YOSHLAR HUQUQIY ONGINI YUKSALTIRISHNING ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYaLARI
Kozimbek Abdixakimovich Xaydarov
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o'quv markazi boshlig'i, dotsent
ANNOTATSIYA
Yoshlar huquqiy ongini yuksaltirish mamlakatimizning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimizning ertangi kuni, jamiyatda o'zgarishlarga sabab bo'ladigan, bunyodkorlik g'oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, ma'naviy salohiyatli resurs hisoblangan yoshlarni ma'naviy va ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o'rin egallashlariga qulay shart-sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylanishiga ko'maklashish har birimizning muhim vazifalarimizdan sanaladi. Mamlakatimizda yoshlarni milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat, insonparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma'naviy salohiyatli va jismonan sog'lom avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Kalit so'zlar: ong, huquq, madaniyat, tarbiya, qonun, yoshlar, harakatlar strategiyasi.
KIRISH
Yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini oshirishni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining —Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi, Qonuni "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog'liq bir qator
February, 2023
292
yangi va muhim vazifalarni belgilab berganligini alohida qayd etish joiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigida: - "...Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, kat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifa sifatida bugungi davr talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Sizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda o'z mustahkam o'rningizni topishingiz, baxtli bo'lishimiz uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" degan fikrlarni bildirgan. Bugungi kun yoshlari nafaqat faol, ma'naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan bilimdon, yuksak ma'naviyatli bo'lishlari kerak. Buning uchun yoshlarning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechishda amaliy yordam ko'rsatishimiz, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu vazifani samarali amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanmog'imiz lozim. Shuni alohida ta'kidlashimiz joizki, yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib, hayotdan munosib o'rin egallashlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishimiz kerak.
Bir so'z bilan aytganda, yoshlar - yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan, g'ayrat-shijoatli, vatanparvar, zamonaviy, kreativ, barkamol shaxs bo'lmog'i lozim. Yoshlarning har tomonlama borkamol va ma'naviy salohiyatli hamda huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratish lozim deb xisoblaymiz.
1. Yoshlarning ma'naviy salohiyatini yanada takomillashtirish;
2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning
ishtirokini oshirish;
3. Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada mustahkamlash;
4. Yoshlarning ongi va qalbida mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, milliy o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash;
5. Xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yoshlarni qo'llab-quvvatlash.
Demokratik jamiyat rivojida yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini oshirishning ma'naviy omillarini o'rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda yoshlarning faol ishtirok etishi ko'pgina omillarga bog'liq. Bu avvalo davlatning maqsad
February, 2023
293
va vazifalari, yoshlarga bo'lgan munosabati va siyosati orqali amalga oshadi. Hamda yoshlar faoliyatini belgilaydigan muhim mezoni va asosi hisoblanadi. Ayni paytda yoshlarning huquqiy ongi va sovodxonligining yuqoriligi jamiyat boshqaruvini demokratiyalashuvining muhim omili hisoblanadi. Yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirok etishi uchun bugungi demokratik o'zgarishlar, tegishli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu yoshlarni o'zlariniing salohiyatlari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga undamoqda. Ayni paytda dunyoda yoshlarning jamiyatdagi mavjud tartibotlar va qadriyatlarga bo'lgan munosabati har xil ekanligini ta'kidlash lozim. Shu nuqtai nazardan yondashganda, bizningcha, yoshlarning faollik darajasi, ularning ma'naviy dunyosi bilan bog'liq xolda turli xil ekanligini ta'kidlash lozim. Jamiyat boshqaruvida ishtirokida yoshlar darajasi alohida ta'kidlanmoqda. Yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini fuqarolar va jamiyat oldida turgan umummilliy manfaatlarni anglashi, unga daxldorlik xissining mavjudligi orqali ko'rishimiz mumkin.
