Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIYATINI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHDA MILLIY QADRIYATLAR OMILI'

YOSHLAR MA’NAVIYATINI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHDA MILLIY QADRIYATLAR OMILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2701
264
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / komil inson / milliy-ozodlik / mustaqillik / madaniyat / urf-odat / modernizatsiya / aqidaparastlik / ma’rifat / millat / globalization / perfect man / national liberation / independence / culture / tradition / modernization / fanaticism / enlightenment / nation

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Narzullayeva Malika Nabijon Qizi

Globallashuv jarayonida kechayotgan voqea-hodisalarni tо‘g‘ri talqin qila olish, har bir voqelikni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida tahlildan о‘tkazish ulkan ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa milliy g‘oya va mafkuramiz mustahkam bо‘lmog‘i lozim. yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g‘oya har qanday yot g‘oyalarning ta’siriga berilib qolmaslikni ta’minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish kо‘nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrabavaylashga undaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL VALUES FACTOR IN INCREASING YOUTH SPIRITUALITY AND SOCIAL ACTIVITY

It is important to be able to correctly interpret the events of globalization, to analyze each reality on the basis of our national interests and values. And for that, our national idea and ideology must be strong. The national idea instilled in the minds and thinking of the younger generation not only ensures that it is not influenced by any foreign ideas, but also develops the ability to respond appropriately to them, encourages them to respect and preserve our national values.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIYATINI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHDA MILLIY QADRIYATLAR OMILI»

Scientific Journal Impact Factor

YOSHLAR MA'NAVI YATINI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHDA MILLIY QADRIYATLAR OMILI

Narzullayeva Malika Nabijon qizi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiKino, televideniye va radio san'ati

fakulteti uslubchisi

Annotatsiya: Globallashuv jarayonida kechayotgan voqea-hodisalarni to'g'ri talqin qila olish, har bir voqelikni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida tahlildan o'tkazish ulkan ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa milliy g'oya va mafkuramiz mustahkam bo 'lmog 'i lozim. yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g'oya har qanday yot g'oyalarning ta'siriga berilib qolmaslikni ta'minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish ko 'nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrab- avaylashga undaydi.

Kalit so'zi: globallashuv ,komil inson, milliy-ozodlik, mustaqillik, madaniyat, urf-odat, modernizatsiya, aqidaparastlik, ma 'rifat, millat

Аннотация: Важно уметь правильно интерпретировать события глобализации, анализировать каждую реальность исходя из наших национальных интересов и ценностей. А для этого наша национальная идея и идеология должны быть сильными. Национальная идея, заложенная в умах и мышлении молодого поколения, не только гарантирует, что на него не влияют какие-либо иностранные идеи, но и развивает способность адекватно реагировать на них, побуждает их уважать и сохранять наши национальные ценности.

Ключевые слова: глобализация, совершенный человек, национальное освобождение, независимость, культура, традиция, модернизация, фанатизм, просвещение, нация.

Abstract: It is important to be able to correctly interpret the events of globalization, to analyze each reality on the basis of our national interests and values. And for that, our national idea and ideology must be strong. The national idea instilled in the minds and thinking of the younger generation not only ensures that it is not influenced by any foreign ideas, but also develops the ability to respond appropriately to them, encourages them to respect and preserve our national values.

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: globalization, perfect man, national liberation, independence, culture, tradition, modernization, fanaticism, enlightenment, nation

Bugun yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surayotganiga qaramay, bundan buyon ham mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash ustivor maqsad bo'lib qolaveradi. Bu, bir tomondan, mustaqillik biz uchun, avvalo, o'z taqdirimizga o'zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o'z qo'limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va vatanimiz manfaati yo'lida foydalanish huquqini bergani O'zbekiston yoshlari ham ana shu oliy ne'matdan barhamand bo'layotgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida ana shu muqaddas qadriyat va milliy an'analarga tayangan holda yashash huquqini ham berdi. Uni saqlab qolish uchun mustaqillikni asrab-avaylash kerak bo'ladi. Ma'lumki, mustaqillikgacha milliy o'zlikni anglashga bo'lgan tabiiy intilish johilona inkor etilar edi. Navro'z, ramazon, qurbon hayiti kabi muqaddas milliy bayramlar taqiqlangan edi. Amir Temur, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg'oniy, Baxouddin Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi milliy-ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlashga harakat qilinar edi. Bugun mustaqillik tufayli ularning nomlari, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz tiklanib, o'zligimizni chuqurroq anglab bormoqdamiz.

