Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
AXBOROT VA UNDAN YOSHLARNING FOYDALANISH
XUSUSIYATLARI
Mohigul Shavkat qizi Norboyeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya
yo'nalishi magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi jamiyatda axborotning tutgan o'rni, uning shakllanishi va iste'molchisi sifatida yoshlarning axborot konikmalari, axborot olishdagi muammolari va ularni bartaraf etishda talab etiladigan konikmalar sohaga oid ilmiy asoslangan malumotlar asosida tahlil qilinib malumot beriladi.
Kalit so'zlar: axborot, media, yoshlar madaniyati, axborotdan foydalanish madaniyati, mafkuraviy immunitet
INFORMATION AND THE FEATURES OF USE BY YOUNG PEOPLE
ABSTRACT
The article analyzes the role of information in today's society, its formation and information skills of young people as consumers, the problems of obtaining information and the skills required to overcome them on the basis of scientifically based data in the field.
Keywords: information, media, youth culture, culture of information use, ideological immunity
KIRISH
Bugungi kun jamiyati kun sayin taraqqiy etib, insoniyat uchun misli ko'rilmagan imkoniyat va qulayliklar taqdim etmoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatda mavjud bo'lgan o'zaro qarama qarshilik qoidasiga ko'ra illatli hodisa va qarashlar ham rivojlanib bormoqda. Bugungi kun axborotdan foydalanishdagi tezkorlik insoniyat uchun taraqqiyotning muhim omili sifatida namoyon bolayotgan bolsa, shuning bilan yovuz niyatga xizmat qiluvchi axborotlarning mavjud bolishi odamlarga ayniqsa yoshlarga o'zining salbiy tasirini ham otkazib kelmoqda. Zamonaviy axborot resurslari, axborot almashinuvining tavsif va xususiyatlari tobora o'zgarib bormoqda. Kompyuter texnologiyasi va Internetning keng tarqalishi oz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
navbatida qog'oz shaklidagi axborotlarning o'rnini elektron shakldagi axborotlar egallab olishiga yo'l bermoqda. Bu holat hujjatlar va ma'lumotlargina emas, balki badiiy matnlar, nazariy, pedagogik va metodik adabiyotlarga ham taalluqlidir. Internet tarmog'idan foydalanish imkoniyati axborotlarni mislsiz tezlikda, yer yuzining istalgan nuqtasidan turib uzatish va qabul qilish imkonini bermoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Globallashuvning insoniyat, jumladan yoshlar hayotiga ta'siri juda kuchli bo'lib, o'z navbatida ularning globallashuvning kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarining oldini olish uchun mafkuraviy immunitet shakllantirish asosiy maqsadlardan biri bo'lib mazkur sohaga oid ilmiy tadqiqot va asarlar yaratgan olimlarning ilmiy xulosalaridan foydalanildi. Jumladan, M.X. Toxtaxodjayeva, B.Xodjayev, M.Maxmudova, B.Umarov, M.Axmedova, Sh.Qudratxo'jayev kabi soha mutaxassislarining asarlari asosiy manba sifatida olindi.
NATIJALAR
Bugungi kun yoshlari hayotini texnologiya va virtual olam shunchalik egallab olganki uning ta'siri ostida hatto maktab ta'lim tizimi ham shunga moslashib bormoqda. Sababi, zamonaviy pedagok o'z navbatida bolalarning mashg'ul bo'layotgan mashg'ulotlari haqida to'liq tasavvur etishi va o'z navbatida shu orqali undan himoya qilish yoki targ'ib qilish xususiyatini shakllantiradi. Axborot almashinuvida ishtirokchi bo'lgan yoshlarning foydali axborotlardan ko'ra vayronkorlik yoki salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi axborotlardan foydalanishga intilishi ko'p bo'lishi oqibatida ularning to'lig'icha onlayn muhit shakllantirib o'zlari uchun alohida kontent shakllantirishi mavjud muammolarni yanada rivojlantirib bormoqda. O'z navbatida ularning fikriy irodasida virtuallik va real hayot chegarasini aniq me'zonlar bilan ajratib olish ko'nikmasi mavjud emas. Kattalar xordiqqa bag'ishlangan vaqtidan ish vaqtni ajratishga majbur bo'layotgan bir paytda, Yoshlar xordiqni ish vaqti va maktab muhitiga olib kirishga urinmoqdalar. Garchi Yoshlar, ayniqsa shahar Yoshlari, bolalikdanoq kundalik hayotda texnologiyalardan foydalanishga ko'nikkan bo'lsalar-da, zamonaviy Yoshlar - bu hodisa bilan to'qnashayotgan birinchi avlod. Ularda media bilan o'zaro ta'sirlashish va atrofdagi narsalarni idrok etish tug'ma qobiliyati yo'q.[2,35]
Hozirgi davr shaxsi media hayotga ko'nikib borayotgan bo'lsa, XXI asr yoshlari o'z navbatida shuning ichida katta bo'lmoqda va shu sababli ularning
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
hayotini media dunyo, yoki virtual olamsiz tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun bugungi kun pedagogikasida ularni media va virtuallilkdan cheklash emas balki undan to'g'ri foydalanish xususiyatini shakllatirishga e'tibor qaratmoqda. Odatda, «raqamli olam aborigeni» va «raqamli muhojir» tushunchalaridan ushbu avlod vakillarini farqlash uchun foydalanadilar: raqamli madaniyat muhitida tug'ilgan va Internet bilan katta bo'lgan Yoshlarning ushbu madaniyat doirasida o'zini tutishi kompyuterlar, Internet va raqamli o'yinlar bilan yetuk yoshga yetganda tanishganlarga qaraganda o'zgacha.
