"YASHIL IQTISODIYOT" VA UNI O'ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI 1U.R.Matyakubov, 2R.Sh.Saidova
1UrDU Menejment va marketing kafedradi mudiri, i.f.d. 2R.Sh.Saidova 2UrDU "Iqtisodiyot" ta'lim yo'nalishi 3 kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11002710
Аннотация. Ушбу мацола "яшил щтисодиёт" тушунчасининг мазмун мо%ияти, шунингдек, Узбекистонда "яшил ицтисодиёт"ни ривожлантиришнинг хуцуций ва ташикилий жищтлари очиб берилган.
Калит сузлар: яшил ицтисодиёт, цайта тикланувчи энергия, яшил энергия, яшил технология, ресурс.
Аннотация. В данной статье раскрыта суть понятия «зеленая экономика», также раскрыты правовые и организационные аспекты развития «зеленой экономики» в Узбекистане.
Ключывие слова: зеленая экономика, возобновляемые источники энергии, зеленая энергетика, зеленые технологии, ресурс.
Abstract. This article reveals the essence of the concept of "green economy", as well as the legal and organizational aspects of the development of "green economy" in Uzbekistan.
Keywords: green economy, renewable energy, green energy, green technology, resource.
"Yashil" iqtisodiyot atamasi fanga birinchi marta 1989 yilda kiritilgan bo'lib, uning maqsadi farovonlikning o'sishi va tabiiy resurslarni saqlash o'rtasida oqilona murosani topishdan iborat. Bugungi kunda insoniyatning cheklanmagan ehtiyoji, sayoramiz imkoniyatlaridan oshib ketadigan ma'lum miqdordagi resurslarni talab qilmoqda. O'tgan chorak asr davomida jahon yalpi ichki mahsuloti to'rt barobar oshdi, lekin iqtisodiy o'sishga asosan tabiiy resurslarni iste'mol qilish hisobiga erishildi. Agar insoniyatning tabiiy resurslarga bo'lgan talabi hozirgi sur'atda o'sishda davom etsa, 2030 yilda inson hayotini ta'minlash uchun ikkita hozirgi sayyora ekvivalenti va 2050 yilda 2,8 sayyora kerak bo'ladi [1].
Bugungi davrda yashil iqtisodiyot masalalari xalqaro tizimlar doirasidagi turli tashkilotlar va qo'mitalar vakillarini tomonidan katta qiziqish uyg'otmoqda. "Yashil iqtisodiyot"ning maqsadi ekologik xavf va ekologik taqchillikni kamaytirish, shuningdek, atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishga erishish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, "yashil iqtisodiyot" ijtimoiy farovonlikka ekologik xavf va tahdidlarni kamaytirish orqali erishish mumkinligini ta'kidlaydi. Yashil iqtisodiyot korxonalar, bozorlar va investorlarning uzoq muddatli rentabellikni kafolatlaydigan, barqaror rivojlanishga intiladigan uzoq muddatli rejalariga kiritish mumkin.
"Yashil iqtisodiyot" nazariyasi 3 ta aksiomaga asoslanadi: 1. Cheklangan makonda ta'sir doirasini cheksiz kengaytirish mumkin emas; 2. Cheklangan resurslar sharoitida cheksiz o'sib borayotgan ehtiyojlarni qondirishni talab qilib bo'lmaydi; 3. Yer yuzidagi hamma narsa bir-biriga chambarchas bog'langan [2]. Yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
> ijtimoiy farovonlikni oshirish, taqchillikka qarshi kurashish va ekologik tahdidlarni kamaytirish;
> resurslardan samarali foydalanish, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va ijtimoiy mas'uliyat;
> uglerod chiqindilariga qarshi kurashish va yashil ish o'rinlarini yaratish uchun davlat mablag'larini ko'paytirish;
> energiya samaradorligiga kuchli sodiqlik va biologik xilma-xillikka erishish[3];
Bugungi kunda insoniyatning rivojlanishi yashil iqtisodiyotga o'tishni talab qilib, uzoq
muddatli istiqbolda kelajak avlodlarni jiddiy ekologik xavf xatarlar yoki ekologik tanqislik oqibatlariga duchor qilmasdan, inson turmush farovonligini sifatini oshirishga xizmat qiladigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat tizimni yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Yashil iqtisodiyot yondashuvlar, mahsulotlar va eng muhimi, iste'molchilarning xatti-harakatlarini tubdan o'zgartirish orqali ekologik muammolarning oqibatlarini emas, balki sabablarini bartaraf etadigan yashil texnologiyalarga asoslanadi. Bularga asosan, energiya samaradorligi va muqobil energiya manbalari, elektr energiyasini boshqarish tizimlari, atrof-muhit transporti, chiqindilarni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Ushbu texnologiyalar bizga zamonaviy jahon iqtisodiyoti tomonidan belgilangan quyidagi maqsadlarga erishish imkonini beradi:
1. Iqtisodiyotning qurilish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va sanoat ishlab chiqarish infratuzilmalarida ifloslanishni kamaytirish va resurslar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
2. Yashil va toza energiyaga (shamol, quyosh geotermal, bioenergiya, chiqindidan energiya, vodorod) va kam uglerodli yakuniy foydalanish jarayonlariga (elektr yoki gibrid dvigatellar) o'tish orqali iqlim o'zgarishining salbiy ta'sirini yumshatish mumkin [4].
