Научная статья на тему 'YOSH AVLOD TARBIYASIDA RAQS SAN’ATINING AHAMIYATI'

YOSH AVLOD TARBIYASIDA RAQS SAN’ATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
297
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / tarbiya / ta’lim / raqs / libos / farzand / millat / jamiyat / ezgulik / xalq / madaniyat / san’at

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Pirmagambetova Mariya Turganbaevna

Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya jarayonida raqs va san’atning keng ahamiyati hamda uning oilada jamiyatdagi о‘rni yoritilgan bо‘lib, shuningdek, maqolada sо‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan raqs san’atiga qaratilgan yuksak e’tibor yuzasidan faktlar va asosli fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLOD TARBIYASIDA RAQS SAN’ATINING AHAMIYATI»

YOSH AVLOD TARBIYASIDA RAQS SAN'ATINING AHAMIYATI

Pirmagambetova Mariya Turganbaevna O'zDXA Urganch filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim va tarbiya jarayonida raqs va san'atning keng ahamiyati hamda uning oilada jamiyatdagi o'rni yoritilgan bo'lib, shuningdek, maqolada so'nggi yillarda davlatimiz tomonidan raqs san'atiga qaratilgan yuksak e'tibor yuzasidan faktlar va asosli fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: oila, tarbiya, ta'lim, raqs, libos, farzand, millat, jamiyat, ezgulik, xalq, madaniyat, san'at.

THE IMPORTANCE OF DANCE ART IN THE UPBRINGING OF THE

YOUNGER GENERATION

Pirmagambetova Mariya Turganbayevna Urgench branch of Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article covers the wide importance of dance and art in the educational process of the growing younger generation, its role in the family in society, as well as facts and substantive opinions on the high attention paid by the state to the art of dance in recent years.

Keywords: family, upbringing, education, dance, libos, child, nationality, society, humanism, people, culture, art.

Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni har tamonloma yetuk barkamol qilib tarbiyalashda, bugungi kunda bizning oldimizdagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi. Sababi yoshlarning bugungi kundagi olgan ta'lim- tarbiyasi nafaqat o'zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga "Agar mendan sizni nima qiynaydi" deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman" - degan fikrlari fikrimizning yaqqol dalilidir.

Jahonning ko'pgina mamlakatlarida yosh avlodga raqs san'atidan tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatga ega bo'lib, shaxsni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Har bir mamlakatning raqs san'ati shu xalqning ko'zgusidir. Xalqning, xulq atvori milliy urf odati, yashash tarzi, libosi, madaniyati raqs orqali ifodalanadi. Har bir millat va elatlarni birlashtiradigan an'analarimizni mustahkamlaydigan, har qanday ko'ngilni o'ziga rom eta oladigan, insonlarni qalbiga ezgulik urug'ini ekib

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

boshqa yomon illatlarga qarshi kurashadigan ham raqs sa'nati desak mubolag'a emas. Raqs sa'natining inson ruhiyatiga ta'sir qilish borasida keng imkoniyatlar qadimdanoq musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga jalb qilgan va raqs san'atining qanchalik beqiyosligi hamda tarbiyaviy jihatdan ham katta ahamyatga ega ekanligini tasdiqlagan.

O'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida raqs sa'nati - qiz bolalarda, go'zallik va nafosat, nazokat, xayo va iffat, o'g'il bolalarda jasurlik, qat'iyatlilik va sabr taqot, ezgulik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi.

Raqs sa'natining tarbiyasi avvalo oiladan boshlanadi. Agar oilada o'zaro sog'lom muhit, san'atga bo'lgan qiziqish bo'lsa bolada o'z-o'zidan musiqa va raqsga qiziqish paydo bo'ladi. Ma'lumki, yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning tarbiyasi, xulq-atvori, boshqalar bilan munasabati, o'zini tutishi yaxshi bo'ladi. Turli voqea-hodisalar, urf-odat, madaniyat va san'atga oid taassurotlari ko'pincha ijobiy kechadi. Oilada birgalikda televizor ko'rish, raqs, teatr tomosha qilish va o'z taasurotlarini o'rtoqlashish kabi muloqotlar bolalar dunyo qarashini rivojlantiradi. Ota-onalar bo'sh vaqtlarida farzandi bilan birga musiqa tinglab, raqsga tushsa ularda jismonan tetiklik, yaxshi kayfiyat, o'zaro mehr-oqibat paydo bo'ladi.

Bolalar tomonidan raqs ijro etilishi avvalo milliy raqsni ijro etishdan boshlanishi lozim. Biz o'qituvchilar dars jarayonida milliy raqsning o'ziga xos, bir-biridan farq qiladigan yo'nalishi haqida tushuncha berishimiz kerak. Masalan, Farg'ona, Buxoro va Xorazm yo'nalishidagi raqslar haqida ma'lumot berganda, shu yerning tabiyati, odamlarning yashash tarzi, kasb-kori, kiyimlari, urf-odatlari haqida ma'lumot berilsa bolaga raqs harakatlarini tushunish oson bo'ladi. Vodiyning chiroyli, nozik lirik harakatlari, rang-barang atlas shoyi kiyimlari va do'ppilari, beqasam to'nlari haqida tushuncha berilsa, Buxaro raqs yo'nalishida esa bu yerdagi xalqning chiroyli zardo'zi kiyim- kechaklari, taqinchoqlari, tez va keskin shiddatli yelka va oyoq harakatlari, Xorazm yo'nalishidagi raqslarga boshqa regiyonga o'xshamay digan nozik, chiroyli, go'zal, kayfiyatni ko'taradigan sho'x harakatlari, zebu ziynatga boy kiyimlari, qiz bolalarda do'ppisi bilan pari, o'g'il bolalarda cho'girmasi haqida tushuncha berish mumkin.

