SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
NEGA NIKOH YOSHI 18 YOSH ETIB BELGILANGAN?
Dilbek Otabek o'g'li Rayimov
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada O'zbekiston qonunchiligidagi nikoh masalasi qay tarjada to'g'ri talqin qilinganligi keltirilgan. Shuningdek, nega nikoh yoshi 18 yosh etib belgilanganligi, chet davlatlarning bu masalada yosh chegarasi qanaqa ekanligi, erta nikoh tuzish va buning oqibatida kelib chiqadigan ko'plab salbiy oqibatlar tahlil qilingan va bu muammolarni yechishda qonunchilikka takliflar keltirilgan.
Kalit so'zlar: nikoh, yosh, bola, qonunchilik, huquq, javobgarlik, ajrim
ABSTRACT
This article presents the correct interpretation of the issue of marriage in the legislation of Uzbekistan. Also, why the marriage age is set at 18 years, what is the age limit of foreign countries in this matter, early marriage and many negative consequences arising from it are analyzed, and proposals for legislation to solve these problems are presented.
Key words: marriage, age, child, legislation, law, responsibility, decision
Har bir inson voyaga yetar ekan, albatta nihok tuzish ijtimoiy munosabatiga duch kelishadi. Nikoh tuzish - bu har bir insonning shaxsiy huquqi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 3-moddasida keltirib o'tilganidek, nikoh tuzish chog'ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14-moddasi ikkinchi qismida ham nikoh tuzish uchun bo'lajak er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Bu normaga amal qilmaslik esa javobgarlikka sabab bo'ladi.
Bu huquq O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ham nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi deb belgilanib qo'yilgan. Avvalo, nikoh atamasiga ta'rif beradigan bo'lsak, nikoh arabcha nikah so'zidan olingan bo'lib, ikki jins vakillarining o'zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq1 degan ma'noni anglatadi. Nikoh munosabatlari faqatgina axloq normalari bilan emas, bu
1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikoh
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
alohida qonunchilik asosida tartibga solinadi. O'zbekiston qonunchiligidan nazar tashlaydigan bo'lsak, nikoh munosabatlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi kabi qonunlar, shuningdek bu munosabatlarga oid qabul qilingan bir qancha qonunosti hujjatlari tartibga soladi. Nikoh tuzishda yosh chegarasi O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasida nikoh yoshi ayollar va erkaklar uchun 18 yosh etib belgilangan. Ushbu moddaning ikkinchi qismida uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin deb belgilanib qo'yilgan. Demak qonunchilik bo'yicha 17 yoshda ham nikoh tuzish mumkin. Shu paytda tabiiyki bir savol tug'ilishi mumkin.
17-18 yoshda ayol va erkak qay darajada nikohga tuzishga tayyor bo 'lishadi?
Qonunchilik jihatidan yondashadigan bo'lsak, 18 yoshga to'lgan har bir fuqaro nikoh tuzishi mumkin. Bu yoshda biologik jihatdan inson to'liq shakllangan va nihoh tuzishga tayyor bo'ladi. Bu yoshda nihoh tuzish qonuniy hisoblanadi va qonunda belgilangan holatlardan tashqari nihoh tuzishga cheklovlar mavjud bo'lmaydi. Mustasno holatlarni sanaydigan bo'lsak, Fuqarolik kodeksining 16-moddasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydigan holatlar belgilanib qo'yilgan: Nikoh tuzishga:
loaqal bittasi ro'yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o'rtasida; nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o'rtasida yo'l qo'yilmaydi.
Hozirgi kundagi ajrim holatlarining aksariyat ko'pchilik qismini erta nikoh tuzish va uning oqibatida kelib chiqadigan oilaviy muammolar, bir-birini tushunmaslik holatlari tashkil qilmoqda. Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga qaraganda 2022-yilning yanvar-iyul oylarida respublika bo'yicha 28 507 ta nikohdan ajralish holatlari shuningdek, birgina 2022-yil avgust oyida esa respublika bo'yicha 4123 ta nihohdan ajralish holatlari qayd etilgan . Bu ko'rstkich oydan-oyga, yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ajrim holatlarining sabablarini o'rganganda, muammoning ildizi yosh nikoh tuzganligga borib taqaladi.
