Научная статья на тему 'YEVROPA VA O‘ZBEKISTONDA YASHIL UNIVERSITET KONTSEPTSIYASI'

YEVROPA VA O‘ZBEKISTONDA YASHIL UNIVERSITET KONTSEPTSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
233
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yashil universitet / Erasmus+ / barqaror rivojlanish maqsadlari / yashil kelishuv / ekologiyani asrash / atrof-muhit muhofazasi / yashil universitet xalqaro reytingi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.P.Farmonov

Hozirgi kunda ekologik muammolar yechimiga ta’lim tizimini joriy qilish bilan hissa qo‘shish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish butun insoniyat oldida turgan eng muhim vazifadir. Shundan kelib chiqib yetakchi oliy ta’lim muassasalari tabiatni asrash va atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang ekologik me’yorlar ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada Yevropa Universitetlar Assotsiatsiyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga asosan yashil universitet xususiyatlarining Yevropa tajribasini aniqlash va bu tajribalarni O’zbekiston universitetlariga tanishtirish maqsad qilingan. Shuningdek, milliy oliy ta’lim muassasalarining yashil universitet xalqaro reytinglaridagi ishtiroki tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YEVROPA VA O‘ZBEKISTONDA YASHIL UNIVERSITET KONTSEPTSIYASI»

I. СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ВЫСШЕГО

ОБРАЗОВАНИЯ

YEVROPA VA O'ZBEKISTONDA YASHIL UNIVERSITET

KONTSEPTSIYASI

Farmonov N.P

Annotatsiya: Hozirgi kunda ekologik muammolar yechimiga ta'lim tizimini joriy qilish bilan hissa qo'shish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish butun insoniyat oldida turgan eng muhim vazifadir. Shundan kelib chiqib yetakchi oliy ta'lim muassasalari tabiatni asrash va atrof-muhit muhofazasiga hissa qo'shish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang ekologik me'yorlar ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada Yevropa Universitetlar Assotsiatsiyasi o'tkazgan so'rovnomaga asosan yashil universitet xususiyatlarining Yevropa tajribasini aniqlash va bu tajribalarni O'zbekiston universitetlariga tanishtirish maqsad qilingan. Shuningdek, milliy oliy ta'lim muassasalarining yashil universitet xalqaro reytinglaridagi ishtiroki tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Yashil universitet, Erasmus+, barqaror rivojlanish maqsadlari, yashil kelishuv, ekologiyani asrash, atrof-muhit muhofazasi, yashil universitet xalqaro reytingi

GREEN UNIVERSITY CONCEPT IN EUROPE AND UZBEKISTAN

Farmonov N.

Abstract: Contribute to the solution of environmental problems through the introduction of the education system, increase the environmental literacy of the younger generation, the formation and development of environmental awareness and environmental culture, the effective organization of environmental education and training is the most important task ahead of all mankind. As a result, leading higher education institutions have developed green standards compatible with the United Nations 2030 Sustainable Development Goals to contribute to nature conservation and environmental protection. This article aims to identify the European experience of green university features based on a survey conducted by the European University Association and to introduce these experiences to Uzbek universities. The participation of national higher education institutions in the international rankings of green universities was also analyzed.

Keywords: Green University, Erasmus+, The Sustainable Development Goals, The Green Deal, Environmental Protection, Green University International Rating

Kirish

Oliy ta'lim muassasalari (OTM) har bir jamiyatda rivojlanish yo'llarini belgilab berishi, jamiyatdagi mavjud muammolarni o'rganishi bilan birga, aniqlangan muammolarga nazariy yechim taklif etuvchi va taklif etilgan nazariyalarni birinchilardan bo'lib hayotga tatbiq etuvchi lokomotiv bo'lishi lozim. Hozirgi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda tabiatni asrash, atmosferaga zararli gazlar chiqarilishini cheklash, atrof-muhitga chiqindilar chiqarilishini kamaytirish, chiqindini saralash, qayta ishlash yoki bezarar tarzda yo'q qilish eng dolzarb global muammoga aylandi.

