Научная статья на тему 'HUQUQIY VA SIYOSIY MADANIYAT O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI BARPO ETISHNING ASOSIY BO‘G‘INI'

HUQUQIY VA SIYOSIY MADANIYAT O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI BARPO ETISHNING ASOSIY BO‘G‘INI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
620
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy madaniyat / siyosiy madaniyat / fuqarolik jamiyati / ijtimoiy faollik. / legal culture / political culture / civil society / social activism.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Qurbonova, Marg’uba Boltayevna

Mazkur tadqiqot jarayonida O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy bosqichlari, huquqiy va siyosiy madaniyatni yuzaga keltiruvchi bosqich ekanligi tahlil qilib o’tildi. Yurtimiz mustaqillikka erishgan davrdan boshlab, jamiyat amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qancha islohotlar va tub burilishlarga duch keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL AND POLITICAL CULTURE IS A KEY LINE IN ESTABLISHING CIVIL SOCIETY IN UZBEKISTAN

The study analyzed the main stages of building civil society in Uzbekistan, the stage of creating a legal and political culture. Since gaining independence, our country has faced a number of reforms and radical changes that need to be implemented.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY VA SIYOSIY MADANIYAT O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI BARPO ETISHNING ASOSIY BO‘G‘INI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

HUQUQIY VA SIYOSIY MADANIYAT O'ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI BARPO ETISHNING ASOSIY BO'G'INI

Qurbonova Marg'uba Boltayevna

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot jarayonida O 'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy bosqichlari, huquqiy va siyosiy madaniyatni yuzaga keltiruvchi bosqich ekanligi tahlil qilib o'tildi.

Yurtimiz mustaqillikka erishgan davrdan boshlab, jamiyat amalga oshirilishi lozim bo 'lgan bir qancha islohotlar va tub burilishlarga duch keldi.

Kalit so'zlar: huquqiy madaniyat, siyosiy madaniyat, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy faollik.

ABSTRACT

The study analyzed the main stages of building civil society in Uzbekistan, the stage of creating a legal and political culture.

Since gaining independence, our country has faced a number of reforms and radical changes that need to be implemented.

Keywords: legal culture, political culture, civil society, social activism.

АННОТАЦИЯ

В исследовании проанализированы основные этапы построения гражданского общества в Узбекистане, этап формирования правовой и политической культуры.

С момента обретения независимости наша страна столкнулась с рядом реформ и радикальных изменений, которые необходимо осуществить.

Ключевые слова: правовая культура, политическая культура, гражданское общество, социальная активность.

KIRISH

Xalqimiz o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan erkin fuqarolik jamiyatining shakllantirish metodologik va aniq ijtimoiy-amaliy xususiyatlarni o'zida uyg'unlashtiradigan ko'p qirrali jarayondir. Ko'pchilik tadqiqotlarda "fuqarolik jamiyati" tushunchasi "demokratiya" tushunchasining tarkibiy qismi, uning mazmunini ochib beruvchi "bo'lagi" sifatida talqin etiladi. Fuqarolik jamiyati bilan demokratik huquqiy davlat ajralmasdir, ular mudom bir-birini taqozo etadi, bir-birini to'ldirib, qo'llab-quvvatlab boradi. Demokratiyani tadqiq etuvchi olim Gi Ermening fikricha, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun ma'lum madaniyat zarur.

