Научная статья на тему 'YOSHLARNING AXBOROTDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

YOSHLARNING AXBOROTDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

3055
228
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / axborot / axborot madaniyati / internet / ta‟lim. / молодежь / информация / информационная культура / интернет / образование.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mohigul Shavkat Qizi Norboyeva

Mazkur maqolada yoshlar o`rtasida axborotlardan foydalanishda mavjud muammolar va axborot madaniyatini shakllantirishning o`ziga xos uslublari, uning yoshlar kamolotidagi tutgan o`rni haqida qarashlar bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИИ МОЛОДЕЖЬЮ

В данной статье изложены существующие проблемы использования информации среди молодежи и подходы к формированию информационной культуры, ее роль в развитии молодежи.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING AXBOROTDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

YOSHLARNING AXBOROTDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mohigul Shavkat qizi Norboyeva

ChDPI magistranti [email protected]

Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlar o'rtasida axborotlardan foydalanishda mavjud muammolar va axborot madaniyatini shakllantirishning o'ziga xos uslublari, uning yoshlar kamolotidagi tutgan o'rni haqida qarashlar bayon etilgan

Kalit so'zlar: yoshlar, axborot, axborot madaniyati, internet, ta'lim.

ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИИ МОЛОДЕЖЬЮ

Аннотация: В данной статье изложены существующие проблемы использования информации среди молодежи и подходы к формированию информационной культуры, ее роль в развитии молодежи.

Ключевые слова: молодежь, информация, информационная культура, интернет, образование.

FEATURES OF THE FORMATION OF A CULTURE OF INFORMATION USE BY YOUNG PEOPLE

Annotation: This article describes the existing problems of the use of information among young people and approaches to the formation of information culture, its role in the development of youth.

Keywords: the youth, information, information culture, the Internet, education.

Har qanday mamlakat o„z taraqqiyot yo'lini belgilashda avvalo kelajak rejalarini qurib, unda albatta yoshlarga e'tiborni kuchaytiradi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak bugungi kun jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim masalalardan biri yoshlar masalasidir. Yoshlarga bugungi kun rivojlangan texnologiyalar asri va axborot makoni juda keng imkoniyatlar yaratib berishi bilan birgalikda zararli axborot shaklidagi katta xavfni shakllantirmoqda. Bunday yoshlar kelajagiga o'zining salbiy tasirirni otkazuvchi omillardan ularni asrab

avaylash uchun yoshlar o'rtasida axborot madaniyatini rivojlantirish zarur bo'lib, o'z navbatida bu jamiyat siyosiy savodxonligi darajasiga ham yuqori darajada o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Insoniyat ertangi kuni uchun kurashar ekan bunda yosh avlodning munosib davomchi sifatida shakllanishi uchun har tomonlama chuqur islohotlar amalga oshirib borishi va bunda yoshlarning mas'ullik hissini ham shakllantirib borishi talab etiladi. Sababi yoshlar oldiga qo'yilayotgan maqsadlar ularda qat'iy rioya qilinishi talab etiladigan me'yorlarni ham yuzaga keltiradi. Yoshlar axborot iste'molchisi sifatida avvalo axborot tasnifini anglashi, ulardan foydalanish imkoniyatlarini to'liq anglab yetishi, zararli axborot maydoni ta'siridan o'zini himoya qilish prinsiplarini anglab yetishi, zamonaviy axborot vositalaridan foydalanganda talab etiladigan me'yorlarni to'liq anglab yetishi bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalar bugungi kun talabidir.

Axborot asri insoniyatga tezkor axborot taqdim qilish bilan birgalikda undan noo'rin foydalanish tufayli ko'plab muammolarni shakllantirmoqda, bu o'z navbatida eng katta ta'sirini yoshlar o'rtasida namoyon etmoqda. Shu sababli yoshlar o'rtasida axborotdan to'g'ri foydalanish, ayniqsa o'smir davri yoshlarida axborotdan samarali foydalanish yoki ijtimoiy xavfli axborotlardan ularda immunitet shakllantirish talabi ortib bormoqda.

Mazkur masalada, davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar esa taxsinga loyiqdir. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"[1] deb ta'kidlaganida yoshlar orasida har qanday ijtimoiy xavf keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashish nazarda tutilgan desak mubolag'a qilmaymiz.

