Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA ABSTRAKT NOMLARNING O‘RGANILISHI (IX-XIX ASRLAR MISOLIDA)'

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA ABSTRAKT NOMLARNING O‘RGANILISHI (IX-XIX ASRLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
218
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
abstrakt nomlar / konkordans / nom / tilshunoslik / zardushtiylik / abstract names / concordans / name / linguistics / mustade

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ro’ziyev Qahramon

Maqolada abstrakt nomlarning yurtimizda o’rganilishi bilan bog’liq masala IX-XIX asrlar misolida ochib berilgan. Yurtimizda voyaga yetgan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi buyuk allomalarning abstrakt nomlar masalasidagi qarashlari o’rganilgan va tahlil qilingan. Bunda, albatta, ular tonomidan yaratilgan asarlarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF ABSTRACT NAMES IN UZBEK LANGUAGE (ON THE EXAMPLE OF IX-XIX CENTURIES)

The article deals with the study of abstract names in our country on the example of the IX-XIX centuries. The views of such great scholars as Abu Nasr al-Farabi, Abu Rayhan al-Biruni, Abu Ali Ibn Sina, who grew up in our country, on the issue of abstract names have been studied and analyzed. In doing so, of course, reference was made to works created from their tonomas

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA ABSTRAKT NOMLARNING O‘RGANILISHI (IX-XIX ASRLAR MISOLIDA)»

Scientific Journal Impact Factor

О

O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA ABSTRAKT NOMLARNING O'RGANILISHI

(IX-XIX ASRLAR MISOLIDA)

Ro'ziyev Qahramon TerDU 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Maqolada abstrakt nomlarning yurtimizda o'rganilishi bilan bog 'liq masala IX-XIXasrlar misolida ochib berilgan. Yurtimizda voyagayetgan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi buyuk allomalarning abstrakt nomlar masalasidagi qarashlari o'rganilgan va tahlil qilingan. Bunda, albatta, ular tonomidan yaratilgan asarlarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: abstrakt nomlar, konkordans, nom, tilshunoslik, zardushtiylik Abstract: The article deals with the study of abstract names in our country on the example of the IX-XIX centuries. The views of such great scholars as Abu Nasr al-Farabi, Abu Rayhan al-Biruni, Abu Ali Ibn Sina, who grew up in our country, on the issue of abstract names have been studied and analyzed. In doing so, of course, reference was made to works created from their tonomas.

Keywords: abstract names, concordans, name, linguistics, mustade Аннотация: Вопрос в исследовании абстрактных имен в нашей стране открывается на примере IX-XIX веков. Взрослый Абу Насриоби, Абу Райхан Беруни, Абу Али Ибн Сина, узнал и проанализировал. Конечно, работы, созданные из Тони, были адресованы.

Ключевые слова: абстрактные имена, конкорденцы, имя, лингвистика, постек

O'zbek tilshunosligida abstrakt nomlar masalasidagi o'rganishlarni qadim tarix bilan bog'lash mumkin."Avesto" tariximizni o'rganishda eng dastlabki yozma manba hisoblanadi. Unda xalqimiz tarixining eng ko'hna davrdagi hayoti, turmush tarsi, axloqiy me'yorlari, urf-odatlari, diniy e'tiqodi kabi masalalar, o'sha davr hayotiga oid ko'plab qoidalar bayon qilingan.

"Avesto"ning 3 ta muhim qoidasi bo'lib, ular ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amaldir. Bu qoidalar Zardushtilik ta'limotining asosini tashkil etadi. Ushbu ta'limotga ko'ra inson yaxshi fikrga ega bo'lsa, jaholat va razilat undan yiroq bo'ladi, boshqa insonlarga nisbatan g'arazgo'ylik qilmaydi. Asarda inson yashash tarzining mezoni sifatida rostgo'ylik, to'g'rilik, hallolik, poklik kabi sifatlar ko'rsatilgan. Bundan shu narsa ma'lum bo'ladiki, o'sha davrlardan boshlab insonlar mavhum