Tabiatga inson omili ta'sirida yetkazilayotgan zarar ko'lamini tasavvur qilish uchun 2021-yil 4-noyabr kuni O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida kuzatilgan chang-g'ubor natijasida ob-havo ifloslanishi ko'rsatgichiga e'tibor berish kifoya qiladi. O'sha kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahri havo ifloslanish darajasi bo'yicha onlayn reytingda birinchi o'ringa chiqdi, chang miqdori ruxsat etilgan ko'rsatgichdan 30 barobargacha yuqori ekanligi qayd etilgan [1]. Bu misli ko'rilmagan holat yog'ingarchilik kuzatilmagani sababli 3 kungacha saqlanib qoldi. Bunday tabiiy talofatning oldini olish, tabiat insoniyatdan o'ch olmasidan oldin, ekologiyani asrash uchun tevarak-atrofga o'simliklar va bo'ta-daraxtlar ekish orqali yashil makon yaratish, tabiatni asrashda yanada faol bo'lish, insonlarni yashillashtirish tamoyiliga, ya'ni, ularni tabiat muammolariga ko'proq jalb qilish, xabardorliklarini oshirish, ekologik muammolarni muhokama qilish zarur.

Tabiatni asrashda jamiyat lokomotivi bo'lgan OTMlari yetakchilik qilishi, ta'lim muassasalari "Yashil universitet" konsepsiyasiga amal qilishi ularning ta'lim berish, ilm-fan bilan shug'ullanish kabi muhim vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada oliy ta'limda Yashil universitet tushunchasining Yevropa tajribasi nimadan iborat ekanligi, O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida yashil universitet tushunchasi holati va ularga dunyo tajribasini tanishtirish masalalari o'rganiladi. Shuningdek, tabiatni asrash sohasidagi yetakchi O'zbekiston OTMlarini o'rganish, ularning tajribasini boshqa OTMlarga tanishtirish, erishgan yutuqlari bilan bo'lishish, yashil universitet bo'yicha jahon reytinglarini o'rganish [2], universitetlar egallagan o'rinlarini tahlil qilish, reytingda qatnashish uchun metodologiyasini o'rganish maqsad qilingan. O'rganish natijasida O'zbekiston OTMlarini reytingda ishtirok etishga jalb qilish, intilishlarini qo'llab-quvvatlash va maslahat berish kabi vazifalar bajariladi. Yashil universitetlar haqida izlanish olib borgan o'zbek olimlarining ishlari yetarli emasligi sababli ushbu tadqiqot muhim ahamiyatga egadir. Bu tadqiqotda yashil universitet konsepsiyasining [3] ayni holati, o'ziga xosliklari va muammolariga murojaat qilinadi. Metodologiya

bo'limida tadqiqot nazariyasi, uni olib borish usullari, foydalanilgan metodlar o'rganiladi. Asosiy qismda Yevropa Universitetlari Assotsiatsiyasi o'tkazgan so'rovnoma savollari, natijalar tahlili, ularni O'zbekiston OTMlarida joriy etish imkoniyatlari o'rganiladi.

Metodologiya

Maqolada Yevropa OTMlarining yashil universitet xususiyatlari sintezlash va umumlashtirish orqali o'rganiladi. O'zbekiston OTMlarini o'rganishda esa modellashtirish, ya'ni, xalqaro OTMlarning maqsadni belgilash, ularni monitoring qilish, natijalarni tahlil qilish orqali erishgan yutuqlari model qilib olinib, O'zbekiston OTMlari ularga qiyoslanadi.

Yevropa Universitetlari Assotsiatsiyasi o'tkazgan so'rovnoma

Tabiiy ofatlar qarshisida ilojsiz qolgan insoniyat tabiatsiz yashay olmasligini, mavjud bo'la olmasligini anglab yetdi. 2019-yil dekabridan boshlanib, hozirgi kungacha gibridlashib, yangidan yangi shtammlari tarqalayotgan Covid-19 pandemiyasi insoniyatning naqadar ojiz ekanligini ko'rsatdi. Pandemiya davrida hukumatlar e'lon qilgan o'z-o'zini izolyatsiya qilish, pandemiya tarqalishini oldini olish uchun insonlarning uyda qolishi tufayli insoniyat sivilizatsiyasi, sanoatlashish natij asida qisqarib ketgan tabiat o'zini ancha erkin his qildi, bemalol nafas oldi. Pandemiyadan oldin gavjum bo'lgan metropolislarda, shahar markazlarida yovvoyi hayvonlar [4] to'siqsiz erkin harakat qildilar.