Qonunchilikda nikoh tuzish yoshi 18 yosh etib belgilansada, lekin amalda bu normaga amal qilmagan holda, qonuniy nikoh tuzmay, diniy asosda nikoh tuzish
2 https://uzreport.news/society/maqtanib-bolmaydigan-statistika-avgust-oyida-4123-ta-airim-holati-qayd-etildi
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
holatlarini ham ko'rishimiz mumkin. Qonunchilikda fuqarolik nihohi qonuniy rasmiylashtirib, diniy marosimlarga rioya qilinmaydi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega hisoblanmaydi deb belgilanib qo'yilgan. Oila kodeksida nikoh tuzish tartibi belgilanib qo'yilgan. Unga ko'ra:
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
Alohida hollar (homiladorlik, bola tug'ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun
-5
belgilangan tartibda amalga oshiriladi .
Shu o'rinda balkim nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi degan qismga ham o'zgartirish kiritish kerak. Negaki, ushbu bir oy davomida nikohlanuvchilar bir-birini to'liq o'rganmasligi mumkin. Agarda bu muddatni uzaytirsa, nikohlanuvchilar nikoh tuzish bo'yicha bergan arizalarini qaytarib ham olishi, ya'ni nikoh tuzish harakatidan qaytishi ham mumkin. Bu borada chet el tajribasini o'rganadigan bo'lsak, Rossiya (1 oydan kam bo'lmagan va 12 oydan ko'p bo'lmagan muddatda), Armaniston (1 oydan kam bo'lmagan 3 oydan ko'p bo'lmagan), Ozarbayjon va Qozog'iston (1 oy muddatda) hamda boshqa ko'plab mamlakatlarda nikoh tuzishda tegishli muddatlar saqlanib qolgan4.
Yurtimizda voyaga yetmagan qizlar hali nikoh tuzishga tayyor bo'lmasdan, nikoh tuzmoqda va buning oqibatida tez fursatda ajrashishmoqda. Ajrim holatlarining ham ko'pchiligini shu kabi holatlar tashkil qilmoqda.
Statistikaga qaraydigan bo'lsak, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari Mukarram Nurmatovaning 2018-yilda Xalqaro Press-klubning FHDYo organlari faoliyatiga bag'ishlangan sessiyasi doirasida bergan intervyusiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonda ajrim ko'rsatkichlari 2017-yil 2016-yilga nisbatan biroz oshgan, biroq ayrim hududlarda bu ko'rsatkichlar pasaygan5.
2022-yilga kelib esa 2022 yilning 1 iyun holatiga FHDY organlari tomonidan respublika bo'yicha 20 798 ta ajrim qayd etilgan. Adliya vazirligi xabariga ko'ra, bu
3 https://lex.uz/docs/-104720
4 https://www.trt.net.tr/uzbek/dasturlar/2022/08/10/12345678910-1865669
5 https://kun.uz/uz/news/2018/07/04/azrimlarning-asosii-sabablari-akida-malumot-berildi
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 700 taga ko'paygan. Demak, yildan yilga ajrimlar soni ko'paysa ko'paymoqdaki, lekin pasaymayapti6.
Shuningdek, yana bir nikoh turlaridan biri bu majburiy nikoh hisoblanadi. Bunda tomonlardan bir (ayniqsa ayollar) o'zlari istamagan erkak bilan nikoh tuzishga majbur bo'lishadi (odatda ota-onalar tomonidan) va bu ittifoq inson huquqlarini himoya qilmaydi va qullikning bir shakli hisoblanadi. Bugungi kunda bu Osiyo va Afrika
n
mintaqalarida ko'plab mavjud .