San'at - xalqlarni o'zaro birlashtiruvchi muhim vositalardan biridir. Insonlarning ma'naviy dunyosini boyitadigan va ruhiyatiga madaniy xordiq bag'ishlovchi raqs orqali borliqdagi voqeiliklar va insonlarning hissiyotlari, ichki kechinmalari, orzu-umid va dard xasratlari turli harakatlarda o'z aksini topgan. Ularda insonlarning hayot tarzi, shodliklari, qayg'ulari kabi murakkab ko'rinishlar, psixologik holatlari ko'pincha muhit bilan uyg'unlashtirilib ifodalanadi. Uning qanday ko'rinishga ega bo'lishi esa albatta ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog'liq. Raqsda davrning ruhi

I [ccñ^^BI 161 http://oac.dsmi-qf.uz

yaqqol ko'zga tashlanadi. Har bir raqsda shaxsning tuyg'ulari, g'oyalari, o'y-fikrlari va xattoki, hayotda nimaga ko'proq intilishi ham namoyon bo'lishi bilan birga, o'zi yashab turgan davr xususida ham keng ma'lumot berishi mumkin.

Odatda go'zal raqsni yaxshi san'at asariga qiyoslaydilar. Bu bejiz emas. Agar haqiqatan ham raqqos yoki raqqosa o'z ishining ustasi bo'lsa, o'zini raqsdan ayro tasavvur qila olmasa, uning ijrosi kishilarda chiroyli she'riyatdek taasurot qoldiradi. Nafosat va malohat bilan ijro etilgan raqs uzoq vaqt muxlislar tilidan tiliga ko'chib yuradi. Raqs san'atida odatda harakatlar ramziy mazmunga ega. Xususan o'zbek raqs san'ati nafaqat jozibador plastik harakatlari, balki falsafiy mohiyatga ega bo'lganligi uchun ham boshqa xalq raqslari orasida ajralib turadi.

Milliy raqsimizga milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz qatorida alohida e'tibor berila boshlandi. Qadimgi va hamisha yosh "Lazgi" raqsimizni YUNESKO nomoddiy madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish hukumatlararo qo'mitasi ovoz berishsiz Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritishga qaror qildi. Shunday qilib, YUNESKO Xorazm raqsini saqlab qolish, rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha zarur choralarni ko'rish majburiyatini zimmasiga oldi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir biridan go'zal raqs an'analarinidan ma'naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo'lish imkoniga ega bo'ldik. Milliy raqs xalqimiz boy ma'naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go'zal badiiy ifodasi bo'lish bilan bir qatorda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo'lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizga, ma'naviy ruhiy quvvat bag'ishlovchi muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Biz aytmoqchi bo'lgan fikr shundayki, raqs san'atining g'oyaviy mazmuni, nafaqat yosh avlod balki butun insoniyat tarbiyasi bilan bog'liqdir.

Raqsning ana shunday o'tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyo qarashini shakllantirish, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash biz o'qituvchilarning zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo'lgan vazifalardan biridir.

Ma'lumki, biz bugungi kunda, butun dunyo shiddat bilan o'zgarayotgan fan-texnika, innovatsiyalar asrida yashayabmiz. Fan-texnika qanchalik tez o'zgarsa bizning hayotimizda milliy raqs san'atining o'rni shunchalik muhim bo'lib boraveradi. O'zbekiston Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi "Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari madaniyat va san'at taraqqiyotida o'ziga xos tarixiy voqea bo'ldi. Ayni qarorlar asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta'lim muassasasi shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi. 2021-yil 22-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

I D^H^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

Mahkamasining qarori bilan O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiyali tashkil topdi. Akademiyaga bu yil 17 talaba qabul qilinib, ularga malakali o'qituvchilar raqs yo'nalishida o'quv dasturi bo'yicha dars bermoqda. O'zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali yonida boshlang'ish xoreografiya maktabi ochildi Va maktabga bu yil 24 o'quvchi tanlov asosida qabul qilindi.

Milliy raqs san'ati sohasini rivojlantirishda malakali kadrlar tayorlash, Xorazimning qadimiy raqsi "Lazgi"ni asrab-avaylash, uni ilmiy o'rganish va jahonga targ'ib qilishda akademiya zimmasiga katta mas'uliyat yuklangan. Biz buni o'zimiz sidqidildan his qilib,bor bilim va tajribamizni qo'llab, go'zal raqs san'atining rivojlanishiga o'z hissamizni qo'shamiz.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, raqs tarbiyasi shaxs sifatida shakllanayotgan yoshlarda so'g'lom, qaddi qomati chiroyli, qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma'naviy va axloqiy madaniyatni, didni shakllantirish, tasavvurlarini yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini, tashabbuskorlik qobiliyatlarini kamol toptirishdir.

Zero, san'at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo'l topish haqida so'z yuritilar ekan, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste'dod egasi o'ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahlida yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog'liqdir. Agarki, har qaysi ijodkor o'z asarlarida ana shu o'lmas g'oyalarni bosh maqsad qilib qo'ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san'at ham tom ma'noda ma'naviy yuksalishga xizmat qilib, o'zining ijtimoiy vazifasini to'liq ado etishga erishgan bo'ladi.1

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining —Ta'lim to'g'risidagi qonuni. //Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; —Sharq% 1997, 20-29 betlar.

2. O'zbekiston Respublikasining —Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida^gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; —Sharq, 1997,

3. И.А.Каримов. Юксак маънавият енгилмас куч. Т.: «Маънавият», 2008.

4. Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2002.- 80 str.. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2001.

5. Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - T., O'zMU

1И.А.Каримов. Юксак маънавият енгилмас куч. Т.: «Маънавият», 2008, Б-3

Пмта^^Н http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.