Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat imiji / virtual qabulxona / oshkoralik / jamoatchilik nazorati / ochiq ma’lumotlar / ochiqlik indeksi / State image / virtual reception portal / transparency / public control / open data / openness index

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Madaminov, Obidjan Zoirjon O‘g‘li

Maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat imijini shakllantirishda davlat organlari faoliyatining ochiqligi, hisobdorligi hamda yuqori davlat hokimiyat organlari va fuqarolar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning ahamiyati masalalari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSPARENCY OF ACTIVITIES OF STATE BODIES IN FORMING THE STATE IMAGE IN NEW UZBEKISTAN

The article reveals the issues of transparency and accountability of the activities of state bodies and the importance of direct communication between higher state authorities and citizens in the formation of the state image in the conditions of New Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI»

Research BIB / Index Copernicus

YANGI O'ZBEKISTONDA DAVLAT IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI

Maqolada Yangi O'zbekiston sharoitida davlat imijini shakllantirishda davlat organlari faoliyatining ochiqligi, hisobdorligi hamda yuqori davlat hokimiyat organlari va fuqarolar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqotning ahamiyati masalalari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Davlat imiji, virtual qabulxona, oshkoralik, jamoatchilik nazorati, ochiq ma 'lumotlar, ochiqlik indeksi

The article reveals the issues of transparency and accountability of the activities of state bodies and the importance of direct communication between higher state authorities and citizens in the formation of the state image in the conditions of New Uzbekistan.

Key words: State image, virtual reception portal, transparency, public control, open data, openness index

Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan va Yangi O'zbekistonni barpo etishga poydevor yaratayotgan tom ma'nodagi tarixiy yuksalishlar nafaqat xalqimiz tomonidan, balki keng dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e'tirof etilmoqda. Bu tashabbuslar negizida esa nafaqat milliy manfaatlar, balki umumjahon manfaatlari va barqarorlikka chaqiriqlar yotadi. O'zbekiston o'zining tarixiy missiyasini to'laqonli anglagani holda demokratik islohotlarni olib bormoqda hamda bu islohotlar ortga qaytmas tarixiy tus olib ulgurgan. Demokratik taraqqiyot va O'zbekistonning barcha sohalardagi siyosiy tashabbuslari - uning davlat imijini yuksalishiga poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Davlat imiji bu, eng avvalo, o'zga xalqlar, mamlkatlar va xalqaro tashkilotlarning u yoki bu davlat haqidagi tasavvuridir. U tarixiy voqealar, madaniy meros, iqtisodiy kuch, siyosiy barqarorlik, inson qadr-qimmati va kelajakka intilishi kabi ko'plab mezonlarni qamrab oladi. Ijobiy imij davlatning obro'-e'tibori va

Madaminov Obidjan Zoirjon o'g'li

Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Urganch, Xorazm, O'zbekiston obidj onzoirj onovich@gmail .com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

nufuzini oshiradigan bo'lsa, salbiy imij esa uning ta'siri va ishonchliligiga to'sqinlik qilishi mumkin.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" doirasida yurtimizda izchil amalga oshirilgan islohotlar o'z samarasini ko'rsatib, xususan, O'zbekistonning xalqaro tarixiy-siyosiy jarayonlardagi pozitsiyasini mustahkamlashda erishilgan natijalar "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"ga mustahkam poydevor yaratdi. Qolaversa, amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi ijobiy tarixiy o'zgarishlar mustaqil O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi - imijini ortishiga xizmat qilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yangi bosqich xalq va davlat boshqaruvi, saylangan vakillari organlari muloqotining prinsipial jihatdan yangi mexanizmlari joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning institusional, tashkiliy va huquqiy asoslarini tubdan qayta ko'rib chiqish mamlakat davlatchiligi uchun noyob tajriba bo'ldi. Sh.Mirziyoyevning tarixiy ishlaridan biri 2016 yil 24 sentyabrda Bosh vazir virtual qabulxonasining ochilishi bo'lib, u keyinchalik O'zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga aylantirildi (pm.gov.uz). Hukumat rahbari va xalq o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatildi. Virtual qabulxona davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga munosabatini tubdan o'zgartirdi1.

