INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
AHOLI KAMBAG'ALLIGINI QISQARTIRISHDA HORIJIY PUL O'TKAZMALARI STATISTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Quvanchieva Mehriniso Davlyatgeldievna
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7312527
Annotatsiya. O'zbekistondagi kambag'allik — oxirgi chorak asrda juda sekin iqtisodiy o'sishning natijasi. Ya'ni kambag'al aholi borligini birdan bir sababi — sust iqtisodiy o'sishdir, deb yozmoqda . Bu degani kambag'allikka qarshi kurashish ham, aynan iqtisodiy o'sishga qaratilishi kerak. Bizdagi kambag'allik bu anomal natija emas. Yiliga kishi boshiga daromadi 2 ming dollardan kam bo'lgan mamlakatda kambag'allikyuqori darajada bo'lmasligi hatto nazariyada ham mumkin emas. Shuning uchun ham umumiy iqtisodiyot hajmiga ta 'sir qiladigan narsalar haqida qayg'urishimiz kerak.
Kalit so^zlar: tadbirkorlik, moliya, kambag 'allik, antimonopoly,Improving statistics on foreign remittances in poverty reduction.
УЛУЧШЕНИЕ СТАТИСТИКИ ИНОСТРАННЫХ ДЕНЕЖНЫХ ПЕРЕВОДОВ В
ЦЕЛЯХ СОКРАЩЕНИЯ БЕДНОСТИ
Аннотация. Бедность в Узбекистане является результатом очень медленного экономического роста в течение последней четверти века. То есть он пишет, что единственная причина существования бедного населения — медленный экономический рост. Это означает, что борьба с бедностью должна быть направлена на экономический рост. Наша бедность не является аномальным результатом. Даже теоретически невозможно, чтобы страна с доходом на душу населения менее 2000 долларов в год не имела высокого уровня бедности. Вот почему мы должны быть обеспокоены вещами, которые влияют на размер экономики в целом.
Ключевые слова: предпринимательство, финансы, бедность, антимонопольное законодательство.
IMPROVING FOREIGN REMITTANCE STATISTICS TO REDUCED POVERTY
Abstract. Poverty in Uzbekistan is the result of very slow economic growth over the last quarter of a century. That is, he writes that the only reason for the existence of a poor population is slow economic growth. This means that the fight against poverty should be focused on economic growth. Our poverty is not an anomalous result. It is even theoretically impossible for a country with a per capita income of less than $2,000 a year not to have a high level ofpoverty. That's why we should be concerned about things that affect the size of the overall economy.
Keywords: entrepreneurship, finance, poverty, antimonopoly.
KIRISH
Bu degani, biz kambag'allikni qisqartirishimiz uchun alohida dasturlar o'ylab chiqishimiz shart emas, asosiy urg'uni iqtisodiy o'sishga qaratsak bas. Lekin xuddi shu g'oya barcha mamlakatlarga taalluqli emas, masalan AQShda kambag'allikka qarshi kurashish uchun qilinishi kerak bo'lgan choralar umuman boshqacha.
Men odatda erkin savdo, adolatli xususiylashtirish, antimonopol qonunlar, mulk dahlizligini ta'minlanishi, adolatli va professional sud tizimini tuzish, davlat moliyasi shaffofligini ta'minlash, parlamentga fiskal (soliq va byudjet) qarorlarni qabul qilishiga vakolat berish, davlatning iqtisodiyotga regulyator aralashuvini kamaytirish, davlatning iqtisodiyotdagi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
haddan tashqari katta o'rnini kamaytirish, Markaziy Bankni qog'ozda emas amalda mustaqilligini ta'minlash, bank-moliya tizimini isloh qilish va bank sohasidan davlat o'rnini keskin kamaytirish, ma'muriy islohotlar qilinishi, subsidiya va imtiyozlardan voz kechish, statistika va axborotlar erkinligini ta'minlash, iqtisodiyotni planlashtirishdan voz kechish, insonlar va pullar chegaralarni bemalol bosib o'tishi ta'minlash haqida ko'p yozaman.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Shularning barchasida asosiy g'oya bu iqtisodiy o'sish. Ya'ni islohotlar butun iqtisodiyot o'sishiga olib keladi va buning natijasida kambag'allik ham kamayadi. Aytish kerakki, agar biz o'rtacha dunyo YalMdan sekinroq o'sishni davom ettirsak, yetib olishimiz qiyin bo'ladi.