Yosh media foydalanuvchilari vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Yoshlar, moda haqidagi blogni yuritayotgan o'spirin moda olamiga oz ta'sirini ko'rsata olishiga yoki yosh musiqachi turli ijtimoiy kontentlar orqali dunyoga mashhur bo'lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Ular uchun «mashhur insonga aylanish» o'zini namoyon qilish hamda shu orqali tor yoki keng doiradagi, ba'zan xalqaro miqyosdagi foydalanuvchilar qollab-quvvatlashi va e'tirofiga sazovor bo'lishdan iboratdir. Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yoshlar ayni damda o'zidan olisda bo'lgan yaqinlari bilan muloqotda bo'lsh va yangi do'stlar orttirishidan tashqari Internetda o'zini turli ijtimoiy rollarda sinab ko'rishi mumkin. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo'lishi, o'zlashtirish darajasi past o'quvchi onlayn o'yinlarda o'zini aqlli strateg va harbiy qo'mondon sifatida va yana ko'plab ko'rinishda namoyon qilishi mumkin. Virtuallikdagi "qahramonlik"ning tugallanish nuqtasi bo'lgan real hayotda to'qnash kelgan taqdirda ularning hayoloti bilan reallik umuman mos kelmasligi ularni hatto virtuallikda qolish istagini kuchaytiradi. Shuningdek, mafkuraviy immuniteti to'g'ri shakllangan va o'zini munosib tuta oluvchi yoshlar guruhida ko'plab Yoshlar tarmoqdagi do'stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi.[2,36]
Kurslarni integratsiyalashtirish ta'limning yangi mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan yana bir g'oya o'quvchilarda, dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojlantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limni axborotlashtirish o'quvchilarni o'qitish jarayonida hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng foydalanish bilan bog'liq bo'lib, ta'limni axborotlashtirish oxirgi on yillikda keng tarqaldi. Bunga o'z navbatida zamonaviy video-radio texnika va komputerlarning ta'lim tizimida qo'llanilishi mumkin bo'lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligi asosiy sabab hisoblanadi.[3,115]
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
Globallashayotgan jamiyatda axborot hatto xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy, ham salbiy kuch sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo'lgan mamlakatlar qulay s haroitga ega bo'ladilar. Bu esa hatto mamlakatlar o'rtasida yoshlarni buzg'unchi yoki bunyodkor shaxs sifatida shakllantirishda manfaat jihatidan o'ziga tegishli qilib tarbiyalash istagini oshiradi va bu mamlakatlararo mafkuraviy kurash shaklini ham namoyon etadi. Shunga ko'ra ko'pgina davlatlarda globallashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, ular yagona jahon uyg'unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. [4,7]
Shu o'rinda axborot manbalari masalasi chuqurroq tahlil qilinadigan bo'lsa, uni uch toifaga ajratish mumkin. Tajribali foydalanuvchi turli xil axborot manbalarining bir nechtasini tanlaydi va zaruratga ko'ra ulardan foydalanadi.
