ELEKTRON RESURSLARNI TA'LIMDA QO'LLASHDAGI IMKONIYATLAR SAMARADORLIGI
Maxmudova Maloxat Axmatovna malohat_1977@mail .ru Nasirova Shaira Narmuradovna nosirova_61 @mail.ru
Navoiy davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron resurslarni ta'limda qo'llashdagi samaradorligi va darsni sifatidagi ahamiyati ko'rsatib berilgan. O'quv materialining elektron shaklda bo'lishi, ya'ni matnli, grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko'rish, o'rganish, o'zgartirish kiritish va yozib olish yanada chuqurroq o'rganishga imkon beradi. O'qitishning ma'ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta 'lim shakllarida axborot texnologiyalarning qo'llanilishi tezlik bilan o'z samarasini beradi.
Kalit suzlar: resurs, kompyuter, dastur, ta 'lim, interaktiv, proyektor, elektron doska, multimedia, texnologiya.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ЭЛЕКТРОННЫХ РЕСУРСОВ В ОБРАЗОВАНИИ
Махмудова Малохат Ахматовна malohat_1977@mail.ru Насирова Шаира Нармурадвна nosirova_61 @mail.ru Навоийский государственный педагогический институт
Аннотация: В данной статье рассказывается о возможности эффективность использования электронных ресурсов в образовании и их важность в качестве урока. Наличие учебного материала в электронном виде, то есть просмотр, изучение, редактирование и запись текстовых, графических, аудио, анимационных материалов на экране компьютера, позволяет проводить более углубленное изучение. Применение информационных технологий в лекционных, практических, лабораторных и самостоятельных формах обучения быстро приносит свои результаты.
Ключевые слова: ресурс, компьютер, программное обеспечение, образование, интерактив, проектор, доска, мультимедиа, технологии.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020 ISSN 2181-063X
EFFECTIVENESS OF OPPORTUNITIES IN THE USE OF ELECTRONIC
RESOURCES IN EDUCATION
Makhmudova Malokhat Akhmatovna maloxat_1977@mail .ru Nasirova Shaira Narmuradovna nosirova_61 @mail.ru Navoi State Pedagogical Institute
Abstract: This article describes the possibility of the effective use of electronic resources in education and their importance as a lesson. The presence of educational material in electronic form, that is, viewing, studying, editing and recording text, graphics, audio, animated materials on a computer screen, allows for more in-depth study. The use of information technology in lecture, practical, laboratory and independent forms of training is quickly yielding results.
Keywords: resource, computer, software, education, interactive, projector, board, multimedia, technology.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni (2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli) ning maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg'unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos "milliy modelni" hayotga tadbiq qilishga, ma'naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va foydali aloqalarni rivojlantirish orqali kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo'qotishga alohida e'tibor berilmoqda [1].
Ta'lim tizimini isloh qilish kelajakda o'qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy- siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o'ta salmoqlidir. Pedagogik va axborot texnologiyalarini o'rganish, amalda qo'llash ta'lim-tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati-ta'lim jarayonini jadallashtirish, o'quvchi va talabalarning o'zlashtirishi hamda uning atijalari suratini tezlashtirishi, ijobiy natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi [2].
Hozirgi zamonda ilmiy fikrlashning, hamda ilmiy texnika o'sishi keskin va intensiv ro'y bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda o'qituvchilar zamonaviy bilimlar bilan hamnafas bo'lishlari shart va zarurdir.
Respublikamizda ta'limni kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish masalasi M.M.Aripov, U.SH.Begimqulov, N.I.Taylaqovlar, U.Yuldashevlar va o'qituvchilarni kasbiy tayyorlashda kompyuterlardan foydalanishni tashkil etishning vosita va usullari, masofaviy ta'lim va uni tashkil etishda N.A.Muslimov, A.D.Asqarovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Shaxsga yo'naltirilgan elektron ta'lim resurslarini yaratish va o'quv jarayonini loyihalashning nazariy asoslari yuzasidan L.X.Zaynutdinova, A.I. Bashmakov, F.M.Zakirovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan bo'lsalar, o'quv jarayonida multimedia texnologiyalari va vositalarini qo'llashning ahamiyati va ulardan foydalanish asoslari YE.A.Drozdova, A.V.Chebotareva, A.Parpiyev, A.Maraximov, R.Hamdamov, M.Bekmuradov, B.Rajabovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Dars jarayonida kompyuterdan foydalanish o'qituvchi va talabalarga, interaktiv o'quv qo'llanmalari bilan bog'liq bo'lgan yangidan-yangi o'ziga xos qulayliklar yaratadi. O'qituvchi tomonidan yaratiladigan interaktiv o'quv qo'llanmalari uchun zamonaviy dasturlash tillarini bilgan holda, ularni talabalar tomonidan qiziqish bilan qabul qilinishiga erishimiz zarur. Kompyuterni boshqa o'qitish vositalari masalan proyektor, elektron doskalar bilan operativ qo'shilishi, ko'rgazmali qurollardan foydalanib ma'lumot berish xajmini oshiradi va bu bilan o'qituvchi uchun dars vaqtidan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi [3,4].
Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillari ya'ni, Delphi, Mathlab, MathCad, Maple, Mathematica, Cilarning imkoniyatlaridan foydalanish dars jarayonlarini sifatli tashkil qiladi. Natijada dars samaradorligi ortadi va o'quvchilarning qiziqishi, hamda munosabati o'zgaradi [4].
Ta'limda o'qitishning sifatini oshirish so'zsiz yangi o'qitish usullaridan qanday foydalanishga bog'liq bo'lmoqda. Yangi o'qitish usullarida talaba doimiy ravishda izlanish va xarakatda bo'lishi lozim, ya'ni berilgan ma'lumotlarni olishi, qayta ishlashi va olgan bilimlarni aniq masalalar yechishda qo'llashi lozim. O'qitishning ma'ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta'lim shakllarida axborot texnologiyalarning qo'llanilishi tezlik bilan o'z samarasini beradi. Masalan laboratoriya darsida virtual stendlarning qo'llanilishining o'zi albatta mashg'ulotning sifatli tashkil etilishiga asos bo'ladi.
Kompyuter va dasturiy maxsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot texnologiyani ta'limda qo'llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O'quv materiallarini multimedia tizimlari ko'rinishida tayyorlash va ularni kompyuter tarmoqlari va uzatish vositalari orqali ko'pchilikka taqdim etish mumkin. Kompyuter texnologiyalarining ta'lim tizimiga keng joriy etilishi barcha turdagi o'qitish
shakllarining o'quv materiallarini qaytadan ko'rib chiqishni talab etadi. Xar bir o'qitish shakliga mos ravishda multimediali elektron o'quv materiallari tayyorlash kerak bo'ladi [5].
Odatda amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida axborot texnologiya vositalaridan kam foydalaniladi. Lekin o'qitish texnologiyalari sohasi tadqiqotlari shuni ko'rsatmoqdaki, aynan ushbu o'qitish shakllarida o'qitish sifatini oshirishning zaxiralari yashirinib yotibdi. Gap shundaki, an'anaviy o'qitish usullarida guruhni faol ishlashga jalb etish va ularning o'zlashtirishini nazorat qilish hamma vaqt ham ko'ngildagidek bo'lavermaydi. O'quv materialining elektron shaklda bo'lishi, matnli, grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko'rish, o'rganish, o'zgartirish kiritish va yozib olib yanada chuqurroq o'rganishga imkon beradi.
O'quv materialining elektron shaklini mavjud lokal tarmoqga jamlansa, ular orqali topshiriqlarni korporativ bo'lib yechish va axborot almashish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Kompyuter sinfidagi kompyuter va dasturiy vositalar talabalarga o'rganilayotgan mavzuga individual yondashish, o'z fikrini shakllantirish va faollikni oshirish imkonini beradi [6].
O'qituvchi server kompyuter orqali xar bir talabaning o'zlashtirish jarayoni va berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini nazorat qilish va qayd etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda o'qituvchi va talaba o'rtasida ijodiy hamkorlikni ta'minlaydi.
Bunday o'qitishni tashkil etishda o'qituvchidan elektron resurslarni yaratish dasturlari bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlikni hamda auditoriyada foydalanuvchi interfeysini ta'minlovchi texnik vositalarning bo'lishligi talab etiladi.
Zamonaviy o'qitish texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, bog'lik) tizim bo'lib, unda ta'lim maqsadlari asosida belgilangan ko'nikma va malakalar o'quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o'zlashtirish, ularda muayyan ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma'lum tartibga solingan to'plamdir.[7]
Elektron ta'lim resurslaridan o'quv jarayonida to'liq foydalanish natijasida quyidagilarga erishiladi:
1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig'adilar, biroq xatosiz, ongli ravishda qayta tiklamaydilar;
2) bevosita o'qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar, umumlashtiradilar, namuna bo'yicha amaliy harakatlarni bajaradilar;
3) muammolarni yechish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijaga erishishning yo'l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta'lim resurslarining sifati darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, ta'lim berish jarayoni shuncha natijali bo'ladi
[8,9]. O'qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan va biladigan, o'ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Elektron ta'lim resurslari qo'llanilgan darslarda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi pedagogik hamkorlik o'quvchini dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo'lgan qiziqishlari doimiyligini ta'minlaydi [10].
