokimiyat kursisi ustida tortishuvlar bo'lib turdi. Mahmud G'aznaviy 1002 yili noyabr oyida yo'lga tushib, 21 dekabrda ularni xalifalikka bo'ysundirdi. 1004 yilda xalifa mashvarat o'tkazayotgan vaqtda bir guruh

1 CapaHfle6: WupM^aHKagam 6wp opo^.

qo'zg'olonchilar unga qarshi bosh ko'tardi. Sulton qo'zg'olonni bostirdi va ukasi Nasrni o'sha mamlakatga hokim etib tayinladi.

Xorazmga hukmron bo'lishi Mahmud G'aznaviy Xorazmga hukmron bo'lishni xohlar edi. 1017 yili u Xorazm hokimi bilan tinchlik bitimini tuzgach, ushbu istagi amalga oshib, bu o'lkaga egalik qildi. Juma namozi xutbasida G'aznaviy ismi tilga olinadigan bo'ldi. Xorazm beklari orasidagi kelishilmovchiliklar bois 1017 yil 17 martda qoraxoniylar taxtga hukmron bo'lishga harakat qilishdi. G'aznaviy o'sha yili 3 iyul kuni qo'zg'olonchilarni mag'lub etib, ko'hna Gurganjga kirib bordi. Natijada qoraxoniylar uning hukmronligini qabul qilishga majbur bo'ldi.

G'o'rga egalik qilishi Muhammad SHahobiddin G'o'riy Subuktegin vafotidan so'ng g'aznaviylarga itoat qilishdan bosh tortdi. Holbuki, G'o'r viloyati oldindan g'aznaviylarga bo'ysunar edi. Bu mamlakat Mandish deb ham atalgan. Sulton Mahmud 1011 yili bu erni yana g'aznaviylar saltanati tarkibiga kiritish uchun yurish qildi. Bundan xabar topgan g'o'rliklar g'aznaviylarni mag'lub qila olmasliklarini va o'zlari ziyon ko'rishlarini yaxshi bilgani uchun tog'u toshlarga yashirinib oldi. Mahmud G'aznaviy muttasil hujumlar uyushtirib turdi va 1020 yili o'g'li Mas'udni yuborib, G'o'r o'lkasini to'liq, bus- butunicha bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi.

Gurjistonga hukmdor bo'lishi Mahmud G'aznaviy 999-yili Gurjiston hokimiga elchi yuborib, undan G'aznaviy davlatiga qo'shilishini talab qildi. Kurjiston hokimi sultonning taklifini qabul qildi va xutbani G'aznaviy nomiga o'qitdi. G'o'r hokimi almashgach, yangi hokim G'aznaviyning qudratini ham, ustunligini ham tan olmadi. Buni bilgan Sulton Mahmud eng sara sarkardalarini bosh qilib, qo'shin yubordi. Ular bilan Gurjistonga egalik qildi, shu muvaffaqiyatli hujumlarning natijasi o'laroq, 1012 yili Gurjiston to'lig'icha g'aznaviylar hukmronligi ostiga o'tdi. G'aznaviylarga bo'yin egmagan o'sha hokim 1015-1016-chi yillari zindonda vafot etdi. Iylakxonning Xurosonga ega bo'lishga urinishi

Xuroson mulki Sulton Mahmudga, Movarounnahr Iylakxonga muqarrar bo'lgach, ikkalasi sulh tuzdi va saltanat ishlari joy-joyiga o'rnashdi. Sulton Mahmudni yomon ko'rishini yashirgan Iylakxon u Mo'ltonga ketgach, 396 hijriy sanada og'asi Ja'fartegin ildam sarkardalaridan Saboshiteginni lashkar bilan Balxga yubordi. Sulton Mahmud Arslon Jozibni o'zi qaytib kelguniga qadar hokim etib tayinlagan, biron qo'shin hujum qilib qolsa, G'aznaga borib turishini maslahat bergan edi. Unga Iylakxon qo'shinining xabari etgach, G'aznaga ketdi. Saboshitegin shu vaqtning o'zida Hirotga egalik qildi, unda joylashib oldi va Nishopurni bo'ysundirish uchun odam jo'natdi.