Pandemiyadan oldingi o'rtacha dunyo daromadi 11 ming dollar atrofida (2018) edi, kishi boshiga esa dunyo 1.9% o'sib kelayotgan edi. Bu degani dunyodagi o'rtacha daromad 210 dollarga o'sib kelayotgan edi.
O'zbekistonda esa 2018 yilda kishi boshiga o'sish 3.3 foizni tashkil qildi, YalM esa 1532. Bu degani, bizda o'rtacha kishi boshiga daromad yiliga atigi 47 dollarga ko'paydi. Agar dollarni konstanta deb olsak, dunyodagi o'rtacha daromadning o'sish surati bizning o'rtacha daromad o'sish suratidan deyarli 5 ko'proq edi.
Bu 2018 yilning raqamlari — yangi tariximizda deyarli eng tez o'sgan yilimizni misol qilib keltiryapman, ya'ni eng yaxshi yilimizda ham nisbatan sekin o'sib kelganimizni ko'rsatish uchun (menga 2008-2016 yillarni misol qilmang, de-fakto o'sish o'sha payt sust bo'lgan, raqamlar chizilgan).
Xulosa shuki, bizni sharoitda kambag'allikni qisqartirishini deyarli yagona yo'li, kerakli, balki juda og'riqli va ko'p siyosiy irodani talab etuvchi islohotlarni amalga oshirish. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmasak, hozirgi kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan urinishlar, resurslarni bir joydan ikkinchi joyga yo'naltirishga o'xshaydi. Chunki oxir-oqibat iqtisodiyotda resurslar ko'payib qolmaydi.
TADQIQOT NATIJALARI
Iqtisodiyotda resurslar ko'payib qolishi uchun qo'shimcha qiymat yaratilishi kerak. Qo'shimcha qiymat yaralishi uchun insonlar o'zlarining mehnatlari mevasi o'zlarining qo'lida ekanligiga qog'ozda emas, haqiqatda ishonch hosil qilishlari talab etiladi. Boshqacha qilib aytsak, mulk dahlizligi ta'minlangan, ochiq raqobat va erkin savdo mavjud bo'lgan, qonundan ustuvor va noformal tartiblar bo'lmagan, kelishmovchiliklar adolatli va professional sud orqali hal bo'ladigan jamiyatlarda insonlar o'zlarining mehnatlarini mevasi o'zlarini qo'lida ekanligiga ishonishadi. Ya'ni ana shunday jamiyatda qo'shimcha qiymat yaratiladi. Bizda ham shunday bo'lishi uchun hamma biladigan institutsional islohotlarni amalga oshirish talab etiladi.
O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish uchun nimalarga e'tibor qaratilmoqda?
O'zbekiston uchun 2020-yil nafaqat pandemiya sababli, balki mamlakat tarixida ilk bor kambag'allik tushunchasi davlat rahbari darajasida e'tirof etilib, mazkur yo'nalish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy kun tartibiga aylangani bilan alohida e'tiborga molik. "Daryo" Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatda ushbu yo'nalishda qilingan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida hikoya qiladi.
O'zbekistonda 2020-yilda kambag'allikni qisqartirish vositalarining quyidagi asosiy strategik yo'nalishlari amaliyotga joriy etildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Birinchidan, O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirishning institutsional asoslari yaratilib, kambag'allikni qisqartirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi vazirlik hamda ushbu yo'nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy markaz tashkil etildi.
O'tgan davr mobaynida mamlakatda bevosita kambag'allikni qisqartirish borasida xalqaro tashkilotlar (BMT Taraqqiyot dasturi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, YUNISEF va boshqalar), moliyaviy institutlar (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki) hamda ushbu yo'nalishda ilg'or tajribaga ega mamlakatlar ilmiy markazlari (Xitoy Kambag'allikni qisqartirish xalqaro markazi) bilan mustahkam aloqalar o'rnatildi.
Ikkinchidan, pandemiya sharoitida ehtiyojmand aholini moddiy va nomoddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida joylardagi to'rtta sektor, mahalla organlari, keng jamoatchilik vakillari hamda deputatlar bilan birgalikda kambag'al va moddiy yordamga muhtoj oilalar ro'yxati — "Temir daftar" tizimi tashkil etildi.
