Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA OILA NIKOH MUNOSABATLARINING AYRIM JIHATLARI'

YANGI O’ZBEKISTONDA OILA NIKOH MUNOSABATLARINING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila kodeksi / oila tushunchasi / oila terminlari / oila xususiyatlari / islom huquqi / MDH davlatlari / nikoh tushunchasi va nikoh tuzish tartibi.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nasiba Turayeva

Ushbu maqolada oila haqida tushunchalarva ularning turlari, unga ta’riflar, oilaning jamiyat hayotidagi o’rni, O’zbekiston Raspublikasi qonunchiligidagi oila va nikoh masalalari, islomda oila huquqi va nikoh masalalari. g’arb va sharq mutafakkirlarining oila haqidagi fikrlari, boshqa MDH davlatlarida oila huquqlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA OILA NIKOH MUNOSABATLARINING AYRIM JIHATLARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA OILA NIKOH MUNOSABATLARINING AYRIM

JIHATLARI

Nasiba Turayeva

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova

Inagamova

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada oila haqida tushunchalarva ularning turlari, unga ta'riflar, oilaning jamiyat hayotidagi o'rni, O'zbekiston Raspublikasi qonunchiligidagi oila va nikoh masalalari, islomda oila huquqi va nikoh masalalari. g'arb va sharq mutafakkirlarining oila haqidagi fikrlari, boshqa MDH davlatlarida oila huquqlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Oila kodeksi, oila tushunchasi,oila terminlari,oila xususiyatlari, islom huquqi, MDH davlatlari, nikoh tushunchasi va nikoh tuzish tartibi.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida belgilangan bo'lib, u davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan ijtimoiy munosabat hisoblanadi.

Har bir rivojlangan mamlakatning qonunchiligida oila huquq- munosabatlari mavjud bo'lganidek,bizni davlatimiz qonunchiligida ham oila nikoh munosabatlari qonunlar mustahkamlab qo'yilgan. Oila tushunchasiga ushbu qonunchilikda hamda ayrim manbalarda turli xil tushunchalar berilgan:

Oila — nikoh yoki tug'ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a'zolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining turmush sharoitini va bo'sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta'sirida o'zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat o'zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o'rnatadi.

Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o'zida sinovdan o'tkazadi. Yaxshilarini o'z bag'rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o'z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang'ich ijtimoiy yo'nalish beradi. O'z farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qo'shish bilan esa oila jamiyat yo'nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma'rifatini ham

284

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy

belgilashga o'z ta'sirini ko'rsatadi.Shu bois nafaqat mamlakatimizda balki, jahondagi barcha demokratik mamlakatlarda oilani mustahkamlash,xotin-qizlar, bolalar huquqlarini himoya qilish,jismonan va manan sog'lom avlodni tarbiyalash masalalariga e'tibor qaratgan holda BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentyabrida bo'lib o'tgan yig'ilishida "15-may Xalqaro oila kun"i deb e'lon qilingan. Shu kundan beri 15-may "Xalqaro oila kuni" sifatida butun dunyoda nishonlab kelinmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko'plab muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishga qaratilgan. Har yili 15-mayda oilalardagi muammolarni odamlar, jamiyatlar va hukumatlar hal qilishi uchun qanday choralar ko'rilishi kerakligiga oid xabarlar e'lon qilinadi. Shuningdek, bu kun mustahkam oilaviy birlik jamiyat va millatlarni mustahkamlashga qanday yordam berishini namoyish qilish kuni ham hisoblanadi. Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a'zolari o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o'sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi ma'naviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bizga ma'lum oila munosabatlariga nikoh qayd etilishi bilan kirishilgan hisoblanadi.Bundan kelib chiqadiki, biz oila tushunchasi bilan bir qatorda nikoh tushunchasini ham o'rganishimiz lozim.1

Nikoh-ikki jins vakillarining o'zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo'lgani bois, u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha ko'rinishda bo'lgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qo'yiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.

Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15, erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, Germaniyada esa 16 va 21, AQShda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan o'tishda bo'lajak er-xotinning mol-mulki to'g'risidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning uchun nikoh shartnomalari tuziladi2

Nikoh va oila munosabatlari barcha mamlakatlar singari, O'zbekiston Respublikasida ham qonunuchilik bilan tartibga solinadi.Avvalambor, davlatimizdagi

1 Inagamova M.M. Oila Nikoh munosabatlarida mahalla institutining tashkiliy-huquqiy jihatlari // Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - B. 48-55

2 Vikipediya ochiq ensiklopediya nikoh to'g'risidagi maqola//https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikoh

2024-yil, 7-dekabr

285

barcha huquq sohalarining manbayi hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya o'rganilsa, unda ham oila munosabatlari mustahkamlangan.

O'zbekiston Respublikasida oila to'g'risidagi qonunchilikning vazifasi O'zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida belgilab o'tilgan:

"Oila to'g'risidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo'ymaslikdan, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta'minlashdan iboratdir"

Oila nikoh tuzilishi orqali tuziladi. Nikoh tuzish tartibi ham kodeksning 13-moddasida mustahkamlangan:

-Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi;

-Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas;

-Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi;

-Uzrli sabablar bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin;

-Alohida hollar (homiladorlik, bola tug'ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin;

-Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

Demografiya statistikasi- Ijtimoiy iqtisodiy statistika sohalaridan biri bo'lib, aholi soni, tarkibi, aholi yoki uning guruhlari joylashuvi va takror hosil bo'lishi bilan bog'liq ma'lumotlarni statistic usullardan foydalangan holda yig'ish, qayta ishlash, ifodalash va tahlil qilish faoliyati bilan shug'ullanadi.