Tabiatni asrashda universitetlar hissasini aniqlash maqsadida 2021-yil 15 martdan 9 aprelgacha Yevropa Universitetlari Assosatsiyasi Yevropa qit'asida va boshqa hamkor davlatlarda joylashgan OTMlarda so'rovnoma o'tkazdi. Yevropa Universitetlari Assotsatsiyasi Yevropa qit'asida joylashgan 48ta davlatning 800dan ortiq universitetlari va milliy rektorlar konferensiyalarini o'zida birlashtiradi. U Yevropa Ittifoqining ta'lim, madaniyat, ilmiy izlanish va innovatsiyalar borasida, shuningdek, Bolonya Jarayonida muhim o'rin tutadi. Assotsatsiya ilm-fan, ta'lim sohasidagi doimiy izlanishlari orqali o'zining mustaqil so'ziga ega bo'lib, nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda ijtimoiy rivojlanish yo'llarini belgilab berayapti.

Jahonda ta'lim muassasalarining integrallashuvida Erasmus+ dasturi katta ahamiyatga ega bo'lib, Yevropa va dunyo universitetlarning o'zaro hamkorlik qilishi, tajriba almashishlariga keng yo'l ochib beradi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Erasmus+ dasturi ko'plab davlatlarda Erasmus+ milliy ofislarini ochgan. O'zbekiston Erasmus+ milliy ofisi ham OTMlar uchun har yili xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil qilib keladi. 2021-yilda ham bir necha treninglar o'tkazildi, shuningdek, ofis milliy ekspertlarga xalqaro treninglarda qatnashishga yordam berib kelayapti. Shunday xalqaro treninglardan biri oktabr oyida "Yashil universitet" mavzusida tashkil qilindi.

Yevropa oliy ta'lim muassasalarida yashil universitet tushunchasi

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (Sustainable Development Goals, SDGs) va Yashil Kelishuv (European Green Deal) loyihalari orqali barcha uchun erkin, farovon, barqaror kelajakni ta'minlash maqsadida kambag'allik, ochlik, tengsizlik, kasallik kabi illatlarga qarshi kurashuvchi 17ta maqsadni belgilab olgan. Yevropa Universitetlari Assosatsiyasi Yevropa Ittifoqi hududidagi va hamkor davlatlardagi OTMlarda yashil universitet tushunchasini anglash, ekologiyani asrash maqsadida tashkil qilingan loyihalari va OTMlar erishgan yutuqlarini boshqa OTMlar orasida keng yoyish uchun so'rovnoma o'tkazdi. So'rovnomada ishlatilgan Yashil universitet atamasi [5] yashil, ekologik toza va tabiiy resurslardan samarali foydalanuvchi universitet tushunchasini anglash va unga erishishning aniq maqsadlarni belgilash ma'nosida ishlatilgan. So'rovnomada ishtirok etgan OTMlarni tahlil qiladigan bo'lsak, Yevropa qit'asida joylashgan 372ta OTM ishtirok etganligi, ulardan 305tasida ekologik me'yorlar mavjudligi ma'lum bo'ldi. Ishtirokchi OTMlari soni bo'yicha Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Qozog'iston va Ruminiya kabi davlatlar peshqadamlik qilgan.

"Ta'lim muassasangizda ekologik me'yorlar mavjudmi?" degan savolga javob bergan (natijalar quyidagi diagrammada keltirilgan) OTMlarning 64 foizi universitet darajasida, 18 foizi ma'lum bir fakultet, kafedra yoki bo'limlar darajasida ekologik me'yorlar borligini, 14 foizi esa yaqin kelajakda me'yorlarni ishlab chiqmoqchi ekanliklarini bildirishgan.

Q5: Does your institution have any greening measures in place?

Please select one option.

Yes, we have measures in place across the institution I

Yes, but measures are driver by individual faculties or departments I

Not yet, but we are planning to introduce new activities and _ measures in the nearfuture ■■

No, but we would be Interested to establish them 16

No 1

0% 20% 40% 60% 80% 100%

So'rovnomada fikr bildirish so'ralgan savollar mazmuniga e'tibor beradigan bo'lsak, Greening mobility - ishchi-xodimlar va talabalarning OTMlarga kunlik qatnashlari, kasbiy va ilmiy faoliyatlari bilan shug'ullanishlari majburiylik, ixtiyoriylik va/yoki rag'batlantiruvchilik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Masalan, masofadan turib ishlash, onlayn konferensiyalar uchun raqamli texnologiyalar bilan

ta'minlash, o'zgaruvchan va/yoki zich ish grafigida ishlash ko'plab universitetlarda nisbatan majburiy etib belgilangan. Xizmat safari, yuzma yuz uchrashuv o'rniga gibrid konferensiya yoki uchrashuv tashkil etishda, elektr transportlar uchun zaryadlash imkoniyatini yaratishda majburiylik va rag'batlantirish ko'rsatgichi deyarli tengligini ko'rishimiz mumkin (diarammada keltirilgan). Talaba va o'qituvchilarga virtual harakatlanish taklif etish yoki tabiatga nisbatan kam uglerod chiqaruvchi avtobus, tramvay, poyezd kabi jamoat transportlaridan foydalanishni OTMlar rag'batlantiradilar.