O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi Qonuni bilan barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o'z faoliyati ochiqligini ta'minlashi qat'iy belgilab berilgan.

Aholining ushbu huquqlarini ro'yobga chiqarish uchun bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayon mamlakatlarga davlat xizmatining barcha jabhalarida inson omilini kamaytirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlashga qaratilgan izchil islohotlarni amalga oshirishga imkon bermoqda.

So'nggi yillarda O'zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan boshlangan islohotlar natijasida davlat idoralari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta'minlovchi, shuningdek jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oshirilib, ushbu yo'nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi tubdan takomillashtirildi. Xususan, davlat organlari va

1 Узбекистан тарихи. (Энг кадимги даврлардан бугунги кунгача) I жилд [Матн] / А.Аскаров [ва бошк.]. -Т.: «Маънавият», 2022. - Б. 390.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

tashkilotlari tomonidan ochiq e'lon qilinishi lozim bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlarning qat'iy ro'yxati tasdiqlanib axborotlar joylashtiriladigan resurs, yangilab borish muddati va mas'ul ijrochilar aniq belgilab berildi.

Shu kabi, 14.06.2022-yildagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-154-son farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi2 joriy etildi.

Yoki, Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksga Qonun bilan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritlib, unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Yana bir muhim jihat, bugungi kunda davlat idoralarining ochiqligini ta'minlash maqsadida barcha sohalarda onlayn platformalar imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Shu jumladan:

-normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik

muhokamasidan o'tkazish tizimi joriy etildi (regulation.gov.uz);

-davlat budjeti va qarzi, shuningdek, davlat xaridlari to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish va real vaqt rejimida kuzatish imkonini ber uvchi onlayn platformalar (openbudget.uz, xarid.uzex.uz, etender.uzex.uz) ishga tushirildi;

-ochiq ma'lumotlar portali (data.egov.uz) faoliyati sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilib, davlat xaridlari, patentlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro'yxatga olish, jamoat transporti harakati, yer resurslaridan foydalanish va shu kabi boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma'lumotlar onlayn rejimda Ochiq ma'lumotlar portaliga e'lon qilib borilmoqda.

-aholi uchun davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha yag ona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushirilib, bugungi kunda aholiga 400 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn tarzda ko'rsatilmoqda;

-davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko'rsatiladigan elektron davlat xizmatlari portali (my.soliq.uz) ishga tushirildi;

-litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko'rsatish uchun "Litsenziya" axborot tizimlari majmuasi (licence.gov.uz);

-"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portali (meningfikrim.uz) faoliyati yo'lga qo'yildi;

2 https://www.lex.uz/ru/docs/-6066512 / O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2022 yildagi PF-154-sonli Farmoni

Research BIB / Index Copernicus

-davlat aktivlarini realizatsiya qilish, ko'chmas mulk, avtotransport vositalari sotish, yer uchastkalaridan foydalanish huquqini olish va boshqa bir qator masalalar onlayn auksion savdolari (e-ijro.auksion.uz) orqali olib borilmoqda;

-Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimi (e -qaror.gov.uz) ishga tushirildi;

-sudlarda ko'rilgan ishlar bo'yicha qabul qilingan sud hujjatlari bilan onlayn tartibda (decisions.esud.uz) tanishish imkoniyati yaratildi;

-Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, xalq deputatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari hamda tuman shahar kengashlari sessiyalarini jonli efirga uzatish amaliyoti yo'lga qo'yildi;

-oliy ta'lim muassasalari va Prezident ta'lim muassasalari kirish imtihonlari (test va ijodiy imtihonlar) jarayonlari to'liq jonli efirga uzatib borilmoqda.

