Научная статья на тему 'INSON QADRINI ULIUG`LASHDA DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINING AHAMIYATI'

INSON QADRINI ULIUG`LASHDA DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
488
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demokratik davlat / fuqarolik jamiyati / huquqiy davlat / totalitar jamiyat / demokratiya / respublika / prezidentlik respublikasi / suveren / Konstitutsiya / me'yoriy hujjat. / democratic state / civil society / rule of law / totalitarian society / democracy / republic / presidential republic / sovereign / Constitution / normative document.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibrohim Shuhratovich Fayziyev

Maqolada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va boshqa qadr-qimmatini ulug`lashda davlat va jamoat institutlarining o`rni va rolini ochib berish maqsad qilingan. Bunda davlatning demokratik rejimi hamda odil fuqarolik jamiyatining ahamiyati, funksiyalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF A DEMOCRATIC STATE AND CIVIL SOCIETY IN HUMAN VALUE ASSERVATION

The article aims to reveal the role of state and public institutions in glorifying man, his life, freedom, honor and other dignity. It analyzes the democratic regime of the state and the role and functions of a just civil society.

Текст научной работы на тему «INSON QADRINI ULIUG`LASHDA DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINING AHAMIYATI»

INSON QADRINI ULIUG LASHDA DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINING AHAMIYATI

Ibrohim Shuhratovich Fayziyev

TVCHDPI Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va boshqa qadr-qimmatini uluglashda davlat va jamoat institutlarining o'rni va rolini ochib berish maqsad qilingan. Bunda davlatning demokratik rejimi hamda odil fuqarolik jamiyatining ahamiyati, funksiyalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, totalitar jamiyat, demokratiya, respublika, prezidentlik respublikasi, suveren, Konstitutsiya, me'yoriy hujjat.

THE IMPORTANCE OF A DEMOCRATIC STATE AND CIVIL SOCIETY IN

HUMAN VALUE ASSERVATION

ABSTRACT

The article aims to reveal the role of state and public institutions in glorifying man, his life, freedom, honor and other dignity. It analyzes the democratic regime of the state and the role and functions of a just civil society.

Keywords: democratic state, civil society, rule of law, totalitarian society, democracy, republic, presidential republic, sovereign, Constitution, normative document.

KIRISH

Mustaqillikning ilk kunlaridayoq oz oldimizga erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va odil fuqarolik jamiyati qurishni asosiy maqsad qilib oldik. Buning pirovard negizida jamiyat har bir a'zosining huquqi, erkinliklarini ustuvor ta'minlashga erishishni, erkin va farovon hayot uchun shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qildik. Bu faoliyatimizning huquqiy asosi qilib Bosh qomusimizga alohida norma ham kiritildi. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" deb belgilab qo'yilgan.[1]

ASOSIY QISM

Joriy yilning "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" deb e'lon qilinishining ozida ham bu sohadagi islohotlarning mantiqiy davomini ko'rish mumkin. 2022-yil

davlat dasturida ham barcha jabhalarda bu omil birinchi o'ringa qo'yilishi lozimligi belgilandi. Har bir davlat oz fuqarolari uchun qulay sharoitlarni yaratish, huquqiy demokratik davlat barpo etishi bugungi kunning eng ahamiyatli funksiyalaridan hisoblanadi. Ushbu masalaning naqadar muhimligini butun dunyo davlatlarining ko'pchiligi demokratiyani, huquqiy davlat barpo etishni ilgari surayotganligida ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, bizning yurtimiz O'zbekiston ham demokratiya yo'lidan ketdi.