Mustaqillik tufayli jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga nisbatan O'zbekiston davlatining maqsadi va mohiyati ham o'zgardi. Bu davlatning maqsadlarini o'zgarganligi, davlat monopoliyasiga barham berilganligi va huquqiy davlat mezonlari asosida davlatni bosh islohotchiga aylanganligi bilan bog'liq. Hamda uning yangicha g'oyaviy asosga qo'yilganligi, davlat mafkurasining ta'siridan xalos bo'lish imkoniyati yaratilganligi bilan aloqador. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, —O'zbekistonda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Hech qaysi mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilganligi, uning huquqiy asosini tashkil etadi. Natijada yoshlar yakka hukmron mafkuraning ta'siridan xalos bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldi. Davlatning huquqiy asosida muhim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bugun O'zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish bosh strategik vazifa hisoblanadi. Huquqiy davlatda qonun ustuvor, fuqarolarning erkinligi va huquq-manfaatlari kafolatlangan. Jamiyat a'zolari, xususan yoshlar oldida yangi talablarni ko'yadi. Hamda tegishli zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan siyosat olib bordi. Jamiyatning ma'naviy xayoti negizlari o'zgardi. Ma'naviyat yoshlar huquqiy ongini oshirishda muhim omilga aylandi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma'qullangan —Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini
February, 2023
294
safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. O'zbekistonda oliy va o'rta maxsus ta'lim maskanlari bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish o'tgan davrda 9-10 foiz darajasida bo'lib kelayotgan edi. So'nggi ikki yilda ko'rilgan choratadbirlar tufayli, biz bu raqamni 15 foizga oshirishga erishdik. 2019 yilda bu ko'rsatgich 20 foizga yetdi. Bugun O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha mo'ljallangan konsepsiyasi qabul qilindi. Unga ko'ra yoshlarni oliy ta'limga jalb etish kvotasini 50 foizga yetkazish nazarda tutilgan. Bu yoshlarga jamiyatimiz tomonidan berilayotgan yangi imkoniyatdir.
Davlat xokimiyati va boshqaruvni oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish, zamonaviy ilm-fan va tafakkur yutuqlarini joriy etishda yosh rahbar kadrlarning ma'naviyati va bilimiga tayanish muhim. Mustaqil milliy davlatchiligimiz taraqqiyoti yillar mobaynida izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotgan islohotlar tufayli bugungi kunda mamlakatimizda milliy va umuminsoniy demokratik qadriyatlar asosida shakllanayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qaror toptirishda yoshlarning faolligini oshirishning ma'naviy omillarini yanada boyitish va undan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Buni yoshlarning aholi tarkibidagi ulushida ham ko'rish mumkin. "Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda" Bu esa ularning nufuzli qatlam ekanligini ko'rsatib turibdi. Shuning uchun har bir davlat o'z siyosatida yoshlarga alohida e'tibor qaratadi va ularni qo'llab quvvatlaydi. O'zbekiston jamiyati hayotida ham yoshlar nufuzli qatlam sifatida o'z salohiyatiga ega. Aholining 60%i yoshlardan iborat ekanligi fikrimizga dalil bo'la oladi. Bu yoshlarning O'zbekistondagi jamiyat boshqaruvidagi holatini, dinamikasini baholashda yetarli asos bo'la oladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy kengashlarda bo'lib o'tgan saylovda yoshlarga alohida e'tibor berilganligi va siyosiy partiyalar dasturlarida —Yoshlar qanotining mavjudligi ularga berilayotgan muhim e'tibordir. Jamiyat boshqaruvida yoshlarning yangi avlodiga mansub bo'lgan kadrlarni kirib kelishi o'z istiqboliga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish haqidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo'llab quvvatlandi. Mustaqillik tufayli yoshlar faolligini oshirishning yangicha ma'naviy omillari shakllandi va qaror topmoqda. O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ma'naviy yuksalishga erishish jamiyat boshqaruvida yoshlar
February, 2023
295