Bugun yoshlar o'z milliy tarixini o'rganmoqda. Ona tili, madaniyat, urf-odat va an'analarining qayta tiklanib borayotgani ularni o'zligini anglashga shart-sharoit yaratib berayotgani ham muhim yutiqdir. "Bugun yoshlar shunchaki milliy-ma'naviy qadriyatlarini o'rganib qolayotgani yo'q. Ular dunyo xalqlari erishgan yutuqlardan bahramand bo'lmoqda. Xorijiy davlatlarda o'qish, bilim olib, fan-texnika yutuqlari, ilg'or texnologiyalarni egallab jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga joriy etish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar"1.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari haqida tahlil olib borildi. Tursunova N.ning "Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

1 Shavkat Mirziyoyev "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi" 2019 O'zbekiston

158

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, 2020 yilda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar 18 million 720 ming nafami yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa 14 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni2 tashkil etgan edi.

O'z-o'zidan ayonki, aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarimizning hali-beri yechilmagan muammolariga e'tiborimizni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatdan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi jamoatchiligimizning diqqat markazida turibdi.

Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek "-Oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma'naviyatni shakllantirishda, boshqacha aytganda, ozod, o'z haq-huquqini yaxshi taniydigan, boqimandalikning o'zi uchun or deb biladigan, o'z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o'z shaxsiy manfaatlarini xalq , Vatan manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan komil komil insonlarni tarbiyalashdan iborat".3

Ma'lumki, tarbiya inson shaxsi ma'naviyatini, e'tiqodini, o'zini anglash, yon -atrofga bo'lgan munosabatini shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Shunday ekan, ushbu jarayon mutanosibligini ta'minlashda ta'lim- tarbiya ishini uyg'un tarzda olib borish lozim bo'ladi. Ta'lim orqali yoshlar haytida o'z o'rinlarini topishda ma'lum bir kasb- hunarni o'rganish bilan birga, o'zlarini bo'lajak hayotga tayyorlab boradilar.

Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligi, qayta tiklanayotganligi, jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lida muvaffaqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi, ta'bir joiz bo'lsa, boshlovchi ahamiyatga egadir. Birinchi prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Huquqiy demokratik adolatli davlat qurishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, xalqimizning madaniy va eng nozik tuyg'ularini, chuqur falsafiy, siyosiy, huquqiy tushunchalarini o'zida mujassam etadigan ma'naviyatni yuksaltirish asosiy va ustivor vazifalardan biriga aylandi"4.

Jamiyat yoshlar ongida ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay turib o'z istiqboliga erisha olmaydi. "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash

2 Мадалиева З. Хукукий маданият ва ёшлар.- Т.: "Академия", 2020. 5- бет.

3 Каримов И.А. биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз.7- жилд. -Т.: "Узбекистан", 1999. 304-бет.

4 Каримов И.А. биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз.7- жилд. -Т.: "Узбекистан", 1999. 306-бет.

Scientific Journal Impact Factor

bundan buyon ham faoliyatimizning eng muhim yo'nalishi bo'lib qoladi",5 deb ta'kidlaydi Birinchi prezident I.A.Karimov. Mustaqillik esa ana shu vazifani amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Xalq yoki millat o'z taqdirini o'z i belgilash huquqiga ega bo'lsagina, o'zining mustaqil taraqqiyot yo'lini erkin belgilab olishi, yoshlarni o'z milliy qadriyatlari negizida tarbiyalash mumkin.

Biroq jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirmasdan haqiqiy erkinlikka erishib bo'lmaydi. Erkinlik g'oyasi va xalqning ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun yuksalishning qudratli manbai bo'lib xizmat qilgan.

Sharqda shaxs erkinligi va huquqlari, xatti-harakati, xulq-atvori, jamiyatdagi o'rni, ma'suliyatini idrok etish darajasiga baho berilganda muayyan guruh, etnos, xalq, millat, jamiyatning manfaatlari, huquqlariga alohida qadriyat va an'analardan kelib chiqqan holda yondashiladi.

