Научная статья на тему 'HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA YOSHLARNI MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI IMMUNITETINI KUCHAYTIRISH OMILLARI'

HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA YOSHLARNI MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI IMMUNITETINI KUCHAYTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
181
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy ta’lim muassalari / yoshlar / «ma’naviy tahdid» / harbiy ta’lim / harbiy tarbiya / buzg‘unchi mafkura / mafkuraviy immunitet / xavfsizlik. / military educational institutions / youth / "moral threat" / military education / military education / destructive ideology / ideological immunity / security.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baydadayev, Iskandar Shukrillayevich

Mazkur maqolada harbiy ta’lim muassasalarida yoshlarga «ma’naviy tahdid», «ommaviy madaniyat» kabi salbiy tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetishlari, unga qarshi immunitetini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, maqolada harbiy ta’lim muassasalarida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika yoshlarimizni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoyalashning o‘ziga xos jihatlari yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS FOR STRENGTHENING THE IMMUNITY OF YOUNG PEOPLE AGAINST SPIRITUAL THREATS IN MILITARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article focuses on the issues of young people in military educational institutions to understand the essence of negative concepts such as "spiritual threat", "popular culture" and increase immunity against it. The article also highlights the specifics of ideological prevention in military educational institutions to protect our youth from the influence of destructive ideas.

Текст научной работы на тему «HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA YOSHLARNI MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI IMMUNITETINI KUCHAYTIRISH OMILLARI»

HARBIY TA'LIM MUASSALARIDA YOSHLARNI MA'NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI IMMUNITETINI KUCHAYTIRISH OMILLARI

Baydadayev Iskandar Shukrillayevich

IIV Akademiyasi Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada harbiy ta'lim muassasalarida yoshlarga «ma'naviy tahdid», «ommaviy madaniyat» kabi salbiy tushunchalarning mohiyatini to'g'ri anglab yetishlari, unga qarshi immunitetini oshirish masalalariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, maqolada harbiy ta'lim muassasalarida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika yoshlarimizni buzg'unchi g'oyalar ta'siridan himoyalashning o'ziga xos jihatlari yoritib berildi.

Kalit so'zlar: harbiy ta'lim muassalari, yoshlar, «ma'naviy tahdid», harbiy ta'lim, harbiy tarbiya, buzg'unchi mafkura, mafkuraviy immunitet, xavfsizlik.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются вопросы молодежи в военно-учебных заведениях для понимания сути негативных понятий, таких как «духовная угроза», «массовая культура», и повышения иммунитета к ней. В статье также освещена специфика идеологической профилактики в военно-учебных заведениях для защиты нашей молодежи от влияния деструктивных идей.

Ключевые слова: военно-учебные заведения, молодежь, «духовная угроза», военное образование, военное образование, деструктивная идеология, идеологический иммунитет, безопасность.

ABSTRACT

The article focuses on the issues of young people in military educational institutions to understand the essence of negative concepts such as "spiritual threat", "popular culture" and increase immunity against it. The article also highlights the specifics of ideological prevention in military educational institutions to protect our youth from the influence of destructive ideas.

Keywords: military educational institutions, youth, "moral threat", military education, military education, destructive ideology, ideological immunity, security.

KIRISH

XXI asrning muhim xususiyatlaridan biri insonlarning ongi va qalbini egallash uchun kurashning kuchayganligidir. Qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanjaga olishlar o'rniga ayni zamonda tobora ko'proq mafkuraviy vositalar va ma'naviy qurollar qo'llanilmoqda. Odamlarning, ayniqsa yosh avlodning tafakkuri,

666

ongi, dunyoqarashini egallashga urinishlar mafkura maydonlarida yuz bermoqda. Boshqa hudud va xalqlarni o'ziga qaram qilish uchun endi ko'rish va sezish qiyin bo'lgan usul va vositalar, xususan ma'naviy buzg'unchilik uslublaridan foydalanilmoqda.

