AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK 631.358/358
YOPPASIGA MEXANIK QIRQISHDA PALAKNI SIFATLI AJRATISHNI ANIQLOVCHI ASOSIY OMILLAR
Payziyev G'. Q.
NamMQI, t.f.n., dotsent, [email protected]
Boydadayeva G.
NamMQI,magistant
Annotatsiya. Maqolada ildizmevali sabzavotlarni palaklarini ajratish jarayonlari ва palak ajratish usullarining tasnifi keltirilgan. Palak ajratuvchi ishchi organlarning vazifasi palakni yig'ishtirish mashinalariga ko'rsatilgan agrotexnik talablar bayon qilingan.
Аннотация. В статье приведены процесс отделение ботвы столовых корнеплодов и классификация способов отделение ботвы. Изложено задачи ботвoудaляющих рабочих органов и агротехнические требование предъявляемые к ботвоуборочным машинам.
Annotation. The article describes the process of separating the tops of table root crops and the classification of methods for separating the tops. The tasks of top-removing working bodies and agrotechnical requirements for top-removing machines are outlined.
Kalit so'zlar: ildizmevalilar, palak, palak ajratgich, agrotexnik talablar, yoppasiga qirqish, pogon metr, aralash ishlov berish, sabzi, sruktura sxemasi, tizim operatorlari, kirish parametrlari, chiqish parametrlari.
Ключевые слова: корнеплоды, ботва, ботваудалитель, агротехнические требование, сплошная резка, смешанная обработка, морковь, структурная схема, операторы системы, входные параметры, выходные параметры.
Key words: root crops, tops, tops remover, agrotechnical requirements, continuous cutting, mixed processing, carrots, block diagram, system operators, input parameters, output parameters.
Ildizmevali sabzavotlarning palaklarini ajratishni turli usullar bilan amalga oshirish mumkin, 1-rasmda ularni namuna predmet shaklida tayyorlangan variantlari keltirilgan [1].
Palaklarni mexanizatsiyalashtirilgan ajratish jarayoni, har qanday ishlab chiqarish jarayoni kabi, quyidagi tamoyillardan biri bo'yicha qurilgan bo'lishi mumkin:
- ildizmevalilarga ommaviy ishlov berish;
- ildizmevalilarni boshlarini yakka tartibda kuzatish bilan donabay
ishlov berish;
- aralash ishlov berish.
Palakni qirqish sifati. Madomiki GOST 1721-85 ildizmevalilarda palak bandini uzunligini 0 dan 20 mm gacha chegarada bo'lishini ko'zda tutgan ekan, savdo tarmoqlariga sotish uchun yuborilgan ildizmevalilar uchun ko'zda tutilgan dastlabki talablar bilan qirqish sifati ko'rsatgichini qabul qilsa bo'ladi. Yig'ishtirishdan so'ng saqlashga qo'yilgan sabzi uchun bu ko'rsatkichlarni qo'llash bunchalik muhim emas. Chet ellarda ham mamlakatimizda ham o'tkazilgan ko'p sonli tajribalardan shu narsa belgilanganki, faol shamollatiladigan sabzavotlar saqlash joylarida sabzini saqlanuvchanligiga ildizmevalilardagi 50 mm gacha uzunlikdagi palak bandlarining mavjudligi salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Demak, sabzini saqlashdan oldin standart talablariga yetkazish uchun qo'shimcha mehnat va vositalar sarfiga zaruriyat yo'q.
Yoppasiga ommaviy qirqish ancha unumdor hisoblanadi. Sabzi o'simligini dalada joylashish zichligining yuqoriligi (1 gektarga 1 mln dona atrofida va egatning 1 pogon metriga 100 donagacha) avtomatik tizimlarning unumdorligiga yuqori talablar q o'yadi, ushbu sharoit esa -
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
ularni changdan, quyosh radiatsiyasidan, namgarchilikdan va atmosferaning boshqa noqulay ta'sirlaridan himoya qiladi.
1-rasm. Palak ajratish usullarining tasnifi
Qoniqarli sifat ko'rsatkichlari bilan yetarli unumdorlikni ta'minlash ildizmevalilar orasidagi masofaga bog'liq bo'lmagan holda ildizmevalilarni yoppasiga ommaviy qirqishni yakka tartibdagi dastlabki ishov berish - ularning boshlarini balandligi bo'yicha tekislash bilan erishish mumkin. Oxirgi operatsiya egatni o'zida ham, mashina ichida ham bajarilishi mumkin.