Yoshlar dunyoqarashida milliy-ma'naviy qadriyatlarga tayanish, uning talqini va jamiyatimizda iqtisodiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda tutgan o'rni bugungi muhim muammolar jumlasidandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Millat uchun erkinlik adolat tantanasining oliy ifodasidir. Erkinlik birovni o'ziga qaram qilishga, birovning mol-mulkini talon-taroj etishga, birovga xiyonat qilishga, birovni o'ldirishga yoki zarar yetkazishga yo'l qo'ymaydi."6 deb ta'kidlaydilar. Erkinlik qonunga asoslanadi: qonun doirasida olib yuborilgan ishlar va xatti- harakatlar ahloqiy hamda huquqiy qadriyatlar jihatidan haqli hisoblanadi. Kundalik turmushda, o'zaro munosabatlarda inson erkinligi qonun hamda axloqiy normalar bilan cheklangan bo'ladi. Erkinlikni to'g'ri tushunib, uni hayotimizga to'hri tatbiq etganimizdagina, bu buyuk ne'mat-adolat va erkinlikni saqlab qolishimiz va undan keyingi avlodlarimiz ulardan bahra olishlari mumkin.

I.Ergashev Yoshlar dunyoqarashida milliy - ma'naviy qadriyatlarga tayanish muayyan maqsad va vazifalarni o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar :

• Yoshlar o'z dunyoqarashida milliy - ma'naviy qadriyatlarga tayanmasa, ularning ongi va tafakkuridan mutlaqo begona qadriyatlar joy oladi. O'zining milliy-ma'naviy qadriyatlariga nisbatan bepisandlik bilan qarash shakllanadi.

• Yoshlarning milliy- ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan munosabatinig hozirgi holatini o'rganish, ularning amaliy faoliyatlarida ko'proq qaysi qadriyatlar ustivor

5 Каримов И.А. Ватанмиз ва халкимизга садокат билан хизмат килиш- олий саодатдир. - Т.: "Узбекистан",

6 Shavkat Mirziyoyev "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi" O'zbekiston

2007. 38-бет.

2019

Scientific Journal Impact Factor

bo'lib borayotganini aniqlashga yordam beradi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ularning milliy- madaniy meros va qadriyatlarga nisbatan ishonch va e'tiqodni mustahkamlashdan iborat.

• Yoshlarning milliy-ma'naviy qadriyatlarga nisbatan ishonch va e'tiqodining mustahkam bo'lishi O'zbekiston tanlagan o'ziga hos va mos taraqqiyot yo'li talablaridan kelib chiqadi hamda yoshlar oldiga aniq vazifalarni qo'yadi.7

I.Ergashev jamiyat ma'naviy hayotida milliy qadriyatga munosabat muammolarini quyidagi omillarga bog'laydi :

1. Mustaqillik ulug' ne'mat va qadriyat ekanini chuqur idrok etgan holda, umummaqsad yo'lida yoshlar ozod shaxs va erkin fuqaro sifatida jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini chuqur anglab, faollik ko'rsatishi ularning qalb amriga aylanishi lozim.

2. Jamiyatni erkinlashtirish va ma'naviyat demokratiya hamda yoshlar dunyoqarashidagi milliy- ma'naviy qadriyatlarga tayanish bilan ham uzviy bog'liq. Mamlakat, xalq, millatning buguni va kelajagiga daxldor bo'lgan qadriyatlar haqida o'z fikrini ochiq va erkin bildirish ayrim salbiy holatlarning oldini oladi. Eng muhimi, fikrni erkin aytish muhim. Yoshlar fikriga hurmat bilan qarash, o'zgalar fikriga tayanish, milliy- ma'naviy qadriyatlarni tiklash orqali jamiyatda siyosiy- huquqiy madaniyat yuksalib boradi.

3. Demokratik jamiyatda milliy- ma'naviy qadriyatlarni tiklashga ehtiyoj ortib, fikrlar xilma- xilligi, munozara madaniyati shakllanadi. Faqat o'z fikrini o'tkazish, o'zgalar fikrini bo'g'ib qo'yish hollariga barham beriladi.

