Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA TAMOYILLARI ASOSIDA DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING OCHIQLIGINI TA’MINLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

KONSTITUTSIYA TAMOYILLARI ASOSIDA DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING OCHIQLIGINI TA’MINLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA TAMOYILLARI ASOSIDA DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING OCHIQLIGINI TA’MINLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

KONSTITUTSIYA TAMOYILLARI ASOSIDA DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING OCHIQLIGINI TA'MINLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Umidjon O'rol o'g'li Botirov

Toshkent Davlat Transport Universiteti Iqtisodiyot fakuteti Yurisprudensiya yo'nalishi 1-bosqich bakalavr talabasi E-mail:[email protected] Tel:+998998691201 Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi assistenti Nuriddinov Jasur Ruxiddin o'g'li

KIRISH

Bugungi jadal rivojlanayotgan dunyoda davlatlarning o'z kelajak yo'lini adolatli va insonparvarlik ruhidagi hokimiyat ustida qurish masalasi katta ahamiyat talab etmoqda. Mustabid hokimiyat boshqaruvchilar va boshqariluvchilar o'rtasida qarorlarni qabul qilish bilan bog'liq mojarolar asosida yuzaga keladi. Vaholanki, ijtimoiy qabul qilingan normalarning buzilishi, liberal demokratiya va sust iqtisodiyot kabi omillar bunday munosabatlarni keltirib chiqaradi. Korrupsiya, muayyan sababsiz cheklangan huquqlar va adolatsiz siyosatni qabul qilish mustabid hokimiyatga misol bo'la oladi. Hozirgi kunda, taraqqiyot yo'lini huquqiy asoslar orqali qurishni maqsad qilgan har bir davlat Jahon Banki tomonidan taqdim etilgan "Adolatli hokimiyat ko'rsatkichlari (so'z erkinligi, qonun ustuvorligi, normativ sifat, korrupsiya ustidan nazorat va hukumatning samaradorligi)"ni egallashga harakat qiladi. Mamlakatda huquqiy tartibot va qonunga hurmat ruhida qarashga erishish asosiy maqsadimiz ekan, aholi manfaatlarini ko'zlovchi, erkin demokratik ruhdagi jamiyatni qo'llab quvvatlovchi davlat hokimiyat tashkilotlarining faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta'minlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish muhim qadamlardan biridir.

ASOSIY QISM

So'ngi yillarda yurtimizda fuqarolik jamiyatini takomillashtirish va ushbu masalada davlat hokimiyati organlarining faolligini oshirish hamda ularning faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni taminlashga alohida e'tibor berilmoqda. Aytib o'tish joizki, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ushbu masala bo'yicha chora-tadbirlarni belgilashda bir qator farmon va farmoyishlar qabul qilingan. Masalan, 14.06.2022 yildagi PF-154-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida

55

2024-yil, 7-dekabr

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta'minlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta'minlash, ularning ochiqlik borasidagi samaradorlik ko'rsatkichlarini belgilash hamda faoliyatini ilg'or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida biq qancha vazifalar keltirib o'tilgan. Umuman olganda, davlat organlari va tashkilotlari — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xo'jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalaridir. Yani, mazkur farmon bilan barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bo'linmalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xo'jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati tasdiqlandi.

Farmonga muvofiq, endilikda davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-martga qadar o'z faoliyatiga oid hisobotni (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo'ljallangan ma'lumotlar bundan mustasno) rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, 10-martga qadar uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar beradi hamda 1-aprelga qadar o'z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini o'tkazadi. Farmon bilan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik darajasini yanada oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.[1]

Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy boshqaruvni tashkil etishda o'ziga xos yondashuv qo'llanilgan. MDH va boshqa sobiq ittifoq respublikalari konstitutsiyalaridan farqli ravishda, O'zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimi alohida tartibda belgilangan.

