Научная статья на тему 'GLOBAL YUTUQLARDAN FOYDALANISHDA MILLIY G‘OYANING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI'

GLOBAL YUTUQLARDAN FOYDALANISHDA MILLIY G‘OYANING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

893
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Global / texnologiya / milliy g‗oya / modernizatsiya / innovatsiya / internet / manipulyatsiya / mafkura / demokratiya / individualism / axborot xurujlari / kommunikatsiya / ma‘naviy tahdi / Global / technology / national idea / modernization / innovation / Internet / manipulation / ideology / democracy / individualism / information attacks / communication / spiritual struggle

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tuxtasin Xudoyberganovich Tashmetov

Bugungi global o‗zgarishlar davrida ijtimoiy hodisaning har bir mohiyatini yanada chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini har tomonlama o‗rganish lozim. Bunda esa milliy g‗oya umummilliy dastur bo‗lib xizmat qiladi. Zero, global o‗zgarishlar davrida ―Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari‖ degan dasturiy g‗oya asosida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash. jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri bo‗lmog‗i lozim

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE NATIONAL IDEA WHEN USING GLOBAL ACHIEVEMENTS

In today's era of global change, it is necessary to understand more deeply each essence of the social phenomenon, to comprehensively study its features. At the same time, the national idea serves as a national program. After all, in the period of global transformations, on the basis of the program idea ―from National Revival to national rise‖, to penetrate into the minds, hearts and inner world of young people, to educate them in the spirit of devotion to the Motherland. this should become one of the priorities of our society

Текст научной работы на тему «GLOBAL YUTUQLARDAN FOYDALANISHDA MILLIY G‘OYANING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI»

GLOBAL YUTUQLARDAN FOYDALANISHDA MILLIY G'OYANING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Tuxtasin Xudoyberganovich Tashmetov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi toshmetovtuxtasin@gmail .com

ANNOTATSIYA

Bugungi global o'zgarishlar davrida ijtimoiy hodisaning har bir mohiyatini yanada chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini har tomonlama o'rganish lozim. Bunda esa milliy g'oya umummilliy dastur bo'lib xizmat qiladi. Zero, global o'zgarishlar davrida "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan dasturiy g'oya asosida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash. jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri bo'lmog'i lozim.

Kalit so'zlar: Global, texnologiya, milliy g'oya, modernizatsiya, innovatsiya, internet, manipulyatsiya, mafkura, demokratiya, individualism, axborot xurujlari, kommunikatsiya, ma'naviy tahdi.

MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE NATIONAL IDEA WHEN USING GLOBAL ACHIEVEMENTS

Tukhtasin Khudoiberganovich Tashmetov

Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region toshmetovtuxtasin@gmail .com

ABSTRACT

In today's era of global change, it is necessary to understand more deeply each essence of the social phenomenon, to comprehensively study its features. At the same time, the national idea serves as a national program. After all, in the period of global transformations, on the basis of the program idea "from National Revival to national rise", to penetrate into the minds, hearts and inner world of young people, to educate them in the spirit of devotion to the Motherland. this should become one of the priorities of our society.

Keywords: Global, technology, national idea, modernization, innovation, Internet, manipulation, ideology, democracy, individualism, information attacks, communication, spiritual struggle.