Scientific Journal Impact Factor

Hindistondan chiqib, Xuroson tomon yo'l olgan Sulton Mahmud askarlarini kuchaytirish uchun ularga mollar ulashdi, turk qabilalaridan jangchilarni yig'di, Iylakxonning ukasi egallab turgan Balxga qarab yurdi va uni qaytarib oldi. Ja'fartegin Termizga qochdi. Sulton Mahmud qo'shinini Hirotga jo'natdi. Saboshitegin qochib, daryodan o'tish uchun Marvga bordi. U qarshisidan chiqqan Turkman lashkarlarini mag'lub etib, ulardan ko'pchilikni o'ldirdi. Keyin Abivard tomon yurdi, Sulton Mahmud Saboshiteginni Jurjonga etkuniga qadar quvishda davom etdi. Jurjon aholisi Saboshiteginni shahardan quvib soldi. U Xurosonga qaytdi. SHu erda Sulton Mahmud uning ukasini asir oldi, lekin uning o'zi qochib qoldi.

O'sha kezda Iylakxon Mahmudni Saboshiteginni quvishdan chalg'itish maqsadida ukasi Ja'farteginni Balxga jo'natdi. Lekin Mahmud bunga parvo qilmadi va Saboshitegin Xurosondan chiqib ketguniga qadar uni ta'qib etdi. Keyin Sulton Mahmud Balxga qaytib, Ja'fartegin bilan urishdi va uni mag'lub qildi. Xuroson unga taslim bo'ldi.

Iylakxon Xurosonni bosib olish niyatidan to'xtamadi. U bilan Xatan podshohi Qadrxon ibn Bo'g'roxon orasida qarindoshchilik bor edi, unga odam yubordi. Qadrxon Iylakxon tomon keldi, ikkisi birlashib, daryo kechib, Xurosonga o'tishdi. Sulton Mahmud Tahoristonda bo'lganda, bu hujumning xabari unga etib bordi. Mahmud Balxga ulardan avval etib keldi va urushga tayyorgarlik ko 'rdi. U turklar, Xalich, Hind, Afg'on va G'aznaviy jangchilarni to'pladi. Balxga borib, urushga qulay, keng joyda janga tayyor bo'lib turdi.

Iylakxon bilan Qadrxon ham etib kelishdi. Sulton Mahmud qo'shini bilan kechgacha jang qilishdi. Urush ikkinchi kuni ham davom etdi. SHunda Sulton Mahmud g'alaba qozonishni so'rab, Alloh taologa iltijo qildi va g'olib bo'ldi. Iylakxonni mag'lub etib, ortga qaytardi.

Qusdor g'azoti

Mahmud G'aznaviy Qusdor podshosi bilan sulh tuzib, muayyan molni belgilangan vaqtda berib turishiga kelishib olgan edi. Lekin Qusdor podshosi shahar qo'rg'onini mustahkam bilib, mol berishdan to'xtadi. Undan tashqari, Iylakxon bilan do'stlashib oldi. Buni bilgan Sulton Mahmud u tomon yurishga qaror qildi. Lekin u erga borishidan oldin Iylakxon bilan Qusdor podshosi orasida tushunmovchilik kelib chiqdi va kelishuvlar to'xtadi. Sulton Mahmud 408 hijriy yili Qusdorga jo'nab ketdi. U jumodul avval oyida G'aznadan chiqib, Hirotga shaharsozlikka borishini e'lon qildi. Lekin yo'lini tezda Qusdor tomon o'zgartirdi. Sulton Qusdorni bir kechada o'rab oldi va hamma tarafdan qamal qildi. Qusdor podshosi shaharning qamal qilinganini bilgach, shu zahoti taslim bo'ldi. Sulton Mahmud undan yig'ilib qolgan mollarni undirib oldi, lekin podshosini shaharga hokim qilib qoldirdi.

Sulton Mahmudning Baydo bilan urushi

Scientific Journal Impact Factor

Mahmud G'aznaviy Hind viloyatlaridan biri, Qunujni bosib olgach, uning podshosi Roy qochib ketdi. SHu vaqtning o'zida Kujuroha podshosi Baydo unga odam yuborib, mamlakatini musulmonlarga tashlab qochgani uchun malomat qildi, kamsitdi. Natijada ikkisi orasida ziddiyat paydo bo'lib, jang qilishdi. Jangda Qunuj shohi va ko'pchilik askari o'ldirildi. SHundan so'ng Baydo Sulton Mahmuddan qochgan hindularni mag'lub etib, o'zining qaramog'iga oldi, shaharlarini o'zlariga qaytarishga va'da berdi. Bundan g'azablangan Sulton Mahmud Baydo bilan urushib, uni mag'lub qildi va undan o'lja olib, G'aznaga qaytib keldi.

