Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHI, MUAMMO VA YECHIMLAR'

O‘ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHI, MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
20
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yashil iqtisodiyot / energiya / UNEP / “O‘zbekiston 2030” strategiyasi.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jumashev Rajapboy, Ktaybekov Ajiniyaz Kadirbayevich

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoiti yashil iqtisodiyotga o‘tishi, asosiy muammo va taklif haqida aytib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHI, MUAMMO VA YECHIMLAR»

O'ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O'TISHI, MUAMMO

VA YECHIMLAR Jumashev Rajapboy, 2Ktaybekov Ajiniyaz Kadirbayevich

1Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, vet.f.n 2Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, "Magistratura bo'limi", "Parrandachilik" mutaxassisligi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11002594

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston sharoiti yashil iqtisodiyotga o'tishi, asosiy muammo va taklif haqida aytib o'tiladi.

Kalit so'zlar: yashil iqtisodiyot, energiya, UNEP, "O'zbekiston 2030" strategiyasi.

Аннотация. В данной статье описаны условия перехода Узбекистана к зеленой экономике, основная проблема и предложения.

Ключевые слова: зеленая экономика, энергетика, ЮНЕП, стратегия «Узбекистан

2030».

Abstrakt. This article describes the conditions of Uzbekistan's transition to a green economy, the main problem and proposal.

Keywords: green economy, energy, UNEP, "Uzbekistan 2030" strategy.

Bugungi kunda XXI asr dunyo hamjamiyati oldida jahon iqtisodiyotini rivojlanishi bo'yicha bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining shiddat bilan rivojlanish davrida insonlarni yaxshiroq sharoitga intilishi sababli kundan kunga mahsulotlar va xizmatlarga talab ortib bormoqda. Ortib borayotgan talabni qoniqtirish maqsadida ishlab chiqarish, sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarida doimiy ravishda o'sish kuzatilyapti. Ammo hozirgi jahon iqtisodining shakliga qaraydigan bo'lsak, u asosan qazilma yoqilg'ilarga asoslangan bo'lib, bu faoliyat natijasida atrof-muhit katta zarar ko'rmoqda. Shuningdek, yoqilg'ilarning samarasiz ishlatilishi natijasida qazilma yoqilg'ilar qazib chiqarish hajmi yildan yilga kamayib borayotgan bo'lsa-da, ularga bo'lgan talab haligacha yuqori bo'lib turibdi. Shu sababli dunyo bozorida qazilma yoqilg'ilar narxi kun sayin o'sishi kuzatilmoqda. Albatta hozirgi zamonda barcha ishlab chiqarish korxonalari qazilma yoqilg'ilar hisobidan ishlashlari sababli ularning narxi ko'tarilishi mahsulot tan narxiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Bundan tashqari, insonlarning hozirgi qazilma yoqilg'ilarga asoslangan iqtisodiyotdagi faoliyati natijasida atmosferaga doimiy ravishda katta miqdorda issiqxona gazlari (IG) tashlanmoqda. Bu esa, o'z navbatida, iqlim o'zgarishi sabab bo'ladi va uning oqibatida qurg'oqchilik, yer degradatsiyasi, ko'chatlarning nobud bo'lishi, ekin yerlarining qisqarib qurishi va shuningdek, boshqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqmoqda. Yuqoridagi muammolar sababli mavjud jahon iqtisodiyot modeli barqaror emasligi ma'lum bo'ldi va rivojlanish maqsadlarini qaytadan qo'rib chiqish zarurati tug'ildi va tez orada eng yaxshi yo'l "yashil" iqtisodiyotga o'tish ekanligi ma'lum bo'ldi.