Palak ajratuvchi ishchi organlarning vazifasi palakni yig'ishtirish mashinalariga ko'rsatilgan agrotexnik talablarga muvofiq qirqishdan iborat. Agrotexnik talablar tovar mahsulotlarining standartariga asosan tuziladi [2].
Davlat standartlariga muvofiq ildizmevali sabzavotlarning palagini qirquvchi mashinalarga dastlabki talablar shunday amalga oshirilishi kerakki, ildizmevalilarning maksimal miqdori (100% standart bo'yicha, kamida 80% - dastlabki talablar bo'yicha mashinaga) palakning qolgan bandlari 0 dan 20 mm gacha chegarada bo'lsin. Piyoz uchun ushbu interval 0 dan 50 mm gacha kengaytirilgan [2]. Bunda ildizmevalilarning boshlari kesilib ketmasligi yoki shikastlanmasligi lozim. Binobarin, palak ajratuvchi mexanizmning asosiy baholash mezonlari (chiqish parametrlari) quyidagilar hisoblanadi:
y1 - agrotexnik talablarga muvofiq keluvchi palak bandlarini uzunligi bilan (0-20 mm -ildizmevali sabzavotlar uchun, 0-50 mm piyoz uchun) ildizmevalilarning foyizi;
y2b - palak kesuvchi ishchi organ bilan shikastlangan ildizmevalilarni foyizi (2-rasm). Qirqish sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy tashqi qo'zg'otuvchi ta'sirlar (kirish omillari) quyidagilarni tavsiflovchi statistik ko'rsatkichlar hisoblanadi: f1 - ildizmevalilarni dala yuzasiga nisbatan joylashishi; f2 - dala yuzasining mikroprofili; f3 - ildizmevalilarni egatning bo'ylama va ko'ndalang yo'nalishi bo'yicha joylashishi; f4 - palakning holati;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
fs - ildizmevalilarning shakli va o'lchamlari;
2-rasm. Ildizmevalilarni palagini qirqish sifatiga (a) va ildizmevalarni shikastlanishiga (b) chiqish omillarini qaytarishga ta'sir etish sruktura sxemasi: A1; A2 va A3 - tizim operatorlari, f1 ... f5 - kirish parametrlari, y1 va y2b - chiqish
parametrlari.
Baholash mezonlarining qiymatlariga palak ajratuvchi mexanizmning ichki strukturasi va parametrlari bilan bog'liq bo'lgan ichki omillar ham ta'sir ko'rsatadi. "Ildizdan" qirqishda bunday omillarga quyidagilar kiradi:
xi - kopirovka qilish qadami (qirqish zonasidan kopirovka qilish zonasigacha bo'lgan
masofa);
x2 - pichoqlar harakatining traektoriyasi;
x3 - qirqish tezligi;
x4 - kopirovka qilish mexanizmining egat profilini kopirovka qilish to'g'riligini aniqlovchi parametrlari;
x5 - palak ajratish mexanizmining harakat tezligi; x6 - palak ajratish mexanizmining massasi.
2 - rasmda keltirilgan beshta tashqi va oltita ichki omillar y} va y2b chiqish parametrlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ikkita mustaqil ko'rinishdagi strukturali sxemani taqdim qilamiz, ulardan biri y} qirqish aniqligini baholaydi (y2b ning limitlangan qiymatida), keyingisi y2b shikastlanish foyizini kirish omillariga ta'sirni aks ettiradi. Ildizmevalilarni standart talablariga muvofiq qirqilgan holatda oliish jarayoni dinamik modelda taqdim etilishi mumkin (2-rasm, a), u ikkita o'zaro bog'langan ketma-ket biriktirilgan qismlardan tashkil topgan. Birinchi qismining chiqish parametri (va ikkinchi qismining kirish parametrlaridan biri) nazariy mumkin bo'lgan qirqish aniqligi (ehtimolligi) R f}, f2 va x} kirish parametrlarining funltsiyasi kabi, umumiy chiqish parametri esa -y} qirqish aniqligi hisoblanadi.
Endi palakni qirqish aniqligini ildizmevalilarning qatorlarini parametrlariga bog'liqligini: dalaning mikroprofiliga va ildizmevalilar boshlarini dala sirtiga nisbatan taqsimlanish qonuniyatlariga bog'liqligini ko'rib chiqamiz.
Ildizmevalilar palaklarini ommaviy qirqishda ehtimollik P haligi, ildizmevalar palaklari
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI standart talablariga muvofiq qirqiladi, ikkita tasodifiy hodisalar majmui bilan aniqlanadi: f1 va f2.