Birlamchi manbalar — bu asl manbalar bo'lib, ular axborotning izohlanishini nazarda tutmaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, amaliy san'at asarlari, qo'lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og'zaki hikoya, intervyu yoki diplomatik hujjatlar bo'lishi mumkin. Aksariyat holatlarda va ma'lum vaziyatlarda imkon qadar birlamchi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi manbalar axborotni yetkazib beruvchilardir. Bu holatda axborot o'zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin (masalan, ilmiy kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma'lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o'zida nufuzli yoki xolis axborotni saqlamaydi. Axborotni sub'yektiv baholash holatlarini, tekshirilgan ikkilamchi manbalardan foydalanib bartaraf etish mumkin. Ikkilamchi manba muayyan soha yoki ma'lum vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
Uchlamchi manbalar - bu tashkil etilgan va o'zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o'zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo'llanmalar, ensikpopediyalar, ko'rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma'lumotlar bazasi va hokazo) manbalardir. [2,12-13]
Axborot turli shakl (masalan, matn, tasvir yoki statistika ma'lumotlari, elektron yoki qog'oz ko'rinish)larda mavjud bo'lib, u onlayn fayl va portallarda, virtual va real kutubxonalarda, hujjatlar jamlanmasida, turli ma'lumotlar bazasida, arxivlar, muzeylar va hokazolarda saqlanadi. Biroq, turli axborot manbalari taqdim etgan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
axborot ishonchli yoki ishonchsiz bo'lishi mumkin. Demak, axborotni izlashga kirishishdan avval, yoshlar o'zlari uchun aynan qanday mazmundagi axborot zarurligini tushunishi lozim. Axborotga bo'lgan ehtiyoj — ma'lum foydalanuvchi (yoki foydalanuvchilar guruhi)ning ma'lum mavzuga oid ma'lumotga bo'lgan ehtiyojidir. Axborot manbasini baholashda avvalo inson undan axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlashi zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi.
Axborot savodxonligi - qaror qabul qilish va muammolarni tahlil qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo'lgan kompetensiyalar to'plamidir. Axborot borasida savodxon insonlar quyidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar:
• tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qila bilish va undan o'z fikrini bayon etishda foydalanish, mustaqil ta'lim olish qobiliyati, davlat faoliyati va jamiyatda kechayotgan demokratik jarayonlarda ishtirok etish, xabardor fuqaro va o'z kasbining ustasi bo'lishga tayyor bo'lish.[2,13]
Axborot borasida savodxon inson axborot izlash jarayonini o'z vaqtida to'xtatishni ham biladi. Mavjud barcha ma'lumotlarni to'plab bo'lmaydi. Axborot borasida savodxonlik yetarli darajada ma'lumot to'plangan va hali qayta ishlanmagan ma'lumot manbalari ko'p bo'lishiga qaramasdan, olingan yangi ma'lumot o'zlashtirilmaydigan nuqtaga erishilgan paytni aniqlash imkoniyatini beradi.[2,14]
Har qanday zamonaviy davlatda axborot hamisha jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarni iste'molchiga xolis yetkazib berish va kishilarning ongi, dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy madaniyatini shakllantirishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Ayni paytda shiddat bilan o'zgarib borayotgan globallashuv jarayonida hayotimizning biror bir sohasini OAV siz tasavvur qilib bo'lmaydi. hozirda internet ham OAVning bir ko'rinishi sifatida talqin qilinmoqda. Internet tarmog'i orqali kun davomida qanchadan-qancha axborotlar qabul qilinadi. Internet (International Network- xalqaro kompyuter tarmog'i) bu -vaqt, makon va geografik chegaralarning mavjudligiga qaramay, kompyuter va kichik tizimlarning o'zaro aloqa bog'lab global axborot infratuzilmasini shakllantiruvchi butunjahon kompyuter tarmog'idir.[5,22-23]
Globalizatsiya ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni ham tug'dirdi. Ularning muayyan qismini "hozirgi davrning global muammolari" deb atash qabul qilingan. Kelib chiqishi, mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko'ra global muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
Birinchisi - bu kishilar uyushgan jamiyatning tabiati, turli mintaqalar davlatlarining (masalan, Sharq - G'arb, Janub - Shimol, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar) xilma-xil manfaatlari majmui bilan bog'langan, boshqacha aytganda, baynal ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy o'zaro munosabatlar tug'dirgan muammolardir.
Ikkinchisi inson va u mansub bo'lgan jamiyat tizimida yuzaga kelgan munosabatlarni ifodalaydigan muammolar kiradi.