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tushunchalarga murojaat qilib boshlashgan. Albatta mavhum tushunchalarning paydo bo'lishida diniy qadriyatlar birlamchi rolni o'ynagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. IX-XI asr jahon ilmfanida buyuk kashfiyotlar qilgan ajdodlarimiz asarlarida ham abstrakt nomlar masalasidagi qarashlarga guvoh bo'lishimiz mumkin. Jumladan, Abu Nasr Farobiy bilish haqidagi fanning shakillanishiga tamal toshini qo'ygan mutafakkirdan biri edi. Uning abstrakt so'zlarning paydo bo'lishidagi asos - aqliy bilish xususidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Bu o'rinda Farobiyning "Fozil odanlar shahri" risolasidagi falsafiy qarashlariga e'tibor qaratamiz. Farobiy shahar-davlatlarni fozil va johilga bo'ladi. "Fozil shahar shunday shaharki, u aholisining o'zaro hamkorligi asosida mavjuddir", - deb yozadi Forabiy. "Kamolatning yuqori cho'qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni ozodona tanlash inkoniyati bor. Bu yerda yakka hokimlik yo'q bo'lib, haqiqiy ozodlik va teng huquqlilik hukmronlik qiladi. Bunday shaharning aholisi o'z boshlog'ini saylaydi, ammo uni har qancha hokimyatdan mahrum qilish ham mumkin. Bunday shaharlarning boshliqlari o'z faoliyatlarida adolat, teng huquqlik va umumiy farovonlik qoidasidan kelib chiqadi"1. Farobiyning mazkur risolasidagi fikrlari xalqning orzusi - adolat, teng huquqlik, farovon jamiyat qurish orzusidir. Farobiy nazarda tutgan "fozil odanlar shahri" ideallashtiruvchi abstraksiya natijasidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Tarix, astronomiya va mineralogiyaga katta hissa qo'shgan Abu Rayhon Beruniy qadriyatlarga, insoniy fazilatlarga to'xtalib, quyidagi fikrlarni keltiradi: "Yaxshilikka intilish, u o'sgani sari kuchayaveradi va yaxshilik umuman jamiki odamlarga, xususan, qarindosh-urug'larga yaxshilik tilashdan iborat, qo'l kaltalik qilganda yolg'iz yaxshi niyat bilan, imkon berganda esa bevosita xayrli ish bilan yaxshilik qilinadi"2.

Abu Ali Ibn Sino nafaqat tib ilmining bilimdoni, balki buyuk faylasuf ham bo'lgan. Afsuski, uning falsafiy muammolarga bag'ishlab yozilgan "Adolat" nomli falsafiy ensiklopediyasi, "Sharq falsafasi", "Yaxshi ish va gunoh" kabi asarlari bizgacha yetib kelmagan. Qadriyatlar muammosi Ibn Sinoning "Donishnoma",

1Abu Nasr Farobiy. Majmuat at-rasil al-hukuma. O'zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida arab tilida saqlanayotgan 2385-raqami ostidagi qo'lyozma 2 sahifasi.

2.MyMHHOB H.M. Y36eKHCTOHgarH TaÖHHH-H^MHH Ba nmuMOHH-^anca^HH Ta^aKKyp TapnxngaH naB^anap. -TomKeHT: ®aH,1999.41-6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"Solmon va Ibsol" kabi bizgacha yetib kelgan asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Alloma nazarida o'z ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni o'rab turgan abadiy makondir. Shu jihatdan uning qadri beqiyos, inson esa hamma boyliklarni tabiatdan oladi, undan o'ziga davo topadi.3

Shu o'rinda aytishimiz mumkinki, abstrakt nomlar bilan ataluvchi qadriyatlar masalasi, mavhum nomlarning falsafasi va badiiyati tasavvuf ta'limoti namoyondalarining asarlarida ham keng talqin qilingan. Tasavvuf adabiyotida mavhum ma'noli tayanch tushunchalarni konkret so'zlar - timsollar orqali berilishi an'anaga aylangan.

Ushbu ta'limot yirik vakillaridan biri - Alisher Navoiyning ijodiga nazar tashlasak, abstrakt so'zlarning turfa ma'nolarda qo'llangani, mavhumlik darajasi g'oyatda baland bo'lgan ishq, muhabbat, sarxushlik kabi ma'nolarni oddiy konkret so'zlar misolida ochib bergani kabi yuksak badiiy mahoratga guvoh bo'lamiz. Navoiy asarlarining mohiyatini tashkil etgan yuksak insoniy qarashlarning aksariyati abstrakt harakterga ega. Hattoki, asarlarining nomlanishida bunday yondashuv o'z aksini topgan: "Xazoyin ul-maoniy", "Mahbub ul-qulub", "Hayratul-abror" kabi.

