Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
YOSHLARNI MILLIY G'OYA RUHIDA TARBIYALASHDA BADIIY
ADABIYOTNING O'RNI
Bayeshanov Abdulla
Guliston davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada milliy g'oyamizning asosiy maqsadlaridan biri bo 'lgan komil insonni tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati, uning millat tarbiyasidagi roli, shuningdek, mamlakatimiz istiqboli bo 'lmish yosh avlodga yuksak intellekt, mustahkam e'tiqod va milliy tarbiya, milliy o 'zligini badiiy adabiyot orqali singdirish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: adabiyot, badiiy adabiyot, komil inson, milliy o'zlik, milliy tarbiya.
ABSTRACT
The article discusses the importance of fiction in the education of the perfect man, one of the main goals of our national idea, its role in the education of the nation, as well as the future of our country through a high intellect, strong faith and national education, national identity through fiction. absorption issues are covered.
Keywords: literature, fiction, perfect man, national identity, national education.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается значение художественной литературы в воспитании совершенного человека, одной из главных целей нашей национальной идеи, ее роль в воспитании нации, а также будущее нашей страны через высокий интеллект, крепкую веру и национальное воспитание, национальная идентичность через художественную литературу освещаются вопросы усвоения.
Ключевые слова: литература, художественная литература, совершенный человек, национальное самосознание, национальное воспитание.
KIRISH
Odamzod dunyoga kelibdiki, o'z tarixiy taraqqiyoti davomida sog'lom va barkamol, komil insonlarini tarbiyalashga alohida e'tibor qaratib kelgan. Bizning ona xalqimiz ham avlodlar kamoloti masalasi bilan jiddiy shug'ullanib kelgan. Bu borada o'zbek xalqining o'ziga xos, uzoq tarix tajribasi sinovidan o'tgan ajoyib an'analari bor.
Xalqimizning tarbiya borasidagi yetuk milliy ma'naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy
932
Scientific Journal Impact Factor
maqsadlaridan biri sifatida yoshlarning bilim va manaviyatini yanada oshirish, ularning ham ma'nan ham jismonan sog'lom dunyoqarashga ega bo'lishlari uchun yetarli tarzda sharoitlarni ta'minlashdir. Ayniqsa keyingi yillarda yoshlar dunyoqarashini shakllantish uchun badiiy adabiyotning ta'sirchan kuchidan ijobiy foydalanish ancha samarali bo'lmoqda.
O'zbekiston qahramoni Ozod Sharofiddinov aytganlaridek: "Men bir narsaga hayron bo'laveraman, qachon qaramang, to'rtta odam yig'ilsa farzand tarbiyasining og'irligi, ularni odam qilishning azobligi to'g'risidagi hasratga duch kelamiz. O'-o'-v birodarlar, buni eng oson, eng arzon, eng samarali yo'li-usuli shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob o'qishga o'rgating, uning ko'nglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uyg'oting, farzandlaringizga uch-to'rt so'mni qizg'anmay munazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq biron ustozni topib bo'ladimi? Axir kitoblarda yo'q narsaning o'zi yo'q-ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch qudrat, hikmat, go'zallik, aql va odob kitoblarida "Mana-man" deb turibdi-ku! Nahotki, bu buyuk nematdan, bebaho boylikdan bebahra bo'lib ham odam bo'lish mumkin deb o'ylasangiz?!"
Badiiy adabiyot azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, Vatanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik esa barkamol shaxs qiyofasida aks etuvchi sifatlarni yanada boyitadi. Zero, ijtimoiy taraqqiyotning muayayn bosqichida tashkil etiladigan faoliyatning ijobiy natijaga ega bo'lishida ushbu ikki xislat asosiy mezonlar sifatida e'tirof etilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Insoniyat tomonidan asrlar davomida qadrlanib kelinayotgan, ijobiy mazmun kasb etgan, g'oya, qarash va nazariyalarning amaliy faoliyatini tashkil etishda yetakchi tamoyillar sifatida e'tirof eta oluvchi, o'y-fikrlari, maqsadi va xatti-harakatlarining salbiy xususiyatlardan holi bo'lishiga erisha oladigan shaxsgina komillik darajasiga ko'tarila oladi.
Mustaqillik bizga o'tmishdagi boy ma'naviy merosimiz durdonalarini haqiqiy, ilmiy ma'noda o'rganish baxtiga musharraf etdi.
Badiiy adabiyot insondagi xush xulq-atvor pokiza, adolatli sa'i-xarakatlarni xalqdan ajralmasdan, avval o'zida paydo qilish orqali komillik darajasiga yetishishni, so'ngra esa boshqalarni ham halollik, mehr-muruvvat, ezgulik, adolatlilikka chaqirishga da'vat etadi.