G'aznaviy Ganj daryosidan kechib o'tib, yo'lida davom etdi. Unga Taruchandbol deb ataluvchi podshohning xabari etib keldi. Sulton Mahmud u tomonga bordi. Ikkalasi daryoning ikki tomonidan kelib uchrashdi va G'aznaviy Taruchandbolni mag'lub qildi. Taruchandbol omonlik so'radi. Lekin sulton omonlik berishi uchun iymon keltirishni shart qildi. U Baydoga qochdi. Yo'lda o'zi bilan borayotgan hindular uni o'ldirdi. Natijada Hind podshohlaridan ko'pchiligi Sulton Mahmudga maktub yo'llab, unga itoat qilishlarini bildirdi.

Mahmud G'aznaviy shundan keyin Boray shahriga yurish qildi va uni buzib tashladi. U qaytadan Baydoni izlay boshladi. Baydoning o'zi kelib qoldi, ikkisi daryo yaqinida qattiq jang qildi. Baydoning lashkarida bir yuz ellik ming otliq, bir yuz sakson besh ming piyoda askar, bir yuz etmish fil bor edi. Jang shiddatli kechdi. Ikkinchi kuni Sulton Mahmud Baydoning askarlari har tomon to'zib qochayotganini ko'rdi. Ular mol va qurollarini tashlab, mamlakat bo'ylab tarqalib ketdi. Sulton Mahmud o'ljalarni yig'ib olib, Baydo askarlarining oldini kesib chiqdi va ularning ko'pini o'ldirdi. Ammo Baydo qochib qutulib ketdi.

Sulton Mahmud birinchi Abbos va Molik Ay bilan

Mahmud G'aznaviy 998 hijriyda ukasi Ismoil bilan mashg'ul bo'lib turgan bir paytda, somoniylar Xurosonni bosib olishga o'tishdi. SHu fursatda ikkinchi Mansur bosib olgan Xurosonni Mahmud G'aznaviyga qaytarib bermasligini e'lon qildi. Buni eshitgan Sulton Mahmud Nishopur tomonga bordi. U Xuroson hokimi Bektuzunga hujum qilishga qiziqmadi ham. CHunki ikkinchi Mansur unga yordam berish uchun katta kuch bilan kelgan edi. Sulton Mahmud payt poylab, Movarounnahrdan yaqinlashib qolgan qaraxoniylarni kutib turishga qaror qildi.

Bektuzun bilan Foiq ikkinchi Mansurga ishonmagani bois uni taxtdan tushirishdi. Uning o'rniga kichik yoshda bo'lgan Abdulmalik ibn Nuhni qo'yishdi.

Mahmud G'aznaviy 999 yil 16 mayda Bektuzun, Foiq va Abulqosim ibn Saymjur kelishuvini bekor qilib, Xurosonga hukmini qaytadan o'tkazdi va unga ukasi Nasrni hokim qilib tayinladi.

Fursatdan foydalangan qoraxoniylar kuchsizlangan somoniylarni mag'lub etishdi. Natijada ular hech qanday davlatga qaram bo'lmay qoldi.

Sulton Mahmudning qaraxoniylar bilan bo'lgan jangi

Scientific Journal Impact Factor

Qoraxoniylar bilan g'aznaviylar munosabati o'zaro do'stlikka asoslangan bo'lib, Mahmud G'aznaviy qizini 1001 yili Nosir ibn Aliga uzatgandan keyin ancha barqaror tus oldi. Ammo bu do'stona munosabatlar Nosir ibn Alining somoniylar davlatiga to'liq egalik qilishga intilishi sabab, ko'pga cho'zilmadi. G'aznaviyning Hindistonga yurishi davom etayotgan kezda ibn Ali Xurosonga qo'shin jo'natdi. Bu xabarni eshitgan G'aznaviy qo'shinini Xalij, Afg'on jangchilari bilan kuchaytirdi va 1006 yil sentyabr-oktyabr oylarida ibn Alining qo'shinini shahardan uzoqqa uloqtirdi. Ammo ibn Ali qaytib ketmadi. 1008 yil 5 noyabrda Balxga yigirma kilometr kirib bordi va natijada ikki qo'shin bir-biri bilan to'qnashdi. G'aznaviylar qo'shinining old qismida fillar bo'lgani uchun qoraxoniylar ularga hujum qila olmadi. Qayta-qayta to'qnashuv sababli qoraxoniylar quvvatsizlanib qoldi. Bu urush qlraxoniylarning Xurosonga egalik qilish uchun qilgan oxirgi katta orzulari edi.