faolligini oshirish bilan bog'liq xolda namoyon bo'lmoqda. Bu yerda ma'naviy yuksaklik yoshlar faolligini belgilovchi muhim mezondir. Yoshlarning ma'naviy yuksakligi deganda, tuzilmaviy nuqtai nazardan yondoshib, quyidagicha belgilarini ko'rsatish mumkin: Birinchidan, yoshlar ongi va tafakkurining o'zgarib, mustaqillik tafakkuriga xos xususiyatlarga ega bo'lib borayotganligi. Buni mustaqillik to'g'risida o'ylash, mustaqillikni asrab-avaylash va mamlakat taraqqiyoti to'g'risida qayg'urish tuyg'ularida ko'rish mumkin. Ikkinchidan, yoshlar ma'naviy salohiyatining oshib borayotganligi va jamiyat hayotida iqtidorli, bugungi qonuniyatlarni yaxshi bilgan AKT yutuqlaridan habardor bo'lgan yoshlarni jamiyat hayotida faol ishtirok etayotganligi bu o'zgarishlarni xarakterlaydigan muhim jihatlardir. Shuningdek yoshlarni huquqiy ongi va madaniyatini oshirishni quyidagi yo'nalishlar orqali ko'rish mumkin bo'ladi:
1. Davlat hokimiyati boshqaruvining ma'naviy, g'oyaviy-mafkuraviy asoslari tubdan o'zgardi. U milliy g'oya negizlarida tayangan holda davlat boshqaruvida yangicha ma'no-mazmun baxsh etmoqda hamda yoshlar muhim demokratik prinsiplarga tayanmoqda.
2. Yoshlarning jamiyat hayotiga qarashi o'zgardi. Jamiyat rivojlanishida ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligiga tayanish jamiyatdagi o'zgarishlarda o'ziga xos mazmun kasb etmoqda. Yoshlarning ong va tafakkurining o'zgarishi, uni jamiyat hayotida faol ta'sir etuvchi omilga aylandi. Ong va tafakkur o'zgarmasa, hayot o'zgarmaydi va yoshlar faollashmaydi. Shunday ekan yoshlarga yanada ko'proq e'tibor qaratish va ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shakllantirish masalalariga maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab katta e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
Darhaqiqat, O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar tufayli yoshlarning ma'naviy saloxiyatini o'zgartirish va undan oqilona foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda. Bu yoshlarning faolligini, huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan yangi besh tashabbusda aniq namoyon bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarning jamiyat hayotida faolligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Unga ko'ra:
1. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo'yicha yagona ko'rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish;
2. O'zbekiston Yoshlar ittifoqi —O'zbekiston yoshlari - 2025 konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma'naviy va jismoni barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi;
3. Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda hech
February, 2023
296
kim chetda turmasligi, - O'z bolangizni, o'z uyingizni, o'z Vataningizni ko'z qorachig'idek asrang! degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi;
4. Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali ahamiyatga egaligini hisobga olgan xolda - Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari degan dasturiy g'oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish shular jumlasidandir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Zero, ma'naviyat shaxs jamiyat va millat, binobarin, mamlakat ravnaqining asosiy omili va poydevoridir. Ma'naviyati yuksak yoshlar har qanday damda, turli qaltis, sinovli pallalarda ham yo'lini yo'qotmaydi, boshqalarga pand bermaydi. O'z manfaatini umumxalq, yurt manfaatidan hech qachon ustun qo'ymaydi. Davlat va jamiyat boshqaruvining qaysi tarmog'ida, qanday pog'onada bo'lmasin, rahbarlik lavozimda xizmat qilayotgan shaxsning ma'naviy barkamolligi uning faoliyatining samaradorligini belgilaydi. Bu masalalarning yechimi, ishlarning samarasi, birinchi galda, kadrlarning boshqaruvchilik qobiliyatiga, yangicha fikrlash va yangicha ishlash layoqatiga, ma'naviy takomil darajasiga bog'liq. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini va davlat hokimiyati tizimini demokratlashtirish hamda zamonaviy asoslarda modernizatsiya qilish bugungi taraqqiyotimizning ustuvor yunalishini tashkil etmoqda. Davlatchilik tizimi, hokimiyatning mazmuni, faoliyat shakllari jamiyatning ob'ektiv taraqqiyot qonuniyatlariga muvofik amalga oshirilmoqda. Davlat xokimiyatini boshqarish demokratiya talablariga mos yaqinlashib bormoqda.