Ta'lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qilmoqda. Bunda albatta, ta'lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kompyuter, multimedia, internet, masofali o'qitish, yagona axborot muhiti va axborot kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o'zining yaqqol samarasini bermoqda.
Pedagogik tajriba-sinovini o'tkazish jarayonida amalga oshirilgan pedagogik eksperimentning muvaffaqiyati, ushbu jarayonda uning tashkiliy-pedagogik jihatlarini inobatga olishi zaruriyatini ko'rsatadi. Shuning uchun ham mazkur jihatlariga alohida e'tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayoni Navoiy davlat pedagogika institutidagi professor-o'qituvchilarning fikr va mulohazalarini bilish bilan tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari Navoiy davlat pedagogika institutining "Informatika o'qitish metodikasi" ta'lim yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalar o'rtasida o'tkazildi. Tajriba va nazorat guruhlari uchun jami 168 nafar talaba tanlab olindi.
Tajriba-sinov davrida informatika fani professor-o'qituvchisi va talabalar bilan axborot-ta'lim muhitlarning asosiy hususiyatlariga oid suhbat va kuzatuvlar olib borildi. Suxbat va kuzatish natijalari uchun 28 nafar informatika fani professor-o'qituvchisi va 168 nafar talaba ishtirok etdi.
Professor-o'qituvchilar tomonidan so'rov natijalaridan ma'lum bo'ldiki, 56,4 % o'qituvchi dars jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish zarur, 28,6 % mustaqil ravishda foydalanish maqsadga muvofiq, 14,8 % qiyin mavzularni o'zlashtirishda foydalanish mumkin, 0,2 % bilimlarni o'zlashtirishga yordam bermaydi, deb hisoblashdi.
Talabalar tomonidan so'rov natijalaridan ma'lum bo'ldiki, 45 % o'qituvchi dars jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish zarur, 40,3 % mustaqil ravishda foydalanish maqsadga muvofiq, 14,4 % qiyin mavzularni o'zlashtirishda foydalanish mumkin, 0,3 % bilimlarni o'zlashtirishga yordam bermaydi, deb hisoblashdi.
Tajriba-sinov ishlarining umumlashtiruvchi bosqichi 2019 yilda olingan sonli ma'lumotlarning natijalari tahlil qilinib, umumlashtirildi va uning ishonchliligini tekshirish maqsadida Styudent-Fisher kriteriyasi asosida matematik-statistik tahlili
qilindi. Hisoblash natijasiga ko'ra, tajriba guruhining o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan yuqori ekanligi, ya'ni, 11,2 % ga oshganligi ma'lum bo'ldi.
Bugungi kun yoshlari uchun yaratiladigan elektron ta'lim resurslariga talab ham ancha murakkab. Ta'lim resurslari har tomonlama mukammal, zamonaviy, yoshlar e'tiborini tortadigan va yangiliklar bilan boyita oladigan bo'lishi kerak. Shuning uchun yangi dasturlash tillaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maksad, uning afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillarida namoyon bo'ladi. Zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib yaratilgan elektron ta'lim resurslarini tarmokda joylashtirish orkali, ukuvchilarni bilim boyligi oshiriladi, esda kolishi kuchayadi, darslar qiziqarli tashkil etiladi, tafakkurni rivojlantiradi samaradorligini oshiradi. dunyoqarashni kengaytiradi, o'quvchilarni o'z ustida ishlashga da'vat etadi, o'z shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga o'rgatadi.
Fan bo'yicha tayyorlangan elektron ta'lim resurslari talabalar bilimini takomillashtirishda, talabalarni baholashda, o'quv jarayonini boshqarishda keng qo'llaniladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, olib borilgan tadqiqotlar, asosan, ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni tako- millashtirish, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga oid bo'lib, ularda mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonining didaktik ta'minotini ishlab chiqish va joriy etishga kam e'tibor qaratilgan. Bu esa, oliy ta'lim muassasalari talabalarida mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida zamonaviy texno- logiyalardan foydalana olish ko'nikmasini shakllantirish masalasini atroflicha tadqiq etishni taqozo etadi.
Xulosa qilib aytganda, elektron shaklda tayyorlangan o'quv materiallari o'qitishning barcha shakllarida yuqori sifat va samarani kafolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 2017-2021 йиллaрдa Узбекистан Pеспyбликaсини ривожтантиришнинг бештa ycTyBop йyнaлиши бyйичa X,apaKarnap стрaтегияси. Узбекистон Pеспyбликaси конун xyжжaтлaри тyплaми, 2017 й., 7-сон.