Davlatimizning demokratiya yo'lidan ketganligini tasdiqlagan holda buyuk siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz IA.Karimov quyidagi fikrlarni bildirgan edi: "Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo'li xalqimiz ko'zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo'lgan, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar."[2]

Davlatimizda bugungi kunda ham demokratik davlat hamda jamiyatni rivojlantirishga ulkan e'tibor qaratilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Zero, demokratiya ustun bo'lgan joyda rivojlanish-progress bo'ladi. Demokratiyaning zaruriyatini qadimdanoq anglab yetishganligini adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati unsurlarini shakllanishiga doir ulkan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlar faoliyatidan bilishimiz mumkin. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomulmulk, Aristotel, Platon, Tomas Gobass, Jon Lokk, Sharl de Monteskye, Immanuel Kant, Jan-Jak Russo, Georg Gegel va boshqalarning ilmiy faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin. "Demokratiya" so'zini ko'p ishlatamiz. Lekin «demokratiya» haqida tushunchaga egamizmi? Uning asl mohiyatini tushunib yetishimiz uchun demokratiya haqida, kelib chiqishi haqida ham ma'lum bir ma'lumotlarni bilishimizga ehtiyoj tug'iladi. Buyuk yunon faylasufi Aristotel demokratiyani quyidagicha ta'riflagan edi: "Demokratiyaning birinchi ko'rinishining xarakterli belgisi bo'lib tenglik xizmat qiladi. Bu demokratiyaning asosiy qonuniga muvofiq tenglik shundan iboratki, mulksizlar ham, mulkdorlar ham hechnarsada biron-bir imtiyozlarga ega emaslar; oliy hokimiyat unisi yoki bunisining qo'lida to'planmagan. Shu bilan birga, har ikkalasi - ular ham va boshqalari ham o'zaro tengdirlar. Agar ba'zilar erkinlik va tenglik demokratiyaning muhim belgilar deb bilsalar, bu holat albatta o'z amaliyotini asosan, hammaning davlat boshqaruvida ishtirok etishida ifodalaydi. Xalq demokratiyada ko'pchilikni tashkil etishi sababli, ko'pchilikning qarori hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu kabi davlat tuzilishi demokratiya deb ataladi."[3]

«Demokratiya» yunoncha so'z bo'lib, "xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatadi. Demokratiya xalq hokimiyati siyosiy pluralism va ko'ppartiyaviylik, hammaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini saqlash prinsiplariga asoslangan jamiyatni siyosiy tashkil etish shakli hisoblanadi. Demak, ma'lum bir siyosiy tizimni tasvirlaydi hamda turli mafkuralar tomonidan ham qabul qilinadi.

"Demokratiya" atamasi muhim masalalarni hal etishda barcha aholining bevosita ovoz berishi bilan hal qilingan qadimgi Afinaning o'zini o'zi boshqaruv tizimining nomidan kelib chiqqan. Demokratiya maqsad sifatida individ mustaqilligi va uning umumiy manfaatlari ustunligini ta'minlaydi. U vosita sifatida esa nizolarni bartaraf etish, zo'ravonlikka chek qo'yish, turli ijtimoiy guruhlarga siyosiy ta'sir qilish yo'li bilan ularning murosaga kelishini, konsensusini ta'minlaydi. Qadimdan olimlar o'zlari yashagan ijtimoiy-siyosiy muhit va davrdan kelib chiqqan holda unga har xil ta'riflar berib kelishgan. Hozirda esa demokratiya "ko'pchilikning irodasini ozchilik huquqlarini saqlagan holda amalga oshirish||" deb tushuntirilmoqda. Demokratiyaning demokratik jamiyat amal qilishi zarur bo'lgan bir qator shartlari mavjudki, ular quyidagilarni tashkil etadi:

- Xalq hokimiyati;

- Fuqarolar roziligiga tayanuvchi hokimiyat;

- Ko'pchilikning ovozi qoidasi;

- Ozchilik huquqlarini himoya etish;

- Asosiy inson huquqlari kafolati;

- Erkin va adolatli saylovlar;

- Qonun oldida barchaning tengligi;

- Odil sud yuritish;

- Hukumat faoliyatining konstitutsiyaviy cheklanganligi;

- Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy pluralizm;

- Tolerantlik, omilkorlik, hamkorlik, o'zaro kelishuv.

