Научная статья на тему 'A. ORIPOV IJODINING O'ZBEK ADABIYOTI RIVOJIDAGI O'RNI'

A. ORIPOV IJODINING O'ZBEK ADABIYOTI RIVOJIDAGI O'RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1837
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she'riy to'plam / tarixiy-adabiy jarayon / drama / ocherk / publitsistik maqola / poetry collection / historical-literary process / drama / essay / journalistic article

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Marjona Shuhrat Qizi Teshayeva

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifi, Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho'lpon, G'afur G'ulom kabi badiiy ijodkorlar o'lmas ijodining davomchisi Abdulla Oripov adabiyotga yangicha badiiy tafakkur olib kira olgan shaxsdir.Bolaligi Qashqadaryo viloyatining Koson tmanidagi Neko'z qishlog'ining tor ko'chalarida kechgan. Bu buyuk yozuvchi Abdulla Qahhor hamda Oybekning akademik rahbarligida ijodini nafaqat o'zbek xalqi, balki qardosh va dunyo davlatlari ta'sirlanib, ilhomlanib, to'lqinlanib maroq bilan mutolaa qiladigan meros qoldirgan."Oʻzbekiston SSR Xalq shoiri" hamda "WIPO Creativity Award“ oltin medali bilan mukofotlangan.Mazkur maqola o'lmas so'z san'atkorining hayoti va ijodi, uni o'zrgangan shaxslar haqidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF A. ORIPOV'S WORK IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK LITERATURE

The author of the national anthem of the Republic of Uzbekistan, the successor of immortal artists such as Yassavi, Navoi, Bobur, Cholpon, Gafur Gulom, Abdulla Aripov is a person who was able to bring a new artistic thinking to literature. z passed through the narrow streets of the village. Under the academic guidance of the great writer Abdullah Qahhor and Oybek, he left a legacy that will inspire, inspire and excite not only the Uzbek people, but also the fraternal and world nations. The People's Poet of the Uzbek SSR and the WIPO Creativity Award This article is about the life and work of the immortal word artist, the people who changed him.

Текст научной работы на тему «A. ORIPOV IJODINING O'ZBEK ADABIYOTI RIVOJIDAGI O'RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

A. ORIPOV IJODINING O'ZBEK ADABIYOTI RIVOJIDAGI O'RNI

Marjona Shuhrat qizi Teshayeva

Buxoro davlat universiteti talabasi marj onshuhratovna@gmail .com

ANNOTATSIYA

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifi, Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho'lpon, G'afur G'ulom kabi badiiy ijodkorlar o'lmas ijodining davomchisi Abdulla Oripov adabiyotga yangicha badiiy tafakkur olib kira olgan shaxsdir.Bolaligi Qashqadaryo viloyatining Koson tmanidagi Neko'z qishlog'ining tor ko'chalarida kechgan. Bu buyuk yozuvchi Abdulla Qahhor hamda Oybekning akademik rahbarligida ijodini nafaqat o'zbek xalqi, balki qardosh va dunyo davlatlari ta'sirlanib, ilhomlanib, to'lqinlanib maroq bilan mutolaa qiladigan meros qoldirgan."O'zbekiston SSR Xalq shoiri" hamda "WIPO Creativity Award" oltin medali bilan mukofotlangan.Mazkur maqola o'lmas so'z san'atkorining hayoti va ijodi, uni o'zrgangan shaxslar haqidadir.

Kalit so'zlar: she'riy to'plam, tarixiy-adabiy jarayon, drama, ocherk, publitsistik maqola

THE ROLE OF A. ORIPOV'S WORK IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK

LITERATURE

Marjona Shuhrat kizi Teshaeva

Student of Bukhara State University marj onshuhratovna@gmail .com

ABSTRACT

The author of the national anthem of the Republic of Uzbekistan, the successor of immortal artists such as Yassavi, Navoi, Bobur, Cholpon, Gafur Gulom, Abdulla Aripov is a person who was able to bring a new artistic thinking to literature. z passed through the narrow streets of the village. Under the academic guidance of the great writer Abdullah Qahhor and Oybek, he left a legacy that will inspire, inspire and excite not only the Uzbek people, but also the fraternal and world nations. The People's Poet of the Uzbek SSR and the WIPO Creativity Award This article is about the life and work of the immortal word artist, the people who changed him.

