Научная статья на тему 'Значение международного педагогического интегрированного сотрудничества в повышении качества образования'

Значение международного педагогического интегрированного сотрудничества в повышении качества образования Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
226
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Re-health journal
Область наук
Ключевые слова
FANLARARO INTEGRATSIYA / XALQARO HAMKORLIK / TA’LIM SIFATI / BOLONIYA KELISHUVI / KREDIT TIZIMI / BAHOLASH MEZONI / BINAR DARS / VEBINAR / KREDIT MODUL / MASOFAVIY TA’LIM / ONLINE TA’LIM / BILIM / KO’NIKMA / DIDAKTIKA / YONDASHUV / DIALEKTIKA / МЕЖДИСЦИПЛИНАРНАЯ ИНТЕГРАЦИЯ / МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО / КАЧЕСТВО ОБРАЗОВАНИЯ / БОЛОНСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ / КРЕДИТНАЯ СИСТЕМА / КРИТЕРИЙ ОЦЕНКИ / БИНАРНЫЙ УРОК / ВЕБИНАР / КРЕДИТНЫЙ МОДУЛЬ / ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ / ОНЛАЙН ОБРАЗОВАНИЕ / ЗНАНИЕ / НАВЫКИ / ДИДАКТИКА / ПОДХОД / ДИАЛЕКТИКА / INTERDISCIPLINARY INTEGRATION / INTERNATIONAL COOPERATION / QUALITY OF EDUCATION / BOLOGNA AGREEMENT / CREDIT SYSTEM / ASSESSMENT CRITERIA / BINARY LESSON / WEBINAR / CREDIT MODULE / DISTANCE EDUCATION / ONLINE EDUCATION / KNOWLEDGE / SKILLS / DIDACTICS / APPROACH / DIALECTICS

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Рахматов Махсуд, Расулова Майсара Набиевна, Нарзуллаева Мадина Ахроровна

В настоящей статье четко отображается значимость международного педагогического интеграционного сотрудничества в повышении качества образования на сегодняшний день на основе «Болонского соглашения» организованного в Европе, а также приведены работы, выполняемые в нашей республике по данному направлению

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INTERNATIONAL PEDAGOGICAL INTEGRATED COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

In this article it’s clearly reflected importance of international pedagogical integration cooperation in improving the quality of education for nowadays on the basis of the “Bologna Agreement” organized in Europe, as well as the work performed in our republic in this direction.

Текст научной работы на тему «Значение международного педагогического интегрированного сотрудничества в повышении качества образования»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO PEDAGOGIK INTEGRATSION HAMKORLIKNING

AHAMIYATI

Raxmatov Maxsud Rasulova Maysara Nabiyevna Narzullayeva Madina Axrorovna

Samarqand Davlat Universiteti

Maqolada bugungi kunda ta'lim sifatini oshirishda xalqaro pedagogik integratsion hamkorikning ahamiyati Yevropada tashkil qilingan "Boloniya kelishuvi" asosida misolida aniq ko'rsatib o'tilgan va Respublikamizda bu yo'nalishda qilinayotgan ishlar ham kelti rilgan.

Kalit so'zlar: fanlararo integratsiya, xalqaro hamkorlik, ta'lim sifati, Boloniya kelishuvi, kredit tizimi, baholash mezoni, Binar dars, Vebinar, kredit modul, masofaviy ta'lim, online ta'lim, bilim, ko'nikma, didaktika, yondashuv, dialektika.

ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНОГО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ИНТЕГРИРОВАННОГО СОТРУДНИЧЕСТВА В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ

В настоящей статье четко отображается значимость международного педагогического интеграционного сотрудничества в повышении качества образования на сегодняшний день на основе «Болонского соглашения» организованного в Европе, а также приведены работы, выполняемые в нашей республике по данному направлению.

Ключевые слова: междисциплинарная интеграция, международное сотрудничество, качество образования, Болонское соглашение, кредитная система, критерий оценки, бинарный урок, вебинар, кредитный модуль, дистанционное образование, онлайн образование, знание, навыки, дидактика, подход, диалектика.

THE IMPORTANCE OF INTERNATIONAL PEDAGOGICAL INTEGRATED COOPERATION IN

IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

In this article it's clearly reflected importance of international pedagogical integration cooperation in improving the quality of education for nowadays on the basis of the "Bologna Agreement" organized in Europe, as well as the work performed in our republic in this direction.

Keywords: interdisciplinary integration, international cooperation, quality of education, Bologna Agreement, credit system, assessment criteria, binary lesson, webinar, credit module, distance education, online education, knowledge, skills, didactics, approach, dialectics.