Uchinchisi "jamiyat-tabiat" tizimi doirasidagi munosabatlar tug'dirgan muammolarni oladi.[4,8]
Har qanday tirik organizmning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular atrof-muhit bilan o'zaro aloqada bo'lib, ular atrofdagi dunyodan ma'lumot oladilar va undan ma'lum maqsadlarda foydalanadilar, Shuning uchun axborot nazariyasida barcha xilma-xil shakllarni elementar-ma'lumot aylanmasiga bo'lish odatiy holdir. Ijtimoiy ma'lumotlar xilma-xildir. Inson o'z idrokini o'zida aks ettiradigan, ochib beradigan, ijtimoiy ma'lumotga aylantiradigan tabiiy ma'lumotlardan tashqari, u atrofdagi hamma narsa bilan o'zaro aloqada bo'lgan tafakkur qiluvchi mavjudot sifatida uni o'zi ishlab chiqaradi - uning hajmini to'ldiradi.[6,9]
MUHOKAMA
Axborot olish madaniyati, ya'ni axborot savodxonligi bo'yicha xorijiy mamlakatlarga nazar solinsa, kutubxonalar uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. «Axborot savodxonligi» atamasi aynan mana shu e'tibor natijasida paydo bo'lgan. Bundan tashqari, axborot savodxonligi bo'yicha milliy forumlar yaratilgan bo'lib, yigirma beshtadan ziyod turli tashkilot va muassasalarni birlashtirgan. [7]
XX asr oxirilariga kelib, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va Internetning yartilishi natijasida axborot uzatuuvchi soha bo'lmish jurnalistikaning mahsulot tayyorlash jarayonida mislsiz o'zgarishlar ro'y berdi. Agar ilgari bizning tasavvurimizda telejurnalist kasbi ko'rinishida televidenyening ko'chma television stansiyalari jamlangan katta maxsus avtobuslar, yelkada bazo'r turadigan og'ir videokameralar, qo'pol chiroq uskunalari yoki radio jurnalistning o'zi bilan ko'tarib yuradigan haybatli ovoz yozish uskunalari ko'z oldimizga kelgan bo'lsa, internet jurnalistika paydo bo'lishi va rivojlanishi bilan jurnalist ijodi mahsulotini yaratishda ishchi kuchining qisqarishi, salmoqli mablag' va vaqtning tejalishiga imkoniyat paydo bo'ldi.[8,6]
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kun yoshlari taraqqiy etgan texnologiyalar olamida cheksiz takliflar chegarasida mavjuddir. Ularning axborot sintez xususiyati mavjudlik darajasiga ko'ra axborotdan foydalanish doirasini belgilaydi. Mazkur tanlov ularning hayotiga ta'sir o'tkazishidan tashqari jamiyat hayotiga ham ta'sirini o'tkazadi. Sababi yoshlarning qanday g'oya ostidagi axborotlardan foydalanishi va uni targ'ib etishi shu millatning kelajagiga ham ta'sirini o'tkazadi. Texnik moslamalar va Internetga kirish imkoniyati taqdim etilar ekan, mediadan xavfsiz va to'g'ri foydalanish bo'yicha qo'llanma ham berilishi kerak.
REFERENCES
1. Шавкат Мирзиёев. Тошкентда булиб утган "Ижтимоий баркарорликни таъминлаш, мукаддас динимизнинг софлигини асраш - давр талаби" мавзуидаги анжуманда сузлаган нутки. 15.06.2017 йил. Тошкент.
2. Медиа ва ахборот саводхонлигини шакллантиришнинг педагогик жихдтлари. Укув-амалий кулланма. - Т.: Extremum-press, 2017.
3. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O'qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta 'lim sohasi bakalavriat yo'nalishi uchun darslik/ M.X. Toxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Hasanboyev, M.Usmonboyeva, S. Madiyarova, A. Qoldibekova, N. Nishonova, N. Sayidahmedov; 0 'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi. — Toshkent: « 0 'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.
4. Укувчи-ёшларда ахборот истеъмоли маданиятини ривожлантириш технологияси / Б.Ходжаев, М.Махмудова - Тошкент: «Tafakkur qanoti», 2016.
5. Очик ахборот тизимларида ахборот- психологик хавфсизлик: укув кулланма Умаров Б., Ахмедова М. Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлиги ; Узбекистон давлат жахрн тиллари ун-ти : - Т. Chashma Print, 2013.
6. Информационная культура личности: учебно-методическое пособие. - М.: Либерея-Бибинформ, 2007.
7. http://uz.infocom.uz/2016/03/30/axborot-olish-madaniyatini-shakllantirishda-ijtimoiy-meyorlarning-orni/
8. Internet va axborot: xizmatlar, foydalanish asoslari. o'quv qo'llanma // Qudratxo'jayev Sh. Toshkent. Istiqlol, 2013.