Ushbu 2024- yil yanvar-mart dastlabki statistikasiga ko'ra qayd etilgan nikohlar soni 48 582tani tashkil etgan bo'lsa , nikohdan ajralishlar soni- 11 481 nafarni, bu ko'rsatgich har bir mingta aholi foiz ko'rsatkichini oladigan bo'lsak qayd etilgan nikohlar -5,3 foizni, nikohdan ajralishlar 13 foizni , har 1000 ta nikohga to'g'ri keladigan ajrimlar ko'rsatgichi 236,3 foizni tashkil etgan. Quvonarlisi ushbu ko'rsatgich 2023 yilga nisbatan 26, 7 foizga kamaygan3.

Ma'lumki, O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga (MDH) a'zo davlatlari qatoriga kiradi. Bu tashkilotga 9 ta mustaqil davlat a'zodir: Armaniya ,

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistikasi agentligining ma'lumotnomasi // https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar

2024-yil, 7-dekabr

286

Belarussiya, Moldova, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston, Russiya, Tojikiston, O'zbekiston.

Yuqorida nomlari keltirgan davlatlarda ham oila instituti huquqiy jihatdan tartibga solingan bo'lib mazkur jarayonni tahlil qilamiz.

Hususan, Ozarbayjon oila huquqi-Ozarbayjonning Oila kodeksida qayd etilgan. Nikoh va ajralishning huquqiy holati, ota-onaning huquq va majburiyatlari, er va xotinning birgalikdagi mulkining huquqiy holati, nikoh shartnomasi, nikohgacha bo'lgan mulkni tartibga solish, bolalarning huquqlari va bolalarni tarbiyalash, aliment undirish, farzandlikka olish va ular bilan bog'liq oilaviy munosabatlar masalalari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bir qator hollarda chet elliklar Ozarbayjon Respublikasida yoki Ozarbayjon fuqarolari bilan o'z huquq va majburiyatlarini, nikoh davomida olingan mol-mulkka nisbatan qo'llaniladigan umumiy mulkiy holatini bilmagan holda nikoh quradilar. Shu sababli, nikohga kirishdan oldin, shuningdek, ajralish yoki bolaning vasiyligi bo'yicha nizolar boshlanishidan oldin tegishli yuridik maslahat olish tavsiya etiladi.

Ozarbayjonda turmush qurish tartibi va u uchun qadamlar va maslahatlar: - nikohga kirishdan oldin taraf boshqa tomonning nikohi haqiqiy emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu talab nafaqat Ozarbayjonda, balki dunyoning istalgan nuqtasida qayd etilgan nikohni ham qamrab oladi;

- nikohga kirishdan oldin tomonlar sanab o'tilgan kasalliklarning tashuvchisi emasligiga ishonch hosil qilish uchun qon tahlilini o'tkazish;

- nikoh shartnomasi / mulkiy shartnoma rejimi bo'yicha kelishuv. Bu shartnomada taraflarning nikohgacha bo'lgan mol-mulki, nikoh davomida orttirilgan mol-mulkning taqsimlanishi (qonunga ko'ra bu bo'linish 50%/50%), er va xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan oldingi majburiyatlari ko'rsatilgan. nikohdan keyin esa qarzlar, bolalarga nisbatan huquqlar va vazifalar va boshqa muhim qoidalar aks ettirilishi kerak;

- nikohni qayd etish va nikoh shartnomasini tuzish;4

Bundan ko'rinib turibdiki, Ozarbayjon oila huqqi hamda O'zbekiston oila huquqida nikoh tuzish tartibi deyarli bir xil. Mening fikrimcha, bunga sabab bu davlat aholisi ham musulmon ekanligi.

Xulosa qilib aytganda, oila - jamiyatning asosiy bo'g'ini, muqaddas maskan hisoblanadi va tarbiya oiladan boshlanadi. Bu Davlatimiz bosh qomusi Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasida, hamda O'zbekistonimiz boshqa qonunchilik hujjatlarida ham belgilangan. Nikoh tuzish ixtiyoridir, ammo diniy rasm-rusum asosida tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas bu esa O'zbekiston Respublikasi Oila

' Ozarbayjon huquqiy markazi ma'lumotnomasi// https://www.caspianlegalcenter.az/

2024-yil, 7-dekabr

287

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

kodeksida mustahkamlangan. Shunday ekan oilani saqlab qolishga, hamda uning parchalanishiga yo'l qo'ymaslikka, yurtimizda ajrashishlar bo'lmasligiga hamma bir xil mas'uldir.

1 Inagamova M.M. Oila Nikoh munosabatlarida mahalla institutining tashkiliy-huquqiy jihatlari // Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - B. 48-55

2 Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to'g'risida Vazilar mahkamasi qarori 20.10.2023 550 - son

3 Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

4 Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

5 Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

6 Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

7 Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistikasi agentligining ma'lumotnomasi PQ - 114 - son

REFERENCES

288

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkeni™iaie™Lans^heConSmmmOn—JiOrHmman—ignmy

Ozarbayjon huquqiy markazi ma'lumotnomasi

9. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

10. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

11. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

12.Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

13. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

289

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.