Q6: Which of the following activities and measures take place at your

institutin? Please select all that apply in the following categories.

20% 40% Б0% 80% 1QQ%

O'qish va ta'lim berishda yashil universitet tamoyilini ishtirokchi OTMlarning 80 foizi muhim, dolzarb deb hisoblaydi. Ularning 94 foizi darsdan tashqari mashg'ulotlarda, 79 foizi bakalavr bosqichida, 82 foizi magistratura bosqichida, 84 foizi esa tanlov fani sifatida yashil makon tushunchasiga alohida e'tibor berishganliklarini bildirishgan.

Ishtirokchi OTMlarning 70 foizida ilmiy ishlar va innovatsiyalarda ekologik me'yorlar borligini ko'rishimiz mumkin. Laboratoriya tajribalarida zararli mahsulotlarni kam zararli yoki zararsiz mahsulotlarga almashtirish, laboratoriya jihozlari, mahsulotlari, tajriba natijalarini boshqa OTMlar bilan bo'lishish orqali laboratoriya sinovlarining tabiatga xatarli ta'sirini kamaytirish maqsad qilingan. Shuningdek, yashil universitet sohasida tajribalar va innovatsion mashg'ulotlar uchun alohida grantlar ajratilgan, olimlar va tashabbuskorlarni rag'batlantirish yo'lga qo'yilgan. OTMlarning 93 foizi chiqindilarni yig'ish, saralash, qayta ishlash yoki zararsiz yo'q qilish tizimiga ega. Yana ta'kidlash o'rinliki, ko'plab OTMlarida binolar qurish va ta'mirlashda atrof-muhitni asrash [6], tabiiy resurslardan foydalanishni minimallashtirish, bino va hududni ko'kalamzorlashtirish uchun gul, bo'ta, daraxt kabi o'simliklar ekish ishlari amalga oshiriladi.

Yuqorida alohida tahlil qilingan savollardan tashqari ta'lim muassasalari doirasida va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ekologiyani asrash, ko'chat ekish, ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo'yicha hamkorlik qilish, milliy va xalqaro yashil universitet reytinglarida qatnashish, OTMlarning Yevropa Ittifoqining 2030-yilgacha Barqaror Rivojlanish Maqsadlari va Yashil Hamkorlik loyihalariga hamohang strategiyalarga ega bo'lishlari, aniq maqsad va ko'rsatgichlarga erishishlarini monitoring qilib borish, yillik hisobotlar yuritish, ehtimoliy qiyinchiliklar va to'siqlarni aniqlash, ularga yechim taklif etish vazifalari ko'rib chiqilgan (so'rovnoma natijasi bilan to'liq tanishish uchun [7] manbaga murojaat etish mumkin). Belgilangan maqsad va vazifalarga erishishda OTM rahbariyati moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashi, o'qituvchilar tashabbusi [8], shaxsiy o'rnak bo'lishlari va talabalarning hissasi alohida qayd etib o'tilgan.

Xulosa qilib aytganda, Yevropa Universitetlari Assotsatsiyasi tabiatni asrash va atrof-muhit muhofazasida, Yevropa Ittifoqining oliy ta'lim, ilmiy izlanish va innovatsiya siyosatini o'zida aks ettiradi. Yevropa va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali OTMlarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Assotsatsiya universitetlararo tabiatni asrash tajribalarini almashish uchun forum va konferensiyalar tashkil qiladi.