4. Milliy - ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi tufayli yoshlar o'z erkinligi va mustaqilligini qadrlaydigan, unga hurmat bilan qaraydigan, shu tuyg'uga ko'proq ehtiyoj sezadigan bo'lib boradi. Madaniy merosga nisbatan befarqlik va loqaydlik kabi ayrim illatlar barham topadi.

5. Bugun rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan ayrim shaxslar faoliyatida uchraydigan, qadriyatlarimizga to'g'ri kelmaydigan salbiy illatlarga barham berish imkoniyati tug'iladi.

6. Mustaqil mamlakatda har bir yoshning qaysi sog'ada ishlashidan qat'i nazar, avvalo, ozod va erkin shaxs, inson sifatida o'zligini anglamog'i zarur bo'ladi. O'zlikni anglash esa ma'naviy qadriyatlarni chuqur o'rganish, asrab- avaylab rivojlantirish orqali amalga oshadi.8

7 Ergashev I. Yoshlarning ijtimoiy faolligi. -T.: "Akademiya", 2020. 15-16- betlar.

8 Ergashev I. Yoshlarning ijtimoiy faolligi. -T.: "Akademiya", 2020. 15-bet.

161

Scientific Journal Impact Factor

Mustaqil O'zbekistonning kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari taraqqiyoti davrida, asriy ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalaridan to'g'ri foydalanib, ularning ibratli ishlaridan saboq olish mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurilishi vazifalarini amalga oshirishga, xalqimizning ma'nan yuksalishiga xizmat qiladi.

Xalqimiz mustaqillikning o'z hayotida va taqdirida hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini tobora teranroq anglab yetmoqda. Bugun O'zbekistonda yashayotgan har bir yosh mustaqillikning bergan ne'matidan barhamand bo'lmoqda, deb ayta olamiz. Mustaqillik tufayli O'zbekiston yoshlari o'z taqdirini o'zi hal etish huquqini qo'lga kiritda. Bugun O'zbekiston birovga qaram emas, o'z taraqqiyot yo'lini o'zi belgilab, mustaqil ichki va tashqi siyosat olib bormoqda. Yoshlar ko'z o'ngida iqtisodiy hayot o'zgarmoqda. Mulkning xilma- xilligiga o'tilgani har bir yoshga o'z xohishiga ko'ra iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatini berdi. Bir tomonlama, rejali iqtisodiyot o'rnida bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin mehnat faoliyati shakllanmoqda. Tadbirkorlik, fermerlik, kichik va o'rta biznes bilan shug'ullanish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun O'zbekiston o'ziga qarashli bo'lgan, xalqning mehnati bilan yaratilgan boylikni o'zi o'z ixtiyori bilan tasarruf etmoqda. Unga o'zi egalik qilmoqda. Bugun izlanuvchan, tadbirkor, yangicha fikrlaydigan har bir kishining hayot tarzi ham o'zgarib borayotgani shubhasiz.Bu borada davlatimiz raxbari tomonidan mamlakatimizda 2021 yilni "Yoshlarni qo'llab- quvvatlash va aholining sog'lig'ini mustahkamlash yili" deb e'lon qilinishi ayniqsa diqqatga sazovordir.

O'zbekiston respublikasi "Ijtiomiy fikr" jamoatchilik fikrini o'rganish Markazi tomonidan o'tkazilgan sotsiologik so'rov natijalariga ko'ra, milliy o'zlikni anglash bo'yicha so'ralgan 46,6 foiz yoshlar xalqning urf- odatlari va an'analariga, 28,9 foizi O'zbekistonning milliy mustaqilligiga, 28,4 foizi o'z xalqining boy tarixiga, 21,7 foizi ona tili va milliy madaniyatiga, 19,5 foizi o'z millatining ma'naviy o'ziga xosligi, 16,6 foizi o'tmish avlodlarning buyuk merosiga tayanish muhim ahamiyat ega ekanini bildirishgan. Demak, O'zbekiston yoshlari xalqining tarixi va an'analari, milliy madaniyati, avlodlar o'rtasidagi aloqa, o'zlikni anglash va o'ziga xoslikni muhim omil sifatida baholaydi.