Barchamizga ma'lum, o'tgan davr mobaynida davlat hokimiyati organlari faoliyatida ham qonunchilik, ham tashkiliy-amaliy jihatlarda tub islohotlar va yangilanishlar amalga oshirildi. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, markaziy va mahalliy darajalarda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokini ta'minlash uchun tashkiliy-huquqiy asoslar shakllantirildi. Ijro hokimiyatining vakillik organlari oldida hisobdorligi tamoyili Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan. Shunga qaramay, ba'zi mahalliy ijro hokimiyati

56

2024-yil, 7-dekabr

organlari vakillari tomonidan o'z qonuniy vakolatlaridan chetga chiqish holatlari hali-hanuz uchrab turibdi...

Ayni shu masalada to'xtalar ekan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hali Konstitutsiya islohotlar boshlanmasdanoq 2021-yil 18-iyun Andijon viloyati faollari bilan uchrashuvda kelajakda hokimlarning saylanishiga to'xtalib o'tib, shunday degan edi: "Biz joylardagi muammolarni hal qilish bo'yicha deputatlar, tuman kengashlariga juda katta vakolatlar berganmiz. Shunday tizimga o'tamizki, har bir kengash rahbari hokim bo'lmaydi. Kengashga saylangan deputat unga rahbar bo'ladi. Viloyat hokimi ham viloyat kengashining rahbari bo'lmaydi. Ijro organi rahbari — tuman, shahar kengashlariga hisobot beruvchi. Davlat rahbari har bir viloyat, tuman va shaharda vazirlik va respublika idoralarining vakillari borligini, lekin ular haligacha quyi pog'onaga hisobot berishni o'rganmaganligi ta'kidladi. «Bizning ijro organimizdagi eng katta kamchilik shu. Bu organlar vakillari yuqori tashkilotiga suyanib o'z bilganicha ishlab yuribdi. Bu zamon tugagan"[2].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unga asoslangan qonunlar davlat hokimiyati organlari faoliyatini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Mustaqillikka erishgan ilk davrlardanoq O'zbekiston Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kabi asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo'shilib, ularning tamoyillarini davlat boshqaruvi tizimiga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratdi. Ushbu tamoyillar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z aksini topib, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini zamonaviy demokratik tamoyillar asosida shakllantirishga xizmat qildi.

2023-yil 30-aprelda o'tkazilgan referendumda fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qo'llab-quvvatlagan holda "yoqlab" ovoz berdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya milliy davlatchilik taraqqiyotining yangi tarixiy bosqichini belgilab berib, Yangi O'zbekiston strategiyasini amalga oshirish uchun siyosiy-huquqiy asoslarni yaratdi. Ushbu hujjat davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish, ularning vakolatlari va javobgarlik darajasini qayta taqsimlash, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish uchun huquqiy mexanizmlar yaratishga imkon berdi.[3]

Yangi Konstitutsiyada davlat qurilishining strategik maqsadlari aniq belgilangan. Xususan, ijtimoiy davlat barpo etish tamoyili bosh qomusda mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy adolat, birdamlik va inson huquqlari himoyasiga asoslangan tamoyillar davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga keng tatbiq qilindi. Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha mutlaqo yangi mexanizmlar nazarda tutilgan.

57

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^

Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi davlat boshqaruvining markaziy tamoyili sifatida yana bir bor tasdiqlandi. Ushbu tamoyil asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Hukumat o'rtasida vakolatlar aniq taqsimlandi.[4] Bu bilan davlat hokimiyati tarmoqlari o'rtasidagi o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi mustahkamlandi. Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlari — vakillik va ijroiya organlarining vakolatlari ham qayta ko'rib chiqilib, ularning qonuniy faoliyatini yanada aniqroq tartibga soluvchi mexanizmlar ishlab chiqildi.

