Научная статья на тему 'YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI'

YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
183
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Huquq / huquqiy madaniyat / huquqiy bilim / huquqiy ko‘nikma / law / legal culture / legal knowledge / legal skills.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ho‘jaxonov, Islomxo‘ja Abdullohon O‘g‘li

Maqolada yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning muammolari ochib berilgan hamda amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF DEVELOPING THE LEGAL CULTURE OF YOUTH

The article reveals the problems of the development of the legal culture of young people and gives practical suggestions and recommendations.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING

MUAMMOLARI

Maqolada yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning muammolari ochib berilgan hamda amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy ko 'nikma

В статье раскрываются проблемы развития правовой культуры молодежи и даются практические предложения и рекомендации.

Ключевые слова: право, правовая культура, правовые знания, юридические навыки.

The article reveals the problems of the development of the legal culture of young people and gives practical suggestions and recommendations. Keywords: law, legal culture, legal knowledge, legal skills.

Mamlakat rivojlanishida huquqiy madaniyatni bugungi kunning talabiga mos ravishda yuksaltirish jamiyatdagi insonlarning kelajakka bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Huquqiy madaniyati yuksak rivojlangan davlatning kelajagi ham ravnaq topib boradi. Yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun huquqiy ong va madaniyatni yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. "Huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror topgan xuquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo'lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo'lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz"1 - deb ta'rif berilgan.

Mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bir vaqtda yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir. Huquqiy demokratik davlat qurish va

1 Таджиханов У., Саидов А. Хукукий маданият назарияси. 1-том. - Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 1998, 11-бет.

Ho'jaxonov Islomxo'ja Abdullohon o'g'li

O'zMU doktoranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

jamiyat taraqqiyotining rivoji, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim darajasi, huquqiy savodxonligining yuqoriligiga bog'liqdir. Yaxshi ta'lim - tarbiya olgan barkamol avlod hech qanday huquqbuzarlikning ko'chasiga kirmaydi, uning botqog'iga botmaydi. Bu borada davlatimiz tomonidan ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni hamda 2019 yil 13 dekabrdagi "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4551-son qarori, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli farmonida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish borasidagi ko'plab vazifalarni belgilab berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Lekin, hozirda jamiyatdagi insonlarning huquqiy saviyasini yetarli emasligiga, huquqiy ta'lim va tarbiya doirasida tizimli va uzviy olib borilmayotganligidir. Bu haqda Prezident Sh.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida huquqiy ong va madaniyat darajasiga alohida to'xtalib quyidagi fikrni ya'ni "Kanadaning 1 milliondan ortiq transport vositasi mavjud bo'lgan Kalgari shahrida joriy yilning 10 oyida avtohalokatlar tufayli 10 nafar shaxs nobud bo'lgan. O'zingiz solishtirib ko'ring: jami 2 yarim milliondan ziyod avtotransport mavjud bo'lgan bizning yurtimizda esa, shu davrda 1 ming 600 dan ortiq kishi avtohalokat qurboni bo'lgan. Bu - og'ir kulfat, katta yo'qotish emasmi?! Biz yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Lekin shuning o'zi bilan muammoni to'liq yechish mumkinmi? Menimcha, yo'q! Buning sababi jamiyatda huquqiy madaniyatning yetarli darajada shakllanmagani bilan bevosita bog'liq. Biz jamiyatimizda huquqiy madaniyatni lozim darajada shakllantirmas ekanmiz, huquqbuzarlikka chek qo'ymas ekanmiz, qonunni buzish holatlari davom etaveradi"2 deb ta'kidlab o'tdi. Bugungi kunda yoshlarning huquqiy bilimlari yetarli emasligiga, huquqiy ta'lim borasidagi olib borilayotgan ishlar tizimli va uzviy olib borilmayotganligi kabi holatlar sabab bo'lmoqda.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda avvalo ularning o'z huquq va erkinliklarini yaxshi bilib olishlari hamda ulardan hech qanday to'siq va moneliklarsiz to'liq va keng foydalanish imkoniyatlarini amalda

2 https://uza.uz/uz/posts/bilimli-avlod-buyuk-kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon-ayet-08-12-2018

357

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ta'minlanishi muhim mezon bo'lib hisoblanadi. Yoshlarni jamiyat talablariga davlatning qonun-qoidalariga, milliy urf-odatlar va qadriyatlarga chuqur hurmat-ehtiromli bo'lishga o'rgatish huquqiy ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. Jamiyatda yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirish uchun yoshlar tarbiyasida huquqiy ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish zarur. Yoshlarni tarbiyalashda huquq nazariyasini uni o'qitish metadologiyasini va globallashuv jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish zarur. Ta'lim muassasalirida huquqiy ta'lim fanlarini mazmunan yangilash. Oliy ta'lim muassasalarini mutaxasisligidan kelib chiqib huquqiy ta'lim fanlarini moslashtirish. Shu bilan bir vaqtda fuqarolarning huquqiy savodxonligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalari katta ahamiyatga ega. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy mavzulardagi ruknlariga e'tiborini kuchaytirish, aholi o'rtasida ko'proq ko'tarilayotgan huquqiy muommolarni davriy nashrlar saxifalarida, televidenie va radio eshittirishlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirish hamda huquqiy targ'ibot masalasi bugungi kunda huquqiy madaniyati shakillantirishning asosiy omili hisoblanadi.

XULOSA

"Huquqiy targ'ibot-jamiyat va davlatning huquqiy siyosatini, strategik maqsadini kishilarga, ommaga yetkazishga qaratilgan ma'rifiy va targ'ibiy usullar. Huquqiy madaniyatning shakllanishi huquqiy targ'ibot ta'sirchanligi va xalqqa tushunarli ekaniga bog'liq. Shuning uchun, huquqiy targ'ibot huquqiy jamiyat nazariyasi, huquq loyihasi, huquq sotsiologiyasi kabi ilm sohalarining natijalariga tayanadi"3.

Har bir davlatning rivojlanishining asosiy omillaridan biri bu huquqiy madaniyat hisoblanadi. Shunday ekan yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

REFERENCES

1. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-tom. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1998, 11 -bet

2. Odilqoriev H., Yakubov Sh. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadryatlar. -T.:2011, 56-bet.

3. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi. -Toshkent: Adolat, 2009. 654-b.

3Y36eKHCTOH ropngHK энцнкroпеgн.aсн. -TomKeHT: Agorar, 2009. 654-6.

358

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.