DOI: 10.24411/2181-0443/2020-10072

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgandan so'ng jahonda o'z obro'yini oshirish uchun jahon andozalari talabiga javob beradigan mahsulotlar va milliy kadrlar tayyorlash masalasiga katta e'tibor berishmoqda. Shuning uchun xalq xo'jaligining barcha sohalarida, jumladan ta'lim sohasida ham islohotlar o'tkazildi va o'tkazilmoqda. Respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan va rahbarligida ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan ko'plab qonunlar, qarorlar, farmoyishlar va buyruqlar ishlab chiq ilib amalga oshirilmoqda. Misol sifatida, yangi tahrirdagi "Talim to'g'risida"gi qonunni yoki 2019 yil 17 iyundagi Prezidentimizning "2019-2023 yillarda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy

universitetida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarorini olishimiz mumkin. Ushbu qarorda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab universitet miqyosida kredit modul tizimi joriy qilish nazarda tutilgan. Xuddi shuningdek Davlatimiz rahbari farmoni asosida tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham kredit modul tizimi joriy etilgan OTMlar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish belgilangan.

Bugungi kunda dunyodagi barcha mamalakatlarning ta'lim tizimi o'qitish samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda va anashu maqsadda har xil davlat va nodavlat ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatmoqda. Ana shunday ta'lim tizimlaridan biri Yevropada 48 ta mamlakat ishtirok etadigan "Boloniya kelishuvi" yoki "Boloniya jarayoni" ta'lim tizimidir.

Ushbu maqolada biz ta'lim sifatini oshirishda halqaro pedagogik tadqiqotlarning ahamiyatini oliy ta'limda xalqaro integratsiyalashuv misolida ko'rib o'tamiz.

Ma'lumki, Bolonya kelishuvi yagona oliy ta'lim maqomini yaratishga qaratilgan bo'lib, Yevropa mamlakatlari o'quv yurtlarini bir-biriga uyg'unlashtirish, umumyevropa mehnat bozori uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash, talabaga e sa xalqaro ta'limga to'siqlarsiz kirish imkonini yaratadi.

Bolonya deklaratsiyasi 1999 yilda 29 ta mamlakat vakili tomonidan imzolangan bo'lsa, hozirgi vaqtda 48 ta davlat ushbu jarayon ishtirokchisi hisoblanadi.

Qayd etish o'rinliki, Bolonya jarayoniga qo'shilish umumiy ta'lim tizimini rivojlantirish va uning xalqaro miqyosda tan olinishi yo'lidagi muhim qadamdir. Chunki oliy o'quv yurtlarida kadrlar tayyorlanishini ilg'or xalqaro standartlar asosida yo'lga qo'yishi maqsadida o'quv jarayoniga bosqichma-bosqich kredit - modul tizimini joriy etish davr talabi bo'lib kelmoqda.

Bolonya jarayoniga kirish milliy oliy ta'lim tizimlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki bunda oliy ta'lim to'g'risidagi umumyevropa diplom ilovasi joriy qilinadi. Kreditlarni o'tkazish va jamg'arishning Yevropa tizimi (ECTS - European Credit Transfer and Accumlation System), ya'ni talabalar o'zlashtirgan bilim va malakalarni hisobga olishning umumyevropa tizimiga o'tiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish uchun yagona umumyevropa baholash mezonlari qo'llaniladi va o'qitish sifati yaxshilanadi, ekvivalent ta'lim dasturlari, akademik darajalar joriy qilinadi. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kuchayadi.

Modulli o'qitish texnologiyasini qo'llashning yana bir xususiyati shundan iboratki, talaba bir modulni o'zlashtirmasdan ikkinchisiga o'ta olmaydi. Bu esa ta'lim dasturining kafolatli o'zlashtirilishini ta'minlaydi. O'quv modullarini tuzishda ko'p hollarda ish beruvchilar ham jalb qilinadilar. Ular modulli ta'lim dasturlariga tanlov fanlarini kiritish bo'yicha o'z takliflarini beradi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kredit-modul tizimi modul ko 'rinishida shakllantirgan fan bloklarini to 'liq o'zlashtirish orqali kreditlar yig'ib borishga asoslangan tizim.

Kredit-modul tizimida o'qituvchining yagona bilim manbasi sifatidagi roli kamayadi, talaba o'quv jarayoni markaziga ko'chadi. Ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilarda yangi ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talabalarning mustaqil ravishda bilim olish madaniyatini shakllantirish masalalari dolzarb bo'ladi. Darslar sifatini oshirish talabi zamonaviy uslublardan foydalanishga ehtiyojni oshiradi.