Bu qonuniyat jamiyat hayoti, ijtimoiy boshqaruv shakllarining tobora yangilanib, yangi bosqichda rivojlanish, yo'lidan borishidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani ayniksa e'tiborga molik. Bu tarixiy hujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yunalishlari belgilab berildi. Bunda insonlar manfaati, halqning xohish irodasi davlat hokimiyati boshqaruvida hisobga olinmoqda. Davlat idoralarini xalq uchun xizmat qilishi hozirgi bosqichning o'ziga xos muhim xususiyatidir. Jamiyatda yoshlarning ishtiroki, ularning muammolarini hal etishda hozirgi zamon ilm-fan yutuqlariga tayanish, boshqaruvda axborot
February, 2023
297
kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish, davlat xizmati agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi xizmat turlari, xalq bilan muloqotning yangi shakllari, joylarda sektorlarga bo'linib olib borilayotgan ishlar, hokimiyatni yoshlar bilan ishlashda ularni bandligini ta'minlash maqsadida yoshlar uchun yer ajratib berilayotganligi hayrli natijalar beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
-Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi deb ta'kidlaydi.
Mamlakatimizda Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili asosida yosh rahbar kadrlar qatlamini faqat davlat boshqaruvi sohasidagina emas, balki fuqarolik jamiyati institutlarining o'zlarini mustaqil boshqarish sohasida ham shakllanishiga muhim e'tibor berildi. El-yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi, xalqimizning farovon hayoti, har bir xonadonning totuvligini, farzandlarimizning baxtu va kamolini ko'rishimiz uchun eng avvalo, el-yurtimizga insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali yosh rahbarlar, faollar kerak, el-yurt obro'si uchun, Vatanimiz manfaati uchun jonini tikkan jonkuyar, kamarbasta rahbarlar kerak. Mana shunday yosh rahbar kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash har birimizning asosiy maqsadimiz bo'lmog'i lozim. Yoshlarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta'minlashda ma'naviy omillarni yanada vazifalarni amalga oshirish strategik axamiyatga ega. Bu yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvida yangi avlodini tayyorlashga va tarbiyalashga yo'naltirib boradi.
Yoshlarning jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda ma'naviy fazilatlari, avvalo, ularning milliy g'oyamizga bo'lgan ishonch va e'tiqodi, yot va zararli g'oyalarga nisbatan g'oyaviy kurashchanligi, fuqarolik pozitsiyasi, o'z ona tili, tarixi, milliy urfodatlari, an'analariga, qadriyatlarga bo'lgan ishonch va e'tiqodi hamda e'tiborida ko'rinadi. Buning uchun yoshlar jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini yaxshi bilishlari, o'z fikrlarini ona tilida ravon, turli tillarda mustaqil va lo'nda ifoda eta olishlari muhim.
Ayni paytda xorij tillarini bilishlari jamiyat boshqaruvida dunyo mamlakatlari erishgan yutuqlarni qo'llashda va ularni ma'naviy saloxiyatini belgilashda muhim axamiyat kasb etmoqda. Yangiliklarni qabul qilishga imkoniyat yaratadi. Yangiliklarni qabul qilmasdan esa taraqqiyotga erishib bo'lmaydi. Bu hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyoti va raqamli iqtisodiyotni amalga oshirish bilan bog'liq yoshlar oldida turgan muhim vazifadir. Yoshlar yangiliklarni qabul qilishga tayyor bo'lishlari busiz taraqqiyotga
February, 2023
298
erishib bo'lmasligini chuqur anglab yetishlarini taqozo etadi. Dunyoni bilish, tajriba almashish doimo taraqqiyotga yetaklaydi. Shu nuqtai nazardan ushbu taraqqiyot huquqiy ong va madaniyatning yuksalishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga yoshlarning jamiyatda huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda quyidagilarga alohida e'tibor berish lozim deb o'ylayman.