"Yashil" iqtisodiyotning juda ham ko'p ta'riflari mavjud bo'lib, biroq asosiy ta'riflar BMTning atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan berilgan uning "Yashil" iqtisodiyot sari" hukumat tuzilmalari vakillari uchun qisqacha hisobotida shunday deyilgan: "Yashil" iqtisodiyotni odamlarning farovonligini yaxshilaydigan va ijtimoiy adolatni ta'minlaydigan iqtisodiyot sifatida belgilaydi, shu bilan birga, atrof-muhit va kambag'allik uchun xavflarni sezilarli darajada

kamaytiradi". Shuningdek, UNEP boshqa ma'ruzasida "Yashil" iqtisodiyot - kam uglerodli, resurslarni tejaydigan va ijtimoiy inklyuziv iqtisodiyot, deb ta'riflagan. UNEPning 2009-yildagi yillik hisobotida aytilishicha, "yashil" iqtisodiyot - tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish bilan bog'liq iqtisodiy chora-tadbirlar tizimi bo'lib, kelajak avlodlarni jiddiy ekologik xavf-xatarlarga yoki atrof-muhit tanqisligiga duchor qilmasdan, uzoq muddatda inson farovonligining oshirishga xizmat qiladi. Bir guruh nodavlat tashkilotlar tomonidan yaratilgan "Yashil" iqtisodiyot koalitsiyasi quyidagi ta'rifni beradi "yashil" iqtisodiyot bu sayyoramizning ekologik cheklovlari ostida hayotning yuqori sifatini ta'minlaydigan moslashuvchan iqtisodiyot. BMTning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasining "Rio+20 ga yo'l" maqolalari to'plamida "yashil" iqtisodiyot iqtisodiy o'sish va ekologik mas'uliyat, bir-birini o'zaro mustahkamlaydigan, shu bilan birga, taraqqiyotni qo'llab-quvvatlaydigan iqtisodiyot sifatida tasvirlangan ijtimoiy rivojlanish, deyiladi. 2011-yil 7-8-mart kunlari bo'lib o'tgan BMTning "Barqaror rivojlanish" bo'yicha konferensiyaga tayyorgarlik qo'mitasining Ikkinchi sessiyasida "yashil" iqtisodiyot bir vaqtning o'zida iqtisodiy va ekologik maqsadlarga erishish uchun kerakli vaqtdan foydalanishga qaratilganligi ta'kidlandi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan berilgan ta'rifda "yashil" iqtisodiyotning moliyaviy va tarmoq konteksti ta'kidlangan: "Yashil" iqtisodiyot - bu barqaror rivojlanish va kambag'allikni yo'q qilishga hissa qo'shadigan ekologik ahamiyatga ega sohalarga investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasini birlashtirgan tushuncha ta'riflanadi. UNEPning 2011-yildagi "Yashil" iqtisodiyot sari nomli hisobotida "yashil" iqtisodiyot - bu inson farovonligining yaxshilanishiga va tengsizlikning kamayishiga olib keladigan, shu bilan birga, kelajak-avlodlarni muhim ekologik xavf va ekologik tanqislikka duchor qilmaydigan iqtisodiyot. Bunday iqtisodiyot ekologik xavflarni kamaytirishga qaratilgan qisqa muddatli chora-tadbirlar natijasida uzoq muddatli ijtimoiy nafaqalarni olishga qaratilgan. "Yashil" iqtisodiyot barqaror rivojlanish maqsadiga erishishga yordam beradi deyilgan. "Yashil" iqtisodiyot tabiiy resurslardan foydalanishdan kechishni emas ulardan samarali foydalanishga ko'proq urg'u beradi. Sababi O'zbekiston iqlim o'zgarishi oqibatidan eng ko'p aziyat chekayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Energetika sohasining asosiy qismi qazilma yoqilg'ilarga asoslangan va sanoatda energiya samaradorligi juda past. Shuningdek iqlim o'zgarishi suv tanqisligi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda bu esa o'z navbatida ekin maydonlarini kamayishiga, yerlarning degradatsiyaga uchrashiga va mahalliy aholi hayot tarzida qiyinchiliklarga uchrashiga olib kelmoqda. Keling endi O'zbekistonning hozirgi holatini tahlil qilib ko'ramiz.