Mazkur tizimning shaffofligini ta'minlash, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'irlashgan va sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etishga mo'ljallangan saxovat.argos.uz dasturi ishga tushirilib, oilalarning mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbai yaratishning "Vaqtinchalik tartibi" tasdiqlandi. Mazkur ro'yxat quyidagi mezonlar asosida shakllantirildi:
• oilada mehnatga layoqatsiz nogironlar va surunkali kasallikka chalingan a'zolarning mavjudligi;
• oilaning yakka-yolg'iz keksalar, beva va o'zgalar qaramog'iga muhtoj kam ta'minlanganlardan iboratligi;
• besh va undan ko'p farzandi bor oilalar;
• koronavirus pandemiyasi sababli qo'llanilgan karantin choralari natijasida o'zining daromad manbaini yo'qotgan, biroq "temir daftar"ga kiritilmay qolgan oilalar;
• oilaning haqiqatda ehtiyojmand, nochor va moddiy ko'makka muhtojligi. Respublika miqyosida "temir daftar"ga 594,3 ming oila va ularning 2,5 million nafar
a'zosi, shundan 648,0 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila a'zolari kiritilib, 2021-yil 1-mart holatiga 641,3 ming nafarining (99 foizi) bandligi ta'minlangan. Ularning:
• 23,2 ming nafari oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida;
• 6,5 ming nafari hunarmandchilik asosida;
• 50,4 ming nafari jamoat ishlarida;
• 294,2 ming nafari o'zini-o'zi band qilishda;
• 19,9 ming nafari investitsiya loyihalaridagi ish o'rinlarida;
• 79,7 ming nafari qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqqan yerlarni ajratish va kooperativlarga biriktirish hisobiga;
• 36,8 ming nafari Davlat investitsiya dasturi obyektlari va uy-joy qurilishiga qamrab olish orqali bandligi ta'minlangan.
Kam ta'minlangan oilalarning daromad manbaini yaratish orqali respublika bo'yicha 1-mart holatiga 515,9 ming oila va ularning 2,2 million nafar a'zolari "temir daftar" ro'yxatidan chiqarilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30-iyuldagi 6038-son farmoni bilan "Temir daftar"dagi haqiqatda muhtoj, nochor va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
• dastlab, 2020-yilgi Qurbon Hayiti arafasida "Temir daftar"ga kiritilgan 182 mingdan ortiq oilaga 154 milliard so'm moddiy yordam ajratildi;
• keyingi bosqichda, 2020-yil avgust oyida jami 280 ming oilaga jon boshiga 220 ming so'mdan 258 milliard so'm bir martalik moddiy yordam ajratildi;
• tez tibbiy yordam brigadalarining 41 mingdan ortiq xodimlariga bir martalik pul mukofotlari uchun 141 milliard so'm mablag' ajratildi.
Shu bilan birga, keksa yoshdagi hamda nogironligi bo'lgan shaxslarni moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshirildi.
Bundan tashqari, moddiy yordam va ko'makka muhtoj, "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga to'lmagan bolalariga, nogiron va boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to'lmagan jami 845 ming nafardan ortiq bolalarning har biriga 500 ming so'mdan jami 422 milliard so'm bir martalik yordam to'lovlari to'lab berildi.
Hozirgi kunga qadar "Temir daftar"ga kiritilgan 600 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga jami 1,37 trillion so'mlik to'g'ridan-to'g'ri moddiy va nomoddiy yordamlar ko'rsatildi.
Bunda jahon tajribasida keng qo'llaniladigan kambag'al oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish, inson kapitali sifatini oshirish hamda to'g'ridan-to'g'ri qo'llab-quvvatlash kabi uch vositadan foydalanilmoqda.
Shu bilan birga, o'tgan yilda ijtimoiy ko'makka muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam ajratish qamrovi oshirildi. Jumladan, bola parvarishi uchun nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni o'tgan yil yakunida yil boshiga nisbatan ikki baravarga, ya'ni 600 ming nafardan 1,2 million nafargacha oshirildi.
Uchinchidan, Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari asosida aholining minimal iste'mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish choralari ko'rilmoqda. Mazkur uslubiyot O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim dastaklardan biri bo'lib, ijtimoiy standartlarni belgilashda foydalaniladi.
1-rasm.
Prezident matbuot xizmati
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
To'rtinchidan, o'rta va uzoq muddatlarda kambag'allikni qisqartirishning strategik maqsadlarini belgilash maqsadida, Jahon banki va BMT Taraqqiyot Dasturi ekspertlari bilan birga "2021—2030-yillarga qadar O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish strategiyasi" loyihasi ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo'yildi.
