Научная статья на тему 'TALABALAR HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TA'LIM-TARBIYANING ROLI'

TALABALAR HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TA'LIM-TARBIYANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

723
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy ong / huquqiy madaniyat / fuqarolik jamiyati / oliy ta‟lim / yuridik ta‟lim / huquqiy targ‟ibot / legal consciousness / legal culture / civil society / higher education / legal education / legal advocacy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dildora Xolnazarova, Sherzod Tangirberdiyev

Mazkur maqolada huquqiy ong va madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi roli, talabalar huquqiy madaniyatini rivojlantirishda ta‟lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalari yoritilgan. Shu bilan birga talabalar huquqiy madaniyatini rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LAW EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF LAW CULTURE OF STUDENTS

This article describes the role of legal consciousness and legal culture in the development of society, the main tasks of the educational system in the development of legal culture of students. In addition, practical suggestions and recommendations for the development of legal culture of students were given

Текст научной работы на тему «TALABALAR HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TA'LIM-TARBIYANING ROLI»

TALABALAR HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TA'LIM-TARBI YANING ROLI

Dildora Xolnazarova

Guliston davlat universiteti o'qituvchisi

Sherzod Tangirberdiyev

Guliston davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada huquqiy ong va madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi roli, talabalar huquqiy madaniyatini rivojlantirishda ta'lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalari yoritilgan. Shu bilan birga talabalar huquqiy madaniyatini rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, fuqarolik jamiyati, oliy ta'lim, yuridik ta'lim, huquqiy targ'ibot.

THE ROLE OF LAW EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF LAW

CULTURE OF STUDENTS

Dildora Kholnazarova

Teacher of Gulistan State University

Sherzod Tangirberdiyev

Master student of Gulistan State University

ABSTRACT

This article describes the role of legal consciousness and legal culture in the development of society, the main tasks of the educational system in the development of legal culture of students. In addition, practical suggestions and recommendations for the development of legal culture of students were given.

Keywords: legal consciousness, legal culture, civil society, higher education, legal education, legal advocacy.

KIRISH

Ma'lumki, har qanday davlatning taraqqiyoti va kelajak qiyofasi yoshlarning bilim va itellektual salohiyati, jismonan va ma'nan barkamolligiga bog'liq.

Demokratik huquqiy davlat, erkin fuqrolik jamiyatini rivojlantirish, hamda yangi Ozbekistonni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallashiga erishish kabi buyuk maqsadlar oldida yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biridir. Yuksak huquqiy madaniyat - jamiyat taraqqiyotining asosi ekan, demak, ta'lim-tarbiyani modernizatsiyalash, jahon andozalari darajasida tashkil qilishda huquqqiy tarbiya ham alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish eng avvalo ularda qonunlarga hurmatni shakllantirish, oz huquq va burchlarini to liq anglab yetish va rioya etish, befarqlikka yo'l qo'ymaslik, jinoyatchilkning oldini olish kabi bir qator muammolarning amaliy yechimi bolib xizmat qiladi. Huquqiy savodxonlik fazilati shaxs - jamiyat -davlat munosabatlariga muhim ta'sir ko'rsatadi, hayotda mehnat faoliyatida yoki boshqa bir sohada yuzaga keladigan muammolarni adolatli va xolis hal qilish imkonini beradi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ozbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida mamlakatda islohotlar kolami to'g'risida to'xtalib davlatimiz rahbari shunday deydi: "Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O'zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o'zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi"[2]. Qaysi mamlakatki, uning xalqi hukumat siyosatini tolaqonli tushunib yagona maqsad bilan uni qo'llab-quvvatlamasa, bu islohotdan kozlangan vazifalar natijasi barchaga ayon. Shu bois ayni damda yurtimizda barcha sohada kadrlar tayorlash tizimini qayta ko rib chiqilmoqda. Xususan, huquqiy ta'lim tizimida ham. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Orta, o'rta maxsus, professional, oliy ta'lim tizimimizda bugungi kun huquqiy fanlarining oqitilish jarayoni qanday? Bu holat barchani o'yga toldirishi tabiiy. Negaki ixtisoslashgan ta'lim muassasalari bolmish Toshkent davlat yuridik universiteti, huquqshunoslik kollejlari, yuridik litseyni aytmasa, qolgan ta'lim muassasalarida huquq fanlari "2-darjali fan" sifatida qarab qolingan. Bu esa ko'plab soha vakillarida oz burchini unutib qo'yishlikka, bora-bora huquqiy nigilistik kayfiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Axborot bilan