- Yoshlarning jamiyat hayotida ma'naviy dunyoqarashini va ma'naviyatimizni ongiga singdirish, unga bo'lgan ishonch va e'tiqodini mustahkamlash orqali yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish mumkin;
- Yoshlarni layoqatli, iqtidorlilarini tanlab olish, ma'naviy salohiyatlilarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish orqali ularni boshqaruvda yanada kengroq ishtirok etishini ta'minlashga xizmat qilish imkoniyatini oshirish;
- Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiqlik hissini yanada oshirish, mamlakatimizni o'z negizida va dunyo halqlari erishayotgan yutuqlarga mos rivojlanishi uchun muhim sharoit yaratadi. Bu boshqaruvda demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga amalda tayanishini taqozo etadi;
- Yoshlarni vijdonini uyg'otadigan, mas'uliyatini oshiradigan va e'tiqodini butun qiladigan umuminsoniy g'oyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish mamlakatimizda jamiyat boshqaruv soxasidagi mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga, korrupsiyaga qarshi murosasiz bo'lishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu boradagi chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik hamda sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning yorqin misoli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qaroridir. Ushbu Qaror ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat, jamoat tashkilotlarining faoliyatiga yaqindan ko'maklashish maqsadida ishlab chiqildi. Shu o'rinda —ma'naviyat va —ma'rifat tushunchalariga izoh bersak: —ma'naviyat tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko'plab ta'riflarini keltirish mumkin. Umuman, o'zida juda chuqur va keng qamrovli ma'no-mazmunni mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi ma'rifatli inson o'zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e'tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta'rif va tavsiyalar berishi tabiiy.
February, 2023
299
Shuning uchun ham bu masala bo'yicha ilmiy adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr mulohazalarni uchratganda bundan taajjublanmasdan, ularni har qaysi muallifning o'ziga xos dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o'rinlidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yillarda bu mavzuda olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy risolalar, o'quv qo'llanmalari, lug'atlarda —ma'naviyat tushunchasi va uning asosiy tamoyillariga o'ziga xos ta'riflar berilayotganini kuzatish mumkin. Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, —ma'naviyat tushunchasining mazmuni faqat —ma'ni, —ma'no degan so'zlar doirasida chegaralanib qolmaydi, deb o'ylayman. Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog'langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan alohida o'rin tutadi.
Shu fikrga mantiqiy davom ettirib, ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o'z tasdig'ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo'lamiz. Mening nazarimda, —ma'naviyat tushunchasi jamiyat hayotidagi g'oyaviy, mafkuraviy, ma'rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o'zida to'la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma'nodagi -ma'naviyat tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.
—Ma'rifat tushunchasi esa, u bilish, bilim, ma'lumot, tanish, tanishish -kishilarning ongi, bilimi, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiyadir. Shuningdek, u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, ma'lumotlar majmuasini ham bildiradi. Bundan tashqari, ma'rifat ilmu irfon ma'nosida ham ishlatiladi. Ma'rifat tushunchasi madaniyat, Ma'naviyat turlari bilan ham bog'liq. Ma'rifat ma'naviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo'lishga yordam beradi. Ma'rifatli kishilarni qamrab olgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq bo'ladi. Bugungi kunda xalqimiz va yoshlarimizning yuksak ma'naviyatini yanada oshirish, ayniqsa, barkamol avlodni ma'rifatli qilib tarbiyalash oldimizdagi eng ustuvor vazifaga aylandi. Ilm-fan, maorif, ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar, qarorlar va farmonlar ijrosini ta'minlash mamlakatimizning mazkur yo'nalishda jahondagi ilg'or davlatlar safiga qo'shilishiga xizmat qilmoqda.