Sanab o'tilgan misollarning barchasida tegishli ijtimoiy munosabatlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning keskin kamayganligini ko'rishimiz mumkin. 2022-yilda Davlat rahbari ushbu jarayonlar haqida Oliy Majlisga murojaatnomada quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edilar: "Vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon bo'ladi."3

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlash borasida amalga oshirilgan islohotlarning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu yo'nalishda davlat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish, doimiy monitoring qilish va ularning qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiyatlari hisobini yuritish alohida organ - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuklatildi.

Agentlikka yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

Birinchidan, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlarini sohadagi ko'nikmalarini oshirish maqsadida keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot tadbirlari o'tkazildi.

2022-yil davomida deyarli barcha hududlarda tuman, shahar va viloyat hokimligidagi mas'ullar uchun 40 ga yaqin uchrashuv va o'quv seminarlari tashkil etilgan holda 300 dan ortiq davlat xizmatchilarining bilim va ko'nikmalarini oshirish ta'minlandi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda davlat organlarining ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlarini onlayn o'qitishga

3 Xalq so'zi gazetasi, 21.12.2022. № 272. - E. 1-3

Research BIB / Index Copernicus

mo'ljallangan "Ochiq ma'lumotlar" ta'lim platformasi (data.anticorruption.uz) ishlab chiqildi. Bugungi kunda platforma o'quv moddulari bilan to'ldirilmoqda.

Ikkinchidan, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini joriy etishga ko'maklashib kelmoqda. Bu yo'nalishdagi eng asosiy vazifa — OAV orqali fuqarolarda ochiq ma'lumotlardan foydalanish madaniyatini singdirish hisoblanadi.

2022-yil davomida ochiqlikni ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan mahalliy televideniye orqali 70 dan ziyod reportajlar, 12 ta davra suhbati formatidagi teleko'rsatuvlar efirga uzatildi. Internet nashrlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiqlangan ma'lumotlar asosida 250 ga yaqin xabarlar va jurnalistik surishtiruvlar e'lon qilindi.

Uchinchidan, Agentlik tomonidan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlarni o'z vaqtida belgilangan resurslarda joylashtirib borilishi ustidan doimiy monitoring o'tkazish tizimi yo'lga qo'yildi.

Natijada, davlat organlari faoliyatiga tegishli jami 950 dan ziyod ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan ochiq ma'lumotlar to'plamlari belgilangan resurslarda joylashtirib, doimiy yangilab borish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, ularning jamoatchilik oldida hisobdorlik madaniyatini yanada yuksaltirish yo'lidagi muhim qadamlardan yana biri bu mamlakatda "Ochiqlik indeksi" joriy etilishi bo'ldi.

Ochiqlik indeksining joriy etilishi sohada samaradorlik va natijadorlikni aniq maqsadli indikatorlar asosida reyting baholash bilan bir qatorda, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga quyidagi ilg'or xalqaro standartlarga asoslangan zamonaviy mexanizmlarni keng joriy etish imkonini bermoqda.

Indeksni yuritish jarayonlarining yanada shaffofligini ta'minlash maqsadida Ochiqlikni ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasi tuzildi va komissiya a'zolari qatorida NNT vakillari ham faoliyat yuritmoqda.

2022 yil uchun "Ochiqlik indeksi" o'tgan yilning ikkinchi yarmini qamrab olingan davri uchun baholanib, Metodikada belgilangan 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.

Indeksni baholash tizimi to'liq raqamlashtirilgan ho lda, keng jamoatchilikka sohadagi amalga oshirilgan ishlarning samaradorlik va natijadorlik

Research BIB / Index Copernicus

ko'rsatrichlarini "index.anticorruption.uz" platformasi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi.

O'zbekistonda davlat idoralari ochiqligini ta'minlashga qaratilgan islohotlarning samarasi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e'tirof etilmoqda.

Xususan, O'zbekiston ochiqlikni ta'minlash asosiy indikatorlardan biri bo'lgan qator xalqaro reyting va indekslarda o'z pozitsiyasini sezilarli yaxshilashga erishdi.