Qoraxoniylar o'rtasida o'zaro taxt talashuv avjga chiqdi. Holbuki, taxtni Abumansur Arslonxon egallab bo'lgan edi. U Mahmud G'aznaviy bilan murosa qilmadi. Ammo YUsuf Qodirxon taxt uchun qayta kurash olib bordi, G'aznaviydan yordam berishini so'radi. G'aznaviy Hindda jang qilib yurgan bir vaqtda, hokimiyat talashib yurganlar Xurosonga egalik qilish payti keldi, deb o'ylashdi. Ikkisi qoraxoniylardan iborat qo'shin to'pladi. G'aznaviy ming o'n to'qqiz va ming yigirmanchi yillarda u qo'shinni mag'lubiyatga uchratib, Hindistonga qaytib ketdi.

Abumansur YUsuf Qodirxon bilan taxt talashishda davom etdi., YUsuf Qodirxon G'aznaviydan og'asiga qarshi qayta yordam berishini so'radi. Lekin bu safar uning talabi qabul qilinmadi. G'aznaviy Samarqandda taxt talashuvchilarga qarshi turib, 1025 yili ularning orasini kelishuv orqali isloh qildi. Bu ahvolni bilgan YUsufxon qochib ketdi. SHunday qilib, qoraxoniylar o'rtasidagi uzluksiz davom etgan nizo nihoyasiga etdi.

Sulton Mahmudning o'g'uz bilan bo'lgan janglari

O'g'uz turkmanlardan iborat bir elat bo'lib, bular to'rt ming o'tovdan tashkil topgan. Ular Arslon YObg'uning izdoshlari bo'lib, Sulton Mahmuddan Movarounnahr o'rniga Xurosondan o'tishni iltimos qilishdi. G'aznaviy bu ko'p sonli xalqdan harbiy qo'shin yig'ishda foydalanish mumkinligini o'ylab, Tus hokimi Arslon Jozib bunga qarshi bo'lishiga qaramay, ularning Amudaryodan kechib o'tishlariga ruxsat berdi. Lekin o'g'uzlar oyoqlari etgan shaharlarni talon-toroj qilib ketishar edilar. 1028 yili o'troq xalq ushbu ko'chmanchi ochofatlar yomonligidan sulton Mahmudga arz qildi. Sulton Mahmud Arslon Jozibni o'g'uzga jo'natdi. Ammo Arslon Jozib muammoni hal qila olmadi. Arslonni noqulay ahvolga solib qo'yganidan O'g'uzning urush salohiyati viloyat qo'shinlaridan ustun ekani bilindi. Ular bilan Sulton Mahmudning aynan o'zi jang qilishi uchun chaqirildi.

1028 yili Mahmud G'aznaviy bemor bo'lishiga qaramay, Tus tomon yurish qildi. Arslon Jozib askarlari bilan birga o'g'uzlarni mag'lubiyatga uchratdi. Bu jan g

Scientific Journal Impact Factor

maydonida o'g'uzlaming ko'pchiligi o'idirildi, ammo qolganlarining bir qismi tog'larda va boshqalari Kirmonga yashirinib, jon saqlashdi. SHunday qilib, mamlakatga ichki va tashqi tomondan o'g'uz aralashuvi nihoyasiga etdi.

Sulton Mahmudning zayyoriylar bilan bo'lgan janglari

G'aznaviylar va Tabariston hamda Jurjoniyani boshqarayotgan zayyoriylarning o'rtasida juda yaxshi aloqa o'rnatilgan edi. 1012 yili askarlar qo'zg'olon qilishdi va Qobus ibn Vashmgir taxtdan tushirilib, o'rni bo'sh qoldi. Holbuki, Falakulmoliy deb atalmish Qobus ibn Vashmgirning ukasi unga qarshi chiqqan. Uni Mahmud G'aznaviy quvvatlagan va mamlakatidan panoh bergan edi. Qobusga ukasi Doro G'aznaviy mamlakatiga borish uchun uyidan chiqqani xabari etgach, u hokimiyat tepasida qolish uchun zudlik bilan G'aznaviyga bo'ysunishini e'ion qildi. Har yili 50 ming dinor jizya berishiga kelishildi. U ba'zan G'aznaviyga askardan ham qarashib turar edi. G'aznaviy Rayga hukmron bo'lgach, Qobus o'z mamlakatini qattiq xatar kutmoqda, deb o'yladi. Mamlakatini himoya qilish uchun G'aznaviyning yo'lini to'sish kerak, degan to'xtamga keldi. 1029 yilm besh yuz ming dinor jizya muqobilida sulh tuzdi. Qobus vafot qilgach, uning o'g'li Anushirvon hokimiyat tepasiga keldi, uni g'aznaviylar besh yuz ming dinor berishiga iqror qilishdi.