2. Узбекистон Республи^си Олий Ba yртa мaхсyс тaълим вaзирлиги тизимигa aхборот коммyникaция технологиялaрини жорий этиш Ba ривожлaнтириш концепцияси, Тошкент, 2013
3. Абдукодиров A.A., Хaитов A.F., Шодиев P.P. "Ахборот технологиялaри". Т. "Укитувчи" 2002.
4. Носировa Ш.Н., Артыков А., Мaхмyдовa М.А Знaчение системного мышления в повышении кaчествa обучения. Междутародной нayчно-
технической конференции «Перспективные информационные технологии-2018», 14-16 апреля 2018 г. Самара, стр. 1214-1217.
5. Махмудова М.А., Носирова Ш.Н. Электронная рабочая тетрадь как средство реализации деятельностного подхода при изучении информатики в базовом курсе "Иктисодиётнинг тармокларини инновацион ривожланишида ахборот-коммуникация технологияларининг ахамияти" республика илмий техник анжуман, Тошкент,14-15 март, 2019, 516-518 бет.
6. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. The importance of electronic education resources in the effectiveness of the lesson Electronic journal of actual problems of modern science, education and training December 2019-V ISSN 2181-9750, Урганч, № 5, 2019.-С.1-8.
7. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Компьютер дастурлари воситасида укувчиларнинг билим эгаллашга кизикишларини ривожлантириш "Мугаллим хем узлуксиз билимлендириу" Илмий-методикалык журнал № 5 2019 жыл. Нукус - 2019, 25-27 бет
8. Махмудова М. А., Хамраев У.Н., Насирова Ш.Н. Ta'lim samaradorligini oshirishda dasturiy-didaktik majmualarning ahamiyati "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi Respublika 13-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari, Toshkent, 2020 yil, 29 fevral, 3 qism, 178-179 bet.
9. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Особенности использования мультимедийной и интерактивной техники в обучении "21 асрда илм-фан тараккиётининг ривожланиш истикболлари ва уларда инновацияларнинг тутган урни" мавзусидаги республика 3 онлайн конференцияси материаллари, 2019, 30 апрель,23-24
10. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Improving the quality of education in systems thinking IV Международной открытой конференции «Современные проблемы анализа динамических систем. Приложения в технике и технологиях», Воронеж, 23-25 май, 2019
References
1. 2017-2021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Хдракатлар стратегияси. Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2017 й., 7-сон.
2. Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлиги тизимига ахборот коммуникация технологияларини жорий этиш ва ривожлантириш концепцияси, Тошкент, 2013
3. Абдукодиров А.А., Хаитов А.Г., Шодиев Р.Р. "Ахборот технологиялари". Т. "Укитувчи" 2002.
4. Носирова Ш.Н., Артыков А., Махмудова М.А Значение системного мышления в повышении качества обучения. Международной научно-технической конференции «Перспективные информационные технологии-2018», 14-16 апреля 2018 г. Самара, стр. 1214-1217.
5. Махмудова М.А., Носирова Ш.Н. Электронная рабочая тетрадь как средство реализации деятельностного подхода при изучении информатики в базовом курсе "Иктисодиётнинг тармокларини инновацион ривожланишида ахборот-коммуникация технологияларининг ахдмияти" республика илмий техник анжуман, Тошкент,14-15 март, 2019, 516-518 бет.
6. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. The importance of electronic education resources in the effectiveness of the lesson Electronic journal of actual problems of modern science, education and training December 2019-V ISSN 2181-9750, Урганч, № 5, 2019.-С.1-8.
7. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Компьютер дастурлари воситасида укувчиларнинг билим эгаллашга кизикишларини ривожлантириш "Мугаллим х,ем узлуксиз билимлендириу" Илмий-методикалык журнал № 5 2019 жыл. Нукус - 2019, 25-27 бет
8. Махмудова М. А., Хамраев У.Н., Насирова Ш.Н. Ta'lim samaradorligini oshirishda dasturiy-didaktik majmualarning ahamiyati "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi Respublika 13-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari, Toshkent, 2020 yil, 29 fevral, 3 qism, 178-179 bet.
9. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Особенности использования мультимедийной и интерактивной техники в обучении "21 асрда илм-фан тараккиётининг ривожланиш истикболлари ва уларда инновацияларнинг тутган урни" мавзусидаги республика 3 онлайн конференцияси материаллари, 2019, 30 апрель,23-24
10. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Improving the quality of education in systems thinking IV Международной открытой конференции «Современные проблемы анализа динамических систем. Приложения в технике и технологиях», Воронеж, 23-25 май, 2019