XXI asr ma'naviyat va ma'rifat asridir. Darhaqiqat, ma'naviyat va ma'rifatsiz jamiyat taraqqiyotini ta'minlab bo'lmaydi. Ma'naviyatning mazmun v a mohiyatini «halollik», «insonparvarlik», «adolat», «sadoqat», «xalqqa xizmat qilish», «ma'naviy jasorat» tushunchalari tashkil etadi. Shu bilan birga, ma'naviyatga, uning tarkibiy qismlariga zid bo'lgan «ma'naviy tahdid», «ommaviy madaniyat» kabi salbiy tushunchalarning mohiyatini to'g'ri anglab, ularning ta'siridan o'sib kelayotgan yosh avlodni asrashimiz, bunday tahdidlardan doimo ogoh va hushyor bo'lishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: «ommaviy madaniyat» ko'rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrashga, ularning ta'lim-tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak» 1. Bugun bu borada harbiy ta'lim muassalarida ta'lim va tarbiya olayotgan yoshlarning mafkuraviy immunitetini yuksaltirish muhim va dolzarb masalalardan biri sifatida baholanmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harbiylik kasbini tanlagan yoshlarimizda ma'naviy tahdid, mafkuraviy immunitet kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-5040-son qarorida «ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo'lga qo'yilmagan»2 ligini tanqid ostiga olganligi ham bu boradagi tadbirlarni jadallashtirishni talab etadi. «Ma'naviy tahdid» tushunchasini ma'naviyatga qarshi qaratilgan barcha g'oyaviy va informasion xurujlar majmui sifatida talqin etish to'g'ridir. Bu esa tinchlikparvar insoniyatdan yaxshilikni yomonlikdan, sof

1 Mupsueee W..M. ,3,eMOKpaTHK HC^o^oraapHH h3hh^ gaBOM этгнрнm, xa^HMH3 ynyH thhh Ba oconumTa, MyHOCu6 xaeT gapa^acHHH aparam - 6ap^apop TapaKKueT Ka^oramgHp // http://uzlidep.uz/uzc/news/demokratik-islokhotlarni-izchildavom-ettirish-halkimiz-uchun-tinch-va-osoyishta-munosib-khayot

2 Y36eKHCTOH Pencyö^HKacu npe3HgeHTHHHHr «MaiHaBHH-Maipu^HH um^ap th3HMHHH Ty6gaH TaKOMH^amTupum Hopa-TagÖHp^apH TyrpHCHga»rH n^-5040-coH Rapopu //https://lex.uz/docs/5344692

667

ma'naviyatni ma'naviy tahdidlardan farqlab olishni talab etadi. Bugun deyarli barcha yovuzliklar «demokratiya», «inson huquqlari», «din» bayroqlari ostida amalga oshirilayotgani ham ayni haqiqatdir. Shu sababli ma'naviy tahdid va uning zamonaviy ko'rinishlariga alohida to'xtalib o'tish ayni zarurat3.

So'nggi yillarda O'zbekistonda ma'naviyat sohasida katta islohotlar amalga oshirildi, biroq bugun yosh avlodni turli tahdidlardan asrash vazifasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Ana shunday tahdidlardan biri ma'naviyatga bo'lgan tahdiddir. Yoshlar o'rtasida kuzatilayotgan salbiy hodisalar asnosida ham ma'naviyatimizni izdan chiqarishga qaratilgan bir qator tahdidlar mavjud. Jumladan, «ommaviy madaniyat»ni targ'ib etish; missionerlik, prozelitizm; egotsentrizm; diniy aqidaparastlik; kosmopolitizm; milliy qadriyatlarimizga nopisandlik; axborot xurujlari; loqaydlik va befarqlik; Internet tizimining salbiy ta'siri; dunyoviy ilm-fan va texnologiyalarni chuqur o'zlashtirmaslik; «demokratiyani olg'a siljitish» niqobi ostida faoliyat yuritish va boshqalar. Ushbu tahdidlarning ayrimlariga to'xtalib o'tsak.

«Ommaviy madaniyat» odamlarning didini yuksaltirishga, milliy va jahon san'atining mumtoz asarlarini tushunishga emas, balki ulardan uzoqlashtirishga «xizmat qiladi». «Agar yoshlarda vatanga muhabbat, o'z xalqi va ajdodlari merosiga hurmat, dahldorlik hissi kuchli bo'lsa, ular ommaviy madaniyat ta'siriga berilmaydilar»4. Haqiqatan ham, bu muhim element hisoblanadi. Bu borada oila, ta'lim va tarbiya maskanlari, fuqarolik jamiyati institutlari, davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi muhim o'rin egallaydi.

