Научная статья на тему 'ASARNI ESTETIK IDROK ETISH YO'LLARI'

ASARNI ESTETIK IDROK ETISH YO'LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1995
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / san’at / estetika / idrok / ijod / tarbiya / badiiy tarbiya / go’zallik / hissiyot / literature / art / aesthetics / cognition / creativity / education / art education / beauty / emotion.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oskanova Zahro, Botirova Shaxlo

Mazkur maqolada pedagogikada nafosat tarbiyasi bu hayot va san’atdagi go’zallikni idrok etish, his qilish, tushunish qobiliyatini o’stirish, atrof muhitni go’zallik qonuniyatlariga muvofiq qayta yaratishda ishtirok etishni tarbiyalash, badiiy faoliyat bilan shug’ullanish va ijodiy qobiliyatlarni o’stirish to’g’risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF AESTHETIC PERCEPTION OF THE WORK

This article focuses on the development of the ability to perceive, feel and comprehend the beauty of life and art. It also focuses on cultivating participation in the re-creation of the environment in accordance with the laws of beauty, engaging in artistic activities and developing creative abilities.

Текст научной работы на тему «ASARNI ESTETIK IDROK ETISH YO'LLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 ASARNI ESTETIK IDROK ETISH YO'LLARI

Zahro Oskanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Shaxlo Botirova

Ilmiy rahbar, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada pedagogikada nafosat tarbiyasi bu hayot va san'atdagi go'zallikni idrok etish, his qilish, tushunish qobiliyatini o'stirish, atrof muhitni go'zallik qonuniyatlariga muvofiq qayta yaratishda ishtirok etishni tarbiyalash, badiiy faoliyat bilan shug'ullanish va ijodiy qobiliyatlarni o'stirish to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: adabiyot, san'at, estetika, idrok, ijod, tarbiya, badiiy tarbiya, go'zallik, hissiyot.

WAYS OF AESTHETIC PERCEPTION OF THE WORK

Zahro Oskanova

Student of Chirchik State Pedagogical Institute

Shakhlo Botirova

Scientific Adviser, Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article focuses on the development of the ability to perceive, feel and comprehend the beauty of life and art. It also focuses on cultivating participation in the re-creation of the environment in accordance with the laws of beauty, engaging in artistic activities and developing creative abilities.

Keywords: literature, art, aesthetics, cognition, creativity, education, art education, beauty, emotion.

KIRISH

Nafosat tarbiyasi - adabiyot va san'atda alohida ahamiyat kasb etadi. U o'quvchilarni hayajonlantirib va quvvatlantirib, ularga hayot hodisalarining ijtimoiy ma'nosini ochib beradi, ularni atrof-muhit hodisalariga sinchkovroq qarashga, birgalikda qayg'urishga, yomonlikni qoralashga undaydi. San'at vositalari yordamida

estetik tarbiyalash «badiiy tarbiya» termini bilan ifodalanadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Adabiyot va san'atning talantli asarlari milliy boylikdir». Biz shuni yaxshi bilamizki, badiiy so'z bo'yoqlar jilosi, tovush-larning ohangdorligi zamondoshlarni ilhomlantiradi, qalbimizda avlodimiz to'g'risidagi, uning hayajonlari va bunyodkorliklari to'g'risidagi (zamonamiz) xotiralarini kelajak avlodlarga yetkazadi, deb qayd etildi. Nafosatshunoslik tarbiyada go'zallikni shakllantiruvchi fan. O'quvchilarni insoniy munosabatlardan yaxshilik va yomonlikni farqlay bilishga, shakl, chiziq, tovush, bo'yoqlar, go'zallikni idrok eta bilishga o'rgatish lozim. Psixolog va pedagoglarning hamkorlikda olib borgan tadqiqotlari keyingi yillarda o'quvchilarning aqliy hamda nafosat darajalari sezilarli o'sganligini ko'rsatadi. Bu xislat ularning ilk yoshlik vaqtlaridanoq namoyon bo'ladi. Nafosat tarbiyasi fanining ajralib qolgan sohasi emas, balki uning barcha tomonlari bilan o'zaro ta'sirda bo'lgan sohasidir. To'laqonli aqliy va jismoniy rivojlanish, axloqiy soflik hamda hayot va san'atga aktiv munosabat axloqiy takomillashganligi ko'p jihatdan nafosat tarbiyasiga bog'liq. Ilk o'quvchilikdagi badiiy taassurotlar juda kuchli bo'lib, xotirada uzoq, ba'zan bir umr saqlanib qoladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktab o'quvchilarining badiiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun pedagog darsda turli forma hamda ko'rinishlardan ularning yoshlariga muvofiq ravishda foydalanishi zarur. Nafosat tarbiyasi zamon bilan uzviy aloqada va ko'p jihatdan u bilan belgilanadi.