Scientific Journal Impact Factor
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma'naviyat sohasidagi fundamental asarlari bo'lmish "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida badiiiy adabiyot mavzusiga to'xtalib: "Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa, so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta'riflanishi bejiz emas, albatta" [1]
Badiiy adabiyot inson ma'naviyati va e'tiqodini shakllantiruvchi vositadir. Chunki badiiy asarlarning qahramonlari timsolida muayyan millatga mansub eng ezgu va go'zal fazilatlar aks ettiriladi. Buning ustiga, millatning ijobiy sifatlari shunchaki aytib qo'yilmaydi, balki kishining tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatadigan, uni loqayd holdan chiqarib yuboradigan tarzda aks ettiriladi. Badiiy adabiyot insonning tafakkuriga qalbi orqali ta'sir ko'rsatadi va aqli bilan anglaganlarini uning tabiyatiga singdirib yuborishga xizmat qiladi. Ya'ni adabiyot kishining xarakter xususiyatlarini shakllantirishda, uning tuyg'ular tizimini qaror topdirishda qator avzalliklarga ega bo'lgani uchun ham shaxs estetik tarbiyasini shakllantirishida katta samara berishi tabiiydir. Turli davrlarda, turli ijodkorlar tamonidan yaratilgan matnlarni o'qish jarayonida insonda, yoshlarimizda iftixor, g'urur tuyg'usi paydo bo'ladi, u yoki bu hayotiy hodisaga o'z nuqtaiy nazari bilan qaray boshlaydi, nimanidir yoqlab, nimanidir inkor etadi, qaysi bir adabiy qahramonga o'xshagisi kelsa, o'zgasidan nafratlanadi. Shu bois badiiy adabiyot shaxs estetik tarbiyasida eng avvalo so 'z va ruhiyat sanati bo'lib xisoblanadi. U inson ruhiyatiga nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Eng yuksak pag'onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot na'munalari insoniyatini to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan, o'y fikrlar, kechinmalar, orzu umidlarni ifodalaydi.
Badiiy adabiyotning falsafiy axloqiy-estetik g'oyalari milliy istiqlol mafkurasi uchun negiz, poydevor bo'lganligi uchun uni tadqiq etish dolzarb masaladir. Shuning uchun ham bugungi kunda badiiy adabiyotning falsafiy, axloqiy-estetik qirralarini o'rganish fan, maorif, ma'naviy ijtimoiy sohalarga olib kirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Inson ma'naviy olamni his-tuyg'ulari, aql idroki va iroda ixtiyori yordamida o'zlashtirib boradi. Shaxs his-tuyg'ularini shakllantirish va tarbiyalash, go'zallikka nisbatan mehr uyg'otish bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan.[2]
Tarixiy tajribamiz shuni ko'rsatmoqdaki, aniq maqsadni ko'zlagan, ishonchli g'oya bilan qurollangan xalqgina jahon siyosiy maydonida o'z o'rniga ega bo'la oladi.Milliy g'oyamizni yoshlar ongiga singdirishda badiiy adabiyot bizning asosiy qurollarimizdan biri bo'lishi lozim.Chunki:
Scientific Journal Impact Factor
Birinchidan, badiiy adabiyot milliy g'oyamizning badiiy, ma'naviy ildizidir. Badiiy adabiyot mustaqil O'zbekistonda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, o'zaro hamkorlik va yosh avlodni tarbiyalashda asosiy vositalardan biri bo'lib xizmat qila oladi;
Ikkinchidan, badiiy adabiyotdagi go'zallikni bilish, idrok etish inson badiiy estetik tafakkurini o'stiradi. Badiiy adabiyot namoyondalarining estetik qirralarini o'rganish, baholash, ibratli tomonlarini ko'rsatish hozirgi davr shaxsini komil inson qilib shakllantirishda alohida o'rin egallaydi;
Uchinchidan, badiiy adabiyot bizni xalqdan ajralmasdan, insonning nafaqat jismoniy va ichki ruhiy, ma'naviy dunyosini mukammal tarbiyasini qamraganligi bilan ham yuqori kamolot darajasiga - ya'ni komil inson bo'lishiga erishish uchun xizmat qiladi;
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, o'zining mohiyati bilan bunyodkorlikka undagan, mehr-shafqat, odamiylik, vatanparvarlik, ezgulik ruhi bilan sug'orilgan badiiy adabiyot, hozirgi zamon kishisida ham shunday go'zal xulqlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona zaminimizda ming yillar yaratilgan badiiy merosimiz xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an'analari haqida, vatanimizning shonli tarixi to'g'risida tasavvur va tushunchalar beradi. Shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g'urur-iftixor tuyg'ularini o'yg'otadi. Milliy mafkuraning asosiy vazifalaridan biri vatandoshlarimizning tafakkurida o'zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab-avaylash, vatanparvarlik tuyg'usini kamol toptirishdan iborat ekan, badiiy meros va undagi g'oyalar yoshlarimizda yurtga nisbatan vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishning muhim omillaridan biri ekanligiga shak-shubha yo'q.Shunday ekan, o'lmas badiiy-adabiy merosimiz g'oyaviy tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T.:Ma'naviyat, 2009.
2. Husanov B.E. Shaxs va jamiyat munosabatlarida go'zallikning namoyon bo'lish xususiyatlari. Falsafa fanlari nomzodi, diss. Avtoreferati. - Toshkent, 2002. 4 bet.
3. Mustafayevich, B. A. (2021). Use of Fiction in the Formation of the Worldview of Youth. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 2(5), 37-40.
XULOSA