Demak bu Osiyo mintaqasidagi bizning davlatda ham bu holatlar uchraydi. Ota-onaning xohishi bilan nikoh tuzish oqibatida birgina ajrim holatlari emas, bir qancha salbiy va o'ta salbiy holatlar kelib chiqmoqda. Ya'ni ba'zi bir erkak kishilar ayoliga nisbatan unga buyum sifatida qarab, uni o'zi xohlagancha boshqarmoqda, ishlatmoqda. Bu munosabat ba'zida o'lim holatigacha bormoqda. Birgina ota-onaning xohishi bilan nikoh tuzishni tahlil qiladigan bo'lsak, ayolga nisbatan jismonan va ruhan tazyi qlar, oqibatda o'lim holatlari va bu harkatdan so'ng keladigan erkak kishiga nisbatan jazo chorasi sifatida qamoqqa olinishi, ushbu voqealar bolalarga ruhiy zarba bo'lib, bolalarning kelajagini ham barbod qilmoqda. Ruhiy zarba olgan bolalar kelajakda o'zi bilmagan holda ko'plab jinoyatlarni sodir qilish holatlari ham afsuski haqiqat. Shunchaki erta va majburan nikoh tuzish oqibatlari birgina oilaga emas, aksincha jamiyatga, davlatga juda ko'plab muammolarni yaratib bermoqda. Shu sababli ham nikoh tuzish masalasiga alohida, jiddiy yondashmas ekanmiz, bu kabi holatlarning hech ham oldini ololmaymiz.
Nega nikoh yoshi etib 18yosh belgilangan?
Nega O'zbekiston Respublikasida nikoh yoshi etib 18 yosh belgilangan? Bunga sabab nimada? Chet davlatlarda nikoh yoshi necha yosh hisoblanadi?
Nega O'zbekistonda nikoh yoshi 18 yosh degan savolga, 2019-yilgacha qonunchilikda nikoh yoshi ayollarga nisbatan 17 yosh erkaklarga nisbatan esa 18 yosh etib belgilangan edi. Chet davlatlar tajribasini kuzatganimizda erkak va ayolga nisbatan bir xil yosh chegarasi belgilanib qo'yilgan. Jumladan Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikalarida nikoh yoshi 18 yosh, Yaponiya va Janubiy Koreyada 20 yosh, Malayziya kabi davlatda esa 21 yosh etib belgilanib qo'yilgan. Bu yosh chegarasidir, ya'ni eng minimal yosh chegarasi. Ammo bizning xalqimiz orasida ko'pchilik bu yoshni nikoh tuzish yoshi ya'ni shu yoshda nikoh tuzishi kerak deb tushunishadi. Afsuski bu norma bu tarzda tushunilmasligi kerak. Har bir davlat nikoh yoshini belgilashda o'zining milliy shart -sharoiti, aholisining yashash sharoitlari, sog'ligi va yana bir qancha omillarni hisobga olib yosh chegarasini belgilaydi va buni qonunchilikka kiritadi. Bu yosh chegarasini
6 https://kun.uz/uz/news/2022/06/13/1-iyun-holatiga-qayd-etilgan-airimlar-soni-20-mingdan-oshdi
7 https://uz.warbletoncouncil.org/tipos-de-matrimonios-936
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
xalq fikrlashi kerak, hech qachon 18 yosh bo'ldi deb nikoh tuzishi kerak emas. Xalqimizning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishimiz zarur. Chunki bizning davlatda maktab yoshi etib 7 yosh belgilangan. 11 yillik umumiy-o'rta ta'lim majburiy hisoblanadi. Demak, bola 18 yoshga to'lganda umumiy-o'rta ta'limni tugatgan hisoblanadi va u shu yoshdan boshlab voyaga yetgan hisoblanadi. Chunki qonunchiligimizda ham, xalqaro huquqda ham 18 yoshga yetmaganlarning barchasi bola deb tan olingan. Shu o'rinda savol tug'iladi, bola 18 yoshga to'lganda endigina maktabni tugatgan bo'ladi va u bu vaqtda qay darajada nikoh tuzishga tayyor hisoblanadi? Yangi qabul qilinishi kutilayotgan Konstitutsiyamizning 51-moddasida har bir fuqaro davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli deb belgilangan. Ayol kishining 18 yoshda nikoh tuzishi va nikohdan so'ng ayolning bu huquqi qay darajada amalga oshishi mumkin. «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari Hamid Abdurahmonov AOKAda bo'lib o'tgan brifingda xabar berdi. Uning aytishi bo'yicha oila qurgan ayollar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilgan. So'rovnomada respondentlarga «oila qurganingizdan keyin o'qishingizni davom ettirdingizmi?», deya savol bilan murojaat qilinganida, so'rovda ishtirok etganlarning faqat 37,6 foizi o'qishlarini davom ettirganligini ta'kidlagan. 17,1 foizi davom ettirishni o'zlari xohlamagan, 25,6 foiziga turmush o'rtoqlari ruxsat
Q
bermagan, 13,3 foizining o'qishlariga esa qaynona-qaynotalari ruxsat bermagan . Bu yosh chegarasi shu yoshda nikoh tuzishi kerak degani emas, bemalol 19, 20, 21 va hokozo yoshlarda ham nikoh tuzish mumkin. Ammo ko'ryapmizki, qanchadan-qancha targ'ibot-tashviqotlarga qaramasdan, ayollarning erta nikoh tuzish holatlari hali hamon davom etmoqda.
Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra 2020-yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan bu 2019-yilga nisbatan 97 foizga kamaygan. Buning asosiy sabablaridan biri 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani, tuman, shahar xokimi tomonidan nikoh yoshini 1 yilga kamaytirishga ruxsat berilgan nikohlar qayd etilganligi bilan izohlandi9.
Shu sababdan bu muammolarni kamaytirish uchun, qonunchilikka o'zgartirish kiritish eng maqbul yo'llardan biri hisoblanadi. Agarda qonunchiligimizga o'zgartirish kiritilib, nikoh yoshi chegarasi ko'tarilsa, odamlar qonunga bo'ysungan holda nikoh tuzgan bo'lar edi.
Ammo bu yerda yana bir muammo mavjud. «Lekin amaliyot aksariyat holatlarda erta nikoh yashirin tusga egaligini ko'rsatishini unutmasligimiz darkor», — deydi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari Hamid Abdurahmonov. Ta'kidlanishicha, erta nikoh holatlari respublikaning barcha
8 https://www. gazeta.uz/oz/2021/06/03/young-marry/
9 https://www. gazeta.uz/oz/2021/06/03/young-marry/
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
hududlarida tarqalmagan, asosan Urgut, Samarqand, Pastdarg'om, Kattaqo'rg'on, Denov, Shahrixon tumanlari hamda Namangan, Samarqand va Andijon shaharlarida ko'p qayd etilgan10.
Ba'zida ko'rishimiz mumkinki, bir qancha viloyatlarimizda bolalarning oila qurishini ota-onalar yoshligidan, 13-14 yoshligidan hal qilib qo'yishadi. Qayd etilishicha, 2021 yilning fevral oyida Urgut, Samarqand tumanlari va Samarqand shahrida kelinlar o'rtasida sotsiologik tadqiqot o'tkazilgan. Unga ko'ra, erta nikohning sabablari — ota-onalar (70 foiz), sevgi-muhabbat (26 foiz), erta homila (3,4 foiz), diniy qarashlar (1,5 foiz) kabi omillar bo'lgan. Bu kabi holatlar uchun «BMTning „Aholishunoslik jamg'armasi" tomonidan mazkur tadqiqotga katta qiziqish bildirildi. 2021 yil iyun-iyul oylarida „Aholishunoslik jamg'armasi" bilan hamkorlikda „Mahalla va oila" ilmiy-tadiqiqot instituti tomonidan erta turmush va erta tug'ruq holatlarining eng ko'p qayd etilayotgan Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari, Namangan va Toshkent shahrida yoshlar, ota-onalar, ekspertlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tadqiqot o'tkazish rejalashtirilgan», — deydi Hamid Abdurahmonov. Shu sababdan bu kabi holatlarning oldini olish uchun, aholi o'rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni ko'tarishimiz, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishimiz va shuningdek qonunchilikda bu sohaga ba'zi bir o'zgarish va qo'shimchalar kiritishimiz kerak.
Foydalanilgan manbaalar:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi
3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi
4. https://uzreport.news/society/maqtanib-bolmaydigan-statistika-avgust-oyida-4123-ta-ajrim-holati-qayd-etildi
5. https://kun.uz/uz/news/2022/06/13/1-iyun-holatiga-qayd-etilgan-airimlar-soni-20-mingdan-oshdi
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikoh
7. https://uz.warbletoncouncil.org/tipos-de-matrimonios-936
8. https: //kun. uz/uz/news/2018/07/04/azrimlarning-aso sij-sabablari-akida-malumot-berildi
9. https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/03/young-marry/
10. https://www.trt.net.tr/uzbek/dasturlar/2022/08/10/12345678910-1865669
10https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/03/young-marry/