Scientific Journal Impact Factor
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA BOSHQARUV QARORLARINI RAQAMLASHTIRISH
Nurmurodov Zafarjon Nurmurod o'g'li O'zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo 'yicha davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy
inspeksiyasi boshlig'i O'zbekiston, 180100, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko'chasi, 19 uy E-mail: zafargis@umail.uz
Annotatsiya: Maqolada mahalliy davlat hokimiyat faoliyatini raqamlashtirish orqali ular tomonidan chiqariladigan qarorlar «E-qaror» elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yilishi masalasi yoritilgan. Bugungi kunda fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirilishi dolzarb masalalardan biri sifatida belgilandi.
Kalit so'zlar: mahalliy davlat hokimiyati organlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi, Tartibga solish gilotinasi, shaffoflik, normativ huquqiy hujjatlar, qarorlar.
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы цифровизации деятельности органов местного самоуправления и практики подготовки и принятия решений через электронную систему «Электронное решение». Одним из наиболее актуальных вопросов сегодня является защита прав и интересов граждан, прозрачность местного самоуправления, совершенствование механизмов общественного и парламентского контроля.
Ключевые слова: местное самоуправление, противодействие коррупции, регуляторная гильотина, прозрачность, нормативные акты, решения.
Abstract: The article deals with the issue of digitalization of local government activities and the practice of preparing and making decisions through their electronic system "E-decision". One of the most pressing issues today is the protection of the rights and interests of citizens, the transparency of local government and public
Scientific Journal Impact Factor
administration, and the improvement of mechanisms for public and parliamentary oversight.
Keywords: local government, anti-corruption, regulatory guillotine, transparency, regulations, decisions.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o'stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko'rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha yangi tizimli choralar ko'rilishini taqozo qilmoqda.
Sir emas, barcha sohalarni isloh qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish qonun hujjatlari sonining yanada ortishiga olib keldi. Hujjatlarining ko'pligi, tarqoqligi amaliyotda ularni tushunishni qiyinlashtirib, huquqiy tafovut va haddan tashqari tartibga solish va byurokratiyaga zamin yaratmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasi" metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlarida boshqaruv qarorlarini raqamlashtirish jihatlari obyektiv ochib berildi.
Mazkur muammoni hal qilish uchun xalqaro tajribada «tartibga solish gilotinasi» usulidan foydalaniladi.
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
«Tartibga solish gilotinasi» amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish va qayta ko'rib chiqish orqali ularni saralash, tasdiqlash, o'zgartirish yoki bekor qilish demakdir.
YA'ni iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, qonuniyligi va zarurati nuqtai nazaridan asossiz bo'lgan, shuningdek, qonuniy va zarur hisoblansa-da, jamiyat va biznes uchun qulay bo'lmagan har qanday tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni maksimal darajada soddalashtirish «tartibga solish gilotinasi»ning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Jahon tajribasi: Tartibga solish gilotinasi tamoyilining asosiy g'oyasi samarasiz, ishlamaydigan, qonunchilikka zid bo'lgan qoidalarni aniqlash maqsadida me'yoriy hujjatlarni qayta ko'rib chiqish natijalari asosida qisqa muddatlarda o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlarni to'liq yoki qisman bekor qilishdir. Ushbu usul SHvetsiyada biznesni rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilishga to'sqinlik qiladigan qoidalarni olib tashlash uchun ishlab chiqilgan bo'lib, keyinchalik Italiya, Xorvatiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Meksika, Rossiya va kabi ko'plab mamlakatlarda nazorat faoliyatini isloh qilishning samarali vositasi sifatida qo'llanilgan.
Yaponiya tajribasi tartibga solish choralarini sinovdan o'tkazish yoki ma'muriy xarajatlarni kamaytirish maqsadida «maxsus hududiy zonalar»ni shakllantirgan. Avstraliyada 2003 yilda «Qonunchilik vositalari to'g'risida»gi (Legislative Instruments Act 2003, LIA) qonun qabul qilingan.
Janubiy Koreyada 1998 yili «tartibga solish gilotinasi» loyihasini amalga oshirish, shuningdek, tartibga solishni isloh qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun to'g'ridan-to'g'ri mamlakat Prezidenti oldida hisobdor bo'lgan Qo'mita tashkil etilgan. Meksikada ham 1989 yili Iqtisodiy deregulyasiya bo'limi tomonidan «tartibga solish gilotinasi» loyihasi amalga oshirilgan.
