Научная статья на тему 'YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTONDA MAʼNAVIYAT VA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT'

YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTONDA MAʼNAVIYAT VA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
691
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma'rifatli jamiyat / demokratiya / maʼnaviyat / fuqarolar faolligi / siyosiy madaniyat / fuqarolik jamiyati / faol fuqarolik pozitsiyasi. / enlightened society / democracy / spirituality / civic activism / political culture / civil society / active citizenship.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Quramboyev, Alisher Maxsudovich

Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda milliy maʼnaviyatimizda demokratiyaga munosabat masalasi nihoyatda muhim ekanligini yoritishdan, ushbu tizimni yuksak darajaga olib chiqish masalalari oʻrganilgan. Shuningdek maqolada fuqarolik jamiyati siyosiy ongi va madaniyati yuksak boʻlgan fuqarolar jamyatning umumiy salohiyatini oʻstirishdagi ahamiyati haqida alohida toʻxtalib oʻtilgan. Mavzuda ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarni boshidan kechirayotgan, fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda maʼnaviyat va demokratik huquqiy masalalarini oʻrganish ularning yutuq va kamchiliklarini oʻrgangan holda mamlakatimizda faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPIRITUAL AND LEGAL DEMOCRATIC STATE IN RENEWING UZBEKISTAN

This article examines the issues of raising this level to a higher level, highlighting the importance of the issue of attitude to democracy in our national spirituality in the formation of an active civic position in New Uzbekistan. The article also highlights the importance of civil society with a high level of political awareness and culture in building the overall capacity of society. The topic provides recommendations and conclusions on the development of active civil society in our country, studying the achievements and shortcomings of the study of spirituality and democratic legal issues in different countries experiencing socio-political changes and building civil society.

Текст научной работы на тему «YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTONDA MAʼNAVIYAT VA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTONDA MA'NAVIYAT VA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT

Quramboyev Alisher Maxsudovich

Buxoro Davlat universiteti Milliy g'oya,ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi

kafedrasi o'qituvchisi E-mail: quramboyevalisher@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda milliy ma'naviyatimizda demokratiyaga munosabat masalasi nihoyatda muhim ekanligini yoritishdan, ushbu tizimni yuksak darajaga olib chiqish masalalari o'rganilgan. Shuningdek maqolada fuqarolik jamiyati siyosiy ongi va madaniyati yuksak bo 'lgan fuqarolar jamyatning umumiy salohiyatini o 'stirishdagi ahamiyati haqida alohida to 'xtalib o 'tilgan. Mavzuda ijtimoiy-siyosiy o 'zgarishlarni boshidan kechirayotgan, fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda ma'naviyat va demokratik huquqiy masalalarini o'rganish ularning yutuq va kamchiliklarini o 'rgangan holda mamlakatimizda faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar va xulosalar keltirilgan.

Kalit soizlar: ma'rifatli jamiyat, demokratiya, ma'naviyat, fuqarolar faolligi, siyosiy madaniyat, fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik pozitsiyasi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются вопросы поднятия этого уровня на более высокий уровень, подчеркивая важность вопроса отношения к демократии в нашей национальной духовности в формировании активной гражданской позиции в Новом Узбекистане. В статье также подчеркивается важность гражданского общества с высоким уровнем политического сознания и культуры в построении общего потенциала общества. В теме представлены рекомендации и выводы по развитию активного гражданского общества в нашей стране, изучение достижений и недостатков изучения духовности и демократических правовых вопросов в разных странах, переживающих общественно-политические изменения и строящих гражданское общество.

Ключевые слова: просвещенное общество, демократия, духовность, гражданская активность, политическая культура, гражданское общество, активная гражданственность.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

This article examines the issues of raising this level to a higher level, highlighting the importance of the issue of attitude to democracy in our national spirituality in the formation of an active civic position in New Uzbekistan. The article also highlights the importance of civil society with a high level of political awareness and culture in building the overall capacity of society. The topic provides recommendations and conclusions on the development of active civil society in our country, studying the achievements and shortcomings of the study of spirituality and democratic legal issues in different countries experiencing socio-political changes and building civil society.