Shuni ta'kidlash lozimki, faqatgina O'zbekistonga tegishli bo'lgan tushunchalar ham mavjud. Ular asosan, mamlakatdagi mustaqillik davrida islohotlar natijasi o'laroq shakllandi. Ular:

1) Barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning umumiy tushunchalari: taraqqiyot, madaniyat, fuqarolikjamiyati, huquq va boshqalar.

2)Demokratiya bilan bir qatorda barcha ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan bog'liq tushunchalar: huquqiy davlat, siyosat, siyosiy ong.

3)Asosan, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish bilan bog'liq tushunchalar: "O 'zbek modeli ", Ozod va obod Vatan, O 'zbekiston va jahon hamjamiyati.

Demokratiyaning yuqorida keltirib o'tilgan shartlari bajarilgan holdagina demokratik davlat barpo etish mumkin bo'ladi. Dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlari demokratik davlatlar hisoblanadi va u davlatlarda qonun ustuvorligi, xalq ustunligi muhim hisoblanadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bob, 1-moddasida: "O'zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning "O 'zbekiston Respublikasi " va "O 'zbekiston " degan nomlari bir ma 'noni anglatadi. " -deb yozilgan. "Suveren", "demokratik", "respublika" deganda nima nazarda tutilgan?

"Suveren" deganda mustaqil, aralashuvlardan holi va daxlsiz ekanligiga urg'u berilgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 1-bo'lim 1-bob "Davlat suvereniteti" deb nomlangan va 1-6-moddalarni o'z ichiga olgan holda , suverenitetimizni qonunan ochib berishga harakat qilingan. Bunga misol tariqasida 5-6-moddalarda O'zbekiston Respublikasi o'z davlat ramzlari va poytaxtiga ega ekanligi keltirib o'tilganligini, yaqqol dalili sifatida esa 3-modda: "O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O 'zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo 'linmasdir." amalda ekanligini keltirib o'tishimiz mumkin. "Respublika" - boshqaruv shakli hisoblanadi.

Bizning yurtimiz boshqaruv shakliga ko'ra, prezidentlik respublikasi hisoblanadi. "Demokratik" deganda esa davlatning siyosiy rejimi nazarda tutilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi demokratiya yo'lidan ketganligini, demokratik davlat ekanligini, demokratiya qonunlariga mos ravishda ichki va tashqi siyosatini olib borishligi nazarda tutilgan.

Davlat siyosiy rejimlari:

• Demokratik

• Antidemokratik

Darvoqe, O'zbekiston Respublikasining demokratik davlat ekanligini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida-alohida boblarda demokratiya shartlariga rioya qiluvchi moddalar birlashtirilganligidan ham anglab yetish qiyin emas. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bo'lim, 2-bobi "Xalq hokimiyatchiligi" deb nomlanib, to'liqligicha xalq hokimiyatini mujassamlashtirishga harakat qilingan. Misol tariqasida 11-moddada "O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi." deb yozilganligini keltiramiz. Bu modda orqali hokimiyat bir qo'lda to'planib qolmaganligini ko'rsatib berishga harakat qilingan.

XULOSA

Konstitutsiyamiz to'liq xalqning irodasini amalga oshirishga qaratilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Davlatning boshqa me'yoriy hujjatlari ham O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmasligi kerakligi ta'kidlangan. Davlat rahbarlari va qonun ishlab chiqaruvchilar ham xalqning foydasini, yurt ravnaqini ko'zlab ish faoliyatini olib borishmoqda. Har bir normativ-huquqiy hujjat va amalga oshirilayotgan har bir islohot tub negizda inson qadrini ulug'lashga qaratilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Adolat nashriyoti - 2021. 13-modda.

2. Karimov I.A. "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" T.I.-T. : O'zbekiston,1996.

3. Aristotel. "Organon". Moskva. 1994-y

4. "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" M. Qirg'izboev: Toshkent "Navro'z" nashriyoti, 2014.

5. FA Ibrohimov Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiyaning zarurati. Academic Research in Educational Sciences, 20206.

6. SI Doniyev, FA Ibrakhimov, IS Joldasov . Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology, 2020

7. FA Ibrohimov, IS Fayziyev. SHAXS MA'NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI. Scientific progress, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.