DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-657-662
YOSHLAR MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY MA'NAVIY NEGIZLARGA TAYANISHNING MUHIM JIHATLARI
Tuxtasin Xudayberganovich Tashmetov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti falsafa doktori (PhD) toshmetovtuxtasm@gmail .com
Ma'lumki, demokratik jamiyat taraqqiyoti turli xil g'oyalarga asoslanadi. Ayni paytda, uni umumiy maqsad yo'lida birlashtirib turadigan yagona mafkuraga aylangan bo'lishi hayotiy ahamiyatga ega. Bu borada esa xalqning buyuk mutafakkir va allomalari, davlat va jamoat arboblari, atoqli ijodkor va ziyolilarining qarashlari, boy ma'naviy-ma'rifiy merosi milliy ma'naviyatning ana shunday g'oyaviy negizlarini tashkil etadi. Ushbu maqolada yoshlar uchun ma'naviyatni yuksaltirishda g'oyaviy negizlariga tayanishning istiqbollarida turli xalqlarni birlashtirib turuvchi mushtarak maqsadlar ham bo'lishi zarurligi yoritilgan.
Kalit so'zlari: Ma'naviyat, milliy g'oya, targ'ibot, texnologiya, axborot, tolerant, g'oya, ta'lim, barkamol, demokratiya, mafkura, tarbiya, madaniyat, global, tahdid, manqurt, zombi, "ommaviy madaniyat", diniy ekstremizm, terrorizm, xuruj.
Как известно, в основе развития демократического общества лежат различные идеи. В настоящее время жизненно важно, чтобы она стала единственной идеологией, объединяющей ее на пути к общей цели. В этой связи взгляды, богатое духовно-просветительское наследие великих мыслителей и ученых, государственных и общественных деятелей, выдающихся творцов и интеллектуалов народа составляют такие идейные основы национальной духовности. В данной статье освещается необходимость наличия общих целей, объединяющих разные народы, в перспективах опоры на их идеологические основы в повышении морального духа молодежи.
Ключевые слова: духовность, национальная идея, пропаганда, технология, информация, толерантность, идея, образование, гармония, демократия, идеология, воспитание, культура, глобальность, угроза, мангровые заросли, зомби, "массовая культура", религиозный экстремизм, терроризм, нападение.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-657-662
ABSTRACT
as you know, the development of a democratic society is based on various ideas. At present, it is vital that it becomes the only ideology that unites it on the way to a common goal. In this regard, the views, rich spiritual and educational heritage of great thinkers and scientists, statesmen and public figures, outstanding creators and intellectuals of the people constitute such ideological foundations of national spirituality. This article highlights the need for common goals that unite different peoples, in the prospects of relying on their ideological foundations in improving the morale of young people.
Keywords: spirituality, national idea, propaganda, technology, information, tolerance, idea, education, harmony, democracy, ideology, upbringing, culture, globality, threat, mangroves, zombies, "mass culture", religious extremism, terrorism, attack.
XX asrda dunyoda g'oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bo'ldi. XX asr so'ngida esa ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralarini tubdan o'zgartirib yubordi. XXI asrning dastlabki o'n yilligida siyosiy, iqtisodiy, ilm-fan, madaniyat sohasida insoniyat tomonidan ulkan taraqqiyot natijalariga erishilgan bo'lsa, afsuski, global tinchlik va barqarorlikka tahdid solib turgan jiddiy xavf-xatarlar ham saqlanib qolindi. Insoniyat taraqqiyotining ko'p mingyillik tajribasiga qaramasdan, urush olovini yoqishga, undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanib qolishga urinayotgan qora kuchlar sayyoramizning turli burchaklarida hanuzgacha o'zlarining qabih niyatlariga erishish yo'lida jadal faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, turli xil diniy e'tiqodlarni yoshlar ongi va ichki dunyosiga singdirish orqali siyosiy maqsadlarga erishish mafkuraviy tajovuzning bir shakliga aylanayotganligi achinarlidir. Bu xususda sotsiologiya fanlari doktori, professor M.Bekmurodovning "Mafkuraviy zombi qilish mexanizmi" mavzusidagi maqolasidagi fikrlari muhim ma'naviy ahamiyatga ega. "Turli xil diniy e'tiqodlarni omma ongiga singdirish orqali siyosiy maqsadlarga erishish XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi davrning o'ziga xos xususiyatlaridan biriga aylandi[1] - deb yozadi olim. Haqiqatdan ham bunday murakkab sharoitda milliy qadriyatlarni asrash, umuminsoniy qadriyatlarni tushunish, mamlakat suverenitetini mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun fuqarolarning mafkuraviy immunitetini yanada oshirish masalasi har bir davlat oldida turgan ustuvor vazifalardan
biriga aylanadi. Zero, o'zgarib borayotgan dunyo va uning
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-657-662
mazmun-mohiyatini tushunish, vujudga kelayotgan siyosiy voqelik va o'zgarishlar va jarayonlarni milliy manfaatlar asosida tahlil etish, mavjud tahdidlarning kelib chiqish sabablarini tushungan holda ularga qarshi kurashda butun jamiyatni safarbar etish mamlakat kelajagi va barqaror taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi.