Sulton Mahmudning buvayhiylar bilan bo'lib o'tgan jangi

Sulton Mahmudning buvayhiylar bilan o'zaro munosabati 1012 yilgacha o'zaro do'stlik asosiga qurilgan edi. O'sha yili taxt janjali boshlangach, G'aznaviy ushbu fursatni qo'ldan boy bermadi. Haqiqatan, Abulfavoris Mahmud G'aznaviydan Buvayhiya saltanatini boshqarishi uchun yordam berishini so'radi. Bu so'rovga javoban Sulton Mahmud uni Kirmonga qayta hokim qilib qo'ydi. Bir oz vaqt o'tgach, SHerozga hokimlik qilib turgan Abulfavoris bilan G'aznaviya harbiy quchlari boshida turgan Abusaidning aloqalari buzildi. SHunga asosan G'aznaviy Abulfavorisga yordam berishdan qo'l tortdi. Abulfavoris mag'lub bo'lib, g'aznaviy askarlardan Kirmonga qochdi.

Ikkinchi tomonda Ray hokimi 1028 yili Buvayhiya hokimlariga qarshi G'aznaviydan yordam so'radi. CHunki u askariga ishonolmas edi. G'aznaviy ushbu iltimosni qabul qildi va 1029 yili uni Ray hokimligiga qaytardi.

Ray g'azoti

Ray Buvayhiya davlati tarkibiga kirar va unga Majduddavla ibn Faxruddavla hokimlik qilar edi. U fisqu-fasodga berilgan bo'lib, davlatni yaxshi idora qila olmadi. SHuning uchun ham davlatni onasi boshqarar edi. Onasi vafot etgach, mamlakatda vaziyat yomonlashib bordi. 420 hijriy sanada Sulton Mahmudga maktub yuborib, mamlakatda vaziyat qaltisligini ma'lum qildi va undan najot so'radi. Sulton askarlarini Rayga jo'natdi. Majduddavla ularga etib borganda, qo'lga olindi. Sulton Mahmudning buyrug'iga ko'ra uni asir qilib, G'aznaga olib ketildi. Majduddavla qo'lga olingach, 4020 yil rabi'u-l-oxir oyida sulton Rayga etib bordi, Majduddavla

Scientific Journal Impact Factor

boyligidan bir million dirham, qimatbaho toshlardan yarim milion dirhamga teng mablag'ni oldi.

Sulton Mahmud etib kelgach, Majduddavladan "SHohnoma" va "Tarixi Tabariy"ni o'qimaganmi yoki yo'qligini so'raydi. U o'qiganini aytadi. Sulton: "Tarixni o'qiganning ahvoliga qara, shaxmat o'ynamaganmisan?" - deydi. U shaxmat o'ynaganini aytadi. Sulton Mahmud: "SHaxmat o'ynagan bo'lsang, shohning shohga kirganini ko'rganmisan?" - deydi. U: "Yo'q", - deb javob beradi. Sulton: "Qudratli hukmdorga o'zingni topshirib qo'yishga seni kim majburladi?"-deb so'raydi. SHundan so'ng Majduddavlaga o'xshagan botiniya etakchilarining aksarini dorga hukm qiladi. Falsafa va munajjimlikka oid kitoblarni o'tga yoqishni amr etadi. Keyin avvalroq qochib qutulib ketgan Manuchehr ibn Qobusni izlab ketadi. Manuchehrning o'limiga qadar uni ta'qib qildi. Uning o'g'li Anushirvon hokim bo'lgach, xutbani Jibolning barcha shaharlaridan to Armaniyagacha Sulton Mahmud nomiga o'qitdi. G'aznaviy o'g'li Mas'udni Rayga hokim qilib qo'ydi va o'zi Alouddin hokimlik qilayotgan Isfahonga jo'nab ketdi. Uni bosib oldi va bir kishini u erga hokim qilib qo'ydi. Xalq qo'zg'olon qilib, hokimni o'ldirgach, u erga qaytib borib, aholisidan besh ming kishini qatl ettirdi va unga yangi hokim qo'ydi. Keyin Rayga qaytib, u erda istiqomat qildi.