Mustaqillik sharoitida yoshlar o'z hayotiy tajribalarida mustaqillikning afzalligini his etib, unga ishonch bildirmoqda. Mustaqillik milliy o'zlikni anglashning muhim sharti sifatida qadrlanmoqda hamda o'zligini namoyon etish omili sifatida baholanmoqda. Masalan, respublikamizda yashayotgan axolining 20-24

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yoshdagilarining 30,6 foizi, o'zbeklarning 30,3 foizi, markaziy osiyo xalqlari vakillarining 32,4 foizi, to'liqsiz o'rta ma'lumotlilarning 30,1 foizi milliy o'z- o'zini anglashni O'zbekistonning milliy mustaqilligi bilan bog'lab, uni muhim omil deb biladi.

Ayni paytda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan slavyan millatiga mansub yoshlarning 8,9 foizi, boshqa millat vakillarining 14,4 foizi ham milliy o'zlikni anglashni ona tili va milliy madaniyat bilan (51,1 foiz), xalq urf-odatlari bilan (33,8 foiz) bog'laydilar.9

Jamiyatda yoshlar tarbiyasi muammolari har doim kunning birinchi darajali mavzularidan biri bo'lib kelgan. Ayni paytda, dunyoda globallashuv jarayoni tezlashmoqda. Dunyo xalqlari, davlatlar o'rtasida o'zaro aloqalar kuchaymoqda. O'zbekiston ham undan chetda turgani yo'q. Turli xalqlarga xos bo'lgan qadriyatlar O'zbekiston yoshlari hayotiga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday muhit xalqaro axborot tizimi, internet, OAV, reklama, turli xil kino ko'rsatuvlari bilan bog'liq asarlar yoshlar ma'naviy hayotiga ta'sir ko'rsatishi, turli xil qadriyatlarning kirib kelishiga sharoit hozirlaydi.

Uning qaysi jihatlaridan foydalanish yoki foydalanmaslikni yoshlar yaxshi bilishlari lozim. Qadriyatlarni bir-biridan farqlash, milliy qadriyatlarni yo'qotmagan holda munosabatda bo'lishlari muhimdir.

Ijtimoiy hayotda, ayrim yoshlarning xatti-harakatlarida milliy qadriyatlarimizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Ayrim yoshlarning diniy ekstremizm, aqidaparastlik g'oyalarining tarafdori bo'lib sodir etgan qilmishlari bilan milliy qadriyatlarimiz o'rtasida o'zaro to'g'ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Toshknet, Buxoro, Andijonda bo'lib o'tgan voqealar oldimizda yoshlar dunyoqarashiga milliy qadriyatlarimizni singdirish va unga sodiq qilib tarbiyalash kabi muhim vazifalar turganini ko'rsatadi. Aksariyat yoshlarimiz esa milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan o'zlarining to'g'ri munosabatlarini shakllantirgan. Qadriyatlarni targ'ib etadigan urinishlarga, xususan, aqidaparastlikka nisbatan o'zlarining salbiy munosabatlarini bildirishlarini yuksak baholash lozim. Bugun jahon axborot maydonida yoshlarni milliy qadriyatlarga qarshi tarbiyalashga urinish kuchaymoqda. Qadriyatlarga munosabatni o'zgartirmasdan demokratik jamiyat qurib bo'lmasligi to'g'risidagi fikrlar ostida qanday yashirin maqsadlar yotgani tobora ayon bo'layotir. Bunday harakatlar yoshlarni o'z xalqi, vatani va milliy qadriyatlarga nibatan bepisand ruhda tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, ularda ko'proq

9 Эргаwев M. Ëw^apHMHr mwtmmomm -T.: "AKageMMfl", 2020. 16- 17 ôexnap.

163

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

g'arbona qadriyatlarga moyillikni uyg'otishga bo'lgan yashirin maqsadlar mujassam bo'ladi.

Yoshlar hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rni muhim; milliy qadriyatlarni yaxshi bilmagan yoshlaming xatti- harakatlarida nosog'lom aqidaparastlik holatlari tezroq joy oladi. Mustaqillik yangi qadriyatlar tizimiga, milliy-madaniy meros va an'analarga tayanish orqali yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarni to'g'ri baholashlari yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.

Mustaqillik yoshlar hayotida yangi davrni belgilab berdi va yoshlarning buni chuqur his etishlari maqsadga muvofiqdir.