342

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Xo'sh, aslida fuqarolik jamiyati qanday faoliyat yuritadi? U avvalo huquq shakllari va davlat hokimiyati hamda unga bo'ysunuvchi huquq subyektlari o'zaro munosabatlarining qonuniy xarakterini (huquq va majburiyatlar o'rtasidagi muvozanat) joriy etish, barcha individlarning rasmiy teng huquqliligi va erkinligini, inson va fuqaro huquq va erkinliklarini o'rnatish va kafolatlashga qaratilgan maqsadlarga tayangan holda shakllanadi, faoliyat yuritadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati sharoitidagi ijtimoiy faoliyat, mustabidlik tuzumidan farqli o'laroq, "qonun taqiqlamaydigan hamma ishni qilish mumkin" degan tamoyilga asoslanadi. Agar mustabid tuzum sharoitida hamma narsani davlat boshqarsa va fuqarolarga qonuniy jihatdan taqiqlangan muayyan huquqlarni bersa, fuqarolik jamiyati inson avval-boshdanoq erkin va ozod bo'lib tug'ilganini nazarda tutadi. Ijtimoiy faoliyat jarayonida esa fuqaro bir qancha malaka va ko'nikmalarga ega bo'la boshlaydi. Ularning ichida eng muhimi siyosiy madaniyatdir. Ilmiy-nazariy adabiyotlarda bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib, siyosiy madaniyatga quyidagicha ta'rif berish mumkin: u siyosiy tizim subyektlari bo'lmish siyosiy partiyalar, birlashmalar, jamoalarning davlat hokimiyatini yurgizishdagi ishtiroki chog'ida, shuningdek, siyosiy munosabatlarni tartibga solish borasida qo'llaydigan, tayanadigan, rioya etadigan qadriyatlar, siyosiy g'oyalar, e'tiqod va ramzlar tizimidir. Bundan tashqari, siyosiy madaniyat muayyan millat yoki ijtimoiy jamoaning siyosat olami, siyosiy jarayonlarni amalga oshirishning qonun-qoidalari to'g'risidagi tasavvurlari majmui hamdir.

O'zbekistonda shakllangan siyosiy madaniyatning quyidagi umumiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

- alohida olingan shaxs manfaatlarining davlat va jamiyat manfaatlariga hamohangligi;

- ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat va jamiyatning hal qiluvchi ahamiyatga molik roli e'tirof etilishi;

- hokimiyatga hurmat bilai munosabatda bo'lish an'anasining mavjudligi, rahbarlarning ma'naviy qiyofasiga yuksak talab qo'yish;

- parlament va boshqa vakillik organlarining ijtimoiy hayotdagi roliga e'tiborli munosabatning mavjudligi;

- deyarli barcha siyosiy partiyalar vakillariga xos bo'lgan xislat - o'z g'oya va tamoyillarining to'g'riligiga qat'iy ishonch. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida shakllanayotgan siyosiy madaniyatda o'tmishdagi, hozirgi kundagi va chet ellardagi siyosiy madaniyatning

343

Scientific Journal Impact Factor

ta'sirini ilg'ash qiyin emas. G'arb demokratik mamlakatlarida davlat, jamiyat va shaxsning o'zaro hamkorligida asosan fuqarolik jamiyati va shaxs yetakchilik qilsa, O'zbekistonda bunday uyg'unlik faqat hozirgi bosqichda shakllanmoqda. Bundan tashqari, siyosiy madaniyat bizda hokimiyat uchun kurash tarzida emas, balki ijtimoiy-siyosiy muammolarni davlat, hokimiyat institutlari bilan birgalikda, an'anaviy-axloqiy qadriyatlarga tayangan holda yechish ko'rinishida yuzaga kelmokda.

O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning eng muhim shartlaridan yana biri fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdir.Huquqiy madaniyatning darajasi amaldagi qonun-qoidalarning qanday bajarilishi, hayotga nechog'li tatbiq qilinishi, ularga kundalik turmushda qanchalik rioya etilishiga qarab baholanishi yo belgilanishi mumkin. Biz jamiyat uchun qonun-qoida ijod etib, o'zimizni istisno deb bilsak, taraqqiyotimiz ham istisno bo'lib qolishi aniq.