KIRISH

Bugungi insoniyat tez suratlarlarda o'zgarib borayotgan, shu kungacha boshidan kechirgan jamiyat bosqichlaridan tubdan farq qiladigan o'ta tezkor, shiddatli va butun murakkabliklarni to'la namoyon qilayotgan tarixiy davrda yashamoqda. Keyingi yillarda "globallashayotgan dunyo", "global jamiyat", "global integrasiya", global taraqqiyot" kabi so'zlar, tushunchalar tildan tushmay qoldi. Insoniyat yangi bir voqelikka - global o'zgarishlar davriga duch kelib, uni anglashga, undagi ijobiy jihatlardan unumli foydalanib taraqqiyotini ta'minlashga intilmoqda. Ammo global o'zgarishlarni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali erta, u ziddiyatlarga to'la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, milliy g'oyaga salbiy ta'sir etuvchi belgilarga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Globallashuv - bu barcha xalqlar, jamiyatlar taraqqiyotining o'zaro bog'liqligini yanada ortib borish jarayonidir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. Bu borada tadqiqotchi N.Umarova shunday yozadi: "Globallashuv yalpi, kompleks tabiat kasb etib, uning ta'siri axborot sohasiga, ma'naviy hayotga, siyosat, iqtisod, ijtimoiy sohalarga yoyilganligini takidlab bu sohalarda globallashuvning salbiy jihatlari sifatida madaniy gegemoniya, yevrosentrizm, ongni boshqarish manipulyatsiya kabi ijtimoiy hodisalarni keltiradi [1]. Hozirgi kundagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim [2]. Demokratiya niqobidagi tahdidlar halqaro maydondagi turli siyosiy kuchlar tomonidan ongli ravishda uzoqni ko'zlab amalga oshirilmoqda [3]. Darhaqiqat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida global o'zgarishlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda, ma'naviy tahdidlar ko'lami ham jadal kengayib bormoqda. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongi va ichki dunyosini individualizm, axloqiy buzuqlik, zo'ravonlik, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz bugungi kun davr talabidir.

Shuning uchun ham bunday sharoitda har bir xalq o'z milliy qadriyatlari xavfsizligini ta'minlashga, tarixiy negizlaridan uzoqlashib ketmaslik va o'zgalar ta'siriga tushib qolmaslikka intilmoqda. Davlatlar global axborot maydonida o'z manfaatlarini himoya qilishi, turli axborot xurujlariga qarshi tura olishi esa, yanada

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday sharoitda milliy manfaatlarimizni himoya qilishda axborot omili ustuvor ahamiyat egadir. Shu ma'noda, milliy qadriyatlarimizni himoyalashga yo'naltirilgan kuchli axborot siyosatini yuritish talab etiladi. Demak, axborot yetkazishning yangicha, zamonaviy texnologiyalarini qo'llash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Xususan, birgina axborot-kommunikatsiya sohasidagi global o'zgarishlarni kuzatar ekanmiz, uning ta'siri jahonda g'oyaviy va madaniy gegemonlik uchun asosiy qurolga aylanayotganini ko'ramiz [4]. Axborot texnologiyalari yuksalgan davlatlar esa, bu jarayonning harakatga keltiruvchi kuchlari bo'lmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot kommunikatsiyalar orqali turli voqealarni noxolis sharhlab, yoki biroz soxtalashtirib, ko'pirtirib muayyan davlatga butun jahon jamoatchiligini, shu jumladan o'sha davlat fuqarolarining bir qismini ham qarshi qilib qo'ymoqda. Siyosiy muxolifat yaxshi rivojlanmagan davlatlarda turli g'arazli guruhlarni, ba'zan hatto ekstremistik va radikal diniy guruhlarni siyosiy muxolifat darajasiga ko'tarishga urinmoqdalar[5]. G'arb mamlakatlari bunday guruhlar rahbarlariga boshpana berib, ulardan g'arazli geosiyosiy o'yinlarida, muayyan mamlakat aholisi ongi bilan manipulyasiya qilishda foydalanmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Global o'zgarishlar davrining yoshlar milliy g'oya va ma'naviyatiga o'tkazayotgan salbiy ta'siri ayniqsa quyidagilarda namoyon bo'lmoqda:

Birinchidan, informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida Internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi. Bu vositalar orqali taklif etilayotgan "qadriyatlar" ko'p hollarda yoshlarimizni o'zimizning milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo'ymoqda, boshqacha qilib aytganda o'ziga xos "ildizi yo'q individ"larning shakllanishiga, o'z tarixiy ildizlaridan uzoqlashuviga olib kelmoqda.