Keywords: poetry collection, historical-literary process, drama, essay, journalistic article

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

KIRISH

1941-yilning 21-martida dunyoga kelgan yosh Abdulla o'zi haqida deydi: Qo'ng'irtov etagiga o'rnashgan bo'lib, oqar suv taqchil bo'lsa-da, seryomg'ir kelgan yillarda ko'kat-u maysalarga ko'milib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning o'zi shunday yozadi:

"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog'in ko'p tushar, Qo'ng'irtov etaklari ming xil o't-o'lan, chuchmoma-yu qizg'aldoqlar bilan, quyonto'pig'-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo'zigullar bilan qoplanar, tevarak-atrof jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari to'planib qolgan kichik-kichik ko'llarni „qoq" deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug' terib, Qo'ng'irtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"[1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Otasi- Orifboy Ubaydulla o'g'li, onasi Turdixol momo.Har ikki insonda ham chinakam o'zbek xalqiga mos sarishtalik, axloq-odob, mehnatkashlik mujassam edi.Otasi dehqonchilik bilan kun kechirgani manbalarda keltiriladi.Shoir va jamoat arbobi, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O'zbekistonni» singari dastlabki she'rlari talabalik yillarida yozilgan va o'zbek she'riyatiga yangi, iste'dodli, o'ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko'p o'tmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk she'rlar to'plamining nashr etilishi she'riyat muxlislarida paydo bo'lgan shu dastlabki tasavvurning to'g'ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning «Ko'zlarim yo'lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O'zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she'riy kitoblari nashr etilgani ham bizga ma'lumdir. A.Oripov Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan kezlari O'zbekiston eng yangi tarixi adabiy jarayoniga rahbarlik qildi. Uning she'riyati Muhammad Yusuf kabi ko'plab shoirlar ijodining shakllanishiga ta'sir ko'rsatgani ahamiyatga molikdir.[2]

MUHOKAMA

Buyuk yozuvchi faqatgina nazmda ijod qilib qo'ymay, balki u tarjimashunoslik bilan ham shug'ullangan. Abdulla Oripov jahon adabiyoti durdona asarlarini o'zbek kitobxonlariga yetkazishda ham samarali mehnat qildi. U Dante «Ilohiy komediya»sining «Do'zax» qismini, A. S. Pushkin, N. A.Nekrasov, T. G. Shevchenko, L. Ukrainka, R. Hamzatov, Q. Quliyev va M. Bayjiyev asarlarini o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. O'z navbatida, uning asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbay-jon kabi ko'plab xorijiy tillarga tarjima qilingan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

Abdulla Oripov ijodining naqadar qimmatli ekanligini birgina "Sohibqiron" dramasi orqali ta'riflamoqchiman. Oddiyginaso'zlardaemas,rangli bo'yoqlarda, real hayotiy voqea-hodisalar orqali sohibqiron hayotidan parcha tasvirlangan. Asarda Amir Temur janglarda emas, balki ko'proq o'ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o'g'illariga munosabatini ko'rsatish mobaynida yorqin aks etgan. A mir Temur tajribali hukmdor va o'ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: „Mo'l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar", — deya belgilaydi.

NATIJA

Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho'pon bo'lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo'ladi. Dramada Temurning fuqarolarga munosabati: „Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo'rquv ichra saqlashi darkor", — degan qarashida aks etadi.[3]

XULOSA

Xulosa o'rnida aytganda, A.Temur shaxsi asarda aniq ko'rsata olingan deyishimiz mumkin. A.Temurning har jabhada, har qanday holatda ham og'ir vazminlik bilan qaror qabul qilishi(Sulton Boyazidning urushga chorlash ma'nosidagi xat yuborganida, A.Temur tutgan yo'lni eslash kifoya) hamda har qanday ezgu ishli insonlar doim mukofot olishi amallarida tasvirlangan(Hofiz Sheroziy hamda Qosimbekning A.Temur tomonidan taqdirlanishi).Bu esa muallif A.Oripov tomonidan dunyoga kelgan asarnining hali uzoq yillar o'zbek xalqining mardlik ramzi bo'lmish-A.Temur va Temuriylar avlodi, yurtimiz, xalqimiz uchun qilgan ezgu amallari, jasoratlari to'g'risida asosli manba bo'lishiga ishonamiz. Temurning fuqarolarga adolatli munosabati: „Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo'rquv ichra saqlashi darkor", — degan qarashida aks etadi.

REFERENCES

1. Sharafiddinov O. She'riyat — qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas" kitobida. Toshkent. Adabiyot va san'at nashriyoti. 1984.

2. Karimov N. va boshqalar. 20 asr o'zbek adabiyoti tarixi. -T.: „O'qituvchi", 1999.

3. Qo'shjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Ma'naviyat", 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.