Shuning uchun ham, global o'zgarishlar davrida zararli mafkuraviy ta'sirlarga qarshi kurash ma'naviyatning bunyodkor mazmun-mohiyatini kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz orasida maqsadga muvofiq tarzda targ'ib va tashviq etish davomiyligini taqozo etadi. "Biroq, mamlakatimiz tinchligi, jamiyatimiz barqarorligi, umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlarimizga qarshi qaratilgan, milliy o'zlikni anglash, xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayot tarzini barbod qilishga yo'naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usul va vositalarini ishlab chiqish, qo'llash ishlari zamon talabidan ortda qolmoqda"[2]. Darhaqiqat, o'tmishimiz va kelajagimiz uchun qudrat bag'ishlaydigan milliy iftixor tuyg'usi bilan biz yangi avlodlarni tarbiyalashimiz, o'z milliy davlatchiligimizni mustahkamlab borishimiz lozim. Bu jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishning zamonaviy infrastrukturasi va texnologiyasini yanada takomillashtirish masalasi zararli va yot g'oyalarni, mafkuraviy tahdidlarni bartaraf qilishning muhim omili ekanini hayotiy tajribaning o'zi isbotlamoqda.
Shuni aytish kerakki, global o'zgarishlar davrida yoshlarimizni turli xil yot va zararli g'oyalardan, ayniqsa, "ommaviy madaniyat", diniy ekstremizm, terrorizm va axborot xurujlaridan himoyalash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tushunarli va ishonarli qilib tayyorlangan materiallar asosida tizimli ravishda tadbirlar o'tkazib borish ma'naviyatning targ'ibot samaradorligini oshirishga bevosita xizmat qiladi. O'z navbatida, ta'limga yetarli darajada e'tibor qaratmaslik, uning faoliyatini ijtimoiy manfaatlar bilan moslashtirmaslik, unga ikkinchi darajali omil sifatida qarash jamiyat rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, hatto, uning tanazzuliga ham olib kelishi mumkin. "Umumiy ta'lim, yagona o'quv sistemasi demokratik jamiyat ustunlaridan biri, asosiy sosional institut bo'lib, uning ilmiy, ma'naviy, g'oyaviy, axloqiy asoslarini belgilab beruvchi, birlashtiruvchi va taraqqiyot yo'lida harakatga keltiruvchi muhim vosita sifatida faoliyat ko'rsatadi"[3]. Shuning uchun ham, bugungi davr talabidan kelib chiqib, yoshlar muammolarini hal etish mamlakat taraqqiyoti va xavfsizligining kafolati ekan, milliy taraqqiyotning muhim vazifalarini hal etishda, ta'lim-tarbiya berish hamda ma'naviyatmizni targ'ib qilish orqali barcha yoshlarga zarur sharoitlarni yaratish, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, dunyo maydonida o'z
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-657-662
tengdoshlari bilan bellashishga qodir bo'lgan yoshlarni tarbiyalash davr talabidir.