Yoshlar dunyoqarashida milliy-ma'naviy qadriyatlarni mustahkamlashdan ko'zlangan maqsad ularni faqat o'z qadriyatlariga tayanib yashashga o'rgatish emas, balki shu umumbashariy qadriyatlarni ham o'zlashtirib, mamlakatning o'ziga hos taraqqiyoti unga bog'liqligini hisobga olib yashashga, ishlashga da'vat etishdir.

Bundan tashqari, milliy- ma'naviy qadriyatlarni chuqur bilish yoshlar tomonidan mustaqillikni asrab- avaylash, himoya qilish va mustahkamlashga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Bu mamlakatning istiqboldagi rivoji bilan uzviy bog'liqdir.

Mustaqillik sharoitida milliy va umuminsoniy qadriyatlar o'zining haqqoniy mazmuniga ega bo'lmoqda. Yoshlarning u to'g'risidagi qarashlari va munosabatlari ham o'zgarib borib, milliy-ma'naviy qadriyatlarga umuminsoniy qadriyatning negizi sifatida qaralayotgani muhim yutiqdir.

Hozirgi davrda qo'lga kiritilgan muhim yutiqlarimizdan biri ta'lim- tarbiyada milliy, ma'naviy qadriyatlarning ustivorligiga erishganimizdadir. Bu yosh avlodga boy tarixiy, milliy, ma'naviy merosni singdirish hamda asrlar davomida shakllangan xalq pedagogikasi an'analari asosida ta'lim-tarbiya berish demakdir. Zero Abdulla Avloniy aytganidek "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir".10

Globallashuv jarayonida kechayotgan voqea- hodisalarni to'g'ri talqin qila olish, har bir voqelikni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida tahlildan o'tkazish ulkan ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa milliy g'oya va mafkuramiz mustahkam bo'lmog'i lozim. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2006-yil 25-avgustdagi "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida"gi qarori ham milliy qadriyatlarimizni yanada hurmat qilishga qaratilgan xujjatlardan biri bo'ldi.

10 EapKaiwo^ aB^og op3ycu. -T.; "WapK,", 2019, 39-6eT

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Zero, xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g'oya har qanday yot g'oyalarning ta'siriga berilib qolmaslikni ta'minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish ko'nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrab-avaylashga undaydi.

Shu nuqtai nazardan, yoshlar bilan bog'liq muammolarni hal etishda milliy qadriyatlardan, ilg'or taraqqiyotga xizmat qiluvchi diniy qadriyatlardan foydalanish, ularni zamonaviy demokratik qadriyatlar bilan uyg'unlashtirgan holda, yosh avlodni har omonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash masalasiga bugun yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Ayni paytda yoshlarni ma'naviy himoyalash tizimining mexanizimini ishlab chiqishga ham e'tibor qaratilmoqda. Chunki hozirgi globallashuv sharoitida, bir tomndan, milliy qadriyatga, ikkinchi tomondan, zamonaviy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy- huquqiy yangilish jarayonlarini amalga oshirish alohida dolzarb bo'lib qolmoqda.

O'zbek xalqining ibratnomuz, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda katta ta'sir eta oladigan urf-odatlari, an'analari, rasm-rusumlari va marosimlari borki, bularni bugungi kunda oilada balalar ongiga, kundalik hayot tarziga singdirish yoshlarning ma'naviy taxdidlar ta'siriga tushib qolishining oldini olishdag muxum vazifalarimizdan biri xisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Madaliyeva Z. Huquqiy madaniyat va yoshlar. - T.: "Akademiya", 2020. 5-bet.

2. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz.7-jild. -T.: "O'zbekiston", 1999. 304-bet.

3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz.7- jild. -T.: "O'zbekiston", 1999. 306-bet.

4. Karimov I.A. Vatanmiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish-oliy saodatdir. -T.: "O'zbekiston", 2007. 38-bet.

5. Milliy istiqlol g'oyasi. Bakalavriat bosqichi uchun darslik. - T.: Akademiya, 2020

6. Milliy istiqlol g'oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: O'zbekiston, 2019.

7. Milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondoshuvlar. - T.: Akademiya, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.