O'zbekiston OTMlarining reytinglarda ishtiroki tahlili

O'zbekistonda ham "Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida vazifalar belgilangan va ijrosi ustidan samarali nazorat olib borish yo'lga qo'yilgan. Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda "yashil qoplamalar" - himoya o'rmonzorlari barpo etish, ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada ushbu hududda 1126 ming gektar maydon ekishga tayyorlanib, 461 ming gektarda o'rmon barpo qilish ishlari amalga oshirildi, jumladan, 93 km masofada himoya to'siqlari tashkil etilib, kelgusi ekish mavsumlarida ushbu hududda ekish ishlarini davom ettirish uchun 420 gektar maydonda saksovul niholxonalari tashkil etildi. Orol dengizining suvi qurigan tubidan ko'tarilayotgan qum, tuz va chang

zarrachalarining salbiy ta'sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho'l o'simliklaridan "yashil qoplamalar" - himoya o'rmonzorlari barpo etish ishlarini izchillik bilan davom ettirish hamda global iqlim o'zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo'jaligi rivojlanishi hamda aholining hayoti va faoliyatiga salbiy ta'sirini yanada yumshatish choralari ishlab chiqilgan [9].

Respublika hududlarida o'rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizi va Orolbo'yi hududlarida "yashil qoplamalar" barpo etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida, Sho'rtan gaz-kimyo kompleksi, Buxoro Neftni qayta ishlash zavodi atrofida yashil voha barpo etish to'g'risida, Istirohat bog'lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasi Qarorlari qabul qilingan. Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'nalishini "Korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, ekologik tarbiya, targ'ibot va ta'lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim muassasalari faoliyatiga ko'maklashish, yoshlarda ekologik bilim va ko'nikmalarni rag'batlantirish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarida faol ekolog o'quvchilarni mahalliy budjet mablag'lari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantirish mexanizmlarini joriy etish, oliy ta'limda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha yangi (eko-tahlilchi, eko-auditor, ekolog-logist va boshqa) kasblarni joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlash vazifalari belgilangan.

O'zbekistonning yetakchi OTMlari barqaror rivojlanish bo'yicha xalqaro reytinglarda ishtirok etib kelyapti. "UI GreenMetric World University Rankings" barqaror rivojlanish bo'yicha universitetlar reytinggini yurituvchi tashkilotlardan biridir [10]. Bu reytingga Indoneziya universiteti tomonidan 2010-yilda asos solingan. Ushbu reytingning maqsadi butun dunyo universitetlarida Yashil kampus va Barqarorlik bilan bog'liq mavjud holat va siyosat bo'yicha onlayn so'rov natijalarini taqdim etishdir.

Universitet rahbarlari va manfaatdor tomonlarning e'tiborini global iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, energiya va suvni tejash, chiqindilarni qayta ishlash va yashil transportga ko'proq e'tibor qaratish maqsad qilingan. Reytingda OTMlar faoliyatini baholash 6 mezonga asoslangan, ya'ni Binolar joylashuvi va infratuzilma (SI), Energiya va iqlim o'zgarishi (EC), Chiqindilarni boshqarish (WS), Suvni tejash (WR), Transport (TR) va Ta'lim va tadqiqot (ED). 2021-yilgi reytingda dunyoning 80 davlatida joylashgan 956 universitetidan 2.553.576 professor-o'qituvchilar qatnashdilar. Gollandiyaning Wageningen universiteti va tadqiqot markazi 2017-yildan beri birinchi o'rinni hech bir universitetga bermay kelayapti.

O'zbekiston OTMlari 2019-yildan boshlab "UI GreenMetric World University Rankings" reytinggida qatnashib kelayapti, o'sha yilda birgina Mirzo

ю - Reyting

Toshkent davlat yuridik universiteti Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Universitet

5450 5900 Umumiy ball

ООП о Joylashuv va infratuzilma

ю ut 00 Energiya va iqlim o'zgarishi

1050 1200 Chiqindini qayta ishlash

0\ О О о Suv

1050 1500 Transport

ю 1025 Ta'lim

i I

s щ

er о

h- •

О

tr so l-¡

П> ^

h- •

CTQ

ю о ю

N

сг

П>

О 3

3 &

СГ

В-4- H¿

Ü * 2 5. В. S

CD 43 >-¡ 5» m

rt

a>

sa

N

сл

¡*T

sa

sa

В в - g

sa

СЛ

Sa w

СЛ ^^

tr

p

P-

Sa

sa w

¡*T

>-Г

w

В

N g

M СЛ

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

и сл о, 5й F g

to чо

►P О P

S h-» •

С sa

< CTQ

ÏÏ ° В ^ N

G'.sa g-

о tr

ft) ¡*r

Cl c« sa £

Я ^ £ S-3 Pr

2 о

О 05

о cr tr sa sa S2.