Keywords: enlightened society, democracy, spirituality, civic activism, political culture, civil society, active citizenship.

KIRISH

Aytishimiz mumkinki, bugun axborot oqimi sharofati bilan jamiyatimizning dunyo qarashi, dunyoviy bilimlar haqidagi fikri, bilimi, ancha yuqoriladi, boshqa tomondan olib qaraganda esa axborot texnologiyalarining rivoji, bugungi o'zbek xalqining insoniy fazilatlarni qadrlashi, uning milliy madaniyati allaqachon g'arb madaniyati bilan chatishib ulgurishiga imkon ham ochib berdi. Muammoning dolzarbligi ham shunda, ma'rifatli jamiyatdagi shaxslar nafaqat bilimli ularning o'rtasidagi hurmat, madaniyat, millati, xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbat tufayli o'zaro yakdil bo'lib birgalikdagi totuv hayot tarzini, harakatini ham talab qiladi. Nega muhtaram prezidentimiz "Ma'rifatli jamiyat"ni barpo etish masalasini davlat miqyosidagi strategik harakat darajasiga olib chiqmoqda?

❖ Mening nazarimda"Ma'rifatli jamiyat" -ongi, bilimi, madaniyati yuksak darajada bo'lgan, ma'naviyatni qadriyat sifatida qadrlaydigan, keng dunyo qarashga ega bo'lgan insoniy fazilatlarni o'zida mujassam etuvchi va targ'ib etuvchi kishilik jamiyati deb tarif bersak adashmagan bo'lamiz

Ma'naviyat — inson ongiga ta'sir ko'rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo'nalishga soladigan yengilmas kuch. Ma'naviyat asosini jamiyat, millatga xos ma'naviy, madaniy va moddiy asoslar, an'analar, qadriyatlar, turmush tarzi, g'oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushunchalar tashkil etadi. Inson ma'naviyatining shakllanishida tarixiy xotira alohida ahamiyatga ega. Ertalab uyqudan uyg'ongan inson tasodifan o'zining kim ekanligini, ismi, sharifini unutib qo'ysa, atrofidagi yaqin insonlarini tanimay qolsa, bu holat o'sha inson, uning oilasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun katta fojia. Agar millat o'zining kim ekanligini unutsa, bu o'sha millat uchun ulkan halokatdir.

Dunyodagi zo'ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi. O'zligini yo'qotgan millat esa, hamisha qullikka mahkumdir. O'z xalqi va yurti tarixini chuqur bilish, uni tinimsiz o'rganish, ajdodlarining savobli ishlarini munosib davom ettirgan holda boy merosini asrab-avaylash, o'tmishdan saboq chiqarish, tarixda ro'y bergan voqea-hodisalarni xolis baholash, ularning oqibatini to'g'ri tushunish aqli raso inson hayotining mazmunidir. Inson o'zining tarixiy xotirasiga ega bo'lmasdan turib, hayotida sodir bo'layotgan ijtimoiy o'zgarishlarning mohiyatini tushunib yetolmaydi, kelajagini to'g'ri tasavvur qila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyatning har bir a'zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlar har xil aqidalar ta'siriga tushib qolmaydi. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Ma'naviyatning negizi va ma'no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar -insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg'ayishidir. Ma'naviyat demokratik huquqiy mamlakatdagina yuksaladi. Inson hayotini ma'naviyatsiz tasavvur qila olmaganimizdek, huquqsiz ham tasavvur qila olmaymiz. Tarixiy taraqqiyot jarayonida «demokratiya» tushunchasi shaklan va mazmunan boyib, takomillashib kelgan. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Zero, demokratiya eng rivojlangan davlatlarda ham yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajaga yetgani yo'q. Chunki demokratiya bosqichma-bosqich rivojlanadigan jarayon bo'lib, har bir millat va jamiyat, har bir davrda uni tushunish, talqin etish va amaliyotda qo'llashda o'ziga xos xususiyatlar namoyon bo'ladi. Bu o'ziga xoslik xalqning bosib o'tgan tarixiy yo'li, milliy mentaliteti, an'analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri kabi omillar bilan belgilanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta'kidlaganidek, «Hammani bir qolipga solib bo'lmaydi. Shuningdek, davlatlarni ham bir qolipga solish va bozor munosabatlariga o'tish, demokratiyani barpo etish nuqtayi nazaridan ularga bir xil yondashuvlarni qo'llash yaramaydi». Demokratiyaning xarakterini belgilovchi umumiy mezonlar-demokratiya tamoyillariga rioya qilinishi, demokratik qonunlarning mavjudligi va ular asosidagi demokratik institutlar faoliyati bilan bog'liqdir. Demokratiya, mohiyatan, insonning har tomonlama kamol topishi uchun berilgan imkoniyat, shaxs bilan jamiyat manfaatlari o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlovchi omildir. Ayni paytda demokratiya qabul qilingan qonunlar, amaldagi tartib-qoidalar yordamida shaxs hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: "...demokratiya o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to'kib, hayotning achchiq-chuchugini obdan tortib, keyin aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o'tkazib, og'ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin[1]",-degan edi.[1., 10-11 betlar.]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Huquqiy savodxonlikni oshirish masalasida avvalo: "o'z haq-huquqini taniydigan, o'z kuchi va qudratiga tayanib yashaydigan, atrofida ro'y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabatda bo'ladigan, shu bilan birga, xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish darkor[2]",-deb ta'kidlaydi. [2.,12 betlar.]