Yangi Konstitutsiyada davlat boshqaruvining ochiq, shaffof va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ularni aholining ehtiyoj va talablariga ko'proq moslashtirish maqsadida yangi tashkiliy-huquqiy asoslar joriy etildi. Ushbu islohotlar davlat boshqaruvining har bir bo'g'inida samaradorlikni oshirish, fuqarolarni davlat qarorlarini qabul qilish jarayoniga kengroq jalb etish va hokimiyat tizimining xalqqa xizmat qiluvchi tamoyillar asosida ishlashini ta'minlashga qaratilgan.

Davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan bu islohotlar, o'z navbatida, Yangi O'zbekistonning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida mustahkam poydevor yaratib, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlari, xususan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu chora-tadbirlar davlat boshqaruvini yanada samarali tashkil etish va fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishga yo'naltirilgan bo'lib, ular quyidagi asosiy yo'nalishlarni qamrab oldi.

Birinchidan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga katta e'tibor qaratildi. Hokimiyat organlarining ichki mexanizmlari qayta ko'rib chiqilib, ularning faoliyatini aniq maqsad va vazifalar asosida tashkil etish uchun zarur islohotlar amalga oshirildi.

Ikkinchidan, hududlarda mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va ularni bartaraf etish maqsadida maxsus sektorlar tashkil etildi. Bu sektorlar viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarishga mas'ul bo'lgan hokimiyat organlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy rahbarlari boshchiligida faoliyat yuritadi. Mazkur sektorlar hududlardagi holatni o'rganish, muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo'yicha kompleks yondashuvni joriy etdi.

58

2024-yil, 7-dekabr

Uchinchidan, davlat hokimiyati organlarining xalq oldida hisobdorligini ta'minlash tizimi yaratildi. Hokimlar barcha darajadagi xalq deputatlari Kengashlari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarida hisobot berishni yo'lga qo'ydi. Shu bilan birga, aholining muammolarini bevosita eshitish maqsadida hokim va uning o'rinbosarlari tomonidan ochiq muloqotlar hamda sayyor qabullar amaliyoti joriy qilindi.

To'rtinchidan, mahallalar bilan tizimli ishlash tamoyili asosida "mahallabay" yondashuv yo'lga qo'yildi. Bu yondashuv doirasida mahallalarning o'sish nuqtalari aniqlanib, aholining bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ularning kasb-hunar malakasini oshirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, aholini moddiy yordam bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofazani kuchaytirishga xizmat qiluvchi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" kabi tizimlar joriy etilib, ularning natijadorligi oshirildi.

Beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini aniq belgilash, ularning faoliyatini huquqiy asosda mustahkamlash ishlari olib borildi. Viloyat, tuman va shahar darajasidagi vakillik organlari - xalq deputatlari Kengashlari hamda ijro hokimiyati organlari - hokimiyatlarning o'zaro hamkorlikda va mustaqil faoliyat yuritishi tamoyillari asosida tashkil etildi. Bu jarayonda ijro hokimiyati organlari vertikal bo'ysunish asosida ishlashi ta'minlandi.[5]

Mazkur islohotlar mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar bilan yaqin muloqotni kuchaytirish va ularning ehtiyojlariga tezkor javob qaytarish imkoniyatlarini yaratib, davlat hokimiyati organlarining xalq manfaatlari yo'lidagi faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar nafaqat davlat boshqaruvining sifatini oshirdi, balki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham muhim omil bo'lib xizmat qildi.

Hozirgi kunda O'zbekistonning jadal islohotlari davlat boshqaruvini takomillashtirish va unda sifatli o'zgarishlar yaratishni talab qilmoqda. Bu vazifa davlat va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradigan omillardan samarali foydalanish va ilg'or mamlakatlar tajribasiga tayangan yondashuvlarni qo'llashni nazarda tutadi. E'tiborlisi shundaki, davlat boshqaruvidagi o'zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-ma'rifiy sohalar bilan chuqur bog'liq holda amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun ushbu uyg'unlikni ilmiy tadqiqotlarda aks ettirish zarurati paydo bo'ladi. Buning uchun davlat boshqaruvini mantiqan bog'langan tarmoqlarni o'z ichiga olgan yagona soha sifatida ilmiy tadqiq etish katta ahamiyatga ega. Bu esa davlat boshqaruvining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, shuningdek, sohaga oid muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