February, 2023
300
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» farmonining to'rtinchi -ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishida qo'yilgan vazifalar ham aynan ma'rifatni yanada yuksaltirishga va rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lidagi ishlar, umumiy o'rta ta'lim sifatining tubdan oshirilishi, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo'lgan predmetlarning chuqurlashtirilgan tarzda o'rganilishi, yangi ta'lim muassasalari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi, ularning zamonaviy o'quv va laboratoriya uskunalari, o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlanishi, bundan tashqari, bolalarning sport bilan ommaviy tarzda shug'ullanishga jalb qilinishi, ularni musiqa va san'at olamiga olib kirish maqsadida yangi sport ob'ektlari, musiqa va san'at maktablarining qurilganligi misolida ko'rishimiz mumkin. Har qanday davlatning ertangi kuni bevosita yoshlarga bog'liq ekan, biz ham yoshlarimiz tarbiyasi va ma'rifiy bilimlarni egallashlariga befarq qarab turolmaymiz. Shu bois bunday sharafli va mas'uliyatli ishga barchamiz bel bog'lashimiz, yoshlarni har taraflama yetuk, ma'rifatli inson qilib tarbiyalashimizni davrning o'zi taqozo etmoqda. Bugungi globallashuv davrida kelajak avlodga yangi texnika-texnologiyalardan to'g'ri foydalanish yo'llarini o'rgatish, kibermakondagi tahdidlardan himoyalanish usullarini yoshlar shuuriga singdirish O'zbekiston kelajagini asrash demakdir. Yuqoridagi vazifalarning amalga oshirilishi Prezidentimiz rahbarligida 2020 yilning 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosiy dasturulamal bo'lib qoladi. Mazkur beshta tashabbusning zamirida xalqimizni va yoshlarimizni ma'rifatli qilish yotganligini ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasi, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga zamin yaratish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, sport bilan shug'ullanishlariga e'tibor qaratish masalalariga barchamiz birdek mas'ul ekanligimizni anglatadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, birinchidan, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish davr taqazosi shunday ekan Yoshlar ham o'z faolligi bilan davrning mazmunini yanada
February, 2023
301
ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
boyitishga, unga yangicha ma'no-mazmun olib kirishga imkoniyat yaratish lozim. Buni O'zbekistonda yoshlarga yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar orqali ham ko'rish mumkin;
Ikkinchidan, O'zbekiston jamiyatida milliy-ma'naviy meroslardan foydalanishda ham yangicha yondashilmoqda. Turli xil sohalarda turizm rivojlanmoqda. Yoshlarning bilim olishlari uchun yangi yo'nalishlar tashkil etilmoqda. Yangi oliy ta'lim muassasalari va unga ko'proq yoshlarni jalb etish imkoniyati paydo bo'lmoqda. Istiqbolda 50-60 % yoshlarni oliy ta'limga jalb etish bo'yicha istiqbolli maqsadlar belgilab olinmoqda. Bu ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadlari bilan mushtarak ekanligini ta'kidlash lozim;
Uchinchidan, bugungi yoshlar ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy va hal qiluvchi qatlamga aylanishi zarur. Bu maqsadlarga erishishni yoshlarni yuksak ma'naviy salohiyati va ilm-fanni egallashga bo'lgan intilishi va vatanparvarlik tuyg'ularining yuqori bo'lishisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun yoshlarga yangicha yondashish va yangi tehnologiyalarni qo'llash masalasi nafaqat bugungi kun bilan kelajakda ham eng istiqbolli vazifalardan biri bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi PF-5106-sonli farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y, 27-son.
2. Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigi. 2018 y. 29 iyun // O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti — www.president.uz.
3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.- T.: —O'zbekiston, 2019. - 6-b.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi
5. Sh.M.Mirziyoev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. - T.: —O'zbekiston! NMIU, 2018. - 495-496-b.
6. Sh.Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz! // Xalq so'zi, 2016 yil 15 dekabr.
7. I.Karimov —Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir!. - T.: Ma'naviyat, 2015. - 82 b.
8. To'raev Sh. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil qilish metodikasi. - Toshkent: —Paradigma!. 2017. B.72-73
9. Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent:
—Ma'naviyatl. 2008. - B. 18-20
February, 2023