Bolonya kelishuvi ta'lim tizimining ijobiy xususiyatlaridan biri undagi binar va Vebinar darslarning mavjudligidir.

Binar dars deganda muayyan mavzuning ikki o'qituvchi yoki o'qituvchi va bir amaliy soha vakili tomonidan hamkorlikda o'tilishi tushuniladi. Bunda dars beruvchilar nafaqat o'zaro, balki auditoriya bilan ham muloqatda bo'lib, mavzuning har tomonlama ko'rib chiqilishiga imkon yaratiladi. Binar darslar muqobil fikrlarning bayon etilishi, baxs-munozara yuritishning odobi shakllanishi, ma'lumotni faolroq qabul qilishga yo'l ochishi nuqtai nazaridan samarali pedagogik uslubdir.

Vebinar esa dars, maslahat, suhbat, taqdimot jarayonlarining internet orqali onlayn ravishda o'tkazilishidir. Uning asosiy xususiyati interfaollik bo'lib real vaqt rejimida o'zaro ma'lumot almashish, uni tahlil qilish va qayta ishlash mumkin.

Ma'lumki, vebinarlar jaxon ta'lim tizimida jumladan O'zbekistonda ham keng tarqalgan bo'lib, masalan hozirgi paytda Buxoro davlat universitetida xorijlik hamkorlar bilan ko'pgina onlayn darslar aynan vebinar shaklida o'tkazilmoqda. Jahon reytinglarida yuqori o'rinlarda turuvchi Paduya universiteti (Italiya), Valensiya politexnika universiteti (Ispaniya), Xalt biznes maktabi (Buyuk Britaniya), Vatel mehmonxona va turizm biznes maktabi (Fransiya) hamda boshqa ko'plab oliy ta'lim muassasalari, shuningdek, Yaponiya Turizm kengashi, "Content Capital" (Malaziya) kabi tashkilotlar bilan vebinarlar doimiy ravishda yo'lga qo'yilgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda ham Bolonya jarayonining ayrim shartlari bajarilgan. Misol uchun, bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli oliy ta'lim tizimiga o'tilgan. Navbatdagi bosqichda kreditlar to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimini qo'llash qoidalari, talabalar, pedagog va ma'mur iy xodimlar harakatchanligini amalga oshirish mexanizmlari, milliy hamda tarmoq malaka tizimlari (kvalifikatsiya raqamlari) ishlab chiqilmoqda.

Ta'lim sohasining ekspertlari O'zbekistonning Bolonya jarayoniga qo'shilishini ijobiy baholab, u milliy oliy ta'lim tizimining jahon amaliyoti bilan uyg'un rivojlanishi hamda kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga xizmat qilishini ta'kidlashmoqda. Shuningdek, bu yurtimizda bir qator masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Jumladan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablariga mos kadrlar tayyorlash, yoshlarning Yevropa ta'limiga kirib borishlarini yengillashtirish va milliy ta'lim tizimlarini o'zaro yaqinlashtirish, xalqaro ta'lim maqomida mutaxassislar tayyorlash darajasini tenglashtirish, kredit tizimini joriy qilish va talabalar diplomiga umumyevropa namunasidagi ilovalarni berish, oliy ta'lim sohasidagi faoliyatini davlatlararo muvofiqlashtirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta'limning yangi sifat darajasiga o'tish, uning samaradorligini oshirish va ta'lim olishni osonlashtirish, shuningdek, akademik birdamlik va o'zaro yordam asosida ilmiy maktablar hamda ta'lim tizimlari o'rtasidagi raqobatni rag'batlantirish shular sirasidan.

E'tirof qilish kerakki, mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko 'tarish, oliy malakali kadrlar tayyorlash sifatini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar O'zbekistonni Bolonya kelishuviga qadamma-qadam yaqinlashtirmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan oliy ta'lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishga qaratilgan muhim normative-huquqiy hujjatlarda o'qitishning kredit-modul texnologiyasini joriy qilishga alohida e'tibor qaratilayotgani so'zimiz isbotidir.