Yoki yana bir xavflardan biri - milliy qadriyatlarimizni mensimaslikdir. Bu tahdid tarixiy haqiqatni buzib ko'rsatish, asrlar sinovidan o'tgan milliy qadriyatlarni inkor etish orqali begona qarashlarni majburlab singdirishga urinish bo'lib, u milliy qadriyatlar tizimini izdan chiqaradi.

Ma'lumki, O'zbekiston xalqi juda katta ma'naviy merosga ega, lekin sobiq ittifoq mafkurasi ta'siri ostida uzoq yillar tariximiz bir tomonlama yoritib kelindi. Xalqimizni o'ziga bo'ysundirishni maqsad qilib olgan kuchlar uni tilidan, tarixidan, madaniyatidan judo qildi. Zero, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda «Biz bugun yaqin tariximizda bo'lgan ana shunday ayanchli voqealarni eslar ekanmiz, mustaqilligimizning qadr-qimmatini yanada teran anglab yetishimiz, uni har qanday

3 Бердикулов С.Н. Сиёсий-хукукий маданият ва маънавиятни юксалтириш омиллари: Монография. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2019. - Б. 129.

4 Шомуротова Н. Оилада ёш авлодни оммавий маданиятга карши курашувчанлик куникмасини шакллантириш: услубий кулланма.- Тошкент: Фан ва технология, 2015. - Б. 22.

668

yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shart»5. Mazkur masalani yosh avlod ong shuuriga yetkazishimiz, tushuntirishimiz eng katta vazifalarimiizdandir.

Axborot xurujlari ommaviy axborot vositalari yordamida aholining axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirishda noxolis, bir tomonlama, bo'hton, yolg'on manba va usullardan foydalanishdir. Axborotni buzib taqdim etish, maqsadli, tajovuzkor ruhdagi axborotni tarqatib, ijtimoiy fikmi g'arazli maqsadlarni amalga oshirish yo'liga solib yuborish axborot xurujlaridan ko'zlangan asosiy maqsaddir. Axborot tahdidi- ma'naviy tahdidlarning asosiy shakli. Axborot tahdidi deganda yolg'on-uydirmalar to'qib chiqarish, ularni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish orqali salbiy ijtimoiy fikrni shakllantirish tushuniladi. Bugun katta yolg'onlar o'ylab topilayotgani hech kimga sir emas. Axborot uydirmalari yordamida turli siyosiy kuchlar aniq ko'zlangan maqsadlariga intilmoqda. Shu sababli o'z kelajagini o'ylagan har bir inson, xalq ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan xabarlarni tekshirib, hayot bilan taqqoslab, shundan keyingina qabul qilishi zarur.

Bugun «Kim axborotga egalik qilsa, o'sha dunyoga egalik qiladi» degan qoida amal qilmoqda. Dunyoning eng qudratli OAVga «Si-en-en» (1,5 milliardli auditoriyaga ega), Bi-bi-si (1,2 milliard), Reyter axborot agentligi (1,5 milliard) kiradi. Ular orqali dunyoning istalgan nuqtasidan axborot olib, istalgan nuqtasiga uni uzatish mumkin. OAV bugun qudratli kuchga aylangan. Ular haqiqatni yolg'onga, yolg'onni esa haqiqatga aylantirish imkoniyatlariga ega. Shu bois har bir inson axborot olish, undan foydalanish va uzatish madaniyatiga ega bo'lishi shart.

Insoniyat axborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo'lmas ekan, «dahshatli yolg'on»lar izmidan chiqib keta olmaydi. Bugun Internat butun dunyoni egalladi. Uning ijobiy va salbiy jihatlarini tushunib olish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozir dunyo aholisining 4,5 milliardi (58,8%) Internet tizimidan foydalanmoqda. Ularning 22,1 millionini O'zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Internetga haqiqat manbai emas, axborot olish imkoniyati sifatida qarash lozim. Internet orqali tarqatilayotgan barcha shakldagi xabarlarning chinini yolg'onidan ajratib olish uchun mustaqil fikrlash talab etiladi. Mustaqil fikrlash mafkuraviy immunitet, yuksak ma'naviyat, g'oyaviy va informasion tahdidlarga qarshi kurashning bosh omilidir.