P-£ g

s: ^ g- a

0Q »

5s

еь

ET

w sa

vT ^ p

p № P- PI B2

СЛ 05

m ^ Sa ,—,

ÊL to

^ Г

Sa

I

ЧО P On

P в

" P

P Sa

О ^

о ^

С-Ь 05

sa %

< sa

£ Щ

_ N P- СГ

S «

.sa

сл

£ -P- О sa p

ft)

sa

сл

О

H

sa

00

ja

to Sa Ui

» г-н

P sa

S

sa

ft) еь

О и p'

p P

p B'

CTQ

Ь-) я 2

On

Sa

tO О to

Ui

xo сл

О ~'

d oj

2 о

£ l7"1

сл w

M o" Sa ну

ЧО

P CTQ cl: CL Cl sa

^ hQ

О a

p _ <

сn sa

Я I

S <J9 sa

P' ^

P ft)

СЮ

05 g

hQ ' BL OO

В ©

sa a g-Cre ere 43.

sa

B^.

ere' ЕГ

еь

sa ЧО

Я" ff

Sa c^

sa

N О

то

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

О

5

6

p

sa w

P-h- •

w

tr

X о

H^

о

er

еь о

Ci

^ а

—i sa

ю о

M

о

сге

sa sa ^

00 --J

--J чо

чо ю

Ô Ô

p р р "

я

сге § & §

оГ & ^

— 05 « &

^ S

I—'. I—'.

Р !*Г

Р 05 sa

05 ft)

С-н Сь

05

Р. сге н^ о

i сге

05 гГ

Р^ ^ С Н-. 05 р

Е S-

Р ft-

^ S

ft) Н-. Ö". 00

ere i

05 О p ^

I—'.

р

er о

В В

^ Рг

05 ч.

sa'

Р Р

I—' .

С ft) Н^ СЛ

ft)

Р X О о

В

p. sa Р- tn £ № 43. В'

dd -о Й

^ M ° р

g- N

оГ Я-

r-t- sa h-1 • ^^

er sa

er сл

я в

Н-. Р

Р tr

СЛ 05

R

ti- нЗ

s&

-J вГ

чо

9 и-.

ô s

s-

p в

P- ^

§ я

3 5-

Sa -

W L.

P- > P ?

05 P

W

N ¿1

tr ь-.

H- .

h-, cr p p

w

Ö". oo

H- •

Ü p Ö". о

h- • p

H о

w

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

tr ¡*r

ft) p

еь %

a

Sa

cre

H^

s p

p

h-» •

<

ft) H^ СЛ h- •

ft)

u< 00

h- • p

H О

w

tr

ft) P

cre S-

m h-» •

sa <

sa

N СГ

ft)

h- •

w

O P

P

P

h-» ■ <

ft) H^ W h-

ft)

P

Pj p

Sa

те Hr

PJ § hP

s

sa

cre

ю

h- • P

H о

w

tr

ft) p

Cb £

P

H^ h- •

P-h-» •

P

P

h-» •

<

ft) H^ СЛ h- •

ft)

о еь

S-

CL

н= sa p- cre

» 5:

p- ^

О CL N л

•зг- ^

о g.

£ ° О i.^

hP

p-

00 P» p «

О g

H p

hP B' g &

$ & p- p

^ : S g'

cr о

H^

►P Sa

H fb Г4 о те Ь v> BL P p- t=cre

8 cre a*

rt- p

P h"

Sa 3.

g-cre

^ s.

cr

ЧО

sa

Ь? < f15

p £

P сл

ft) О ^

a> о

h-. <—'• o BL

о" те

P- H--sa P h-

On и Ю p н^ П)

Ô Й H^" P

hJ. h-.

p N

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

P S.

° в

о

сл P Sa P. - p, ю ^

о 43.

ю о

^

H-- п, й-

- p P

' cre

:og

N ^ СГ

P p. p w P •

2 rt P H^

W

ft)

H^

N О

N СГ

__ ft)

cre К"

С

СЛ

p;

о ►P

ЧО On

СГ

ft) ¡*T

P О

в h-» •

еь

sa

ere ere

о

P p-

g о

к. h-» •

P

^ BL

tu 05

Sa со

cre &

В В p

to tr

о B5

to P

H- CL

■ l—l •

- < YL

& S

cre P.

