SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA EKOLOGIK MUAMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH HAQIDAGI BILIMLARNI
SHAKLLANTIRISH Yo'ldashova Dilso'z Umar qizi
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6484028 Annotatsiya: ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish, ekologik muamolarni aniqlash va ulani iloji boricha bartaraf etish shuningdek, atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo 'lish haqidagi tavsiyalarga bag'ishlangan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'quvchilari, ekologik ong, tabiat, o'rmon, ekologik madaniyat, hodisa, agrokimyokimoya, davlat, atrof muhit, ekologiya, yechim, orol fojiyasi, yirik sanoat.
ФОРМИРОВАНИЕ ЗНАНИЙ ОБ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМАХ И ИХ УСТРАНЕНИЕ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ Аннотация: в данной статье основное внимание уделяется формированию экологической культуры учащихся начальных классов, выявлению экологических проблем и максимальному устранению связи, а также рекомендации по бережному отношению к окружающей среде.
Ключевые слова: младшие школьники, экологическое сознание, природа, лес, экологическая культура, явление, агрохимия, состояние, окружающая среда, экология, решение, островная трагедия, крупная промышленность.
FORMATION OF KNOWLEDGE OF ECOLOGICAL PROBLEMS AND THEIR ELIMINATION IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS Abstract: this article focuses on the formation of an environmental culture of primary school students, the identification of environmental problems and the elimination of the connection as much as possible, as well as recommendations on how to treat the environment with care.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Keywords: elementary school students, environmental consciousness, nature, forest, ecological culture, phenomenon, agrochemistry, state, environment, ecology, solution, island tragedy, large industry.
Bilamizki, hozirgi kunda dolzarb va muhim muamo sifatida ekalogik muamolar qaralmoqda. Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko'rsatayotgan ta'sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o'z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan borliq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan borliq (stixiyali talofatlar, iqlimning o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi muamolarning eng muhimlari orol dengizining qurishi, atrof muhitning ifloslanishi, noyob hayvonlarning yoqolib borishi, yaxshil zonalarning kamayib borishi, ichimlik suvning kamayishi, atmosfera havosing ifloslanishi, o'rmon zonalarini kamishi)har qanday shu kabi xodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 gurufrga bo'linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen xodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba'zi bir misolar keltirish mumkin: Chuchuk suv muamosi,azon qatlamining yemirilishi,Pestitsidlardan foydalanish muammosi.
Er yuzasining muayyan mintaqasi o'ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muommolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miKdordan oshib ketishi, tuprok eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarni
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kesish va boshqalar ñisoblanadi.Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik muommolardan eng muñimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir.
Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan «chiqindi» deb nom olgan qo'shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar Respublikamizning ba'zi bir hududlarida ko'p chiqarilmoqda va natijada tabiatni bulg'ab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday atmosfera ñavosini buzadigan chiqindilarga tutun va har xil zaharli gazlar kirib, ular ko'pincha Olmaliq, Angren, Farg'ona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiq, Bekabod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo'lgan shañarlar havosini ifloslantirmoqda.