Misol uchun, "Open data watch" xalqaro tashkilotining reytingida indeksida O'zbekiston joriy yilda 2020-yildagiga qaraganda 129-pog'onaga ko'tarilib, 40-o'rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo'nalish bo'yicha ko'rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Yoki, 2022 yilda Global ma'lumotlar barometri (The Global Data Barometer - GDB) reytingida O'zbekiston 32 ball to'plab, dunyoda 58-o'rinni egalladi.

"Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi"ning 2022-yilga hisobotiga asosan O'zbekiston dunyoda eng yuqori (Very High OGDI) ko'rsatkichga ega bo'lgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. "Open Data Inception" ma'lumotiga ko'ra, 2022 -yil O'zbekiston jahon mamlakatlari orasida ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha dunyoda 4-o'rinni egalladi.

Xuddi shuningdek, "Transparency International" xalqaro tashkilotining 2022 -yil uchun "Korrupsiyani qabul qilish indeksi"ning yangilangan reytingida O'zbekiston 2021-yilga nisbatan 14 pog'onaga ko'tarilib, 180

mamlakat orasida 126-o'rinni egalladi.4 Mazkur reytingda O'zbekiston o'rnining ko'tarilishiga asosiy sabablardan biri sifatida aynan ochiqlikni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rsatib o'tish mumkin.

Davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha tajriba almashish va hamkorlik yo'nalishlarini kengaytirish maqsadida 2023 -yilning 17-may kuni Buxoro shahrida "Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi" o'tkazildi. Ushbu Forum yakunida berilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida "Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi" tavsiyalari qabul qilindi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda ochiqlikni ta'minlashga doir samarali siyosatni ishlab chiqish, ayni yo'nalishdagi chora-tadbirlar natijadorligini baholash va sifatini oshirish masalalarida ham o'zaro fikr almashib borishga kelishib olishdi.

4 Transparency international global corruption index https://www.transparency.org/en/countries/uzbekistan

Research BIB / Index Copernicus

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash, shu jumladan OAV orqali davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga "davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi" madaniyatini singdirish, jamoatchilik vakillarining ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo'yicha malakasini oshirib borish va keng jamoatchilikning diqqat-e'tiborida bo'lib turgan masalalarda ochiqlikni yanada ta'minlash yo'nalishlarida kelgusida ishlar davom ettiriladi. XULOSA.

Umuman olganda, so'nggi yillarda davlat hokimiyati va fuqarolar o'rtasidagi muloqot butunlay boshqacha bo'lib, rahbarlar va mansabdor shaxslarni aholiga yaqinlashtirdi. «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyil orqali xalq manfaatlarini ta'minlash islohotlarning asosiy mezoni bo'ldi. Joylarda ijro va vakillik organlarining davlat boshqaruvidagi roli va mas'uliyatini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Elektron hukumat tizimini takomillashtirish doirasida Fuqarolar murojaatlari uchun platformalar shakllantirilmoqda, davlat hokimiyat organlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T: «O'zbekiston», 2023, -76 b.

2. O'zbekiston Respublikasi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi Qonuni. «Xalq so'zi» gazetasining 2014-yil 6-maydagi 87 (6017)-soni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning OLiy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. «Xalq so'zi» gazetasining 2022-yil 21-dekabrdagi 272 (8334)-soni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. 2017-yil 7-fevral.//Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).

5. 2017-2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi Farmoni. «Xalq so'zi» gazetasi 2021-yil 4-fevral.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni. 2019-yil 15-noyabr PF-5876-son.

Research BIB / Index Copernicus

7. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: «O'zbekiston», 2017. - 104 b.

8. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: «O'zbekistn», 2016. - 56 b.

9. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. -T.: «O'zbekiston», 2017. - 48 b.

10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: «O'zbekiston», 2017. - 488 b.

11. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. T.6. -T.: O'zbekiston, 1998. - 429 b.

12. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T.14. -T.: O'zbekiston, 2006. - 280 b.

13. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: O'zbekiston, 2005. - 96 b.

14. www.lex.uz

15. https://www.transparency.org

16. www.xs.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.