Samarqand davlat Universitetida ham o'quv jarayonini ta'limning kredit tizimi asosida tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. O'qitishning mazkur tizimi talaba va pedagog o'rtasida shunday bir muhitni shakllantiradiki, bunda har ikkala tomon ham yakuniy natija uchun bir xilda mas'ul bo'ladilar. Talaba bilim egallashiga, o'qituvchi esa o'qitish sifatiga javob beradi. Kredit-modul tizimida ta'limning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi. Masalan, hozirgi kunda koronavirus tufayli karantin davrida

"masofaviy ta'lim" va "onlayn ta'lim" usullaridan barcha davlatlar jumladan, O'zbekiston ham foydalanilmoqda. Bu esa onlayn ta'limning ijobiy ahamiyatini ko'rsatmoqda. Masofaviy ta'lim o'quvchining mustaqil ishlashi, ma'ruza va vebinarlarni tomosha qilishi, topshiriqlarni bajarishi va o'qituvchiga uzatishi, o'qituvchi bilan messenjerlar yoki elektron pochta orqal i muloqot qilishiga asoslanadi. Ushbu ta'lim turi mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida keng qo'llanilmoqda. Onlayn ta'lim esa masofaviy ta'limning mantiqiy davomidir. Bunda o'quv mashg'ulotlari jonli efirda olib boriladi, talabalar ta'lim jarayoniga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanadilar. Bugungi kunda har ikkala ta'lim turi internet platformalarida olib borilayotganligi, yangi bilimlarning auditoriyada emas, monitor oldida olinayotgani sababli ular mazmunan bir-biriga juda yaqindir. Shu bilan birga, onlayn ta'lim ma'lum kurslarni tugatganlik to'g'risidagi sertifikat berish bilan yakunlansa, masofaviy ta'limda oliy ta'lim bo'yicha diplomni ham qo'lga kiritish mumkin. Masofaviy ta'lim onlayn ta'limga nisbatan har bir talabaga individual yondashuvni yo'lga qo'yish, uning shaxsiy jadvalini shakllantirish imkoniyatini berishi nuqtai nazardan ham ustunlikka egadir.

Ushbu davrda til o'rganish dasturlari, virtual rahbarlik, video konferensiya ishlanmalariga talab keskin oshdi. Ma'lumotlarga ko'ra, 2019 -yilning o'zida ta'limning texnik ta'minotiga yo'naltirilgan investitsiyalar jaxon bo'yicha 18,7 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, onlayn ta'lim bozorining 2025 -yilga borib 350 milliard AQSH dollariga yetishi taxmin qilinmoqda. Tadqiqotlar, talabalar onlayn ta'lim olganlarida auditoriyadagi ta'limga nisbatan 25-60 % ko'proq materialni o'zlashtira olganliklarini, buning uchun 40-60 % kamroq vaqt sarflaganlarini ko'rsatmoqda. Chunki ta'limning ushbu turida talaba o'z ta'lim tartibini o'zi shakllantirishi, ma'lumotlarni o'ziga ma'qul sharoitda o'zlashtirishi mumkin bo'ladi.

Samarqand davlat universitetida ham zamonaviy bilim va ko'nikmaga ega, intelektual salohiyatli yosh kadrlar tayyorlash, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, agrar va boshqa sohalar rivojiga munosib hissa qo'shadigan kadrlarni yetkazib berish uchun ta'lim sifatini oshirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Universitet dunyoning yetmishdan ortiq nufuzli oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalari asos ida kadrlar tayyorlash, talabalar va professor o'qituvchilarining o'zaro almashinuvini yo'lga qo'ydi, ilm-fan bo'yicha ilmiy izlanish ko'lamini kengaytirish, talabalarning ilg'or fan-texnikalar bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishiga zamin yaratmoqd a.

Kadrlar tayyorlash sifatiga kuchli ta'sir ko'rsatadigan muhim ishlardan biri mamlakatimiz Prezidentining taklifiga ko'ra, universitetning to'qqiz qavatli binosi zamonaviy tarzda qayta tayyorlandi va uning har bir qavatini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari andozasiga mos holda ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va unga tutash xududning me'moriy qurilishini O'zbekiston-Xitoy milliy me'morchilik an'analarining ilmiy integratsiyasiga asosan muvofiqlashtirdi. Bu binoda bev osita "Xalqaro ta'lim dasturlari markazi joylashdi. Jahonning Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Kareya, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 2+2 va 1+1 sxemasi asosida, qo'shma diplom berish nazarda tutilgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, ta'lim sifatini oshirishda chet elning nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda ma'lum bir ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Globall ekologik fondining kichik grantlar dasturi va BMT ning rivojlantirish dasturi asosida berilgan investitsiya hisobidan amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladigan biologiya fakultetining oranjereyasi modernizatsiya qilindi. "Русский мир" fondi tomonidan yangi adabiyotlar olib kelindi. Ispaniyaning Alikante universiteti bilan hamkorlikda TEMPUS loyihasi bo'yicha kompyuterlar olindi. MAGATE tomonidan o'quv jarayoni uchun "Ta'lim standartlarini yaxshilash va amaliy yadro fizikasi yo'nalishida mutaxassis tayyorlash" loyihasi bo'yicha amaliy yadro fizikasi yo'nalishi bo'yicha 2 komplekt

eng zamonaviy o'quv-ilmiy labaratoriyalar olib kelinib, o'quv jarayonida foydalanilmoqda. Turkiyaning TIKA tashkiloti granti bo'yicha "Til laboratoriyasi" tashkil qili ndi.