«3 К

r-t-

- •

cre ô-.

ft)

S-p

sa w

tr

P

P

h-» •

<

ft) H^ СЛ h- •

ft)

UJ

Ul

V" ¿

S"

p. P p P

3 Toshkent davlat agrar universiteti 5025 900 1125 300 650 1325 725

4 Toshkent davlat irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3900 375 700 450 400 1125 850

5 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 3800 825 600 150 550 450 1225

6 Andijon mashinasozlik instituti 3800 500 500 375 350 850 1225

7 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 3300 625 825 225 400 550 675

8 Akfa universiteti 2975 650 700 75 300 675 575

• Atrof-muhitga yo'naltirilgan barqaror turizmdan foydalanishni targ'ib qilish;

• Laboratoriya tadqiqotlarining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish yoki umumiy tadqiqot infratuzilmalaridan bo'lishib foydalanishni rag'batlantirish ustida ishlash;

• Chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash, barqaror qurilish va ta'mirlash, kampusni ko'kalamzorlashtirish;

• Hamkor institutlar va talabalar guruhlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va xalqaro miqyosda chiqishlar qilish;

• Yashillashtirish bo'yicha taraqqiyotni kuzatish uchun aniq maqsadlar, maqsad va ko'rsatkichlarni o'z ichiga olgan strategiyalarni ishlab chiqish.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston OTMlarining tabiat va atrof-muhitni asrash va uning barqarorligini ta'minlash borasidagi eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat: aholi farovonligi uchun qulay tabiiy shart-sharoitlar yaratish, ekologiyani yaxshilash samaradorligi va barqarorligini ta'minlash maqsadida tabiiy resurslardan tejab foydalanish,qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni ommalashtirish,chiqindilardan oqilona foydalanish, hududiy va mahalliy darajada yo'qolib borayotgan turlarni saqlab qolish. Atmosfera havosini muhofaza qilishda shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosiga chiqariladigan zararli gazlarni kamaytirish uchun aholining yashil transport va jamoat transportlaridan foydalanishlarini ommalashtirish, kishilarning sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilishi, buning uchun respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnologiyalardan foydalanish, eskirgan qurilmalarni tabiiy resurslar sarfini kamaytiruvchi zamonaviy qurilmalar bilan almashtirish OTMlar tomonidan ijtimoiy hayotda keng targ'ib qilinishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. kun.uz/news/2021/11/06/onlayn-reyting-ozbekiston-eng-iflos-havoga-ega-davlat-bolib-turibdi

2. Bees A.D., Williams I.D. Explaining the differences in household food waste collection and treatment provisions between local authorities in England and Wales. Waste Management. Volume 70, December 2017, Pages 222-235

3. Zhang N., Williams I.D., Kemp S., Smith N.F. Greening academia: Developing sustainable waste management at Higher Education Institutions. Waste Management. Volume 31, Issue 7, July 2011, Pages 1606-1616

4. abcnews.go.com/International/photos-wildlife-roams-planets-human-population-isolates/story?id=70213431

5. eua.eu/downloads/publications/greening%20in%20european%20highe r%20education%20institutions.pdf

6. Fissia S., Romolini A. The path toward a sustainable green university: The case of the University of Florence. Journal of Cleaner Production. Volume 279, 10 January 2021, 123655

7. eua.eu/resources/publications/982:greening-in-european-higher-education-institutions.html

8. Sonettia G., Sarrica M., Norton L.S. Conceptualization of sustainability among students, administrative and teaching staff of a university community: An exploratory study in Italy. Journal of Cleaner Production. Volume 316, 20 September 2021, 128292

9. lex.uz/docs/-4662194

10. Baris K.A., Yasayacak G., Yildiz Y., Ulucan A. Green University and academic performance: An empirical study on UI GreenMetric and World University Rankings. Journal of Cleaner Production. Volume 291, 1 April 2021, 125289

11. t.me/eduuz/753

12. oliygoh.uz/post/oliygohlar-soni

***

БУЮК БРИТАНИЯ ВА УЗБЕКИСТОНДА ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ

ТАРАВДИЁТИНИНГ ЦИЁСИЙ ТА^ЛИЛИ

Нурманов А.Т., Жабборов У.А.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Аннотация: Педагогик таълим тизимида максад, структура, мазмун ва ташкилий компонентлар Буюк Британия ва Узбекистонда укитувчилар тайёрлаш тизимини киёсий урганиш учун асос булиб хизмат килади. Буюк Британия ва Узбекистан педагогик таълим тизимини киёсий урганиш

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.