Huquqiy madaniyatni shakllantirish, undan kelib chiqadigan vazifalarning quyidagi yo'nalishlarini belgilash mumkin:

-milliy qonunchilikni yuksaltirish va qabul qilingan qonunlar, meyoriy hujjatlar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mutlaq muvofiq kelishiga erishish;

-oddiy fuqarodan qonun ishlab chiquvchilargacha — barchaning qonunlarga itoat etishini ta'minlash;

-sudga murojaat qilish ko'nikmasi va madaniyatini shakllantirish; -rahbar xodimlarning, huquq institutlari va organlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

-huquqiy ma'rifat va targ'ibot ishlari muntazam olib borilishini yo'lga qo'yish; -huquqiy madaniyat milliy mafkuraning, umumiy madaniy-axloqiy va ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligidan kelib chiqqan holda ish yuritish;-fuqarolarning nodavlat va jamoat tashkilotlari, ixtiyoriy uyushma va birlashmalarining ijtimoiy-huquqiy hayotdagi faolligini qo'llab-quvvatlash;

Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo'lmaydi. Shu bilan birga zamonaviy fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasiyasi insonning moddiy va ma'naviy extiyojlarini qondirish, munosib turmush tarzini yaratish va insonning erkin rivojlanishiga imkon beruvchi sharoitlarni yaratishdan iborat. Mazkur xolatda davlat o'zida ijtimoiy xarakterini namoyon qiladi, buni biz davlat tabiatining boshqaruv funksiyalarining sezilarli darajada transformatsiyalashuviga olib keluvchi ijtimoiy asos bilan boyiganligida ko'rishimiz mumkin. Ijtimoiylik xususiyatini gavdalantirgan davlat o'zidan "tungi qorovul" vazifasini soqit qiladi va jamiyatning ijtimoiy -

Scientific Journal Impact Factor

О

madaniy va ma'naviy rivojlanishi uchun ma'suliyatni o'z zimmasiga oladi. Ushbu jarayonda fuqarolik jamiyati bir qator muxim ijtimoiy funksiyalarni bajaradi:

- qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayotini o'rganadi va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qatiy reglamentatsiyasidan ximoyalaydi.

- fuqarolik jamiyati assosatsiyalari bazasida ijtimoiy o'z-o'zini boshqarish mexanizmlarini yaratadi va rivojlantiradi.

- fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizmini shakllantirish va sodda ko'rinishga keltirishga ko'mak beradi;

- fuqarolik jamiyati o'z a'zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyasini bajaradi, u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalarga ega bo'ladi.

Milliy mustaqillik yillarida O'zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurish masalasida rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tarixiy tajribasini chuqur o'rganish natijasida fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi "O'zbek modeli" ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Unga ko'ra "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyagi sari" konseptual dastur va O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amaliyotda o'z ifodasini topib bormoqda. Xususan, Yurtboshimiz o'z ma'ruzalarida ta'kidlaganlaridek: "Ma'rifatli dunyoda "fuqarolar davlati" deb gapirilmaydi. "Fuqarolar jamiyati" deyiladi. Davlat - boshqa narsa, fuqarolar jamiyati boshqa narsa. Bunday jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko'ra jamoat tashkilotlarining qadri balandroq turadi. Kuch ishlatuvchi tuzilmalar, vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari davlat tashkilotlari tizimiga kiradi. Jamoat tashkilotlari esa fuqarolarning ixtiyoriy birlashishi asosida tashkil topadi. Biz bunga erishishga harakat qilmog'imiz lozim"

REFERENCES

1. Мамасалиев, М. М., & Нематов, Д. С. (2019). Вопросы использования информационных технологий в высшем образовании. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-4), 70-72.

2. Буриев, И. И., & Мамасалиев, М. М. (2020). Патриотическое воспитание молодого поколения. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

3. Mirzoulug' Mirsaidovich, M., & Buriniyozovna, E. S. (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 100-404.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

о

4. Mamasaliyev, M. M. (2021). THE STATE OF SAHIBQIRAN AMIR TEMUR PHILOSOPHICAL AND ETHICAL ISSUES IN MANAGEMENT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 456-462.

5. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

6. Mamasaliev, M. M. (2020). Main directions of the influence of modern civilization on the spiritual image of the individual. Вестник науки, 3(11), 5-8.

7. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.