Ta'lim sifatini xalqaro integratsiya asosida oshirish maqsadida universitetdan keyingi ikki yil davomida 117 nafar professor-o'qituvchilar xorijning turli grantlari va universitet mablag'lari asosida xorijda malaka oshirish va stajirovkada bo'lib qaytishdi, 11 nafar tadqiqotchilar chet elga PhD dasturlarida, 50 dan ortiq talabgorlar magistratura dasturlarida o'qish uchun yuborildi. Xorijning nufuzli markazlaridan 100 dan ortiq olim-mutaxassislar universitetning ilmiy va o'quv jarayonlariga jalb qilindi. Bu esa albatta ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi.

Bir so'z bilan aytganda, oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar izchil hayotga tadbiq etib kelinayotgan mamlakatimizning oliygohlarida yurtga tayanch va suyanch bo'ladigan, mamlakatimiz ravnaqi yo'lida mehnat qiladigan salohiyatli yoshlarni tayyorlashda xalqaro integratsion ta'limning roli kundan-kunga oshib bormoqda.

Demak, ta'lim sifatini oshirishda xalqaro pedagogik hamkorlikning ahamiyati juda katta, chunki bu hamkorlikning hammasini natijalari integratsiyalanib ta'lim sohasiga qo'llanilmoqda.

Shunday qilib, O'zbekiston ta'lim sifatini oshirishning yo'llaridan biri oliy ta'limda xalqaro integratsiyadan foydalanish bo'lib, Bolonya kelishuv tizimiga kirib, o'qitish jarayonida kredit-modul tizimidan foydalanish ekan.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-sonli qarori.

2. Abdullayeva B. S. " Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari". Ped. fan. dok. ... dis. - Toshkent., Uz PFITI. 2006.-164 b.

3. Усова А. В. Межпредметные связи в предподавании основ наук в школе: методические рекомендации. Челябинск. Изд. ЧПТУ «Факел», 2006. 15-18с.

4. A. Xasanov, Sh. O'roqova. Ta'lim tizimida fanlararo integratsiya. Kasb hunar ta'limi. 2019. №2; 39-42 betlar.

5. Jabborova M. Sh. Tikuvchilik texnologiyasi. Darslik.-Toshkent. O'zbekiston. 1994. -414 bet.

6. D. Baxritdinova. Texnologiya fanlari samaradorligini oshirishda integratsiyaning ahamiyati. Kasb hunar ta'limi. 2019. №2; 36-38 betlar.

7. Nabiuline L. M. Scientifik Data Visualization as Integral Part of Student Reseach//Eastem Europen Scientific Journal, 2018, №5 p.233-237.

8. Н. Х. Авлиёкулов. Касбий фанларни модулли у'китиш технологияси. 2004. -280 бет.

9. М. Ж. Турдиева. Таьлим жараёни самарадорлигини ошириш ва фанлар интеграциясини таьминлашда креативликнинг ахамияти. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №4 17-18 бетлар.

10. З. Ш. Тухтаева. Олий таьлимда ихтисослик ва мутахассислик фанлар узвийлиги ва интеграциясини таьминлаш муаммолари. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №4 21-24 бетлар.

11. Г'. Шомирзаев. Таьлим жараёнида умумтаьлим ва касбий фанлар интеграцияси масалалари. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №2; 47-49 бетлар.

12. Афанасьева И. В. Вопросы интеграции науки и образования//Таьлим технологиялари. -Тошкент, 2007. - №4. - С. 24-25.

13. Otabayeva F. T. Ta'limda integratsiya muammosi//Kasb-hunar ta'limi. - Toshkent, 2008. №2. -B. 25.

14. Draupeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promoteinnovative thinking and problem soving]. - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.

Innovatsion ta'lim texnologiyalari / Muslimov H. A., Usmonboyeva M. H., - T.: "Sanostandart" nashriyoti, 2015.

15. O. Xamidov. Oliy ta'limda xalqaro integratsiyalashuv qanday afzalliklarga ega? "Xalq so'zi" 2020 yil 30-may.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.