Mamlakatimizda huquq ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirishga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoniga 1-Ilova bilan «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish KONSEPSIYASI» hamda 3-Ilova bilan «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha komissiya TARKIBI» tasdiqlangan. Farmon bilan Komissiyaga bir qator vazifalar belgilangan. Jumladan, ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori
Scientific Journal Impact Factor
yuridik kuchga ega bo'lgan qonun hujjatlariga o'tkazish va «tartibga solish gilotinasi» usulini qo'llash orqali qolgan hujjatlarni, shu jumladan, qonunchilikni tizimlashtirish doirasida har bir idoraning vakolatini bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilishni nazarda tutuvchi, ular tomonidan qabul qilinayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning aniq ro'yxatini belgilash bo'yicha taklif kirish. SHuningdek, Konsepsiya bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni ta'minlash belgilangan:
a) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish, bunda:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, mas'ul idoralar, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan loyihalarga elektron ko'rinishdagi viza qo'yishni amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqish va kelishish bo'yicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinishini ta'minlash;
loyihalarni jamoatchilik va kasbiy doirada muhokama qilish, shu jumladan, foyda, xarajat va kutilayotgan natijalar tahlilini hamda ularning jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlariga, ijtimoiy sohaga, tadbirkorlik faoliyatiga, atrof-muhit holatiga ta'sirini, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash imkonini yaratish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomalarida «oxirgi ikki yilda hokimlarning 2,5 mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingani bundan buyon ularning qaror qabul qilishida ochiqlikni ta'minlash zarurligini taqozo etmoqdaligi, shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo'yish va e'lon qilish bo'yicha elektron axborot tizimi joriy etilishi» ta'kidlangan. Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko'rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilishi» ta'kidlangan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar» deb belgilab qo'yilgan. Davlatimizning eng birinchi vazifasi xalq irodasini ifoda etish, xalq
Scientific Journal Impact Factor
manfaatlarini himoya qilish va ularga xizmat qilishdir. 30-moddasida «O'zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim»ligi qayd etilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolar va keng jamoatchilikni axborot bilan ta'minlash borasida amalga oshiriladigan islohotlar, jumladan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish, mavjud qonunlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish, joylarda yaratilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirishga qaramasdan ko'p ma'lumot va axborotlar aholiga etkazilmasdan yopiqligicha qolmoqda.
Bu viloyat, tuman va shahar hokimliklarning jamoatchilik bilan bo'ladigan mnosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'z navbatida bu hol ijtimoiy-maishiy muammolarni operativ tarzda bartaraf etish, shuningdek, ushbu organlar faoliyati ustidan jamoat nazoratini o'rnatish imkonini bermaydi.
Qonun hujjatlarining ko'pligi nafaqat aholi, yuridik shaxslar, balki huquqni qo'llovchi davlat xizmatchilarining o'zlariga ham noqulaylik tug'diradi.
Hozirgi kunda mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda quyidagi muammolarni sanab o'tish mumkin:
Birinchidan, Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda yagona yondashuv mavjud emasligi va murakkabligi;
Ikkinchidan, Ochiqligi va shaffofligi ta'minlanmaganligi;
Uchinchidan, Qonuniylikni ta'minlash va nazorat qilishda AKT echimlaridan foydalanilmaganligi;
To'rtinchidan, Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda tahlil qilish uchun ob'ektiv ma'lumotlarning mavjud emasligi;
Beshinchidan, Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda ortiqcha vaqt va qog'oz sarfi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlariga putur etkazilishi, davlat hokimiyati idoralariga nisbatan fuqarolarning ishonchi pasayishiga olib kelmoqda hamda noqonuniy qabul qilingan qarorlarni huquqni muhofaza qiluvchi, prokuratura va sud organlari tomonidan bekor qilinishiga olib kelmoqda.
Adliya organlarining taqdimnomalariga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019 yilda 1 752 ta, 2020 yilda 1 370 ta qaror va farmoyishlari bekor qilingan.
