Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT (RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI)'

O'ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT (RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

969
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"yashil iqtisodiyot" / eko-innovatsiya / eko-investitsiya / qayta tiklanadigan energiya / fotoelektrstansiyasi / energiyadan samarali foydalanish / iqtisodiyotni yashillashtirish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulruh Bahodir Qizi Vafoyeva

Ushbu maqolada O‟zbekistonda yashil iqtisodiyot olib borish jarayonlari haqida so‟z boradi. Respublikamizdagi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qonunchilik bazasi yashil mexanizmlarni joriy qilish darajasi nuqtai nazaridan tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT (RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI)»

O'ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT (RIVOJLANGAN DAVLATLAR

TAJRIBASI)

Gulruh Bahodir qizi Vafoyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti MMEJ 20/1-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda yashil iqtisodiyot olib borish jarayonlari haqida so'z boradi. Respublikamizdagi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qonunchilik bazasi yashil mexanizmlarni joriy qilish darajasi nuqtai nazaridan tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: "yashil iqtisodiyot", eko-innovatsiya, eko-investitsiya, qayta tiklanadigan energiya, fotoelektrstansiyasi, energiyadan samarali foydalanish, iqtisodiyotni yashillashtirish

ABSTRACT

This article talks about the processes of conducting green economy in Uzbekistan. The legislative framework in our republic and economic sectors was analyzed in terms of the level of implementation of green mechanisms.

Keywords : "green economy", eco-innovation, eco-investment, renewable energy, photoelectric plant, efficient use of energy, greening of the economy

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о процессах ведения зеленой экономики в Узбекистане. Законодательная база в нашей республике и отрасли экономики были проанализированы с точки зрения уровня внедрения зеленых механизмов.

Ключевые слова : «зеленая экономика», экоинновация, экоинвестиции, возобновляемая энергетика, фотоэлектрическая установка, эффективное использование энергии, экологизация экономики

KIRISH

Hozirgi glaballashuv jarayonida rivojlangan mamlakatlarning texnologik bazasini sifat jihatdan yangilanishi,ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlik darajasini oshirish bilan birga hayot sifatini va yashash muhitini yaxshilovchi yangi texnologik tuzilmaga modernizatsiya qilingan iqtisodiyotga o'tishni talab qilmoqda.Xorijiy mamlakatlarda bunga o'tishni amalga oshiruvchi "Yashil o'sish" iqtisodiy siyosati Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan barcha

May, 2023

319

a'zolarining uzoq muddatli(2030 yilgacha ) rivojlanish uchun strategik yo'nalish sifatida qabul qilingan.[4]

O'zbekiston so'nggi yillarda yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan davlatdir. Texnikalar, atrof-muhitni himoya qilish, algoritmik texnologiyalar va chiqindilarni qayta ishlar jarayonlarida faol ishlaydigan mutaxassislar O'zbekistonning iqtisodiy va ekologik rivojlanishida katta o'rin tutadi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yashil iqtisodiyot" konsepsiyasini rivojlantirishga e'tibor qaratgan holda, mamlakatimizda ilm-fan, innovatsiyalar, muhandislik va inshootlarni rivojlantirish maqsadida ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan ushbu qarorning qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga sababchi bo'ldi. Quyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son qaroridan qisqacha ilova keltirilgan:

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"2018-yilda O'zbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya qildi va uni amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan hissa bo'yicha — 2030-yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi.

O'zbekistonda 2030 yilgacha "Yashil" Iqtisodiyot bo'yicha quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'ydi:

-Yalpi ichki mahsulot birligiga 2010 yil darajasidan 35% ga kamaytirish; -qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25% ga yetkazish; -1 mln gektargacha bo'lgan maydonda tomchilatib sug'orishni joriy etish;[2] Rivojlangan mamlakatlar ichida ekologik investitsiyalar sohasida Shvetsiya tajribasini oladigan bo'lsak,ushbu davlat qayta tiklanadigan energiya va mahalliy yoqilg'i manbalaridan foydalanish bo'yicha jahonda yetakchi mamlakat hisoblanadi.YEL universiteti olimlari ishlab chiqgan ,,yashil'' mamlakatlar ichida reytingda 1-o'rinni egallagan.Svetsiyada mishiy chiqindilarning 96 foizi yo'q qilinadi .Bu tabiiyki ,dunyodagi eng yuqori ko'rsattkichlardan biri hisoblanadi.Bu davlatda avtomobil egalari ekologik toza yoqilg'idan foydalanganligi uchun soliq imtiyozlari,hamda qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tishda uy egalariga ham soliq imtiyozlari joriy etilgan.

Mamlakatlar miqyosida tahlil qilganda albatta ,Germaniyani ham unutmaslik lozim. Ushbu mamlakat iqtisodiyotning barcha sohalariga yashil tamoyillarni joriy etishda

May, 2023

320

ISSN: 2l8l-l385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,9 j ASI: l,3 j SJIF: 5,77l j UIF: 6,l

chiqindisiz ishlab chiqarish siklini yaratgan va bu sohada yetakchi davlatdan biri hisoblanadi.Germaniyada patenli texnologiyalarning 23 foizi atrof-muhit sohasiga to'g'ri keladi va bu mamlakat bugungi kunda o'sish tendensiyasiga ega hisoblanadi.