Sulton Mahmudning Afg'on bilan urushlari

Afg'onlar G'azna va Sind oralig'idagi tog'larda yashar edi. Ular vaqti-vaqti bilan qaroqchilik qilib, Xuroson va Hind orasida borib-keladigan karvonlarni to'nashar edi. Mahmud G'aznaviy 1019 yili Kobulning sharqiy tomonidan borib, u erda butparastlikka sig'inadigan afg'onlarga etib borib ularni o'zining davlati doirasiga qo'shib oldi. Ular Islomni qabul qilishdi.

Sulton Mahmudning abbosiylar bilan aloqasi

Abbosiy xalifalardan Abulabbos Ahmad al-Qodiru billoh xalifalik tomonidan "G'oziy" - g'azotchi, deb e'tirof etilgan. Holbuki somoniylar bunday e'tirofga sazovor bo'lmagan. Abbosiy xalifa sulton Mahmudning Islom dinini yoyish yo'lidag i harakatlari, Hindiston butparastlari bilan qilgan g'azotlarini hisobga olib, unga ko'p hadya va darajalar bergan. Bundan tashqari, ehtirom ko'rsatib, turli unvonlar bergan.

Sulton Mahmud g'aznaviylarga qarashli Samarqandni egalik qilmoqchi bo'lganda, qoraxoniylar bilan orasi buzildi. Ammo 1023-1024 yillarda Mahmud G'aznaviy ularning Fotimiya davlatiga ergashganligiga gumon qilganidan boshlab o'zaro nizolar ikki karra oshdi. Barcha o'zgarishlarga qaramay, g'aznaviy sulton SHi'a va Buvayhiya (botiniya) muqobilida mukammal bir sunniy davlat tuza oldi, u oltin va kumush tangalar bostirib chiqardi. G'alaba qilgan barcha urushlaridan so'ng Bag'dodga hadyalar jo'natib turdi.

Sulton Mahmudning vafoti

Sulton Mahmud hayotining aksar qismini jihod va g'azot bilan o'tkazdi. Xususan, Hind g'azotlari uni juda charchatdi va kasallanishiga sabab bo'ldi. Bemor bo'lishiga qaramay, u tabiblarni hech qachon tinglamagan. Sulton zarur ishlarni bajarishi uchun o'ziga o'rinbosar tayinlagan. Aksar tarixchilar uni sil kasaliga chalinganini aytgan.

Mahmud G'aznaviy 1019-1020 yillar Balx shahrida o'ziga o'rinbosar tayinladi. O'zi ob-havosi uchun G'aznaga qaytib keldi. Lekin sog'lig'i tiklanmadi 1030 yil 30 aprelda ellik to'qqiz yoshida vafot etdi.

Sulton Mahmud hukmronligi davri tarixda g'aznaviylar davlatining eng yorqin va porloq davri sifatida qoldi. Uning vafotidan keyin davlat kuchsizlanib, Dong'on ma'rakasidan keyin qulay boshladi.

Mahmud G'aznaviyning shakl-shamoyili

Sulton Mahmud benihoya oqil va diyonatli, ezgu amallarga rag'bati kuchli va ilm-ma'rifatga boy hukmdor bo'lgan. U olimlarga ko'p e'tibor va ehtirom ko'rsatar, ularni mehmon qilar edi. Sulton o'z atrofiga zamonasining buyuk olimlarini to'plab, ularning ilmiy faoliyati uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib bergan. Adolatli hukmdor sifatida xalqqa ko'p yaxshiliklar qilgan. Uning arzimas bir kamchiligi bo'lib, qanday yo'l bilan bo'lsa-da, mablag' yiqqan. Yuzi chiroyli va nurli, ko'zlari kichik va soqoli qizil edi.

XULOSA

G'aznaviylar davlati, xususan, bu davlatni yuksak darajada taraqqiy ettirgan Sulton Mahmud davri tarixchilarimiz tomonidan kam o'rganilgan. Bu haqda fikr bildirilgan kamdan-kam hollarda esa, manbalarga tayanilmagan. Tarix ilmida g'aznaviylarga salatanati va unga Sulton Mahmud hukmronlik qilgan davrga nisbatan xolis bo'lmagan munosabat ustuvorlik qilib kelgani ayni haqiqatdir. "Tarixi Yaminiy"ning arab tilidan tarjima qilinib, nashr etilishi bu boradagi tarixiy ma'lumotlarga oydinlik kiritadi, haqqoniy tarixni tiklashga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)

1. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

2. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

3. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

Scientific Journal Impact Factor

4. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

5. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

6. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

7. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

8. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.