Inson hayotga kelibdiki, o'zini anglay boshlabdiki, faqat bir narsaga intiladi. Bu erkinlik. Erkinlik aslida juda ko'plab bilim sohalari, birinchi navbatda huquqshunoslik va deyarli barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tomonidan ishlatiladigan falsafiy tushuncha hisoblanadi. Boshqa ma'noda erkinlik tushunchasi insonning o'z xohish-istagi, mayllari, ehtiyoji bo'yicha faoliyat yuritishga undaydigan holatdir. Odatda erkinlik u yoki bu jamiyatning huquqiy hujjatlarida, birinchi navbatda o'sha mamlakatning Konstitutsiyasi qoidalari bilan ta'minlanadi. Shuningdek, shaxs erkinligi va inson huquqlari tushunchalari ham bir-biri bilan juda uyg'un. Inson huquqlari- kishilarning insonlik shon-sharafiga munosib tarzda yashashi va faoliyat olib borishi lozim bo'ladigan haq-huquqlar umumiyligini ifoda etadigan tushuncha. Bu huquqlar tabiiy huquqlar va davlat tomonidan qonuniy asosda kafolatlanadigan huquqlarga bo'linadi. Tabiiy huquqqa yashash huquqini misol qilib keltirish mumkin. Davlat tomonidan kafolatlanadigan huquqlarga saylov huquqi, bilan olish huquqi, nafaqa olish huquqi kabi insoniy huquqlar kiradi. Bu yuqorida ta'kidlagan inson huquqlari va shaxs erkinligini ta'minlaydigan eng oliy hujjat-Konstitutsiya hisoblanadi. 1992- yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tom ma'noda inson huquqlarini, shaxs erkinligini ta'minlaydigan, uni kafolatlaydigan bosh Qonun sifatida qisqa tarixiy davr sinovidan muvaffaqiyatli ravishda o'tdi. Konstitutsiyamizning "Muqaddima" qismida mamlakatimizda barpo etilayotgan jamiyat insonparvar demokratik huquqiy davlat ekanligi alohida ifodalangan. Demak, O'zbekiston Konstitutsiyasining asosiy, bosh maqsadi-mamlakatimizda demokratiya tartibotini o'rnatish, jamiyatda Bosh qomusimiz va qonunning ustuvorligi ta'minlash, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlarini belgilab berish kabilardan iborat. Shubhasiz, mustaqillik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yillarida O'zbekistonda qonun ustuvorligini ta'minlashda, fuqarolarda Konstitutsiyaga nisbatan hurmatni shakllantirishda katta yutuqlarga erishildi. Kishilarimiz demokratik o'zgarishlarni, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyatini nafaqat anglab yetmoqda. Ayni paytda ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqda.Buning natijasi o'laroq fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshib bormoqda, ular mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, evolyutsion o'zgarishlarning ham ob'yekti ham sub'yektiga aylanmoqda. Biz bugun mustaqilligimizning qariyb chorak asri davrida demokratiyaning tom ma'nodagi mazmun-mohiyatini, uning inson huquqlarini kafolatlaydigan muhim omil ekanligini ongli ravishda anglab yetdik. Shu bilan birga inson huquqlarini "himoya qilish" bahonasida O'zbekistonga "demokratik o'yinlar"ni tiqishtirishga bo'lgan harakatlarni, xalq manfaatlarini niqob qilib olib qandaydir soxta siyosiy o'yinlar tashkil etmoqchi bo'lganlarni ham ko'rdik. Ammo demokratiyani, inson huquqlarini milliy-mahalliy sharoitlar, xalq mentaliteti, uning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olmasdan, uni umumiy qoida sifatida ataylab tiqishtirish mutlaqo noto'g'ri ekanligini ham Yurtboshimiz bot-bot takrorlaydi. Demak, muayyan darajada demokratiya boshboshdoqlik, hokimiyatsizlik,insonning ko'ngliga kelgan narsasini amalga oshirishga turtki beradigan narsa emas. Demokratiya inson va jamiyat hayotini tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi, mamlakatdagi barcha sog'lom kuchlarni birlashtirgan holda fuqarolarning tinch - totuv, farovon yashashiga yordam beruvchi, ularning haq - huquqlarini himoya qiluvchi fenomen hodisadir. Demokratiya xalq hokimiyatidir, chunki Yurtboshimiz bejizga: "Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan - shu xalq.Barchamizga tuz-nasiba bergan ham - shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq.Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak - odamlarimiz bilan.Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak - avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo'ladi.Xalq rozi bo'lsa, ishimizda unum va baraka bo'ladi.Xalq bizdan rozi bo'lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo'ladi. Demokratiyani rivojlantirishga har bir fuqaromiz, avvalo, yoshlar ma'lum ma'noda o'zining hissasini qo'shishi lozim. Bu esa, albatta, mamlakatimizni farovon qilishga xizmat qiladi[3]",-deb aytmadi.[3.,14 bet.] Buning uchun esa bilim asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Bu borada yurtboshimiz :"Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. [4]" -deb ta'kidlashlari e'tiborga molik. [4.,17-18-betlar]. Bugungi kunda O'zbekiston Prezidenti boshchiligida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda! Bunda biz tanlagan yo'l - huquqiy demokratik jamiyat tuzish yo'li. Avvalgisidan farqli o'laroq yolg'ondan emas, nomigina emas, sirti demokratik, ichi avtokratik emas, chin va haqiqiy huquqiy demokratik jamiyat tuzish yo'lini tanladik. Bu haqida Prezident butun dunyoga ma'lum qildi. Nafaqat og'zaki ma'lum qildi. Tashqi kuchlar va ichki kuchlarga ham o'z qat'iyatini isbot qiluvchi koordinal islohotlarni boshladi. Avvalgidek, aytdi qo'ydi, bir yilda unutiladi degan tushunchalar bilan bundan buyon ishlab bo'lmasligini davlat amaldorlari, mas'ullar his qila boshlashdi. His qilmagani, unga ko'nmagani lavozimidan olinmoqda. Shu o'rinda kadrlar siyosatidagi tez-tez o'zgarishlar va yosh kadrlarning qo'rqmasdan mas'ul lavozimlarga tayinlanishi bu jarayonning amalga oshishi uchun, ya'ni ko'zlangan maqsadga erishish uchun voz kechib bo'lmas bir ehtiyoj ekanligini ko'rsatadi. Ya'ni, Prezident yangi nasl boshqaruv kadrlarini — yangi tafakkurga sohib, ma'nan yetuk hamda keng mushohadali kadrlarni davlat boshqaruv apparatiga olib kelish zaruriyati shu bilan izohlanadiki, taraqqiyotning yangi bosqichiga mamlakatni faqatgina korrupsiyaga moyil bo'lmagan, dunyoga keng nazar sola oladigan, demokratik qadriyatlarni his qila olgan nasl olib chiqa oladi. Ma'naviyat bu inson hurriyatini ta'minlashdir. Ma'naviyatga zid degan tamg'a bilan inson shaxsiga tahqir yog'dirish, uning huquqlarini poymol etish, haqlarini cheklash, millatning tarixini o'zgartirishga harakat qilish, siyosatbop bo'lish uchun maddohlik qilish, demokratik qadriyatlarga zid ish ko'rish - ma'naviyat emas!