Ta'lim muassasasida nafosat tarbiyasini shakllantirishdan iborat bo'lgan usullarni qo'llash lozim.

Hozirda maktabda nafosat tarbiyasining quyidagi vazifalari ilgari suriladi:

1. O'quvchilarning go'zallikni idrok etishlari, nafosat hissiyotlari va tasavvurlarini sistemali tarzda o'stirishda san'atning barcha turlari, tabiat va turmush bunga ko'mak beradi, bevosita emosional hozirjavoblik, shodlik, hayajon, zavq hamda qiziqish uyg'otadi;

2. Maktab o'quvchilarida turmush, tabiat, ijtimoiy munosabatlarda qo'lidan kelgancha go'zallikni qo'shish ehtiyoji va odatini tarbiyalab, ularning san'atdagi faoliyatlariga har tomonlama yaqinlashtirish;

3. O'quvchilarda nafosat va did asoslarini, san'at asarlarini hamda hayotdagi hodisalarni mustaqil baholay bilish qobiliyatlarini shakllantirish;

4. O'quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish san'at bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlari doimo erkin zavqli intilish, ijodiy tasavvur, tashabbuskorlik bilan to'la bo'lishi kerak. O'quvchilar qancha estetik rivojlangan bo'lsa, uning badiiy malaka

va ko'nikmalari shunchalik pishiq bo'ladi, uning ijodiy faoliyati yanada to'laroq namoyon bo'ladi.

Estetik tarbiya - o'quvchi ongiga, his-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, hatti-harakatiga, hulq-atvoriga ta'sir o'tkazishni o'z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'ydi. Nafosat tarbiyasi ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning umumiy qismi sifatida amal qilinib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni ta'kidlash joizki, qadimgi dunyoda umumiy tarbiya maqsadi nafosat asosida namoyon bo'lgan.

Badiiy tarbiya - nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo'lib, u nafosat tarbiyasining asosiy mazmuni va maqsad yo'nalishlarini to'la ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi munosabatlarning san'at vositalari yordamida shakllantirishdir, nafosat tarbiyasi bilan badiiy tarbiyani bir-biriga tenglashtirish ham, qorishtirish ham, qarama-qarshi qo'yish ham xato bo'lardi. Shuni nazarda tutish lozimki, nafosat tarbiyasi san'at bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning asosiy mazmuni voqyelikka nafosat munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.

NATIJALAR

Har bir o'quvchiga farqlab va individual yondoshishni nazarda tutish badiiy o'qitish metodikasiga taalluqlidir. Kabalevskiy «Go'zallik ezgulikni uyg'otadi» degan. Nafosat tarbiyasining maqsadi va uning konkret vazifalari maktab dasturlarida ko'rsatib berilgan. Badiiy faoliyat san'at, adabiyotning har xil turlariga muvofiq keladi, u o'quvchilarni rasm solish, qo'shiq aytish, raqsga tushish, sahnalashtirilgan o'yinlar va shu kabilarga qatnashishga yo'nalgandir. Bu o'rinda qo'llanadigan vositalarga badiiy adabiyot, musiqa va boshqa ko'p misollarni aytib o'tish mumkin. Ular harakatning turli usullarini o'zlashtirishga yordam beradi. Chunki bu harakatlar vositasida o'quvchilarning estetik kamol topish jarayoni vujudga keladi. Olingan natijalar maqsadga erishilganlikdan dalolat beradi. O'quvchilar bilan tanishishda ularning har birini rivojlanganlik darajasi baholanadi. O'qitishning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi harakterini kuchaytirish uchun tarbiya metodlari, shuningdek mustaqil tashabbuskorlik, ijodkorlikni o'stiruvchi o'qitish metodlarini qo'llash lozim. O'qitish rivojlantiruvchi harakterda bo'lishi uchun O'qituvchi aniq uslublar asosi bo'lgan umumlashtiruvchi usullarni qo'llashi lozim. Bunday usullar qatoriga quyidagilar kiradi:

• Eshitish, ko'rish hislarining chamalash usullari, san'atning har bir turi ifodali tasviriy vositalarini idrok qilish qobiliyati (o'quvchilarning badiiy asarlarni his qilishiga asoslanishi kerak)

• O'quvchilarni asarlarning g'oyaviy emosional mazmuniga, ularning ishtirok etishlari va birgalikda qayg'urishlari yo'li bilan erishtirish usullari (agar o'quvchi birgalikda qayg'urishga o'rgansa, zarur bo'lgan estetik samaraga erisha oladi)

• Badiiy hodisalarga yaxlit va analitik yondoshish usullari (o'quvchilar, odatda, asarni bevosita va yaxlit idrok etadilar, biroq, qarama-qarshiligi yoki o'xshashligiga ko'ra ifoda vositalarini farqlash malakasining egallanishi ularga asarni keyingi marta o'qiyotganlarida uni to'liqroq va chuqurroq idrok etishlariga yordam beradi)

• Idrok etish, ijro etish va samarali ijodlaridagi mustaqil harakatlarga yo'naltirish usullari.