Isitish tizimida ham muammolar yetarli ayniqsa 2023-yilning boshida bo'lgan qahraton qish muammolarni yanada ochiqladi. Bu holatdan shu narsa ma'lum bo'ldiki katta shaharlarda tizim anchayin samarasiz. Sababi markazlashgan isitish tizimi eski va isitilgan suv stansiyadan to xonadonlarga yetib kelguncha issiqlik yo'qotishlar ko'pligi sababli kerakli haroratda kirib kelmaydi. Shuningdek ko'p qavatli uylar va xonadonlarning energiya samaradorligi pastligi sababli issiqlikni ushlab turish imkoni yo'q. Buning natijasida aholi tomonidan qo'shimcha isitish moslamalari tarmoqqa ulanganligi sababli yuklanish ortdi va tarmoqqa yuklanish ortgani sababli avariya holatlari yuzaga keldi. Yakka tartibdagi xonadonlarning ham 90 foizi tabiiy gaz orqali isitiladi va ularning ham energiya samaradorligi juda pastligi sababli qish mavsumida tabiiy gazga bo'lgan talab bir necha barobarga oshadi natijada unga bo'lgan talab taklifdan oshib ketgani sababli avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari yopildi. Shuningdek iqlim o'zgarishi oqibatida qishloq, suv va o'rmon xo'jaligi katta zarar ko'rishi mumkin. Suv hajmining qisqarishi natijasida

suv yetishmovchiligi yanada oshishi prognoz qilinmoqda. O'zbekistonda hozirda mavjud ko'p qavatli uylar va yakka turdagi xonadonlarning energiya samaradorligi past. Yangi uylarni qurishda qonunchilik tomondan "yashil" mezonlar inobatga olinmaganligi bu yo'nalishda hech qanday o'zgarishlar kuzatilmayapti.

Takliflar: Iqlim o'zgarishini oldini olish va sanoatni dekarbonizatsiya qilish: Issiqxona gazlari chiqarilishini cheklovchi qonun hujjatini qabul qilish, atmosferaga belgilangan normadan ortiq chiqarilgan IG uchun kompensatsiya tariflarini oshirish, mamlakatda jahon standartlariga mos Monitoring, hisobot va tekshiruv MRV tizimini keng joriy qilish, mahalliy va xalqaro miqyosida IG emissiyasi savdosini Carbon trade tizimini yo'lga qo'yish. IG emissiyasi savdosi tartiblari va mexanizmlarini ishlab chiqish, uglerod kvotalari kadastri, reestrini joriy qilish.

Iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashish: Aholini barcha qatlami uchun iqlim o'zgarishi haqidagi ma'lumotlarni ochiqlash va ularni xabardorligini oshirish, xavfli hodisalar to'g'risida erta ogohlantirish tizimini joriy qilish va iqlim xavflarini nazorat qilish, iqlim o'zgarishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni paydo bo'lishi va kuchayishini oldini olish, iqlim o'zgarishiga yuqori ta'sirchan aholi qatlamini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash.

Energetika sohasini takomillashtirish: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish, aholini kambag'al qatlamini inobatga olgan holda elektr energiya narxlarini erkinlashtirish, aholi tomonida elektr energiyadan foydalanishi uchun ijtimoiy normalar ishlab chiqish, elektr energiya ishlab chiqarishda shamol, quyosh, gidro, geotermal elektr stansiyalar sonini oshirish, aholi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni qo'llab-quvvatlash, isitish tizimida quyosh kollektorlaridan foydalangan holda individual isitish tizimiga o'tishni qo'llab-quvvatlash, "Yashil" energiya sertifikatlari tizimini joriy qilish, mahalliy va xorijiy darajada "yashil" energiya sertifikatlari savdosini yo'lga qo'yish, aholi va tadbirkorlarga o'z kichik stansiyalarini qurib ishlab chiqarilgan elektr energiyasini bozor narxida sotish imkoniyatini yaratish, ishlab chiqarish korxonasida yetarli quvvatda quyosh panellari qurish imkoniyati yo'q tadbirkorlarga boshqa bo'sh yerlarda quyosh panellarini qo'rib o'zlari ishlatgan elektr energiyani kompensatsiya qilish uchun ularni tarmoqqa uzatish imkoniyatini yaratish, ko'p qavatli uylar isitish va elektr tizimi tizimini takomillashtirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda energiya ishlab chiqarish va xonadonlarga sotish imkoniyatini mahalliy uy xo'jaligi shirkatlariga berish.