Ma'naviy tahdidlardan yana biri - axloqsizlikni yoyib, yoshlarni ma'naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlardir. Mamlakatimiz yoshlarining qalbi va ongiga begona mafkurani singdirish uchun dushmanlar bir qarashda beozor, go'yo

5 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgeHTH fflaBKaT Mnp3HëeBHHHr ®H33ax ma^pnga fflapo$ PamugoB xaHKa^HHHHr OHH^Hmnra 6arHm^aHraH TamaHa^H MapocHMgarn HyT^H // http://press-service.uz/uz/lists/view/1207

669

siyosatdan holi tuyuladigan mafkuraviy vositalarga katta e'tibor qaratadilar. Keyingi yillarda namoyish etilayotgan yengil-elpi yoki janggari filmlar bunga misol bo'la oladi. Ma'lumki, bu filmlarni ko'pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan tomosha qiladilar. Sir emaski, aksariyat odamlar tabiatida, xulq-atvorida mana shunday xatti-harakatlarga oz bo'lsa-da moyillik bo'ladi. Davlatimiz rahbari bugungi kino va teatr sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni qattiq tanqid ostiga olib: «ba'zi filmlarda mayda maqsadlar bilan yashaydigan, hayotga faqat iste'molchilik kayfiyati bilan qaraydigan kimsalar asosiy qahramon sifatida tasvirlanayotgani tashvish uyg'otmasdan qo'ymaydi... Teatrlarimiz ko'proq maishiy mavzulardagi yengil-elpi, bachkana asarlar, odamga na ma'naviy oziq, na estetik zavq beradigan tomoshalarni namoyish etishga o'rganib qolgan»6, - degan fikrni bildirdi. Aslida kino, teatr, umuman ijod sahnasi xalqning tarixini, ichki kechinmalarini, sharoitini ob'ektiv, xolis va tanqidiy ruhda yoritib berishi lozim. O'shandagina tomoshabin undan ma'naviy ozuqa oladi.

Dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari ma'naviyatga tutayotgan bir paytda rivojlanib kelayotgan yosh davlatlarning ma'naviy qashshoqlikni, ya'ni G'arb davlatlari voz kechayotgan illatlarni yangilik sifatida qabul qilib, milliy ma'naviyatni eskilik sarqiti, deya baholanayotgani achinarli holdir. Bu holatning sababi dunyoda sodir etilayotgan global muammolardan bexabarlikdir. Demografik, ekologik muammolar AQShni, shuningdek G'arb davlatlarini ma'naviyatga murojaat etishga majbur etyapti. Shu bois G'arb davlatlarida bugun «axloqqa qaytish» chaqiriqlari ilgari surilib, ta'lim tizimiga odamiylik, insonparvarlikni ulug'lovchi bilimlarni o'rgatadigan fanlar kiritildi.

Yuqoridagi tahdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar, yoshlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o'z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etishga, pirovard natijada yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgan tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo'lishidir. Bunga qarshi yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish muhimdir. Xo'sh, mafkuraviy immunitetning tuzilishi qanday? Falsafa qomusiy lug'atida "Mafkuraviy immunitet ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg'unchi xarakterdagi g'oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo'l keladi" 7 deyiladi. Bizning fikrimizcha, mafkuraviy immunitet - odam o'z hayotida amal qiladigan, anglangan qoidalar

6 npe3Hgeffr fflaBKaT Mup3uëeBHHHr y36eKHCTOH H^ogKop 3HëïïH^apH BaKH^apu ôraaH ynpamyBgaru Ma"bpy3acu // URL - http://pressservice.uz/uz/lists/view/856

7 ®a^ca$a: ^OMycHH ^yrar (Ty3yBHH Ba Maciyn My^appup K^.Ha3apoB). - TomKeHT: fflaprç, 2004. - E.160.

670

yig'indisi. Ramziy qilib, uni shaxsning mafkuraviy konstitutsiyasi deb atasa ham bo'ladi. Bu konstitutsiya ikki asosga tayanadi: birinchisi - u yashayotgan milliy-ma'naviy muhitda qabul qilingan me'yorlar; ikkinchisi - shu me'yorlarning odam dunyoqarashida o'zlashtirilgan qismi.