Shunday qilib, asarlarni o'rganishda yoki badiiy vazifalarni hal qilishda o'quvchilar sezgilari, ularning emosional idroki, yaxlit differensiya qilingan, mustaqil ijodiy faoliyatlarini maqsadga muvofiq boshqarish imkoniyatini beruvchi vositalarni faol qo'llash lozim. Mashg'ulotlar o'qitishning tashkiliy formasi sifatida badiiy did o'quvchining material va o'qitish prosessiga manfaatli munosabatini shakllantirishga rejali hamda muntazam ta'sir etish imkonini beradi. Bu o'rinda gap faqat musiqa, rasm solish, poeziya haqidagina emas, balki nutqni o'stirish, ijtimoiy hodisalar va tabiat bilan tanishtirish kabilar haqida borayapti. Bunday ta'sirga materialdan foydalanish, o'qitish prosessining borishi va uning jabhalari orqali erishiladi. Masalan, O'qituvchi materialni qiziqarli, yaxshi suratda tushuntirish, savollar berish va rasmlar ko'rsatishni ustalik bilan biriktirib olib boradi. O'quvchilar barcha topshiriqlarni qiziqib, bajonidil bajaradilar.

MUHOKAMA

Estetik ong ijtimoiy ongning ba'zi shakllaridan orqada qolishi mumkin. Masalan, ijtimoiy hayotda siyosiy yetuklik yuksak darajaga ko'tarilgan, lekin estetik didi orqada qolgan. Estetik ongning nisbiy mustaqilligi ko'rinishlaridan biri vorislikdir. Chunki yangi estetik qarashlar, g'oyalar, nazariyalar bo'sh yerda vujudga kelmaydi. Ular jamiyatning oldingi estetik va badiiy ravnaqi natijasida jamlangan hissa va aqliy hosilalar, bilimlar zahirasining davomi sifatida amal qiladilar. Estetik ong vorisligi deganda o'tmishdagi estetik qarashlar, nazariyalar istiqboli taraqqiyotining yangi shart-sharoitlari, manfaat va maqsadlariga xizmat qiladigan boyliklarni saqlab asrashni, ularni muayyan davrga singdirib yuborishni tushunamiz. Vorislik estetik ongning barcha estetik qarashlar va nazariyalariga, estetik did va estetik his bo'g'inlariga taalluqlidir. Estetik ong ijtimoiy hayot in'ikosi bo'lib, jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi. Jamiyat hayotiga har tomonlama ta'sir o'tkazadi. Jamiyat hayotida biror jabha, narsa, zarra yo'qki, ular estetik did, orzu va qarashlardan chetda qolgan bo'lsin. Estetik ong moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalariga bevosita ta'sir

o'tkazadi. Estetik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida estetik faoliyat bilan uzviy bog'liq bo'lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi. Estetik ong aslida estetik faoliyat shaklidir. Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bog'liq, ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo'lsa-da, bir xil ma'noni anglatmaydi. Estetik ong voqyelikni butun borlig'icha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san'atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo'ladi. Badiiy asarlar tizimida ifodalangan estetik ongning aks etish ko'lami ancha keng bo'lib, u odamlarning mehnat faoliyatida, uning natijalari va moddiy-ma'naviy ma'naviyatining barcha qadriyatlarida o'z ifodasini topadi. Estetik ongning ijtimoiy ong sifatidagi ko'rinishidan yakka odam estetik ongi ko'rinishi farq qiladi. Yakka odam estetik ongi bu aniq bir ongdir. Estetik ong bilan yakka odam ongi o'z subyektlariga egalik jihatidan ham farqlanadilar. Ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar, millatlar, elatlar, xalqlar estetik ong subyekti sifatida nomoyon bo'lsa, yakka odam estetik ongining subyekti bu muayyan bir shaxsdir. Yakka odam estetik ongi o'z mahsuli jihatidan farqlanadi. Jamiyatda estetik ongning mazmuni yakka odam estetik ongidan ancha keng va boy bo'lib, o'rnak bo'lishi mumkin. Chunki u mazkur shaxsga xos bo'lgan barcha ma'naviy bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Lekin yakka shaxs estetik ongi ijtimoiy estetik ong tarkibida harakat qiladi. Ya'ni ijtimoiy estetik ong bilan yakka odam estetik ongi o'rtasida uzviy ichki bog'liqlik mavjud. Ularni bir-biridan faqat ilmiy-nazariy tahlil qilish orqali farqlash mumkin.