Bugungi kunda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun turli mamlakatlar yashil iqtisodiyotga o'tish muammolarini hal qilish uchun turli texnologiyalar va strategiyalarni joriy qilmoqdalar. O'zbekiston yashil iqtisodiyotga o'tish uchun katta imkoniyatlarga ega. Bunga hududning tabiiy-ekologik sharoiti va resurslari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish ko'rsatkichlari, mavjud moliyaviy-itqisodiy resurslarnni ko'rsatish mumkin[5]. Tabiy-iqlimiy sharoit respublikada muqobil energiya manbalarining ulkan zahirasi mavjudligini ko'rsatadi. Quyosh energiyasining yuqoriligi, sanoat rivojlangan va aholi manzilgohlari atrofida keng maydonlarning mavjudligi quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek tog' oldi hududlari va voha hamda cho'l hududlaridagi bufer zonalarda doimiy shamollarning mavjudligi shamol energiyasi imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatadi.
Buning yorqin misoli sifatida O'zbekiston Respublikasi hisoblanadi. So'ngi yillarda mamlakatda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha huquqiy, iqisodiy-ijtimoiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019 ñun 4 OKraöpga "2019-2030 yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori mamlakatda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur qaror O'zbekistonda 2030 yilgacha bo'lgan davr maboynida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslari iste'molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash, «yashil» iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish kabi keng qamrovli ustuvor yo'nalishlarni o'z ichiga olgan [6].
Bizga ma'lumki, yashil iqtisodiyotning asosini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Bu jihatdan olib qaraganda, O'zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish dastlabki huqiqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, 2019 yil 21 mayda "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan [7]. Mazkur Qonun o'z ichiga 28-moddani qamrab olgan bo'lib, unda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini tartibga solish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat hisobi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash kabi ustuvor jihatlarni qamrab oladi.
2022 yil 02 dekabrida «2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan. 2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga o'tish va «yashil» o'sishni ta'minlash dasturi tasdiqlandi [7]. Dasturda quyidagi strategik maqsadlarga erishishga mo'ljallangan:
> mamlakatda issiqxona gazlarining ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35%ga qisqartirish;
> qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30%idan ko'prog'iga yetkazish;
> sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20%ga oshirish;
> yalpi ichki mahsulot birligiga to'g'ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30%ga kamaytirish;
> iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi sug'orish texnologiyasini joriy etish;
> yiliga 200 mln ko'chat ekish va ko'chatlarning umumiy sonini 1 mlrd dan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30%dan ortiqroqqa kengaytirish;
> qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65%dan oshirish va boshqalar.
Mazkur dasturga muvofiq, 2023 yil 1 iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda
ekologiya va atrof-muhitga ta'sirni cheklash bo'yicha qo'yilayotgan talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi joriy qilingan. Shuningdek, 2022-2026 yillarda issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan hisobga olish va ularning davlat kadastrini yuritish, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirishning maqsadli ko'rsatkichlarini belgilash hamda issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish bo'yicha faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab qo'yilgan.