"Yashil" moliyalash, monitar va fiskal siyosat: Loyihalarni yashilligi bo'yicha tasniflovchi hujjat O'zbekiston milliy "yashil" taksanomiyasini joriy qilish, "yashil" loyihalarni kreditlashni ustuvor vazifa sifatida maqsad qilib olish, "yashil" loyihalar bo'yicha kredit foizlarni minimallashtirish, "yashil" kreditlarning bir qismini qoplab berishni nazarda tutuvchi subsidiyalash tizimini joriy qilish, aholi tomonidan "yashil" texnologiyalar uchun olingan kreditlarni bir qismini qoplab berish, yashillik darajasi yuqori bo'lgan korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy qilish, "yashil" bondlar va obligatsiyalar ishlab chiqarishni keng joriy qilish, "yashil" loyihalar uchun kam foizli kreditlar ajratish.

Suv xo'jaligida: Suv tariflari narxlarini erkinlashtirish, fermer xo'jaliklari uchun tarif normalarini joriy qilish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, tomchilab sug'orish tizimlarini keng joriy qilish, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari va suv omborlarini qurish, rekonstruksiya qilish, suv xo'jaligi tuzilmalarini modernizatsiyalash va avtomatlashtirish, suv xo'jaligi sohasida innovatsiyalarni joriy qilish, kanallar va ariqlarni beton qoplamalari bilan qoplash.

Qishloq xo'jaligi: Iqlim o'zgarishiga moslashtirilgan qishloq xo'jaligini moliyalashtirishni targ'ib qilish va jadallashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish, kam suv talab qiluvchi va ko'p hosil beruvchi hamda qurg'oqchilikka bardoshli ekin turlarini ko'paytirish va ekish, qishloq xo'jaligida suvni ifloslanishini oldini olish, organik dehqonchilik usullarini joriy qilish, chorvachilikdan chiqadigan organik chiqindilarni to'g'ri saqlash va qayta ishlash, degradatsiyaga uchrayotgan yaylovlarni qayta tiklash va yaylovlarni boshqarish mexanizmlarini joriy qilish.

Qurilish: Ko'p qavatli uylarni qurish va topshirishda "yashil" mezonlarni inobatga olishni nazarda tutadigan qaror loyihasini qabul qilish, energiya samarador qurilish materiallarini ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash, ko'p qavati uylarni qurishda ko'proq energiya samarador materiallardan foydalanish, uylarni issiqlikni ushlab turuvchi qoplamalar bilan qoplash, uylar qurilishida energiya tejamkor oyna va romlardan foydalanish, yangi qurilgan uylarni topshirishda energiya samaradorligi mezonlari bo'yicha tekshiruvdan o'tkazish, avtomobil yo'llari, tratuvarlar va boshqa kichik yo'llar qurilishida chiqindilardan foydalangan holda yo'llar qurish, binolarni yoritish tizimida tabiiy yoritish usullaridan ko'proq foydalanish, podezlar, yo'laklar va zinalarni yoritish tizimida harakatni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish.

Transport sohasida: Elektromobillardan foydalanishni qo'llab-quvvatlash, aholini ko'proq jamoat transportidan foydalanishini rag'batlantirish, jamoat transportlarini to'liq toza yoqilg'iga o'tkazish, temir yo'llarini to'liq elektrlashtirish, yuq tashish sohasida temir yo'llardan foydalanishni rag'batlantirish, elektromobillarni rivojlanishi bo'yicha infrastrukturani qo'llab-quvvatlash, avtomobillarni zaryadlovchi stansiyalarni ko'paytirish shular qatoriga kiradi.

Adabiyotlar

1. Yangilangan milliy darajada aniqlanadigan hissa. O'zbekiston Respublikasi. Gidrometeorologiya agentligi. 2021-y.

2. Statistika agentligi rasmiy sayti. https://stat.uz/uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni

4. Energetika vazirligi. O'zbekistonni 2020-2030-yillar elektr energiyasi bilan ta'minlash konsepsiyasi. 21 v. 2019 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.