XULOSA

Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalangan jamiyatning estetik ongi murakkab tizimli harakatchan, o'zaro uzviy aloqadorlikda bo'lgan bir qator qismlardan iborat bo'ladi. Estetik ongning turg'un va uyg'un qismlari estetik hislar, orzular, qarashlar va nazariyalardir. Shu bois ularga alohida to'xtalib o'tamiz. estetik his -tuyg'ular umuman inson ongining ajralmas qismi bo'ladi. Maktab o'quvchilarini ruhiy hayotining boshqa xususiyatlari singari his-tuyg'ularda ham voqyelik in'ikos etiladi. Bu in'ikos o'ziga xos bo'lib, unda bilish, kechinmalar, baholashlar o'zaro chirmashib ketgan bo'ladi. His-tuyg'ular asosan insonning o'z ehtiyojlarini qondirishi yoki aksi munosabati bilan bog'liq holda vujudga keladi. Estetik his-tuyg'ular aqliy va axloqiy tuyg'ular bilan bir qatorda eng oliy ijtimoiy tuyg'u turmushiga mansubdir. Bu yerda ijtimoiy iborasi estetik his-tuyg'ularning jamiyat bag'rida vujudga kelib, uning bag'rida rivojlanadi. Estetik his-tuyg'ular necha ming yillar davomida inson nafosatining tabiiy shart-sharoitlarini o'zlashtirish jarayonida shakllanadi. Estetik his-tuyg'ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida nafosat, hamohanglik, ohang shakllari, uyg'unlik kabi tushunchalar bilan birga shodlanish, hayratlanish, ajablanish, zavq -

shavq, nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Estetik his-tuyg'ular muayyan fiziologik asoslar va shart-sharoitlarga ham ega. Ular birinchi va ikkinchi ogohlantirish sistemalarining amal qilishi bilan bog'liq bo'lib, ularni ruhiy-fiziologik jihatdan o'rganish ham muhim ahamiyatga ega. Estetik his-tuyg'ular mazmuni insonni muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatida yorqinroq namoyon bo'ladi. Nafosat, olijanoblik, kulgi his-tuyg'ulari eng murakkab va turg'un estetik his-tuyg'ulardir. Inson go'zallik, nafosat hissi vositasida voqyelikni tabiiy va erkin tarzda idrok etib, natijada alohida shodlik va lazzat tuyg'usiga ega bo'ladi. Estetik his -tuyg'ular kechinmalar bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi, subyekt bilan obyektning jarayoni sifatida sodir bo'ladi. Subyekt va obyektning qo'shilib ketishi sub'ktning obyekt bag'rida singib ketishi kechinmali his-tuyg'uning o'ziga xos belgisidir. Estetik kechinma subyektning alohida faoliyati, xususan, xayol, tasavvur qila olish kuchi bilan belgilanadi. Estetik kechinmaning yakuni estetik lazzatlanishdir.

REFERENCES

1. Karimov.I.A. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. Toshkent. "Ma'naviyat", 2008.

2. Ботирова Ш. (2020). Адабиётшуносликка кириш. Укув-услубий кулланма, 124

3. Safarov.O. (2012). Oliy oquv yurtlarida o'quvchilar adabiyotini o'qitish muammolari. "Til va adabiyot talimi", 3-4-sonlar.

4. Zaynutdinova M. (2010). O'quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatlarini rivojlantirish omillari. Xalq talimi jurnali, № 1.

5. Botirova S. I. (2020). FORMING PATRIOTIC SPIRIT WITHIN PEDAGOGICAL EDUCATION CLUSTER. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 5(10), 200-205.

6. Ботирова Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМНЫЕ АСПЕКТЫ, СВЯЗАННЫЕ С ПРИМЕНЕНИЕМ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ НА УРОКАХ. "Science and Education" Scientific Journal, 1(3), 465472.

7. Botirova S. I. (2018). The Role of Artistic Literature In The Spiritual Development of Youth. Мировая наука, 5(14), 26-28.

8. Ботирова Ш. И. (2020). Инсон ва хдёт вокелигини метафорик уЙFунлаштиришда бадиий психологизмнинг урни. Суз санъати, 2(3), 19-23.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.