Bugun milliy ma'naviyatimizni qaytadan idrok etib, qaytadan uni chuqurroq tanib, yangi milliy mafkuramizni shakllantirish vaqti keldi. Ma'naviyat targ'iboti asosi, yadrosi Prezidentimiz ta'kidlayotgan adolatdan va insonparvarlik tamoyilidan iborat bo'lishi kerak. Milliy mafkura esa ana shunday millatni yashatadigan, bo'g'maydigan, gullatadigan, gullarini qirqmaydigan ma'naviyat targ'iboti orqali amalga oshirilishi zarur.Qachonki millat ziyolilar fikrlar xilma-xilligi va sog'lom munozaraga o'rgansalar, mamlakatda chin ma'noda ma'naviy yuksalish bo'ladi.Shaxs haq-huquqlarining buzilishiga yo'l qo'ymaydigan muhim omil-ma'naviy omildir . O'zbek uchun o'zi tomonidan qilingan aybi, gunohi uchun mahalladan, qo'ni-qo'shnilardan, quda-andalardan uyalishdan ham kuchliroq jazo yo'q. Chunki uning uchun eng muhimi-o'zining qadr-qimmati, hamiyati. O'z qadr-qimmatining kamsitilishi, buning uchun birovdan dakki, e'tiroz eshitish uning uchun o'limdan battar.Ayni paytda bu borada muayyan yo'qotishlar ham yuz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