Bugungi jamiyat azolari qaysidir manoda telekommunikatsiyalar ta'sirida hayot kechirar ekan buning o'z navbatida ham salbiy ham ijobiy xususiyatlari mavjuddir. Ilmiy tahlillarga ko'ra, tezkor axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida dunyodagi turli xalqlar va elatlar orasida globallashuv jarayonlari sodir bo'layotgan vaqtda butun insoniyat, jumladan xalqimiz ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatish mumkin bo'lgan turli mafkuraviy tahdidlar asosida yashamoqda.[2]

Butun dunyoda bo'lgani kabi mamlakatimizda ham ta'lim sohasiga zamonaviy qarash va texnologiyalarning keng jalb qilinishi rivojlanib bormoqda. Bu esa o'z navbatida ta'lim sohasida ham axborot iste'moli xususiyatlarini ilmiy tadqiq qilish va uning yoshlarga ta'sirini har tomonlama chuqur tahlil qilingan xulosalalr shakllantirishni talab etmoqda. Aynan malakatimizda ham axborot olami aynan internet va kommunikatsiya sohasi texnologiyalaridan foydalanish ko'lami ham kun sayin oshib borib, kundalik zaruriy ehtiyoj sirasiga kirib bormoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni - 22,1 milliondan oshdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni - 19 millionni tashkil etmoqda. Mamlakat bo'yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi. 26 mingga yaqin "uz" domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatga olingan. Internetning ta'sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko'tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali yechimlarini taklif etishiga ko'p darajada bog liq.[3] Bu raqamlar o'z navbatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib qolgan axborot olamini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi.

Mustaqil O'zbekiston yoshlari rivojlangan texnologiyalar asrida munosib ishtirokchi bo'lib, mazkur sohaga taalluqli mahsulot va vositalardan keng foydalanmoqda. Bu esa o'z navbatida axborotdan foydalanish bo'yicha madaniy ko'nikmalarni ijtimoiylashtirish orqali ularning yosh va dunyoqarashidan kelib chiqib axborot iste'molini rivojlantirishni talab etadi. Ta'limni axborotlashtirish strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilayotgan bir vaqtda, axborot-resurs markazlarining o'rni ham beqiyosligicha qolmoqda. Unda axborot-resurslarining shiddat bilan kirib kelishi esa axborotlashuv jarayonini yana ham jadallashtirmoqda. Shunga qaramay, badiiy asarlar, qomuslar, lug'atlar, gazeta va jurnallarning tobora katta qismi matnli fayllar ko'rinishida tarqalmoqda. Elektron va bosma nashrlar bir-birini mustasno etmaydi, balki bir-birini to'ldiradi, binobarin, kelajakda kutubxonalarda ham virtual, ham an'anaviy kitobga o'rin topiladi. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, kitobxon texnik va ma'lumotnoma adabiyotlardan ko'proq elektron shaklda foydalanadi.[4]

Shuningdek bugungi kunda yoshlar ayniqsa ular klassifikatori (yosh darajasi)ga ko'ra axborotdan foydalanish ko'nikmalari, ularni ma'naviy dunyosini boyitishda axborot vositalarining o'rni, axborotlarning asnifi va ulardan foydalanish chegaralarini aniqlashda echimini topmagan va ijtimoiy ahamiyati yuqori bo'lgan ilmiy ishlar olib borish zaruratligicha qolmoqda. Yoshlar o'rtasida

axborotlardan samarali foydalanishni tashkil etish uchun fanlararo integratsiya rivoji ham alohida o'rin tutadi va bunda aynan pedagogika sohasi bilan axborot texnologiyalari sohasini o'zaro integratsiya qilish orqali ularning pedagogik hamda texnik xususiyatlari bo'yicha iste'molchi bo'lgan yoshlarga ta'sirchan imkoniyatlar yaratish mumkin. Aynan bunda pedagogic tarbiya nuqtai nazari birlamchi omil bo'lib xizmat qilishi lozim.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M.Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- Т., Ozbekiston: NMIU, 2016. 14-bet.

2. B.Xodjayev, M.Maxmudova. Oquvchi - yoshlarda axborot iste'moli madaniyatini rivojlanish texnologiyasi. - T., "TAFAKKUR QANOTI", 2016. 7-bet.Islomova Z. 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash bo'yicha o'tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rish uchun 7-mashq daftari.Toshkent. 2021.

3. A.Lutfullayev, E Jabborov. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI TA'SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI. ARES, Volume 2, Issue 4, 2021. 642-bet.

4. http://uz.infocom.uz/2016/03/30/axborot-olish-madaniyatini-shakllantirishda-ijtimoiy-meyorlarning-orni/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.