Alohida ildizmevalini bandining balandligi - ^ tasodifiy kattalikdir, u ildizmevani qirqish momentida pichoq va kallakning o'zaro joylashishini aniqlaydi. O'z navbatida ^ tasodifiy kattaligi bir qator tasodifiy kattaliklarning yig'indisi hisoblanadi.
Jarayonni ma'lum ideallashtirishda, kopir bo'yicha faraz qilish va egatda absolyut qattiq jism sifatida kuzatishga bog'liq bo'lgan (kuzatish zonasida egat profilini qirqish zonasida o'xshash traektoriyada siljish ehtimolligi hisoblanadi), ^ tasodifiy kattalik xuddi ikki o'lchamli tasodifiy kattalik yoki ikki tasodifiy kattalik tizimi sifatida taqdim etilishi mumkin:
^ - egatda joylashgan ildizmevalilarning boshlarini dala yuzasiga nisbatan joylashish balandligini tavsiflovchi kattalik;
- pichoqni joylashish balandligini egat sirtiga nisbatan tavsiflovchi kattalik.
Ushbu ikki kattaliklar normal qonuniyat bo'yicha taqsimlangan.
Bunda tizimining matematik kutish natijalari M ^ va M matematik kutish natijalari yig'indisiga teng:
M Ç = M + M ^2 (1)
dispersiya esa umumiy umumiy holatda
D = + D^ + (2)
(2) tenglamaning oxirgi a'zosi ^ va tasodifiy kattaliklarning ikkilangan korrelyatsiya momenti (aloqa momenti) ni ko'rsatadi.
Tasodifiy kattaliklar o'rtasida korrelyatsiya bo'lmaganda (bunday holat ildizmevalar boshlarini egatlar sirtlariga nisbatan taqsimlanishi va pichoqni joylashish balandliginidala sirtiga nisbatan joylashishi hisoblanadi) korrelyatsiya momenti nolga teng. Bu holatda
DÇ = D^1 + D^2. (3)
O'z navbatida D^2 dispersiya qirqish zonasi ordinatasi va kopirovka qilish zonasiorasidagi korrelyatsion bog'liqlikni hisobga olgan holda quyidagi tenglamadan topiladi
D^2 = Dp + Dk + 2K^2 (4)
bu yerda Dp - qirqish zonasida tasodifiy kattaliklar dispersiyasi
Dk - kattaligini kopirovka qilish zonasidagi dispersiyasi.
Eksperimental tadqiqotlar natijalarini ko'ratishicha sabzi boshlarini balandligi bo'yicha dala sirtiga nisbatan taqsimlanishi quyidagi parametrlar bilan normal qonunga bo'ysinadi:
- matematik kutilish -15,5 < M ^<18,4 mm (o'rtacha miqdor nolga teng);
- o'rtacha kvadratik chetga chiqish 9,22< b1<15,81 mm (o'rtacha miqdor 11,78 mm).
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, egatning mikroprofili ham shuningdek normal
qonunga bo'sinadi. Bunda M dispersiyai 16,33 dan 141,85 mm2 gacha (o'rtacha miqdor 66,67 mm ), o'rtacha kvadratik chetga chiqish b2 esa - 4,04 dan 11,91 mm (o'rtacha miqdor 7,85 mm).
ADABIYOTLAR
1. Петров Г.Д. Картофелеуборочные машины. -М.: Машиностроение, 1984, -320
с.
2. Хвостов В.А., Рейнгарт Э.С. Машины для уборки корнеплодов и лука. (Теория, конструкция, расчёт). - М.: ВИСХОМ, 1995. - 391 с.
3. Сорокин А.А, Пайзиев Г.К. Ботвоудаляющиее устройство картофелеуборочных машин - Фергана. Научнотехнический журнал ФерПИ, 2001
4. Пайзиев Г.К. Некоторые свойства ботвы и клубней картофеля - Узбекистон кишлок хужалиги журнали, 2005.
5. Пайзиев Г.К., Файзиев Ш.Г., Кидиров А.Р. Определение толщины лопасти
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
ботвоприжимного битера картофелеуборочных машин. //Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2020. №5(74). URL: http:/7universum. com/ru/tech/archive/item/9386
6. Отаханов Б.С., Пайзиев Г.К., Хожиев Б.Р. Варианты воздействия рабочего органа ротационной машины на почвенные глыбы и комки //«Научная жизнь», - М.: 2014. №2 стр. 75-78.
7. Payziev G.K. PHYSICAL AND MECHANIKAL PROPERTIES OF POTATO CULTURE. Akademiya Globe: Inderscince Research. Volume 2, Issue 8, Aug, 2021 Go to our website https://agir. Academiascience.org for more.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son