Zero, o'zgarib borayotgan dunyo manzarasi va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, vujudga kelayotgan siyosiy voqelik va o'zgarishlarni milliy va umuminsoniy manfaatlar asosida tahlil etish, mavjud tahdid va xavf-xatarlar kelib chiqish sabablarini idrok etgan holda ularga qarshi kurashda butun jamiyatni safarbar etish mamlakat kelajagi va barqaror taraqqiyotining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bu borada "Milliy g'oya sog'lom fikrlaydigan har bir shaxs va fuqaroda milliy g'urur-iftixor, or-nomusni uyg'otadigan, o'zlikni anglatadigan, xalqning maqsadi va orzu umidlari ro'yobga chiqishiga kuch-qudrat beradigan, millatni harakatga keltiradigan qudratli omildir. Shunday ekan, ma'naviyat O'zbekistonning tarixiy, madaniy, ilmiy va falsafiy manbalaridan oziqlanadi hamda bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoga mos ravishda o'sib, takomillashib boradi. Bu borada esa xalqning buyuk mutafakkir va allomalari, davlat va jamoat arboblari, atoqli ijodkor va ziyolilarining qarashlari, boy ma'naviy-ma'rifiy merosi milliy ma'naviyatning ana shunday g'oyaviy negizlarini tashkil etadi.
Insoniyatni tanazzuldan asrab qoluvchi milliy an'ana va urf-odatlar xalqimizning uzoq yillik hayotiy tajribasi mahsulidir. Avloddan-avlodlarga o'tib kelayotgan qadriyatlarimizning, milliy-ruhiy sifatlarning inkor etilishi natijasida ba'zi yoshlarda keyinchalik qonunlarimizga ham bepisandlik bilan qarash holatlarini keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yoshlarimizda milliy-ma'naviy meros va qadriyatlar, urf-odat va an'analarga nisbatan munosabatining yanada mustahkamlanishi yoshlar uchun ma'naviyatini yuksaltirishda g'oyaviy negizlariga tayanishning istiqbolli sharti sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- yoshlarning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligini yanada yuksaltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, insonlarning bir-biriga bo'lgan hurmatini, ozodlikni, farovonlikni, tinchliksevarlikni targ'ib qilish, buzg'unchilikka qarshi kurash, atrof-muhit tozaligi va tabiatni asrash hamda dinlararo bag'rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash tamoyillarini yanada yuksaltirish lozim;
- milliy ma'naviyatga tayanish uchun inson, avvalo, o'zligini anglab etmog'i lozim. Zero, bu milliy o'zligimizni anglab yetishga bo'lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Umuminsoniy qadriyatlar har doim milliy qadriyatlar bilan oziqlanadi hamda milliy ma'naviyatni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa milliy ma'naviyatning g'oyaviy negiziga tayanishda butun insoniyatni
birlashtirib turuvchi mushtarak omil hisoblanadi. Shundagina biz
istiqbolda ma'naviy barkamol insonni, sog'lom fikrlaydigan
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-657-662
avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.
Ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashda, shubhasiz, ta'lim tizimining ham roli beqiyosdir. Chunki ta'lim-tarbiya tizimi bevosita jamiyatning rivojiga ta'sir ko'rsatadi, ijtimoiy taraqqiyotning kelajakdagi yo'nalishlarni belgilaydi, millatning barkamol avlodini tarbiyalaydi. Hozirgi dunyoda yoshlar potensiali va intellektual qudrat hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda[4]. Ma'naviy barkamol, intellektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat O'zbekistonda, balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan yot g'oyalar va g'oyaviy xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egadir.
Shu jihatdan aytish kerakki, jahondagi har bir xalq va davlat o'z yoshlarini milliy g'oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o'z kelajagini ta'minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O'zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatdan kuchli, jismonan baquvvat, ma'nan sog'lom etib tarbiyalashga alohida urg'u berib keladi. Ayniqsa, tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar yoshlar uchun iqtisodiy ta'minotning ortishi, turmush farovonligining o'sishi, yoshlarning o'z imkoniyatlarini to'la yuzaga chiqarishlari uchun barcha ob'ektiv shart-sharoitlarning yaratilishi bilan mustahkamlanmog'i talab etiladi.
