UDK:18:321(575:1) VIRTUALISTIKA - YANGI FAN PARADIGMASI SIFATIDA
Maxsuda Nurmamatovna Normamatova Samarqand davlat universitetif.f.d. (PhD), dotsent
Annotatsiya: Ushbu maqola virtuallik tushunchasini ma'nosi yoritilgan. Axborotlashgan jamiyatda virtual obrazlar va virtual reallik ta 'siri to 'g 'risida ilmiy ma 'lumot berilgan. Virtuallik tushunchasining tarixiy taraqqiyoti yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: virtuallik, bilish, epistemologiya, virtual reallik, virtual obraz, axborot.
Аннотация: В данной стате рассматриваются смисл понятия виртуалистики. В ней даётся информатсия о виртуалних образах и виртуалной реалности в информасионном обществе. Также обосновивается этимология понятия виртуалистики.
Ключевые слова: виртуалистика, эпистемология, виртуалное реалност, виртуалной образ, информатсия.
Abstract: This article concerns the meaning virtuality notion.It gives the information about the influence of virtual images and virtual reality in the informatized society. The meaning of virtuality notion and its historical development were shown.
Keywords: virtualuty, knowing, epistemology, virtual reality, virtual imagein, information.
KIRISH
Jahonda axborotlashtirish jarayonining jadallashuvi "virtmlistika" deb atalgan zamonaviy tadqiqot yo'nalishini yuzaga keltirdi. XX asrning so'nggi o'n yilligida shakllana boshlagan virtualistikaning tushuncha va tamoyillari, tadqiqot usullari o'zining aniq izohlarini talab eta boshladi. Shu sababli falsafada virtualistik bilimlarni zamonaviy postnoklassik fan falsafasi nuqtai nazardan o'rganish ehtiyoji tug'ildi. Bunday tadqiqotni olib borish jarayonida qo'lga kiritiladigan natijalar, falsafiy xulosalar ijtimoiy hayot, mehnat va ta'lim tizimlarini virtuallashtirish, uning ijobiy va salbiy jihatlarini tadqiq qilishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Jahonda bugungi falsafiy tadqiqotlarning tarkibiy qismi bo'lib kelayotgan
virtualistika va uning imkoniyatlarini hozirgi zamon fan falsafasining gnoseologik
qonuniyatlari asosida o'rganishga zarurat kuchayib bormoqda. Mazkur tadqiqotda
hozirgi davrda vujudga kelayotgan murakkab ilmiy-konseptual muammolarni
yechishda, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, insonning milliy
o'zligini anglashida virtual olam xususiyatlarini epistemologik nuqtai nazardan
174
o'rganishning ahamiyati ko'rsatib berildi. Ushbu tadqiqot virtualistika hodisasining ilmiy mohiyatini, kategoriyalari va tamoyillarini falsafiy izohlashga bag'ishlangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida vertualistika haqidagi falsafiy qarashlarning uyg'unligi uzviy yoritib berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
O'zbekistonda bugungi kunda jamiyatni axborotlashtirish, axborot texnologiyalarini ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishga keng tatbiq etish inson faoliyatini har taraflama virtuallashtirish, ya'ni insonning virtual realliklar bilan keng miqyosda muloqotga kirishishiga imkoniyat yaratdi. Bu esa "virtual reallik" va "virtual borliq" muammolarini, ularga doir tushunchalar va tasavvurlarni falsafiy tahlil qilish zaruriyatini tug'dirdi. Bunday holatda jamiyatning san'at va madaniyat, ta'lim va sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan va texnika tizimlarida, axborot-resurs sohalarini virtuallashtirish hodisasi kuchayadi, virtual tizimlar qamrovi kengayadi. Bunday tizimlardan samarali foydalanishda mazkur tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalar jamiyatning virtuallashish jarayoniga intensiv kirishishiga oid loyihalar va texnologik rejalar uchun uslubiy asos rolini o'taydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"dagi Farmoni (07.02.2017) 2.2.bandining "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirishga oid1, qarashlari ham virtualistikani tadqiq qilish dolzabligini ko'rsatadi.
"Virtuallik" atamasi epistemologik kelib chiqishi jihatidan lotincha "virtus" co'ziga borib taqaladi. Qadimgi rimliklar tili va ma'naviyati jabhasida bu so'z ko'p ma'no va mazmunda ishlatilgan. Tadqiqotchilar "virtus" atamasining quyidagi ma'nolarini qayd qiladilar: ahloqiy qadriyat, yaxshilik, ezgulik, xayoliy, jasorat, potensiallik, noreallik va boshqalar. Mutafakkirlar Siseron va Seneka bu atamani "ezgulik" ma'nosida ishlatishgan1.