Ikkinchidan, "Ommaviy madaniyat" turli xil ko'rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi. Bular asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo'sh vaqtni o'tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo'lmoqda. Yot madaniyat qadriyatlarini o'zida ifoda etayotgan "Ommaviy madaniyat" yoshlarimizda g'arbona individualizm, egotsentrizm, nigilizm, andishasizlik, behayolik va zo'ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo'lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.

Uchinchidan, yoshlar orasida taqlidchilik, g'arbona ideallarga ko'r-ko'rona ergashish kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Bunda, xorijda keng tarqalgan axloqiy va

ma'naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini chulg'ab olayotganligini sezish qiyin emas. Oqibatda, yoshlar o'rtasida kitob o'qishdan ko'ra kompyuter o'yinlari oldida vaqtini o'tkazish, mazmunan sayoz bo'lgan turli xil janrdagi filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda [6].

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida global o'zgarishlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda, ma'naviy tahdidlar ko'lami ham jadal kengayib bormoqda. Bunday sharoitda har bir xalq o'z milliy qadriyatlari xavfsizligini ta'minlashga, tarixiy negizlaridan uzoqlashib ketmaslik va o'zgalar ta'siriga tushib qolmaslikka intilmoqda.

Shu boisdan milliy g'oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish masalasi ham muhim vazifalardan biridir. Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali ahamiyatga ega. Shu bois, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan dasturiy g'oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o'ta sharafli vazifaga aylangan [7]. Ayniqsa, milliy g'oya va ma'naviyatni yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish orqali jamiyatda bo'layotgan turli voqeya - hodisalarni o'rganish va ularga to'g'ri munosabatda bo'lish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishga o'rgatib borishlik ham muhim vazifalardandir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, har qanday davlatning kelajagi yoshlar qo'lida bo'lganligi bois himoyalanish chorasini ham, avvalo, yosh avlod ongiga milliylik ruhini singdirishdan boshlash zarur. Shundagina biz istiqbolda ma'naviy barkamol bo'lgan, sog'lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Zero, bu davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatning ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" [8] zarur bo'lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz" [9] deb fikr bildirganlar. Darhaqiqat, globallashuv yaratayotgan imkoniyatlardan hozirgi

kunda ma'naviy bo'shliqni to'ldirishga harakat qilayotgan siyosiy va mafkuraviy markazlar foydalanmoqdalar. Buning oqibatida insoniyat tomonidan katta ma'naviy yo'qotishlar, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotganini, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarziga xavf solayotganini alohida qayd etish lozim.

Xo'sh, bunday murakkab va shiddatli kechayotgan sharoitlarda, global o'zgarishlar davrining yoshlar tarbiyasiga o'tkazayotgan salbiy ta'sirlaridan qanday himoyalanish mumkin?

Fikrimizcha, buning uchun quyidagi yo'nalishlarga asosiy e'tibor qaratish

lozim:

> milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg'unligiga erishish. Bunda, asrlar osha qon-qonimizga singib ketgan ota-onani ulug'lash, oilani muqaddas saqlash, farzandning burchi, o'zaro mehr-oqibat, iffat, or-nomus, hayo kabi fazilatlar, ustoz va shogirdlar odobi kabi ezgu qadriyatlarga sodiq qolish;

> yoshlar ongini shakllantirishga oid umumbashariy tajribalarning yutuq va kamchiliklarini o'rganish hamda ulardan samarali foydalanish, boshqa millatlarni hurmat qilish, ularning madaniyati va milliy qadriyatlariga ongli yondashish, ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik, bag'rikenglik g'oyalarining aks etishi;

> tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda yoshlarning istak va xohishlarini inobatga olish, unda har qanday zo'rlik va majburlovlardan voz kechish, yoshlarning asosiy qiziqishi va faoliyat doirasini tashkil etayotgan turli xil sohalarni tarbiya jarayonida to'liq qamrab olish. Bunda, axborotli texnologiyalar (ommaviy axborot vositalari — gazeta, jurnal, radio, televidenie va internet) xizmatidan foydalanishni keng yo'lga qo'yish, milliy qadriyatlarimizni o'zida aks ettiradigan internet saytlari, multimediya va roliklarni ko'paytirish. YOshlar ongiga ijobiy ta'sir etuvchi musiqa va kino san'atining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish;

> milliy intellektual salohiyatni rivojlantirish. Buning uchun ta'lim va milliy tarbiyani rivojlantirish, urf-odat, an'ana va qadriyatlarni umumbashariy qadriyatlarga uyg'un holda yoshlar dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirish. Yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish[10];

> yoshlarda umummilliy va jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan yuqori qo'ya olishlari, jamiyat va millat oldidagi insoniy burchlarini to'laqonli anglashlari, xalq baxt-saodati hamda yurt farovonligi yo'lida mehnat qilishlariga erishish uchun ijtimoiy va psixologik sharoit yaratish;

> yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy g'oya targ'ibotini izchil davom ettirish [11].

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan holatlarning qaror topishi, shuningdek, ta'lim-tarbiya jarayonida yoshlarda milliy g'urur tuyg'usini shakllantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilishi globallashuv sharoitida tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, bugungi global o'zgarishlar davrida milliy g'oyani har bir inson, ayniqsa yoshlarning qalbi, ongi va ichki dunyosiga zamonaviy usullar orqali targ'ib qilish ularda ma'naviy, axloqiy, tarbiyaviy sifatlarni har tomonlama shakillantirish, xozirgi kunning davr talabidir. Zero, millat taraqqiyoti, ma'naviyati va madaniyati yuksak bilimli biz yoshlarga bog'liqdir. Buning uchun bugungi yangilanayotgan jamiyatda nafaqat erkin harakat qilishi, balki uni rivojlantirishi uchun yagona milliy g'oya asosida birlashishi, balki "Ozod- va obod Vatan erkin va farovon hayot barpo etish" va "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasi ustuvor bo'lishi lozimdir. Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni globallashuvning har qanday yovuz kuchlaridan va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg'ularini yanada yuksalishi uchun zamin yaratamiz.

REFERENCES

1. N.Umarova. Madaniy vasvasa yoxud axloqning globallashuvi // Jamiyat va boshqaruv.- T-№2. B-37.

2. I.A. Karimov Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. O'zbekiston, 2000. B-491

3. X.Ochilov. Demokratiya niqobidagi tahdid. -T. Muharir. 2010. B-4.

4. Ташметов, Т. Х. (2020). Миллий FOяни ёшлар онгига сингдиришнинг замонавий усуллари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.

5. Tashmetov, Т. Х. (2020). PROSPECTS FOR RELYING ON THE BASIS OF THE NATIONAL IDEA IN PROTECTING YOUNG PEOPLE FROM HARD AND HARMFUL IDEAS. International Journal For Innovative Engineering and Management Research, 9(11), 81-86.

6. Ташметов, Т. Х. (2020). ЁШЛЛРт БЕРИЛЛЁТГЛН ИМКОНИЯТЛЛРНИНГ ТAPБИЯДAГИ AXAMRflTO. "Science and Education" Scientific Journal, 1(7), 617-624.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24 yanvar 2020 yil. https://president.uz/uz/lists/view/3324

8. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T., O'zbekiston: NMIU, 2016. B-14.

9. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T., O'zbekiston: NMIU, 2016. B-11.

10. Tashmetov, T. X. (2021). YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING TA'LIM-TARBIYANING O'RNI. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 1047-1051.

11. Tashmetov, T. K. (2020). THE IMPORTANCE OF THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUNG PEOPLE. Monthly Peer Reviewed & Indexed International Online Journal, 6(11), 2527.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.