Mamlakatimizda turli xil millatga mansub kishilar yashaydi va ularni turli xil maqsadlar, manfaatlardagi mushtaraklik - fuqarolik va yagona Vatan tuyg'usi kabi xislatlar birlashtirib turadi. G'oyalar xilma-xilligi ijtimoiy hayotni, voqelikni anglash, idrok etishda unga munosabatda turli-xil ijtimoiy guruh va qatlamlarning dunyoqarashi, ong va tafakkur shakli bilan bog'liq maqsadlar, fikrlar, tasavvurlar, mayllar majmui hisoblanadi. Bu inson erkinligi bilan bog'liq tabiiy jarayondir.
Bizning fikrimizcha, yoshlar uchun ma'naviyatni yuksaltirishda g'oyaviy negizlariga tayanishning istiqbollarida turli xalqlarni birlashtirib turuvchi mushtarak maqsadlar ham bo'lishi zarur. Bular quyidagilar: 1) ruhiy-ma'naviy birlik; 2) tarixiy ong, meros; 3) ona tili; 4) umumiy madaniyat; 5) ijtimoiy hayot; 6) milliy va umuminsoniy qadriyatlar; 7) mustaqillik va erkinlikni anglash; 8) yagona Vatan tuyg'usi, unga bo'lgan sadoqat; 9) tinchlikni qadrlash, asrab-avaylash, 10) fuqarolik burchi va boshqa tutash omillar insonlarni, xalqlarni birlashtirib turishga xizmat qiladi.
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-657-662
O'z navbatida, tolerant mamlakatlarda turlicha qarashlar va e'tiqodlar kesishgan bo'ladi. Shuning uchun, fikrda, g'oyada mushtarak maqsadlarning bo'lishi, ongda ijtimoiylashishi ularni umummilliy manfaatlarga yo'naltiradi, safarbar etadi, jipslashtiradi. Bu har bir kishining fikrini eshitishni, hurmat qilishni taqozo etadi. Shu umumiy maqsadga xizmat qiladigan siyosiy-ijtimoiy, g'oyaviy-mafkuraviy, ma'naviy muhit mavjud bo'lgan jamiyatda inson qadri har doim e'zozlanadi, turli xalqlar va millatlar o'rtasida milliy totuvlik, hamjihatlik, dinlararo bag'rikenglik g'oyalari amaliy hayotda o'zining aniq ifodasini topadi. Mamlakatda tinchlik, barqarorlik, bunyodkorlik ishlari insonlarni doimo ezgu g'oya, maqsad sari yetaklaydi, safarbar etadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirish asosida xulosa qilishimiz mumkinki:
- fikrga qarshi fikr bilan javob berish uchun har bir yosh o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishi kerak;
- yoshlar g'oya bilan g'oyani farqiga borishi kerak. Milliy g'oyaga ishonch va e'tiqodi yuqori bo'lishi kerak;
- bugungi yot va zararli g'oyalarga qarshi kurashish uchun ma'rifati va ma'naviyati yuksak bo'lishini taqozo etadi.
REFERENCES
1. Bekmurodov M. "Mafkuraviy zombi qilish mexanizmi" "Ma'rifat" gazetasi 2007 yil 2 iyun.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5465-sonli Farmoyishi O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g'oyani rivojlantirish kontsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to'g'risida // Xalq so'zi, 2019 yil 8-aprel.
3. Ermatov H. Tarix. Tafakkur. Madaniyat - Toshkent: Akademnashr, 2013. -B. 93.
4. Tashmetov T.X. "Yoshlarni yot va zararli g'oyalardan himoyalashda axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish texnologiyalari" T.:"O'zR Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasi" 2021.- B-47.
5. Туляев, А. И. (2021). "VIRTUAL OLAM" TUSHUNCHASINI O 'RGANISHGA DOIR FALSAFIY YONDASHUVLAR. ФИЛОСОФИЯ И ЖИЗНЬ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ, (4 (15)).
6. Агзамова, Н. Ш. (2018). Этические взгляды восточных мыслителей как важный фактор формирования духовной жизни общества. ББК 74.58 Э 11, 205.
April, 2023