1 Узбекистан Республикасининг Фармони. Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Х,аракатлар стратегияси тугрисида // расмий нашр // Узбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. -Тошкент: Адолат, 2017.
1 Каранг: Носов Н. А. Фома Аквинский и категория виртуальности // Виртуальная реальность.Философские и психологические проблемы. - М., 1997. - С. 81.
Lotin tiliga asoslangan G'arb o'rta asr va Renessans ma'naviyatida "virtus" atamasi oldin mavjud bo'lgan ma'nolarni saqlagan holda2 , falsafa va fan namoyondalari (Avgustin, F.Akvinskiy, N.Kuzanskiy, N.Orem va boshqalar) tomonidan "qobiliyat", "ichki kuch", "potensiya", "qudrat" kabi ma'nolarda ham foydalanilgan. Shu davrdan boshlab hozirgacha "virtuallik" tushunchasi potensiya, kurtak, imkoniyat, noreal olam, oraliq holat, qobiliyat va shunga o'xshash sinonim ma'nolarda qo'llanilmoqda3.
Qadimgi Yunonistonda nazariy tafakkur darajasiga ko'tarilgan va "imkoniyat" kategoriyasi bilan ifodalangan dastlabki virtualistik g'oyalar musulmon Sharqida ham nazardan chetda qolgan emas. Buyuk allomalar Al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sinolar sabab va oqibatning oldingi holati ma'nosini bildirgan imkoniyat va potensiallik tushunchalaridan ontologik va epistemologik masalalarni hal qilishda keng foydalanib, o'z davrlari ilmi va amaliyoti nuqtai nazaridan bu tushunchalarning yangi ma'no-mazmunini ochib berganlar.
Abu Nasr Forobiy "imkoniyat" kategoriyasidan borliq va bilishning tub mohiyatini talqin qilishda keng foydalandi. Mutafakkir "imkoniyatdagi aql", "imkoniyatdagi ruhiyat", "aktual va potensial munosabatdoshlar" tushunchalarini izohlab berdi. Uning fikricha, imkoniyatdagi aql, faol aqldan ta'sirlanib, borliqdagi narsalarning mohiyatini anglaydi. Bu potensial aql mushohada qilish kuchi orqali predmetlardagi mohiyat va shakllarni fikrda ajratib oladi. Shu jarayondan keyin potensial aql voqeiy (aktual) aqlga aylanadi4.
Forobiy falsafasiga ko'ra, materiya shakl orqali cheksiz ko'rinish va turlarda namoyon bo'ladi. Shakl tufayli potensial materiya aktual narsa yoki predmetga aylanadi. Shakl va materiya o'rtasidagi cheksiz o'zgarishlarni bilish jarayonida inson ruhiyatida potensial aqldan boshqa aqlga - "egallab olgan" ("tasavvur va tushunchalarni orttirgan") aqlga o'tish sodir bo'ladi. Uning epistemologiyasida bilish va anglanilayotgan predmet "aktual' va "potensial" atamalari bilan ifodalanadi. Bilish kerak bo'lgan predmet aktual mavjuddir. Predmetni mushohada qilish qobiliyati potensial holatni bildirib, bilish jarayonida bu potesiallik voqelikka aylanadi5. Shunday qilib, Forobiy falsafasida imkoniyat tushunchasi potensial (virtual) holat
2 Монтен узининг "Тажрибалар" асарида Сенеканинг Avido est perikuli virtus (жасорат хавф-хатарга интилади) деб айтилган сузларига хавола килиб, virtus сузини эзгулик, куч, рух, улугворлик, катъият маъноларида ишлатади. Кдранг: Монтен. Опыты. Избранные главы. - М., 1991. - С.48.
3 Мухаммадиев Х..Х,. "Виртуаллик" тушунчасининг фалсафий-тарихий тахлили. Илм-фан ва таълим-истиклол пойдевори. Республика илмий-назарий семинар материаллари. - Самарканд-Тошкент, 2013. - Б. 64 - 65.
4 Аль-Фараби. Рассуждения о значениях (слова) разум. Аль-Фараби. Философские трактаты. - Алм-Ата, 1970. -С. 24.
5 Фараби. Комментарии к "Категориям" Аристотеля. Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока. - М., 1961. - С.191.
Scientific Journal Impact Factor
mazmunini bildirish ma'nosida borliq va bilishning mohiyatli xislati sifatida talqin qilinadi.