59

2024-yil, 7-dekabr

Mamlakatimizda davlat boshqaruvini zamon talablariga muvofiq ravishda bosqichma-bosqich yangilash jarayoni davom etmoqda. Davlat boshqaruvini takomillashtirish vazifasi bir qator muammolarning hal etilishini taqozo etadi. Jumladan, davlat va jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar boshqaruv kadrlari tayyorlash jarayonida sifat o'zgarishlari qilishni, ya'ni ta'lim bosqichlaridagi mavjud uzilishni bartaraf etishni talab qiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tizimlashtirish, bu yo'nalishda ilmiy maktablarning shakllanishi, soha ekspertlari, olimlar va tadqiqotchilar sonining ko'payishiga turtki bo'ladi. Bular, o'z navbatida, davlat boshqaruvi sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga ilmiy yechimlar topishga yordam beradi. Eng muhimi, bunday yondashuv davlat boshqaruvi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarning amaliyotdan oldinda bo'lishini ta'minlaydi.[6]

XULOSA

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va davlat organlarining faoliyatida ochiqlikni ta'minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatni demokratik taraqqiyot yo'lida muhim bosqichlarga olib chiqdi. Prezident tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, shaffoflikni ta'minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqarolarning axborot olish huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu chora-tadbirlar davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil etish, davlat organlarining javobgarligini oshirish, ularning faoliyatini zamonaviy xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston Konstitutsiyasidagi o'zgarishlar va yangi huquqiy mexanizmlar fuqarolarni davlat boshqaruvi jarayonlariga faol jalb etishni ko'zda tutadi. Davlat hokimiyati organlarining islohotlar orqali faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni oshirish, mahalliy boshqaruvni kuchaytirish va aholining ehtiyojlariga tezkor javob qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini mustahkamlash, ularning vakolatlarini aniq belgilash va samarali ishlashini ta'minlash, shuningdek, aholining muammolariga o'z vaqtida yechim topish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Ushbu islohotlar, o'z navbatida, Yangi O'zbekistonning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shib, xalq manfaatlarini eng yuqori darajada himoya qilishga qaratilgan. Shunday qilib, O'zbekiston hukumati fuqarolar bilan muloqotni yanada kuchaytirish, davlat qarorlarini qabul qilish jarayoniga ularni kengroq jalb etish va davlat boshqaruvining sifatini oshirishni o'zining asosiy ustuvor

60

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashken^^ÊmmTtmmmpmÊ^UnmmÊtm^

yo'nalishlari sifatida belgilab, mamlakatni rivojlantirishda muhim qadamlarni tashlamoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni 14.06.2022 // URL: https://lex.uz/ru/docs/-6066512

2._Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yangicha imiji // www.yuz.uz URL: https://yuz.uz/uz/news/mahalliy-davlat-hokimiyati-organlarining-yangicha-imiji (дата обращения: 04.07.2023).

3. Omirzakov, R. (2023). CONSTITUTIONAL AND LEGAL GUARANTEES OF ENVIRONMENTAL RIGHTS OF CITIZENS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education, 1(12), 110-111. Retrieved from http://aidlix.com/index.php/us/article/view/1268

4. Yangi O'zbekiston — vakillik organlarining rivojlanishida yangi bosqich // www.parliament.gov.uz URL: https://parliament.gov.uz/news/yangi-ozbekiston-vakillik- organlarining-rivojlanishida-yangi-bosqich (дата обращения: 04.07.2023).

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o'rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas'uliyatini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. 24.08.2021 // URL: https://lex.uz/uz/docs/-5598091

6. Davlat boshqaruvini takomillashtirish imkoniyati - Botu ALIMOV Url: https://yuz.uz/uz/news/davlat-boshqaruvini-takomillashtirish-imkoniyati

61

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.