Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI'

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1718
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Sino / "Al-Ishorat va at-tanbihot" / baxt / ruh / ong / tana / fazilat / borliq / ruhiy tajriba / ichki zavq / tashqi zavq. / Ibn Sina / “Al-Isharat wa at-tanbihot” / happiness / soul / mind / body / virtue / being / spiritual experience / inner pleasure / external pleasure.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jurayev, Sherali Soibnazar O’g’li

O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF EXISTENCE IN THE PHILOSOPHICAL VIEWS OF ABU ALI IBN SINA

An in-depth discussion and understanding of the scientific heritage of the great scholars and thinkers who lived and worked in the Middle Ages in the Middle Ages, and an assessment of its place and role in the history of modern civilization is one of the most pressing issues of modern philosophy. It is equally important to give a new impetus to the efforts to deepen the study and popularization of this invaluable scientific heritage, to reveal the relevance and necessity of the discoveries made by the great scientists of the East for modern science and development.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ

MASALASI

Jurayev Sherali Soibnazar o'g'li

TDSHI "Sharq falsafasi va madaniyati" kafedrasi o'qituvchisi

ANNNOTATSIYA

O'rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug' allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir.

Kalit so'zlar: Ibn Sino, "Al-Ishorat va at-tanbihot", baxt, ruh, ong, tana, fazilat, borliq, ruhiy tajriba, ichki zavq, tashqi zavq.

An in-depth discussion and understanding of the scientific heritage of the great scholars and thinkers who lived and worked in the Middle Ages in the Middle Ages, and an assessment of its place and role in the history of modern civilization is one of the most pressing issues of modern philosophy. It is equally important to give a new impetus to the efforts to deepen the study and popularization of this invaluable scientific heritage, to reveal the relevance and necessity of the discoveries made by the great scientists of the East for modern science and development.

Keywords: Ibn Sina, "Al-Isharat wa at-tanbihot", happiness, soul, mind, body, virtue, being,, spiritual experience, inner pleasure, external pleasure.

Углубленное обсуждение и понимание научного наследия великих ученых и мыслителей, которые жили и работали в средние века в Средние века, а также оценка его места и роли в истории современной цивилизации является одним из наиболее актуальных вопросы современной философии. Не менее важно придать новый импульс усилиям по дальнейшему изучению и популяризации этого бесценного научного наследия, выявить актуальность и необходимость открытий великих ученых Востока для современной науки и развития.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Ключевые слова: Ибн Сина, «Алъ-Ишарат ва ат-танбихот», счастье, душа, разум, тело, добродетель, бытие, духовный опыт, внутреннее удовольствие, внешнее удовольствие.

KIRISH

"Mavjudodning klassifikatsiyasi to'g'risidagi risola" da hakimlar boshlig'i Abu Ali ibn Sino shunday yozgan: "Borliq ikki qismga bo'linadi, ulardan biri borlig'i o'z zotidan bo'ladigan, ikkinchisi esa borlig'i o'z zotidan boshqasidan bo'ladigan narsalardar1". Ya'ni borliqni anglatuvchi tushunchalar bir-birini tashkil etadi va ular o'z zotidan (yuzaga keladigan) zaruriy vujud (vujudi vojib) deb ataladi. Keyingisi esa, o'z chegarasida mumkin bo'ladigan vujud (vujudi mumkin) deyiladi.

Zaruriy vujud o'zidan boshqasidan qat'iy nazar, o'z zotiga nisbatan yo'q bo'lishi faraz qilinsa, bu be'manilik bo'lib qoladi. Vujudi mumkin (bo'ladigan vujud), tom ma'noda olganda, ikki ma'noda keladi, ulardan biri yo'q bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar ma'nosida keladi.

Birinchi ma'nosi - umumiy (mumkin bo'lgan vujud) deb ataladi, chunki u zaruriy vujudni ham, mumkin bo'lgan vujudni ham o'z ichiga oladi va har ikkisi uchun ham jinsdan bo'ladi, ikkinchi ma'nosida esa xususiy mumkin deyiladi va birinchisiga nisbatan xususiyroq tuchuncha bo'ladi.