Scientific Journal Impact Factor
Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, respublika bo'yicha prokuratura organlarining protestlariga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019 yilda 3 592 ta, 2020 yilda 8 292 ta qaror va farmoyishlari bekor qilingan.
YUqoridagi kabi hokimliklar tomonidan noqonuniy hujjatlar qabul qilinishini oldini olish, ular faoliyati ochiq va oshkoralagini ta'minlash, sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son «Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilingan. Qarorga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimini 2021 yil 1 yanvarga qadar sinov tariqasida ishga tushirilishi, 2021 yilning yanvar - may oylarida Qashqadaryo viloyatida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o'tkazilishi, 2021 yil 1 iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida «E-qaror» elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «YOshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida»gi Farmoni bilan 2021 yil 1 iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus «E-qaror» elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yish belgilangan.
«E-qaror» elektron tizimini Qashqadaryo viloyatida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o'tkazilishini ta'minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda hokim qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron «E-qaror» tizimi ishlab chiqildi hamda Qashqadaryo viloyatidagi manfaatdor tashkilotlar tizimga ulanib, elektron raqamli imzolar bilan ta'minlandi;
hokimliklar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar tahlil qilinib, hokimlikning namunaviy qaror loyihalari ishlab chiqildi va «E-qaror» elektron tizimga joylashtirilib, Qashqadaryo viloyatidagi viloyat hamda tuman darajasidagi hokimlik
Scientific Journal Impact Factor
va davlat idoralariga onlayn seminar-treninglar o'tkazildi hamda videodarslar tayyorlandi;
Qashqadaryo viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklarida ushbu elektron tizim joriy etilib, hokimlik tomonidan hujjatlarni (qaror, farmoyish) tayyorlashdan tortib, hokim tomonidan imzolangunga qadar bo'lgan jarayon ushbu tizim orqali bo'lishi ta'minlandi.
«E-qaror» elektron tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
Birinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini yaratish, manfaatdor idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizaga kiritish va rasman nashr etishni yagona manzildan turib amalga oshiriladi;
Ikkinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda shaffoflikni ta'minlangan holda, tadbirkorlarga biznes jarayonlarini tezroq amalga oshirish imokniyatini beradi;
Uchinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqishda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha bir xillikni ta'minlanadi;
To'rtinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda inson omilini kamaytirish, qabul qilingan hujjatlar bilan Intrenet tarmog'ida tanishish imkoniyatini beradi;
Beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini qabul qilish jarayonida muddatlarni qisqaradi;
Oltinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda, mahalliy davlat hokimiyati vakillari tomonidan xizmat vazifasini suiiste'mol qilish(korrupsiya)ga qarshi kurashish va oldini olish;
Yettinchidan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini muhofaza qilish.
«E-qaror» elektron tizimini Respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarimizning mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda shaffoflik ta'minlanadi, shuningdek tadbirkorlik sub'ektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma'muriy cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar o'rnatilishi oldi olinadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
Scientific Journal Impact Factor
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/20596;
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4057
3. Adliya vazirligi. Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi. «Mahalliy davlat hokimiyati organlarini qarorlarining huquqiy ekspertizasi: amaliyot va muammolar». https: //huquqiyportal. uz/news/2021/01/07/mahalliy-davlat-hokimiyati-organlari-qarorlarining-huquqiy-ekspertizasi-amaliyot-va-muammolar/971;
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «YOshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida»gi Farmoni. https://lex.uz/docs/5260791;
5. Adliya vazirligining mas'ul xodimi Xudoyor Meliev. «Tartibga solish gilotinasi: qonunchilikda nimani saqlab qolish va nimadan voz kechish kerak». https://huquqiyportal.uz/news/2020/09/24/tartibga-solish-gilotinasi-qonunchilikda-nimani-saqlab-qolish-va-nimadan-voz-kechish-kerak/674;
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3858817;
7. Adliya vazirligining Ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi boshlig'i. B.AZIZOV. «Qonun hujjatlari ta'sirini baholash: xorij va O'zbekiston tajribasi». http : //hudud24. uz/%D2%9Bonun-%D2%B3uiiatlari-tasirini-ba%D2%B3olash-horii-va-%D1%9Ezbekiston-tairibasi/;
8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son «Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori. https://lex.uz/docs/478764;