Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
766
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / taraqqiyot / yoshlar / siyosiy madaniyat / yo‘nalish / yoshlarga oid davlat siyosati / yoshlar / yosh oila / yosh mutaxassis / yoshlar tadbirkorligi. / Uzbekistan / development / youth / political culture / direction / state youth policy / youth / young family / young specialist / youth entrepreneurship.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Parmonov, Sobir

Ushbu maqolada davlat va jamiyatning yuksak taraqqiyotini ta’minlashda yoshlarning siyosiy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ta’minlash, ularning siyosiy jarayonlardan xabardorligini oshirishning ta’sirchan mexanizmlari shakl va usullari, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPAL DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF YOUTH POLITICAL CULTURE IN UZBEKISTAN

This article analyzes the effectiveness of the formation of political culture of young people in ensuring the high development of the state and society, the forms and methods of effective mechanisms to increase their awareness of political processes, priorities for developing youth political culture at a new stage of development.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI

Sobir Parmonov

O'zMU katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada davlat va jamiyatning yuksak taraqqiyotini ta'minlashda yoshlarning siyosiy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ta 'minlash, ularning siyosiy jarayonlardan xabardorligini oshirishning ta 'sirchan mexanizmlari shakl va usullari, O 'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning ustuvor yo 'nalishalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, taraqqiyot, yoshlar, siyosiy madaniyat, yo'nalish, yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar, yosh oila, yosh mutaxassis, yoshlar tadbirkorligi.

В этом состоянии анализируется эффективность формирования политической культуры молодежи в обеспечении высокого развития государства и общества, формы и методы эффективных механизмов повышения осведомленности о политических процессах, приоритеты развития кадровой нации политической.

Ключевые слова: Узбекистан, развитие, молодежь, политическая культура, направление, государственная молодежная политика, молодежь, молодая семья, молодой специалист, молодежное предпринимательство.

This article analyzes the effectiveness of the formation of political culture of young people in ensuring the high development of the state and society, the forms and methods of effective mechanisms to increase their awareness of political processes, priorities for developing youth political culture at a new stage of development.

Keywords: Uzbekistan, development, youth, political culture, direction, state youth policy, youth, young family, young specialist, youth entrepreneurship.

Jamiyat hayotining demokratlashuvi hamda mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari aholining eng katta ijtimoiy qatlamini tashkil etadigan yoshlarning ijtimoiylashuviga hamda ularning tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Yoshlar -jamiyatning tub negizi, aholining ilg'or qatlami, kelajakning ishonchli egalaridir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, har bir davr yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi,

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

o'y-fikri, ma'naviy qiyofasiga qarab o'sha jamiyatning ertangi kunini aniq tasavvur qilish mumkin.

Mamlakatimizda Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma'qullangan O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni yoshlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Mazkur qonundan kelib chiqqan holda, yoshlar siyosatining ustuvor yo'nalishlari va asosiy mezonlari belgilandi:

yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini tashkil etadi.

yoshlar (yosh fuqarolar) — o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;

yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o'ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o'ttiz yoshdan oshmagan yolg'iz otadan yoki yolg'iz onadan iborat bo'lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);

yosh mutaxassis — oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini bitirgan, ta'lim muassasasini bitirganidan so'ng olgan ixtisosligi bo'yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma'lumoti to'g'risidagi hujjatda ko'rsatilgan ixtisosligi bo'yicha ishlayotganiga uch yildan ko'p bo'lmagan o'ttiz yoshdan oshmagan xodim;

yoshlar tadbirkorligi — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek ta'sischilari yosh fuqarolar bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati[1,5].

MATERIAL VA METODLAR

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik, yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ma'naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi, yoshlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmasligi kabi asosiy prinsiplar orqali amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari kelib chiqqan holda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash, yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish,

yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, yoshlarni ishga joylashtirish va

257

ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish, iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish, yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish va yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro'yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e'tibor qaratadi.

Davlat va jamiyat boshqaruv tizimini har tomonlama isloh qilish hamda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash orqali kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. O'zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat boshqaruv tizimini isloh qilish va yangi bosqichga ko'tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilingani jamiyatda yoshlar bilan ishlash bo'yicha yangi tendensiyalar rivojiga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari, ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni o'z aksini topgan. Harakatlar strategiyasining 4.5 bandi Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalariga oid sanaladi[2,18].

NATIJA VA TAHLIL

O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun - 30 iyun sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlanadigan bo'ldi. O'zbekiston yoshlar ittifoqiga 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish

bilan bog'liq bir qator quyidagi yangi va muhim vazifalar belgilandi:

258

Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, milliy o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash.

Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydi gan, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo'lida bor kuch-g'ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish.Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta'minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishiga ko'maklashish.

Yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa yot g'oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish. Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g'oyalarini keng targ'ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish.

Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining mas'ul lavozimlariga tavsiya etish[3,8].

XULOSA

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligi, intelektual salohiyati muhim o'rin tutadi. "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishiga intilishiga

e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir[4,3]"

259

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, davlat va jamiyat boshqaruvida yoshlar muammolariga e'tibor qaratish va hal etish orqali jamiyat rivojida yangi bosqichga ko'tarilish mumkin.

REFERENCE

1. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi" Farmoni. 6 (766)-son. www.lex.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 5 iyulidagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va o'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi ma'ruzasidan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.