berayotganligini ham eslash lozim. Umuman, o'zbek xalqi uchun qonundan ham jamiyat va shaxslar oldidagi ma'naviy mas'uliyat ustuvorroq ahamiyat kasb etadi.O'zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish chog'ida aynan o'sha narsalar-o'zbek mentaliteti, uning ma'naviyati, tabiati eng muhim omillar sifatida e'tiborga olingan. Konstitutsiyamizning yuqorida ta'kidlaganimiz kabi, boshqa mamlakatlar Konstitutsiyalaridan farq qiladigan jihati ham shunda- u demokratik jamiyatni barpo etishga yordam beradigan huquqiy asoslar bilan inson haq-huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydigan ma'naviy omillar uyg'unligidir.

Xulosa qilib aytganda mustaqillik yillarida O'zbekistonda insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishda muayyan yutuqlarga erishildi. Fuqarolarda siyosiy-huquqiy madaniyat saviyasi muttasil ravishda oshib bormoqda. Eng muhimi-odamlarimizning ijtimoiy faolligi ko'tarilmoqda. Ular davlat va jamoat ishlarida tobora faolroq ishtirok etmoqda, o'zlarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ongli ravishda anglab yetmoqda. O'z huquqlarini qonun doirasida himoya qilishning kafolati sifatida O'zbekiston Konstitutsiyasi, mavjud qonunchilik qoidalariga amal qilmoqda. Erishgan yutuqlarimizning markazida esa fuqarolarimizda demokratik jamiyatda yashash ko'nikmasining shakllanayotganligi turadi. Qolaversa, bu jarayonga, shubhasiz, ma'naviy omillar juda kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Qonunlar saltanati bilan ma'naviyat saltanatining uyg'unligi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga kuch baxsh etmoqda. Zero, Rahbarimiz ta'biri bilan aytganda:"Ma'naviyatimiz uchun eng katta xavf - bu aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida, desak, bu ham ayni haqiqat bo'ladi.[5]" [5.,11 betlar.]

REFERENCES:

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" "0'zbekiston"-2016-yil.

2. Mirziyoyev Sh.M. "Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy g'oyamizning poydevoridir" Toshkent"Tasvir nashriyoti uyi"-2021-yil.

3. Karimov I.A. O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: «O'zbekiston», 1995.

4. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.: O'zbekiston, 2000.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.