Birgina Samarqand shahrida atmosfera havosini ifloslantirishda kimyo zavodi, «Chinni ishlab chiqaruvchi», «Xolodilnik», vino-spirt, konserva ishlab chiqaruvchi, paxta tozalash zavodlari, mebel fabrikasi va bosMalar ishtirok etmoqda.Havodagi ifloslanishlarning 70 - 80 % avtomashinalarga to'g'ri keladi. Yu.V.Novekov, Beknazarovlarning (1983) yozishicha avtomobillar havoga 200 dan ortiK turli aerozol zarrachalarni chiKaradi. Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg (asosan benzin) va 300 ming kg havo sarflanadi. Ana shu yoqilg'idan bitta avtomobil havoga bir yilda 700 kg uglerod oksidi, 230 kg yonmagan uglevodlar, 30 kg azot oksidi va 2 - 5 kg kattiq moddalar chiqaradi.Biz ekalogik muamo nima va u qay ko'rinishlarda namoyon bo'lishini bilib oldik endi bizning yutimizda ya'ni O'zbekistonda ekologik muamolarga qay yo'sinda qaralyotkanini o'rganib chiqamiz. Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta'minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O'zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o'tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tahlil etilib, islohotlami chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko'rsatib o'tildi.Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida bitta yangi qonun hamda 8 ta qonunni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ishlab chiqildi. Masalan, yangi tahrirdagi "O'rmon to'g'risida", Hayvonot dunyosini va o'simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qonunlarqabul qilindi.Shuningdek, "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to'g'risida", "Chiqindilar to'g'risida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida", "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida", "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihalari tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritish mo'ljallanmoqda.Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni ta'minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish bo'yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi inspektorlarni o'qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog'liq muammolarni hal etish bo'yicha bir qator samarali ishlar olib borildi. Masalan, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha hududiy kengashlar hamkorligida yurtimizdagi 8982 ta mahalla fuqarolar yig'inida zarur chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo'yicha ekologik
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish choralari ko'rilayotir.Sohaga tegishli qonunlar, davlat dasturlari, Prezident Farmon hamda qarorlari ijrosini o'rganish bo'yicha 10 dan ziyod nazorat-tahlil tadbirlari o'tkazildi. Shular asnosida respublikamizning barcha hududini qamrab olgan holda, sayyor yig'ilishlar tashkil etilayotir. Misol uchun, Jizzax viloyatida "O'rmon to'g'risida" gi Qonun ijrosi, Buxoroda Dezinfeksiya stansiyasi bosh vrachi hamda "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyati direktorining termitlarga qarshi kurash va profilaktika chora-tadbirlarining ijrosi to'g'risidagi axboroti, Qoraqalpog'iston Respublikasida Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan "2017 — 2021 yillarda Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi"ning bajarilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o'rganish yakuni yuzasidan tashkil etilgan sayyor yig'ilish ana shular jumlasidan Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi Qonuni aholining iste'mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog'liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko'rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo'lib o'tdi. Ayni chog'da "Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo'q qilish ustidan nazorat qilish to'g'risida"gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o'rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi eshituvi tashkil etildi.Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik barqarorligini ta'minlashga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham harakat va uning deputatlar guruhi faollik ko'rsatmoqda. Birgina misol: joriy yil 78 iyun kunlari "Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo'yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar" mavzuida xalqarokonferensiya o'tkazildi va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi,
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Orolbo'yi mintaqasining ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini yaxshilashga yo'naltirilgan loyihalar to'plami ma'qullandi.Yirik sanoat korxonalarida vakillarimizni tayinlash bo'yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilyapti, ya'ni atrof-muhitga ta'siri bo'yicha I va II toifaga mansub 593 korxonada vakillarimiz ish boshladi. Qolaversa, 760 dan ortiq korxonalar faoliyati o'rganildi. Tanishuvlar jarayonida ularning atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish, ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan, yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish bo'yicha ham muayyan ishlar ro'yobga chiqarildi. Ekoharakat va uning deputatlari guruhi tegishli vazirlik hamda idoralar hamkorligida yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasining "Ekologik ta'lim konsepsiyasi", uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" hamda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etildi. Bundan kelib chiqadiki bizning yurtimizda ekologik muomolarga jiddiy qaralayotkanini ko'rishimiz mumkin.Biz avvalo ekologik muomolarni oldini olishdan avval uning kelib chiqish sabablarnini chuqur o'rganmog'imiz darkor.Xalqimizda shunday hikmatli so'z bor Kasalni davolagandan uni oldini olgan avzalroqdir.Shunga ko'ra biz avvalo ekologik muamolarni keltirib chiqaragigan sabablarni aniqlashtirib ulani bartaraf etmog'imiz lozim. Misol tariqasida biron bir ekologik muamoni olamiz va uni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlab uni bartaraf etishga harakat qilamiz.
