Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
TA LIM JARAYONIDA O'QUVCHI-YOSHLARNI IJODIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Rasulova Fotima Farxotovna
Toshkent shahar Sergeli tumani 284-umumta'lim maktabi Tarbiya fani
o'qituvchisi Toshkent, O'zbekiston rasulov- shuhrat@mail .ru
ANNOTATSIYA
Maqola ta'lim jarayonida o'quvchi-yoshlarni ijodiy fikrlashga o'rgatishning mazmun-mohiyati, tuzilmasi, o'ziga xos xususiyatlari, o'quvchi-yoshlarni ijodiy fikrlashga yo 'naltirilgan nazariy yondashuvlar va ularning tarixiy taraqqiyot yo 'li tahlili hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim jarayonida o'quvchi-yoshlarni ijodiy fikrlashga o'rgatishning hozirgi holati haqida so 'z boradi.
Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, maqsad, ijodiy fikrlash, tafakkur, teran duyonqarash, intellektual salohiyatni, kontseptsiya
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются содержание, структура, специфика обучения учащихся творческому мышлению в образовательном процессе, теоретические подходы к творческому мышлению учащихся и их историческому развитию, а также современное состояние мышления учащихся общеобразовательных общеобразовательных школ. говорят о
Ключевые слова: образование, цель, творческое мышление, мышление, проницательность, интеллектуальный потенциал, концепция.
ABSTRACT
The article analyzes the content, structure, specifics of teaching students to think creatively in the educational process, theoretical approaches to creative thinking of students and their historical development, as well as the current state of students' thinking in general secondary schools. We are talking about
Keywords: education, purpose, creative thinking, thinking, insight, intellectual potential, concept
KIRISH
Bugungi kunda yosh avlodni mustaqil, ijodiy fikrlashga o'rgatish davlat ahamiyatiga molik masalaga aylandi. Zero, har qanday jamiyat o'zining mustaqil fikriga ega bo'lgan, kechagi kuni, bugun va ertasi haqida xolis mushohada yurita oladigan fuqarolar bilangina rivojlanadi. Yosh avlodni ijodiy fikrlashga o'rgatib
845
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
borish, ularda fikr erkinligini tarbiyalash - kuchli jamiyat, kuchli davlat poydevori qurilishidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Ma'lumki, insonning fikrlash qobiliyati, tafakkur doirasi qanchalik keng va mustaqil bo'lsa, u shunchalik tashabbuskor, izlanuvchan, yangiliklarni qabul qilishga hamda yangi g'oyalarni yaratishga qobiliyatli bo'ladi. Shu boisdan ham mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil mushohada yuritishga, erkin tarzda ijodiy fikrlashga o'rgatish davlat ahamiyatiga molik masalaga aylanib, yuksak ma'naviy fazilatlarga, ijodiy fikrlash qobiliyati va o'zining mustaqil yondashuviga ega bo'lgan, erkin, sog'lom e'tiqodli shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilmoqda. Zero, jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog'liq bo'lib kelgan. Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular to'plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy salohiyatini yanada ko'tarish hamisha yoshlar zimmasiga tushgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodini tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Inson hayotda o'z o'rnini topishi, ikki dunyo saodatiga erishishi, yurtining taraqqiyotiga hissa qo'shishi va shu vatanga munosib bir farzand bo'lishini ta'lim-tarbiyasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Buni biz qushning ikki qanoti bo'lmasa osmonga ko'tarilib, ko'klarga parvoz qila olmaganiga qiyoslasak bo'ladi.
Ta'lim tor ma'noda - o'qitish tushunchasini beradi. Demak ta'lim - bu bilim berish va malaka ko'nikmalarini hosil qilish jarayonidir. Ta'lim kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Tarbiya - shaxs ongini jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni. Tarbiya shaxsning individual rivojlantirish jarayoni. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, aqliy, estetik, ma'naviy, jismoniyt taraqqiyoti, axloqiy, aqliy, estetik, ma'naviy, jismoniy kamolotida yetakchi rol o'ynaydi.
Demak tarbiya kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishga qaratilgan barcha ta'sirlar majmui. Buyuk ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy aytganidek, "Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir"[5]. Aynan shuning uchun tarixda ham yoshlar ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Bugun ham shunday bo'lmoqda, ertaga ham shunday bo'lib qoladi. Chunki, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat
846
Scientific Journal Impact Factor
Mirziyoev qayd etganidek, biz qachon, qaerda bo'lmaylik, "yoshlar siymosida umrimiz mazmunini, hayotimizning asosiy samarasini ko'ramiz. Yangi O'zbekistonni azmu shijoatli yoshlar bilan birga bunyod etamiz!
Bizning taraqqiyot strategiyamizda har jihatdan barkamol rivojlangan, erkin fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy qarashlarga ega yigit-qizlarni tarbiyalash ustuvor vazifalarimizdan biridir"[1].
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalaridan ma'lumki, mamlakat taraqqiyotini taminlashda o'sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy fikr yuritish salohiyatini rivojlantirishning o'rni alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlab kunlardanoq yosh avlodda ijodiy fikrlash ko'nikmasini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy jihatlariga alohida etibor qaratdi.
Jumladan, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki oylarida qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi qonunda "Yoshlarga oid siyosat O'zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo'lida imkoni boricha to'la-to'kis ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat" ekanligi mustahkamlab qo'yildi[2].
Ayni shu davrda "yangi avlod erkin, tanqidiy, ijodiy va mustaqil tafakkurga ega, mustamlakachilik davrida o'sgan avloddan farqli, ijtimoiy qo'rquvdan va milliy nomukammalik tuyg'usidan xoli, siyosiy va ijtimoiy faol, izlanuvchan va omilkor, "boqimandalikning har qanday ko'rinishidan or qiladigan" keng bilimli, ma'rifatli bo'lib shakllanishi lozim", degan vazifa ko'ndalang qo'yildi[6].