«Yashil iqtisodiyot»ni istiqbolda barqaror rivojlanishning asosi sifatida uni harakatga keltiruvchi kuch «yashil» texnologiyalarga kiritilayotgan investitsiyalar hisoblanadi. Mazkur texnologiyalar energiya va resurslarni tejash, uglerod chiqindilarini kamaytirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chiqindilarni qayta ishlash, umuman iqtisodiyotni tabiat va atrof-muhitga zarar keltirmasdan rivojlantirishga hamda insoniyatning ekologik xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Jahon banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda Iqtisodiyotning dekarbonizatsiyalash va "yashil" rivojlanish modeliga o'tish bo'yicha uzoq muddatli strategiyani (LTS - Long-Term Strategy for Decarbonization) ishlab chiqish loyihasi yo'lga qo'yilgan. Parij
bitimining 4-moddasiga muvofiq, mamlakatlar 2050 yilgacha uglerod neytralligiga erishishga qaratilgan o'zlarining uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish belgilangan. Mazkur strategiya doirasida iqtisodiyot tarmoqlarida uglerod neytralligiga erishish uchun amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbir va loyihalar, talab qilinadigan kapital qo'yilmalar hajmi ko'rsatilgan investitsiya rejasi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, Jahon banki bilan birgalikda 2030 yilgacha iqlim o'zgarishining O'zbekiston iqtisodiyotiga bevosita va bilvosita ta'sirlari o'rganilgan. Iqlim o'zgarishi sharoitida iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha milliy baholash (CCDR - Climate Change and Development Report) loyihasini amalga oshirish yo'lga qo'yilgan. Ushbu baholash iqtisodiyotga xalqaro arzon "yashil" moliyaviy ko'maklarni jalb qilishga ko'mak bergan. Global kelishuv tashabbusi (UN Global Compact) doirasida respublikada ishlar amalga oshirilmoqda. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan Global kelishuv tashabbusi xususiy sektorda korporativ ijtimoiy mas'uliyat va barqaror rivojlanish tamoyillarini (CSR, ESG) joriy qilishga ko'maklashish bo'yicha xalqaro tashabbus hisoblanadi. Hozirda dunyoning 160 dan ortiq davlatlardagi 15 mingdan ziyod kompaniyalar, 4 ming NNTlari, 70 dan ortiq biznes tarmoqlarini birlashtirgan.
Mazkur tashabbus quyidagi instrumentlar orqali xususiy sektorga ekologik mas'uliyatni kuchaytirish, "yashil" texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishni rag'batlantirish, ijtimoiy mas'ul tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo'yicha ko'maklashadi:
> xorijiy ekspert jalb qilish orqali ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini faoliyatga tatbiq qilish;
> xalqaro biznes inkubator va akseleratorlari orqali tadbirkorlik faoliyatini transformatsiya qilish va investitsiya jalb qilish;
> xalqaro tadbirlar orqali xorijiy yirik kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga ko'maklashish;
> BMT Global kelishuv akademiyasida malaka oshirish, tajriba almashish va boshqalar; Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, yashil iqtisodiyot hududiy va makroiqtisodiy
rivojlanishni ta'minlash bilan birga aholi farovonligini oshishiga, tabiiy muhit va aholi salomatligining yaxshilanishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma'lum bo'ladiki, yashil iqtisodiyotni dastlabki rivojlantirish jarayonida ustuvor tarmoqlarga e'tibor qaratish va ularning imkoniyatlarini kengaytirgan holda, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ham yashillashtirib borish samarali sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. Yeгорова М. С. Экономические механизмы и условия перехода к зеленой экономике // Фундаменталные исследования. - 2014. - № 6-6. - С. 1262-1266.
2. Куперов А. В., Шибилева О. В. Концепция «зеленой» экономики: основные положения и перспективы развития //Молодой ученый. - 2014. - № 4. - С. 561-563
3. Порфирев Б. «Зеленая» экономика: реалии, перспективы и пределы роста // Фонд Карнеги за международный мир. - URL : http://carnegieendowment.org/files/WP_Porfiriev_web.pdf.
4. Д.Ш.Явмутов, С.Бурхонов. Узбекистонда "яшил" иктисодиётга утиш: истикбол йуналишлар ва устувор вазифалар. Электрон Международный научно-образовательный электронный журнал "Образование науки и инновационные идеи в мире". No10, Часть-2, декабрь, 2022. -Б. 159-168.