Buyuk alloma Ibn Sino "imkoniyat" tushunchasining epistemologik talqinini "belgilanish" va "holat" tushunchalari yordamida amalga oshirib, muhim falsafiy g'oyani olg'a suradi. Faylasufning fikricha, barcha mavjud narsalar substansiya yoki aksidensiya sifatida namoyon bo'ladi. Substansiyaning mavjud bo'lishi mohiyat bilan belgilanadi. Lekin imkoniyatning bor bo'lishi substansiyaning mohiyati bilan emas, balki narsaning u yoki bu tarzda mavjud bo'lishi bilan belgilanadi. Demak, ayon bo'ladiki, imkoniyat maxsus substansiya emas, balki substansiyaning holatidir. Narsa va materiya imkoniyat holatida mavjud bo'lishi mumkin. Materiya har doim imkoniyatdagi narsa yoki predmetdir, shu bois u oldin mavjud bo'ladi6. Ibn Sino falsafasida virtuallikning materiya aksidensiyasi sifatida talqin qilinishi natijasida imkoniyat tushunchasi ontologik kategoriya ma'nosiga ega bo'ladi.
Virtuallik fenomeni, uning bilish va amaliyotda tutgan o'rni masalasi ko'p asrlar davomida faylasuflar diqqat markazida bo'lgan. Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, Nikolay Kuzanskiy, Foma Akvinskiy, D.Yum, I.Kant, G.Gegel, A.Bergson, A.Arto va boshqa mutafakkirlar imkoniyat, potensiya, virtuallik tushunchalarini, ularning nazariy va kategorial mazmun-ma'nolarini klassik va noklassik falsafa doirasida tahlil qilganlar.
O'zida postnoklassik tasavvurni mujassamlantirgan virtuallik episte-mologiyasi muammolari virtualistika fani vujudga kelgandan keyin falsafiy tafakkur doirasiga kirdi, jiddiy izlanishlar predmetiga aylandi. Virtualistikaning dastlabki tamal toshlarini Rossiya olimlari N.A.Nosov va O.I.Genisaretskiy qo'ydilar7.
G'arb ilmiy va texnologik markazlarida "inson-kompyuter" va internet tizimlarida hosil bo'ladigan virtual reallik, bu reallik bilan bog'lanish va aloqadorlikdan kelib chiqadigan ta'sirlarning ijtimoiy va psixologik oqibatlarini o'rganishga urg'u beriladi8.
6 Ибн Сина. Книга знания. Ибн Сина. Избранные приозведения. - М.: Наука, 1980. - С.132-133.
7Носов Н.А., Генисаретский О.И. Виртуальные состояния в деятельности человека-оператора // Труды Гос НИИ гражданской авиации. Авиационная эргономика и подготовка летнего состава. Вып.253. - М.,1986. -С.147-155; Носов Н.А. Манифест виртуалистика // Труды лаборатории виртуалистики. Вып. 15. - М.: Путь, 2000.
8Helm Michel. The MeTaphisics of virtual reality // Virtual reality, practice and promise Westport and London. 1991.-P. 27-33: Hammet F. Virtual reality and the exploration of superspeciall. Carmel Indiana Sams Publishing N.Y. 1993: Schrosder R. Possible worlds. The social west view Press, 1996-203 P: Sh .Turkle. Pararell lives: working on identity in virtual spaces // Constucting the cell in a medical world: inquiries in social constraction .Sh .Turkle. NY . 1996. P. 154-
Virtualistika fanining hozirgi bosqichida tadqiqot ob'ekti va predmeti, unga doir atamalar majmuasini tuzish9, uning institusional, tarmoqlararo va falsafiy o'rnini aniqlash dolzarb epistemologik muammo bo'lib turibdi.
Virtualistikaning falsafiy muammosiga kelsak, unda virtuallik ontologiyasi hozircha ko'proq ishlangan soha hisoblanadi10. Virtuallik epistemologiyasiga oid tadqiqotlar ham olib borilmoqda, lekin ularnin gko'pchiligi postnoklassik epistemologiya emas, balki noklassik xarakterdagi gnoseologik yondashuvlar va tamoyillarga asoslangan holda amalga oshirilmoqda11.
Shuni ta'kidlash joizki, virtuallikni bilishda, hamda fan ob'ektini ajratib olish va tavsiflash jarayonida P.Feyerabend ishlab chiqqan postnoklassik tamoyil -proliferatsiya tamoyilini12 tasdiqlaydigan episte-mologik holat vujudga keldi. Bu holatning mazmuni shundan iboratki, virtualistika fani virtualistik yo'nalish, ta'limotlar doirasida zanjirli bifurkasion (polifurkasion) tarmoqlanishni eslatadigan bilish ob'ektlarini ochish, ularni tavsiflash va o'rganish amalga oshmoqda.