Bundan tashqari, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" singari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar asosida yangilangan milliy ta'lim tizimi mustaqil fikrlaydigan, o'z qarashiga ega bo'lgan, erkin, sog'lom e'tiqodli shaxsni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviy fazilatlarni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratila boshlandi. O'sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil, ijodiy fikrlashga o'rgatish, ularni imkon qadar ko'proq ijodiy tafakkur yuritishga odatlantirish masalasi ta'lim-tarbiya tizimi oldidagi dolzarb ilmiy-amaliy muammoga aylandi. Chunki ijodiy fikrlay oladigan, mustaqil mushohada yurituvchi vlodgina chinakkam ma'noda kuchli jamiyat yaratishga qodir. Shu bois O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shu ikki tarixiy hujjat qabul qilingan birinchi chaqiriq IX sessiyasidagi ma'ruzasida bu masalaga alohida e'tibor qaratdi: "Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan
Scientific Journal Impact Factor
ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo... ijodiy fikrlash katta boylikdir"[7].
2016 yil 15 sentyabrdan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" qonunida ham o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, "yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash" - O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi qat'iy belgilab qo'yildi[3].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoni asosida qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish" deb nomlangan alohida band (4.5 band)da aks ettirilgandan keyin, 2017 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlangan mazkur dastur doirasida bugungi kunda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo'lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi 3160-son qarorida ham "yoshlarda sog'lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish, Internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish"[4] - yangidan tashkil etilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligi mustahkamlab qo'yildi.
Scientific Journal Impact Factor
NАTIJАLАR
Ta'lim jarayonida o'quvchi-yoshlami ijodiy fikrlashga o'rgatishning tashkiliy-huquqiy asoslari tizimida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-sonli qarori bilan qabul qilingan Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun "Tarbiya" fani kontseptsiyasi" muhim o'rin tutadi. Mazkur kontseptsiyada qayd etilganidek, "Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lishdek hayotiy talablarni qo'ymoqda"
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo'llashga doir ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoda o'quvchi -yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatlilik, diniy va milliy bag'rikenglik, ma'naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda.
Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" turkumiga kiruvchi fanlarni o'qitish ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to'g'ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to'g'ri qaror qabul qilish, hayotda o'z o'rnini topish bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o'rgatish, buning natijasi o'laroq, oila-jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, "ommaviy madaniyat"ning turli ko'rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
Bu, o'z o'rnida, O'zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'naviy rivojlantirishning muhim omili bo'lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini inobatga olib, ushbu yo'nalishdagi prinsipial yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.
XULOSА VА TАKLIFLАR
Shulardan kelib chiqqan holda birinchi navbatda, mamlakatimizda ta'lim
mazmuni va uning tarkibini kengaytirishga, uni yanada chuqurlashtirishga alohida
849
Scientific Journal Impact Factor
e'tibor qaratildi. Shuningdek, bu mazmunga nafaqat, bilim, ko'nikma va malaka, balki, umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish, ayniqsa, umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchi-yoshlarning ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish, uni yanada rivojlantirish g'oyasi kun tartibiga ko'ndalang qilib qo'yildi. Buning o'ziga xos sabablari bor edi. Chunki, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga chiqarish, maktab ostonasiga qadam qo'ygan ilk kunidan boshlab o'z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ularda ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o'tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo'lib hisoblanadi.
Shunday ekan, biz o'z mustaqil fikriga ega, jamiyat hayotida faol ishtirok eta oldagan yoshlar qanday xislatlarga ega bo'lishi kerakligi haqida chuqur o'ylashimiz, undan keyin ta'lim-tarbiyani shunga yo'naltirishimiz lozim. Bugungi kunda yoshlarimiz bizning nafaqat tayanchimiz va suyanchimiz, balki bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanishi maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1. Mup3ueeB ffl. ^mu Y36eKHCTOH CTpaTernacn. - TomKeHT: "O'zbekiston" HampueTu, 2021.-262-6.
2. Y36eKHCTOH Pecny6nuKacuga emnapra oug gaBnaT cuecaraHuHr acocnapu Tyrpucuga / Y36eKHCTOH Pecny6nuKacuHHHr KpHyHu// Y36eKHCTOH Pecny6nuKacu ohhh KeHramuHHHr Ax6opoTHOMacu, 1992 h., 2-coh, 80-Mogga
3. Emnapra oug gaBnaT cuecara Tyrpucuga / Y36eKHCTOH Pecny6nuKacuHHHr KOHyHu// Y36eKucTOH Pecny6nuKacu K£HyH xy^^araapu TynnaMu, 2016 h., 37-coh, 426-Mogga.
4. Matнaвнн-мatpн$нн umnap caMapagopnuruHu omupum Ba cox,aHu pнвo^пaнтнpнmнн amu 6oc^unra KyTapum Tyrpucuga / Y^eKucTOH Pecny6nuKacu Пpезнgентннннг ^apopu//^OHyH xy^^aTnapu MatnyMoraapu Munnufi 6a3acu, 29.09.2017 h., 06/17/5194/0032-coh.
5. Avloniy, Abdulla/ Tanlangan asarlar: 2 jildlik.Jild 2. Pandlar, hikoyalar, nabiylar hayoti, dramalar, maqolalar, sayohat xotiralari. - Toshkent:Ma'naviyat, 2009. - 38-b.
6. 3pKaeB A. Ta^aKKyp эpкннпнгн. - TomKeHT: MatHaBuaT, 2007.-7-6.
7. EapKaMon aBnog op3ycu. -TomKeHT: "fflapK" HampueT-MaT6aa кoнцеpнн, 1998.
33-6.