Xususiy mumkin ikkiga bo'linadi: birinchisi borlig'i o'z zotidan bo'lgan va borlig'i o'z zotidan bo'lmay, boshqa narsalar tufayli bo'lgan, bulardan birinchisi substansiya (javhar), ikkinchisi esa, aksidensiya (obraz) deyiladi. Birinchisi (substansiya) ma'lum joy bilan bog'liq bo'lmagan narsa deb ta'riflanadi, ikkinchisi esa, mavjudlikdagi faqat ma'lum joy bilan bog'liq bo'lgan narsa, deyiladi. Bu yerda joy deganda tugal ob'yektni nazarda tutamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibn Sino aksidensiyalar haqida fikr yuritar ekan, "Aksidensiyalar ham ikki turda bo'ladi: biri ob'yektsiz mavjud bo'lmagan aksidensiya, ikkinchisi esa ob'yektsiz ham mavjud bo'lgan aksidensiyadir"

Bulardan birinchisining o'zi ham yana ikkiga bo'linadi, biri ob'yekt bilan ham real, ham aqlga bog'liq bo'lgan aksidensiya, uch sonining toqligi, to'rt sonining juftligi kabi va ikkinchi ob'yekt bilan faqat real bog'liq bo'lgan aksidensiyadir: bir uchburchak burchaklarining yig'indisi ikki to'gri burchakka tengligi kabi. Ikkinchi turdagi aksidensiya (ya'ni, obyeksiz ham mavjud bo'lgan) esa, ob'yekt bilan bog'liq

1 Ibn Sino. ^l^j^j^Jl ü-ij 2JUj("Mavjudodlarning taqsimlanishi haqida risola"), qo'lyozma. Ko'chiruvchisi va ko'chirilgan yeri noma'lum. 1664 - yilda ko'chirilgan, 18x24,5 o'lchamda, 2 varaq, 19 yo'l, arab tilida. - B. 1.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bo'lmay, mustaqil mavjuddir2. Bu ham ikkiga bo'linadi: biri - yo'qolishi sekinlik bilan bo'ladigan aksidensiya, masalan, gullarning qizilligi yoki yigitlarning yoshlik holati.

Ikkinchisi yo'qolishi tez bo'ladigan aksidensiya, masalan, uyalgan kishining qizarishi yoki qo'rqqan kishining oqarishi kabi.

Substansiya ham o'z navbatida ikkiga bo'linadi, bulardan biri - sodda, ikkinchisi murakkabdir. Sodda substansiya - bular bir substansiyadan iborat bo'lgan qismlardan tashkil topmagan substansiyasidir. Sodda substansiya olov, havo suv va turli tabiiy xususiyatlarga ega bo'lgan narsalardan tuzilgan substansiyadir. Murakkab substansiya esa, har biri substansiyadan tashkil topgan narsalardir. Sodda substansiyaning o'zi ikkiga bo'linadi: murakkab substansiyaning tarkibiga kiradigan va murakkab substansiyaning tarkibiga kirmaydigandir.

Murakkab substansiyaning tarkibiga kiradigan sodda substansiya ham ikki xil bo'ladi:

1 - qabul qiluvchi bo'lak bo'lib, materiya(xayulo) deyiladi. Materiya shunday narsaki, uning mavjud bo'lgani bilan murakkab narsalar vujudga kelmaydi, masalan, yog'och kursiga nisbatan shundaydir.

2 - qabul qiluvchi bo'lak, bu shakl(surat) deyiladi. Shakl shunday narsaki, u mavjud bo'lsa, murakkab narsalar ham vujudga keladi, masalan, kursi yog'ochga nisbatan kursining shakli.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari keyingi faylasuf olimlaning falsafiy ta'limotlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sino ijodiga murojat etishning dolzarbligi shu bilan izohlanadiki, bugungi kunda hayotga borligicha qarash va uni jamiyat uchun to'g'ri talqin qilib berish muhim vazifa bo'lib kelmoqda.

REFERENCES

1. Абу Али Ибн Сино. "Ал-ишорат ва ат-танбихот" (Насриддин ат-Тусий шархи) Кохира 1365. - Б 338

2. Parviz Morewedge. "The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)" New York 2004, -P. 141.

2 Ibn Sino. ^Ijj^j^JI j-—'' ■ j ("Mavjudodlarning taqsimlanishi haqida risola"), qo'lyozma. Ko'chiruvchisi va ko'chirilgan yeri noma'lum. 1664 - yilda ko'chirilgan, 18x24,5 o'lchamda, 2 varaq, 19 yo'l, arab tilida. - B. 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.