Bizni mamlakatimiz ham Parij bitimi majburiyatlarini bajarish doirasida issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish bo'yicha o'rta muddatli ustuvor vazifalar mamlakatda iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, Orol bo'yida ekologik tanglik oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutadigan qator strategik va tarmoq rejalari, dasturlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning energiya samaradorligi yetarli darajada emasligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, texnologiyalar yangilanishining sustligi, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznesning faol ishtirok etmayotgani milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga erishishga to'sqinlik qilmoqda.

O'zbekistonda ham yashil iqtisodga o'tish va reytingda yuqori o'rinlarga ko'tarilish bo'yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shular jumlasiga Toshkent viloyatida qibray tumanida joylashgan poliz ekinlarini yetishtiruvchi issiqxonalarni hamda hozirgi kunda aholi uy-joylariga qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi quyosh batareyalarni o'rnatish hamda uni sotish imtiyozlari hamda uni o'rnatish bo'yicha imtiyozli kreditlar ajratilmoqda .

Mavjud muammolarni hal etish uchun iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kam uglerod sarflagan holda rivojlanish va resurslarni tejash, samarali va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, barqaror qishloq xo'jaligiga yo'naltirilgan "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali tabiiy va energiya resurslaridan foydalanish usullarini tubdan o'zgartirish talab etiladi.

Bunda uzoq muddatli istiqbolda "yashil" iqtisodiyotga o'tish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanishi kerak:

barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik; resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste'mol va ishlab chiqarish; iqtisodiy hisob tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlarni kiritish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun "yashil" vositalar va yondashuvlarni qo'llash ustuvorligi;

eng muhim tarmoqlarda raqobatbardoshlikni oshirish va

ko'rsatkichlarni yaxshilash, "yashil" ish o'rinlarini yaratish,

May, 2023

aholining farovonligini oshirish orqali mavjud makroiqtisodiy maqsadlarga erishish;

resurslardan samarali foydalanish tadbirlarining investitsion jozibadorligini ta'minlash.

Shu munosabat bilan iqlim o'zgarishi masalalarini milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga integratsiya qilishga yo'naltirilgan 2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini (keyingi o'rinlarda — Strategiya) ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi."

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yilning 30-oktyabridagi PF-5863 sonli "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni, 2019-yil 5-oktyabrdagi PQ-4477 sonli "O'zbekiston Respublikasining 2019-2030 yillarda "yashil iqtisodiyot"ga o'tish Strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorlari yurtimizda yashil iqtisodiyot rivojlanishi uchun keng imkoniyat yaratib berdi. Xususan, ushbu hujjatlarda yashil iqtisodiyotga o'tish O'zbekiston iqtisodiyotining strategik yo'nalishlaridan ekanligi ta'kidlab o'tilgan.

Mazkur amalga oshirilgan keng qamrovli iqtisodiy va siyosiy islohotlar, mamlakatimizning rivojlanishiga yordam berayotgan yaxshi bazani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan asosdir. O'zbekiston, shu sabablarga ko'ra, "20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasining besh tashabbus yo'nalishlarida Ijtimoiy-iqtisodiy Rivojlantirish strategiyasi"ni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Shu bilan birga, O'zbekistonning yaxshi taraqqiyoti siyosiy va iqtisodiy rivojlanganlikning yanada kuchayishiga imkon beradi. Mamlakatimizda o'z elektr jihozlarini mustahkamlash, muqobil energiyadan foydalanishda muvaffaqiyatlarga erishish, "Yashil iqtisodiyot" va "Eng ijtimoiy-muvozanat sirlari" konsepsiyasi doirasida yanada ko'proq qadam tashlash muhim ahamiyatga ega. O'ylaymanki, bu yo'nalishni yanada rivojlantirish, yashil iqtisodiyot ishlash tizimini takomillashtirish orqali mamlakatimizda ekologiya va iqtisodiyot sohasida yanada yuksak natijalarni zabt etishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda "Yashil iqtisodiyot" mavzusi davlat va xalq faoliyati sohasida iqtisodiy saviyani ta'minlab, har bir insonning yuksak fikrda bo'lishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Bu konsepsiya mamlakatni iqtisodiyot va ekologiya sohasida rivojlantirish imkonini beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston so'nggi yillarda yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasida ajoyib yutuqlarni ko'rsatdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish, atrof-muhitni muhofaza qilishga

May, 2023

322

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

qaratilgan tashabbuslar, strategiyalar, siyosatlar qabul qilindi. Parij bitimining ratifikatsiya qilinishi mamlakatning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo'yicha majburiyatlaridagi muhim qadamdir. Kam uglerodli rivojlanish, samarali texnologiyalar, barqaror iste'mol va ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish orqali O'zbekiston ekologik toza iqtisodiy rivojlanish bo'yicha yetakchiga aylanish yo'lidan bormoqda. Milliy maqsadlar va innovatsiyalarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlash mamlakatning ekologik

barqarorligini ta'minlashning yakuniy maqsadiga erishishda yanada muhim yutuqlarni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son

2. World Economic and Social Survey 2011: The Great Green Technological Transformation / Department of Economic and Social Affairs of the United Nations Secretariat (DESA). - New York: United Nations, 2011. - E/2011/50/Rev. 1 ST/ESA/333.

3. Sindarovich, U. A., Dilnoza, Q., & Fayzullo o'g'li, B. A. (2023). National Traditions of Interior Architecture of Buildings of Wedding Houses. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(3), 1-7.

4. Порфиръв Б.П «Зеленая» экономики :реалии перспективы и переделы роста .-М.;Карнеги,,,2013

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.