Demak, shaxs va jamiyat mafkurasining uyg'unligi jamiyatni, davlatni kuchli qiladi. Aks holda, odamlar mafkurasi hammani birlashtirib turuvchi umummilliy g'oya, mafkura, dunyoqarashdan qanchalik uzoqlashsa, bunday jamiyat mafkuraviy parokandalikka shunchalik yaqinlasha boradi. Bu muammoni milliy tarbiya, mafkuraviy profilaktikaga yo'naltirilgan targ'ibot-tashviqot ishlari bartaraf qiladi.

Ma'rifatparvar mutafakkir Abdulla Avloniy "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g'ayratli bo'lishiga sabab bo'ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so'ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'lidur"8 degan edi. Shu sababli ham harbiy ta'lim muassalarida bilim olayotgan yoshlarimizni mustaqillik tafakkuri asosida fikrlashga o'rgatish biz professor-o'qituvchilar zimmamizdagi vazifalardandir. Darhaqiqat, o'z fikriga ega, mafkuraviy immuniteti shakllangan shaxs turli yot g'oyalar ta'siriga tushmaydi.

Bizningcha, harbiy ta'lim muassalarida bilim olayotgan yoshlar dunyoqarashida yot mafkuralarga qarshi immunitetni tarbiyalashda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim: milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari bilan qurollantirish; hayot hodisalarini dunyoviylik, ilmiylik qoidalari asosida tahlil qilish va baholashga odatlantirish; o'z qarashlarini himoya qilishga o'rgatish; buzg'unchi mafkuralarga har doim, hamma joyda murosasiz bo'lishga tayyorlash zarur.

Bu borada uning oila, ta'lim muassasalari, mahalla va boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligi o'zining ijobiy natijasini beradi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, ichki ishlar organlari xodimlari ham yosh avlodning tarbiyasiga befarq bo'lmasliklari kerak. Ayniqsa, bugungi kunda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo'limlari) boshlig'ining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari -huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi (bo'linmasi) boshlig'i, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishni samarali tashkil etishi va muvofiqlashtirishi lozim bo'ladi.

Harbiy ta'lim muassalarida bilim olayotgan yoshlarimiz yot mafkuralarning ortida nimalar yotganini anglay olishlari lozim. Ya'ni yoshlarni yot mafkuralar

8 Ab^ohhh Aôgy^a. TypKHH ry^HCTOH ëxyg ax^orç. - TomKeHT: yrçHTyBHH, 1992. - B.15.

671

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

zamirida taktikasini muntazam o'zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlar targ'iboti turganini tushunishga o'rgatib borish kerak.

Harbiy ta'lim muassalarida bilim olayotgan yoshlar o'rtasida salbiy xatti-harakatlarni oldini olishda, bu mas'uliyatli ishda barchaning shaxsiy namuna ko'rsatishi, ma'naviyati, hayotga bo'lgan g'oyaviy-siyosiy munosabati katta rol o'ynaydi. Harbiy ta'lim muassasalarida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika yoshlarimizni buzg'unchi g'oyalar ta'siridan himoyalash, mafkuraviy immunitetini oshirish, uning sog'lom e'tiqodini saqlash va yanada mustahkamlashga qaratilgan say'-harakatlar bo'lib, bu jarayonni tizimli tashkil etish harbiy ta'lim muassasasidagi har bir sub'ektning muhim vazifasidir.

REFERENCES

1. Shomurotova N. Oilada yosh avlodni ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko'nikmasini shakllantirish: uslubiy qo'llanma.- Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. - B. 22.

2. Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish - barqaror taraqqièt kafolatidir // http://uzlidep.uz/uzc/news/demokratik-islokhotlarni-izchildavom-ettirish-halkimiz-uchun-tinch-va-osoyishta-munosib-khayot

3. Berdikulov S.N. Siyosiy-huquqiy madaniyat va ma'naviyatni yuksaltirish omillari: Monografiya. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. - B.

4. Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. - Toshkent: O'qituvchi, 1992. -

XULOSA

129.

B.15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.