YANGI O'ZBEKISTONDA AHOLI IJTIMOIY HIMOYASINING USTUVOR YONALISHLARI.
Xolnazarova Dildora Mamatmuratovna Ungarova Iroda Safarqul qizi Guliston Davlat Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10863740
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Xalq farovonligi, inson
Received: 17th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Published: 23rd March 2024
KEYWORDS
Mazkur maqolada yangi O'zbekistonda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amaldagi holat, bajarilayotgan chora-tadbirlar mazmuni haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.
manfaatlari. ijtimoiy soha, siyosiy faollik, infratuzilma, bandlik, ta'lim, madaniyat, ijtimoiy himoya, yoshlarga oid davlat siyosati.
KIRISH. Kuchli ijtimoiy siyosat respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim tamoyillaridan biridir. Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ro'yobga chiqishini ta'minlash, oilalar, har bir insonning farovonligini oshirishga oid tadbirlarni keng miqyosda amalga oshirish mumkin.
O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining 4.2-ustuvor yo'nalishida «...aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlar ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish" vazifalari belgilangan. [1]
So'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush
darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o'sib borgani yaqqol namoyon bolmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish - bu davlatning bevosita aniq maqsadli, aholining normal yashash sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlar tizimidir. Hozirgi kunda ijtimoiy muhofaza tizimini takomillashtirish bozor munosabatlari sharoitida eng dolzarb masalalardan biridir. Chunki mamlakatda olib borilayotgan barcha iqtisodiy islohot va tadbirlarning hammasi inson uchundir. Shuning uchun aholining kam ta'minlangan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan qatlamini: kam ta'minlangan oilalar, ishsizlar, nogironlar, bolalar, talabalar, qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo'qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilishni maqsad qilib qo'yadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarining "Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar" nomli qismida quyidagi fikr keltirilgan: "Yangi O'zbekistonni o'z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo'nalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir". [2]
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun bugun keng qamrovli yangiliklar qilinmoqda.
So'nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag'lar miqdorini oshirish va qo'shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og'ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo'shimcha mexanizmlarni joriy etish yo'nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
- Kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko'rsatish maqsadida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi joriy qilindi;
- Kam ta'minlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda to'rt barobarga oshib, 1,9 millionga yetdi;
- Kam ta'minlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun to'lanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur to'lov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o'rtacha 1,5 barobarga oshirildi;
- Ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi, aholini bandligini ta'minlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi.
Qabul qilingan yana bir muhim dastur "O'zbekiston - 2030" strategiyasida Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha islohotlar bo'limida quyidagi vazifalar belgilab qo'yilgan: [3]
- Ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan muhtojlarning barchasi to'liq qamrab olinishiga erishish.
- Ijtimoiy xizmatlarni majmuaviy amalga oshirish uchun respublikaning barcha tuman va shaharlarida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini tashkil qilish.
- Nogironligi bo'lgan muhtoj shaxslarning sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan ta'minlash darajasini 100 foizga yetkazish.
- Nogironligi bo'lgan shaxslarni munosib ish bilan ta'minlash orqali ular bandligini 2 barobarga oshirish.
- Nogironligi bo'lgan muhtoj shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari bilan to'liq qamrab olish.
- Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mavjud infratuzilma holatini baholash tizimini joriy qilib, qulay va maqbul muhitni yaratish.
- "To'siqsiz turizm" dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1 000 nafardan nogironligi bo'lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish.
- 2026-yilga qadar kambag'allikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa
keskin qisqartirish.
- Kambag'allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish.
- Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidagi davlat jamg'armalari qatori nodavlat ijtimoiy jamg'armalarning ham mavqeyi oshib bormoqda. Aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam ancha turli-tuman bo'lib, bu, ayniqsa, nodavlat ijtimoiy jamg'armalarga xosdir. Jamg'armalar pul mablag'larini maqsadli taqsimlashda aholining milliy mentaliteti va ijtimoiy-demografik tarkibi hisobga olinadi hamda u aniq ijtimoiy guruhlarga yo'naltirilgan. [4]
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand qatlamlarini muhofaza qilish bilan shug'ullanadigan nodavlat jamg'armalarga "Nuroniy", "Mahalla" va "Navro'z" xayriya jamg'armalari kiradi. Faxriylarni ijtimoiy muhofaza qilishda "Nuroniy" nodavlat xayriya jamg'armasining o'rni beqiyos. O'zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi respublika faxriylarining ixtiyoriy, o'z-o'zini boshqaruvchi, muassislarning ixtiyoriy mulkiy badallari asosida ta'sis etilgan, ijtimoiy foydali maqsadlarni ko'zlaydigan, a'zolari bo'lmagan jamoat tashkilotidir.
XULOSA. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, davlatimizda amalga oshirilayotgan adolatli ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilar: har bir shaxsning mehnat qilishi, bilim olishi huquqlarini amalga oshirishni iqtisodiy va huquqiy jihatdan kafolatlash; aholining barcha qatlamlarini, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ijtimoiy himoya mexanizmini ishlab chiqish; aholining kam ta'minlangan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan qatlamini: kam ta'minlangan oilalar, ishsizlar, nogironlar, bolalar, talabalar, qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo'qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilishni maqsad qilib qo'yadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni // www.lex.uz.
2. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston, 2021. - B. 199.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.
4. Q.X. Abdurahmonov, B.X. Umurzakov, X.X. Abdurahmanov Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Toshkent 2019.
5. Xolnazarova, D. M. "METHODS OF DEVELOPING LEGAL CULTURE IN
STUDENTS." Conferencea (2022): 126-134.
6. Xolnazarova, D., & Tangirberdiyev, S. (2021). TALABALAR HUQUQIY MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TA'LIM-TARBIYANING ROLI. Academic research in educational
sciences, 2(3), 1313-1317.