Oxirgi 10-15 yillarda O'zbekiston falsafasida postnoklassik falsafa va fanlar paradigmasi, epistemologiya hamda metodologiya muammolari bo'yicha jiddiy izlanishlar amalga oshirildi. Globalistika, universal evolyusionizm, sinergetika, ko'p ma'noli mantiq, fraktal geometriya va boshqa postnoklassik ilmiy yo'nalishlarning falsafiy muammolari chuqur o'rganilmoqda, ularga bag'ishlangan ilmiy anjumanlar o'tkazilmoqda. Bu sohada amalga oshira-digan tadqiqotlarning istiqboli katta.
Epistemologiyaning ijtimoiy-madaniy va falsafiy-metodologik muammolari va ularda virtuallikning namoyon bo'lish jarayonlari O'zbekistonda O.F.Fayzullaev, M.N.Abdullayeva, Sh.S.Qushoqov, N.A.Shermuhammedova, B.O.Turaev, B.R.Karimov va boshqalar tomonidan o'rganilgan, ularning asarlarida virtualistikaning ijtimoiy-tarixiy, falsafiy, epistemologik va metodologik jihatlari tahlil qilingan.
Mustaqillik yillarida falsafamizda jiddiy paradigmal o'zgarishlar sodir bo'layotgan bir paytda postnoklassik fanlar falsafasi, epistemologiyasi va
9Носов Н.А. Словарь виртуальных терминов // Труды лаборатории виртуалистики. Вып. 7. - М.: Путь, 2000. -С 69.
10Бытие: коллективная монография. - Уфа, 2001. -С. 130-152; Нурулин Р.А. Виртуальность как основание бытие бытия. Казань: Изд-во КГУ, 2004. - С. 336; Севальников А.Ю. Онтологические аспекты виртуальной реальности // Виртуалистика: экзистенциальные и эпистемологические аспекты. - М.: 2004. -С.237; Тураев Б.О. Борлщ: мо^ияти, шакллари, хусусияти. - Т.: 2011, -Б. 21-23.
11Грязнова Е.В. Виртуальная реальность: анализ смысловых элементов понятия //Философские науки. 2005. №2.
-С. 125-143; Корсунцев И.Г.Субъект и виртуальная реальность.М., 1998; Розин В.М. Виртуальная реальность как норма современного дискурса // Виртуальная реальность. Философскиеипсихологическихпроблемы. М.1997
Scientific Journal Impact Factor
metodologiyasiga qiziqish kuchaydi. Bu esa, o'z navbatida epistemologiyada virtuallik muammolariga jiddiy e'tibor qaratishni talab etmoqda.
Epistemologiyada virtuallik muammosi masalasini tadqiq qilish va uning izlanish predmetini har tomonlama tanqidiy tahlil qilish, fundamental tushuncha va tasavvurlarni qaytadan ko'rib chiqish, undagi nazariy-g'oyaviy vorislik dinamikasini falsafiy-tarixiy, ontologik va epistemologik yondashuv asosida tadqiq qilish yangi nazariy-metodologik yondashuvni ishlab chiqishga olib keladi.
Virtualistik yondashuv epistemologiyaning mohiyati va ko'p qirrali tomonlarini mumkin qadar to'la va bir butun tasvirlash imkoniyatni beradi. Buyuk alloma va olimlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini tahlil qilish buni tasdiqlaydi.
Ilmiy bilish muammosiga virtualistik yondashuv, uning tarixiy tiplari o'rtasidagi bog'lanishlar g'oyaviy vorislikning namoyon bo'lishini ko'rsatadi.
Hozirgi zamon falsafasida epistemologiyaning evristik va innovasion jihatlarini ochib berish muhim rol o'ynamoqda. Ayniqsa, bu postnoklassik epistemologiyada virtuallikning ontologik, gnoseologik va metodologik muammolarini tadqiq qilishga tegishlidir.
Virtualistika falsafasigaoidmulohaza predmeti olam va inson intervalidagi muammoga chuqur kirib borishni taqozo etadi. Ilmiy bilishning tarixiy shakllari o'rtasida g'oyaviy vorisiylik epistemologik va metodologik tadqiqotning samarali bo'lishini belgilaydi.
Ijodiyot konsepsiyasini virtualistik nazariya tushunchalari va tamoyillari nuqtai nazaridan ko'rib chiqish: a) yangi muammolarni qo'yish; b) ijodiyot mexanizmini ma'lum bo'lmagan xossa va qirralarini anglash imkoniyatini beradi.