Navoiy "Mahbub ul-qulub"da "Vafo" to'g'risida shunday yozadi: "Vafo shunday bir pokiza muhabbatki, u tabiati va ko'ngli pok bo'lmagan kimsaga rom va ulfat bo'lmaydi. Vafo shunday bir pok zoti muhabbatki, u zoti toza, tabiati pok bo'lmagan odamga yaqinlashmaydi va unga rag'bat ko'rsatmaydi. Vafo -shunday asl gavharki, u insoniyat tojini bezaydi" 4.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida fundamental tadqiqotlar grant loyihasi asosida "Xamsa"ning uchinchi dostoni "Layli va Majnun" ning konkordansi tuzildi.5 Bu dostoning konkordansi leksikasi ko'zdan kechirilganda "dardu-g'am" leksik-semantik guruhi katta qismni tashkil qilishi ma'lum bo'ldi. Doston tarkibidagi mavjud 9994 so'z shaklidan 574 birligini ta'kidlangan tematik guruhga doir material tashkil qiladi. Bu ko'rsatkich "Layli va Majnun" dostonining qanchalik qayg'uli asarligidan nishona bo'lsa, boshqa tomondan shoir so'z boyligining nechog'lik kengligidan darak beradi.

"Dard-g'am"leksik-semantik guruhiga kirgan so'z shakllari qarab chiqilganda,ularning ikki yirik ma'no guruhiga ajralishi aniqlandi. Birinchisi,

3 Q.Nazarov. Qadriyatlar falsafasi (aksiologiya) - Toshkent: Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2004. 7-bet

4 Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Hozirgi o'zbek tiliga tabdil. - Toshkent: Sano-standart, 2018. 110-bet

5Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. 10 j.,526 b

912

Scientific Journal Impact Factor

"ma'naviy-ruhiy dard", ikkinchisi, "jismoniy-hissiy dard" ma'no guruhi6. Tadqiqotda keltirilgan "ma'naviy-ruhiy dard" so'z shakillaring hammasi mavhum ot bo'lgan holatda, "jismoniy-hissiy dard" guruhiga kirgan so'z shakllarida aniq otlarni ham keltirib o'tilganligini ko'rish mumkin.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yurtimizda vujudga kelgan "jadidlar" oqimi vakillari M.Behbudiy, So'fizoda, Munavarqori, Abdulla Avloniy, Cho'lpon, Fitratlarning ijodida qadriyatlar masalasi, jmladan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalasi muhim o'rin tutgan.

Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" kitobida ma'naviy qadriyatlar tizimi tahlil qilindi. Avloniy xulqlarni yaxshi va yomonga ajratadi. Yaxshi xulqlarga g 'ayrat, shijoat, qanoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, vatanni sevmoq, iffat, hayo, idrok, lafz, itoat, sadoqat, adolat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi. Yomon xulqlarga esa g 'azab, jaholat, razolat, adovat, hasad, g 'iybat, haqorat, zulm kabilarni kiritadi.

O'zbek tilshunosligi tarixida morfologiyani bevosita tadqiq qilish, bu sohada alohida kitob yaratish XX asrning boshiga to'g'ri keldi. Buni Abdurauf Fitrat amalga oshirdi. Umuman, o'zbek tilshunosligida morfologiyani emas, balki tilshunoslikning barcha sathini Yevropa tilshunosligiga tayangan holda tadqiq etishni boshlab bergan olimlardan biri ham, asosiysi ham Abdurauf Fitratdir. Fitrat har bir so'z turkumi to'g'risida atroflicha ma'lumotlar beradi. Masalan, "Ot" so'z turkumi bo'yicha quydagi fikrni bayon etadi: ".. .bildirgan ma'noga ot bo'lib taqalg'on so'z ot deyiladi. Otlarning hammasi barmoqdagi "ko'zga ko'rinarlik narsa"ni ifodalash shart emas, es, qayg'u, zulm kabi manosi ko'zga ko'rinmas otlarning ham mavjudligi ta'kidlanadi. Bu bilan olim otlarning ma'no jihatdan aniq va mavhum turlarga ajralishiga ishora qiladi. Shuningdek, Fitrat otlarning yasama turlari ham borligi, shunga ko'ra tub va yasama otlarga bo'linishini ko'rsatadi. Yasama otlar ma'lum yasovchi qo'shimchalar yordamida ot va ot bo'lmagan boshqa so'zlardan hosil qilinishini bayon qiladi. Otlarning kichraytirish shakllari haqida dastlabki ma'lumot beriladi. Fitrat otlarning bunday shakllarini «kichiklangan otlar» deb nomlaydi. Uning fikricha, «bir narsani, yo bir kishini siylamak yo kichikligini ko'rsatmak uchun unga berilgan otga «kichiklangan ot» deyiladi. Kichiklangan otlar yasamoq uchun otga -na, -gina, -g'ina, -kina, -qina qo'shiladir: og'acha, kitobcha, kelincha, qizg'ina, qushqina kabi. Shuningdek, -chiq, -choq, -chak, -loq qo'shimchalari bilan kichraytirish shakllari

6Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonining konkordansi. Tuzuvchilar: Quronbekov A., Mannonova A.M., Imomnazarov M.S. va b. T. 2014. "Fan va texnologiya" nashriyoti.

913

Scientific Journal Impact Factor

О

hosil qilish mumkinligi, lekin ular kam iste'molda ekanligi ta'kidlanadi: qizaloq, kelinchak, qopchiq kabi. Otlar tuzilishiga ko'ra sodda va qo'shma otlarga bo'linadi. Qo'shma otga quyidagicha ta'rif beriladi: «Ikki ot yo bir sifat bilan bir ot qo'shilib, bir narsaning oti bo'lg'onda qo'shma ot deyiladir». Qo'shma otlarning qo'shilib yozilishi bayon qilinadi. Masalan, oybolta, oqsoqol kabi. Shuningdek, maorif idorasi, markaziy ijroiya komiteti singari ikki-uch so'zdan tashkil topgan va ularning har qaysisi o'z ma'nosini saqlab qolgan otlar ham qo'shma ot sanalishi va ular ajratib yozilishi ta'kidlanadi. -lar qo'shimchasi birlik sondagi otlarga qo'shilib ko'plik ifodalashi aytiladi. Masalan, qog'oz-qog'ozlar, uchqich-uchqichlar, yog'in-yog'inlar kabi. "Shunday qilib, Fitrat otlarni ma'nosiga ko'ra o'rin, qurol, ish otlariga; tuzilishiga ko'ra sodda va qo'shma otlarga bo'ladi. Grammagik shakliga ko'ra esa birlik-ko'plik shaklidagi otlarni hamda otlarning kichraytirish-erkalash shakllarini ajratadi. Otlarning eng muhim gammatik kategoriyalari sanaluvchi egalik va kelishik kategoriyalari haqida fikr yuritilmaydi"

Yuqoridagilardan shuni bilish mumkinki, xalqimiz ko'p asrdan buyon abstrakt tushunchalarga murojaat qilib kelmoqda. Bundan tushunchalarda asosan insonlarning orzu-istaklari, o'ylari, xulosalari aks etgan. Tildagi abstrakt so'zlarning ko'payib borishi shu xalqning madaniyati yuksalib borishidan dalolat beradi.

1. Abu Nasr Farobiy. Majmuat at-rasil al-hukuma. O'zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida arab tilida saqlanayotgan 2385-raqami ostidagi qo'lyozma 2 sahifasi.

2. Муминов И.М. Узбекистондаги табиий-илмий ва ижтимоий-фалсафий тафаккур тарихидан лавх,алар. -Тошкент: Фан,1999.

3. ^Назаров. Кадриятлар фалсафаси (аксиология) - Тошкент: Файласуфлар миллий жамияти нашриёти, 2004.

4. Алишер Навоий. Махбуб ул-кулуб. Хрзирги узбек тилига табдил. -Тошкент: Sano-standart, 2018. 110-bet

5. Алишер Навоий. Тула асарлар туплами. 10 ж.

6. Алишер Навоий "Лайли ва Мажнун" достонининг конкорданси. Тузувчилар: Куронбеков А., Маннонова А.М., Имомназаров М.С. ва б. Т. "Фан ва технология" нашриёти, 2014.

7. Нурмонов А. Узбек тилшунослиги тарих. -Тошкент., "Узбекистон", 2002.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.