Hozirgi kunda dolzarb muamoga aylabgan atrof muhitning ofloslanishi muomosini ko'rib chiqamiz. Atrof muhit nima sababdan ifloslanadi va unga nimalar sabab bo'ladi. Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen ya'ni insoniyat aralashuvi bilan sodir bo'lgan omillar asosiy rol o'ynaydi .Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo'l bilan - chaqmoq chaqish, o't-o'lanlar va o'rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o'simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to'zonlarni havoga chiqarib yuboradi. Shunga qaramasdan tabiiy omillarning atrof muhitga tasiri yuqori darajada emas.Hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida suniy omillar (antropogen jarayon) eng ko'p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog'ri keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida yer yuzasining o'simlik va hayvonot dunyosi, ko'p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar kormoqda. Hammamizga malumki, tabiat o'z o'zini tiklash hususiyatiga ega. Ammo insoniyat tomonidan shu darajada tabiatga yomon tasir ko'rsatilmoqdaki, tabiat o'z-o'zini tiklashga qurbi yetmayapti.Ifloslanish yer yuzining barcha qobiqlarida kuchayib bormoqda gidrosferada ham atmosferada ham litosferada ham.Gidrosferada bo'layotkan ifloslanishlar,asosan, sanoat, qishloq xojligi va uy-ro'zg'or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo'shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda.Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong'inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog'ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi.
Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogliq.Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yollarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo'llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi - atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yol bermaslik choralarini ko'rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg'ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yollardan foydalanish
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
lozim. O'zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining 343 sonli qarorida Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish tog'risida qarorilar ham qabul qilinishi atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga qaratilgan chora tadbir tariqasida ko'rishimiz mumkin.Bundan tashqari ''EKOSAN'' tashkilotining tashkil topishi ham Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash muhitini soglomlashtirish yolida harakat qilmoqda.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki har bir inson tabiatni asrashga majbur chunki tabiat bizni risqlantiruvchi hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ekologik ongini hamda madaniyatini shakillantirishda sinfda o'tilayotgan tabiatshunoslik darslari bilan birgalikda, sinfdan tashqari darslar, maktab hamda maktablar miqyosida o'tkaziladigan tabiatni asrash haqidagi tadbirlar, tabiat bag'riga ekskursiyalar uyushtirish ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekskursiyalarda kichik yoshdagi o'quvchilarning ekologik faoliyatini tashkil etishdaa yurtimizning keng tarqalgan o'simliklari va hayvonlari haqidagi bilimlarni shakillantirishni o'z ichiga oladi, ularni o'rganishda kichik yoshdagi o'quvchilar har qanday tirik organizm himoyaga muhtoj degan xulosaga kelishadi. Natijada, ular ona tabiat va uning resusrslariga extiyotkorona munosabatda bo'lishni o'rganadilar. Biz tabiatga ''siz''deb murojat qilib, yashil maydonlarni ko'paytirib, qo'limizdan kelgancha atrof - muhitni ifloslantirmasligimiz, bir dona bo'lsa ham ko'chat ekib uni ko'kartirishimiz bizni tabiatni asrashga ozgina bo'lsa ham qo'shgan hissamiz bo'ladi. Bundan tashqari, biz pedagoglar yosh avlodni tarbiyalash mobaynida yoshlarni tabiatga muhabbat uyg'otish shu bilan birga tabiatni asrashga uni avaylab asrashga o'rgatish talab qilinadi. Shu qatori, global ekologik muammolarni bartaraf etish uchun xalqaro hamkorlik suv va havodek muhimdir. 1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yana-da taraqqiy ettirish yo'lida ko'p ishlarni amalga
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
oshirdi. Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug'ullanadi. Hozirgi kunda butun insoniyat va uning progressiv qatlami inson-tabiat o'rtasidagi optimal holatni belgilab olishga intilmoqda. "Barqaror rivojlanish konsepsiyasi" shu maqsadga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Radkevich V.A. Ekologiya. Minsk: Oliy maktab, 1997 yil.
2. Danilov-Danilyan V. I. (tahr.) Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik. / MNEPU, 1997 y.
3. Inson va tabiat L. A. Alibekov
4. Tursunova X. T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish - T Saodat 1997.