Ijodiyotning virtuallik xislatlarini tadqiq qilish jarayonida postnoklassik epistemologiya paradigmasi tarkibiga yangi tushuncha, g'oya va tasavvurlar, ya'ni virtual obraz, virtual model, virtual kreativlik, semantik virtual va boshqa konseptual unsurlar kirib bormoqda.
Ruhiyat va ong tabiatan virtuallik xislatiga ega bo'lgani bois, bilishdagi sub'ekt va ob'ekt munosabatlari, ulardagi virtuallik va konstant reallik nisbati va bilish jarayonining o'zi bevosita va bilvosita jarayonlar hamda omillar muhitida murakkablashib ketgan.
Shunday qilib, bildirilgan fikrlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Virtual reallik tushunchasiga berilgan asosiy talqinlar, virtuallik mohiyatini ochishga qaratilgan konsepsiyalar va yondashuvlar bayon qilindi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, virtualistikaning bosh kategoriyasi hisoblangan virtual reallik
XULOSA VA TAKLIFLAR
Scientific Journal Impact Factor
tushunchasining umum qabul qilingan ta'rifi yoki tushuntirish modeli hozircha yo'q. Bu sohada izlanishlar davom etmoqda.
2. Hozirgi paytda virtualistika paradigmasi asosida virtuallikni o'rganish empirik, eksperimental va nazariy darajalarda olib borilmoqda. Olinayotgan natijalarning falsafiy refleksiyasi hamda ontologik va epistemologik tahlili dolzarb muammo bo'lib turibdi.
3. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning ahamiyati shundaki, tadqiqot ob'ekti haqida aniqroq tasavvur hosil qilish, oldin o'rganilmagan ob'ektga xos faktlarni aniqlash mumkin. Bu esa virtual reallik tushunchasi mazmunini yangilashga olib keladi, virtualistik tadqiqot epistemologiyasida ob'ekt - sub'ekt mummosi refleksiyasini amalga oshirishni faollashtiradi.
4. Yangi ilmiy yo'nalishlarning vujudga kelishi, ulardagi konseptual unsurlarning shakllanishi uchun ma'lum oldparadigmal va paradigmal muhit bo'lishi kerak. Virtualistikaning vujudga kelishi uchun zarur paradigmal muhit XX asrning ikkinchi choragida paydo bo'ldi.
5. XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan postnoklassik epistemologiya tarkibida virtuallikka doir g'oyalarni rivojlantirishga imkoniyat beradigan yondashuvlar vujudga keldi.
6. Virtualistikaning gnoseologik asosi bo'lgan virtuallik epistemologiyasida yangi yo'nalishning ob'ekti, predmeti va metodologik yondashuvlari xususida fikrlar bildirilmoqda, bir - biriga muqobil bo'lgan konseptual g'oyalar ishlab chiqilmoqda.
7. Virtualistik bilimlarning asoslanganligi, ularda nazariya va amaliyot uyg'unligini belgilashda, nazariya va uning unsurlarining ilmiy rasionallik normalariga javob berishini aniqlashda adekvatlik va muqobillik nisbati nuqtai nazaridan ko'rib chiqish muhim metodologik ahamiyatga ega.
1. O'zbekiston Respublikasining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida // rasmiy nashr // O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. -Toshkent: Adolat, 2017.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T., 2017.
3 Qushoqov Sh.S. va boshqalar Postnoklassik falsafa va fanlar metodologiyasi muammolari. Jamoaviy monografiya. - Samarqand: SamDU, 2011. -137 b 4. Helm Michel. The MeTaphisics of virtual reality // Virtual reality, practice and promise Westport and London. 1991.-P. 27-33:
ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)
Scientific Journal Impact Factor
5. Hammet F. Virtual reality and the exploration of super special. Carmel Indiana Sams Publishing N.Y. 1993
6. Носов Н.А. Словарь виртуальных терминов // Труды лаборатории виртуалистики. Вып. 7. - М.: Путь, 2000. -С 69.
7. Бытие: коллективная монография. - Уфа, 2001. -С. 130-152;
8. Нурулин Р.А. Виртуальность как основание бытие бытия. Казань: Изд-во КГУ, 2004. - С. 336;
9. Грязнова Е.В. Виртуальная реальность: анализ смысловых элементов понятия //Философские науки. 2005. №2. -С. 125-143;
10. Корсунцев И.Г. Субъект и виртуальная реальность. М., 1998 г