ta'minlanish imkoniyati ortib borishi, qulayliklarning ortishi jarayoni bilan bugungi yosh avlodning huquqiy madaniyat ko'rsatkichlari teskari proporsional holda o'sib bormoqda. Olib borilayogan islohotlarga ko'plab aholi qatlamlari keng qismi befarqlik bilan qarashi ham avvalo ana shu omil - huquq fanlaridan yetarli darajada saboq olmayotganligining oqibati deya olamiz. 1997-yilda "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi" qabul qilindi, 2001-yil 4-yanvarda "Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to^risida'^i Prezident farmoyishi e'lon qilindi, 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni, 2019-yil 20 -apreldagi "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to'g'risida"gi Nizomning qabul qilinishi, bularning barchasi aynan huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, provardida mamlakatdagi keng kolamli islohotlarga barchani oz huquq va burchlari doirasida faol ishtirokini ta'minlash maqsadining huquqiy asosi hisoblanadi. 2001 -yilgi Prezident farmoni asosida barcha ta'lim muassasalarida Konstitutsiyani o'rganish kurslari joriy qilindi. Yuqorida nomi keltirilgan Nizomda shunday deyilgan: "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy targ'ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning mas'uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish bo'yicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat"[3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shiddatli islohotlar jarayonida jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, har bir inson, u rahbar yoki oddiy kishi bo'ladimi, Konstitutsiya va qonunlarni, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi kundalik qoida va odatga aylanishiga erishish muhim sanaladi. Negaki, qonunlar ishlagandagina, ular yaxshi samara beradi. Qonunlar esa ularga rioya etilsa, rioya etilishi talab qilinsagina ishlaydi. Buning uchun hamma huquqshunos bo'lishi shart emas. Bugun jamiyatimizda har bir fuqaro, avvalo, o'z sohasidagi qonunlarga rioya etsin, qonunni chetlab o'tish degan fikrni xayolidan umuman chiqarib tashlasin, degan g'oya ilgari surilayapti. Negaki, davr har bir fuqaro faqat javobgarlikdan qo'rqib emas, balki ta'qiqlangan yo'ldan yurish yomonligini tushunib, o'sha yo'ldan yurmasligini, qoidalar ularning foydasiga ishlashini anglab, ularni hurmat qilish

talabini qo'ymoqda. Qonunlarni hurmat qilish bu huquqiy madaniyatdir. Aksincha jamiyatda qabul qilingan huquqiy me'yorlani mensimaslik, ularga amal qilmaslikka undaydigan holat - kishida huquqiy nigilistik xulq-atvor shakllanganligidan darak beradi. Aynan huquqiy madaniyatli fuqarolar - islohotlarning oddiy kuzatuvchisi emas, balki bevosita hayotga tatbiq etuvchisi, ijrochisi, kerak bo'lsa, tashabbuskori bo'lishi shart. Bu borada boshqacha yo'l yo'q va bo'lishi ham mumkin emas. Har bir fuqaro qonunlar kelajagi uchun foydali ekanini anglasagina, jamiyat madaniy rivojlanish pillapoyalaridan ko'tarilaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga katta e'tibor qaratilayotganligining sabablaridan biri ham shudir. Pedagogik ta'lim muassasalarida yuridik ta'lim faqatgina Oliy ta'limning Huquq ta'limi yonalishi talabalari uchun qoldirilgandi. Bu esa boshqa mutaxassis kadrlarning jamiyatda amalda bo'lgan va yangi qabul qilnayotgan normativ-hujjatlar bilan qiziqishining susayishiga olib kelgandi. Bunday vaziyatda barcha soha pedagoglaridan oz predmetiga aloqador holda masalaga kreativ yondoshishni, o'ganilayotgan barcha mavzu obyektlarining huquqiy asosini ham o'rganib borish talab qilinishi lozim. Mamlakatimiz iqtisodiy hayotida ham yuksak malakali yuristlarga talab ortib bordi. Shuni inobatga olgan holda va iqtisodiy hayotning turli bo'ginlarini o'rta va oliy ma'lumotli yurist kadrlar bilan ta'minlash maqsadida Mavjud huquqshunoslik kollejlari texnikumlarga aylantirildi, huquqiy ta'lim jarayoniga yanada alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yuridik ma'lumotli kadrlarning barcha tarmoq tizimlarida ta'minlanishi mamlakatimizning bugungi islohotlari tez orada oz samarasini berishiga, aholi qatlamlarining roziliklari barobarida xalqimiz farovon turmush darajasining ortishiga xizmat qiladi. "O'z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi", -degan edi Sitseron. Burch bilan huquq bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, ularni ayro tasavvur etish qiyin. Chunki huquqini yaxshi bilgan odam burchini ham ado eta oladi. Shu orqali hayotda o'z o'rnini topadi, jamiyat uchun xizmat qiladi. Huquqiy madaniyat rivoji har qanday muammo yechimining asosiy mezonidir [4]. Jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonuniylikni mustahkamlashga yo'naltirilgan targ'ibotga alohida e'tibor qaratilayotganining asosiy sababi ham shunda.

XULOSA

Talabalarda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan

murosasizlik hissini uyg'otish bugungi kunda ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Barchamiz, ta'lim muassasalarida, huquqiy ta'lim-tarbiya hamda targ'ibot ishlarida mas'ul xodim va mutaxasislar oz vazifalarini to'liq va kreativ yondoshgan holda bajarishlarini zamirida islohotlarimiz samarasi turganini his qilmog'imiz lozim. Shu bilan birga talabalar huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ta'lim muassasalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ommaviy axborot vositalarining samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Amirov Z. "Huquqiy xabardorlikni oshirish huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish vositasi sifatida" // Jamiyat va boshqaruv -2015. №3

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi 23.09.2020

3. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to'g'risida Nizom. 2019-yil 20-aprel. (https://lex.uz/ru/docs/4300837)

4. Utamuradov, A., Khojiev, T., Isanova, G., & Khaytmetov, R. (2020). The Prospects of a New Template of the Modernization Uzbekistan. Jour of of Adv Research in Dynamical & Control Systems, 2(12), 2670-2676.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.