Hujjatda respublikada kambag'allikni qisqartirish uchun kompleks yondashilib, quyidagi ustuvor yo'nalishlar doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
• ehtiyojmand aholiga ko'rsatiladigan yordam va xizmatlar turini ko'paytirish hamda sifatini yaxshilash orqali mavjud tizimni yanada takomillashtirish;
• aholi ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy muhofaza qilishning yangi usul va mexanizmlarini doimiy takomillashtirib borish orqali kambag'allik darajasini yanada qisqartirish;
• aholi ehtiyojmand qatlamining sifatli va uzluksiz ta'lim olish imkoniyatlarini oshirish orqali inson kapitalini rivojlantirish hamda sog'liqni saqlash xizmatlaridan to'liq foydalanishiga erishish;
• hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanilmayotgan yangi resurslarni ishga tushirish orqali kambag'al aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
• hukumat tomonidan davlat va nodavlat tashkilotlarining bevosita kambag'allikni qisqartirish borasidagi faoliyati hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar samaradorligini ta'minlash;
• hududlarda kambag'al aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar, muhandislik infratuzilma obyektlaridan foydalanish darajasini oshirish.
Kambag'allikni qisqartirish bo'yicha istiqboldagi ustuvor vazifalar MUHOKAMA
2021-yilgi Davlat dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kambag'allikni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o'sish poydevorini yaratishning ustuvor yo'nalishlari belgilangan. Jumladan:
a) ishsiz a'zolari bor bo'lgan hamda "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oilalarga dehqonchilik bilan shug'ullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
• dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun yangi o'zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlaridan 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratilishi;
• ajratilgan yer maydonlari sug'orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug'orish va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan ta'minlanishi;
• berilgan yerlarni o'zlashtirish uchun (yer haydash, urug'-ko'chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratilishi belgilab berilgan.
Shu bilan birga, 2021-yil 1-aprelga qadar har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo'nalishidan kelib chiqib ehtiyojmand oilalarga dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun ko'maklashish tizimini yo'lga qo'yish vazifasi ko'zda tutilgan edi.
b) Yana bir muhim jihat shundan iboratki, tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan ishsiz, shu jumladan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo'lgan asbob-
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun 7 million so'mgacha subsidiyalar ajratilishi amaliyoti yo'lga qo'yilib, bu orqali mazkur aholi qatlamlari biznes uchun dastlabki kapital bilan ta'minlanadi.
v) O'zbekiston tarixida ilk marotaba milliy kambag'allik chegarasi — Aholining minimal iste'mol xarajatlarini e'lon qilish amaliyoti yo'lga qo'yilib, mazkur ko'rsatkichdan ijtimoiy siyosatni yuritishning samarali instrumenti sifatida foydalaniladi. Shu bilan birgalikda, ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirilib, ular bosqichma-bosqich minimal me'yorlar darajasiga yetkaziladi.
g) Kambag'allikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha 2020-yilda boshlangan ishlar mantiqan davom ettiriladi. Xususan, har bir tuman va shahar hokimi o'z hududida kambag'allikni qisqartirish bo'yicha manzilli dasturni ishlab chiqib, uning ijrosi bo'yicha har chorakda mahalliy Kengashlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borish tizimi joriy etiladi. Alohida ta'kidlab o'tish joizki, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar samarasini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining hokimlar faoliyatiga baho berish reytingiga integratsiya qilinadi.
d) Ishsiz fuqarolar, kambag'al oila a'zolariga ularning bandligini ta'minlash va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan moddiy yordam va subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida mutlaqo yangicha tizim — ijtimoiy shartnoma tizimi joriy yildan boshlab amaliyotga tadbiq etiladi. Mazkur tizim orqali:
• ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bandligini ta'minlash va moddiy ko'mak berish maqsadida ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to'lovlardan foydalanish bo'yicha fuqaroning majburiyatlari belgilab beriladi;
• fuqaroning ijtimoiy shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish ustidan monitoring tizimi o'rnatiladi va davlatdan yordam olgan fuqaroning "shaxsiy profili" yaratiladi;
• ijtimoiy shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajargan fuqarolarni rag'batlantirish, bajarilmagan holatlarda esa ularning ijtimoiy mas'uliyati belgilanadi;
• ijtimoiy shartnoma tizimi tajriba tariqasida sinovdan o'tkazilib, natijalari bo'yicha respublikaning barcha tuman (shahar)larida tatbiq etiladi.
e) 2021-yilda kambag'al va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta'minlash va mehnat faolligini oshirish maqsadida ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish tizimi to'liq joriy etilib, o'qishga jalb qilingan fuqarolar qamrovi kengaytiriladi. Ushbu maqsadlarda qator amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Jumladan, unda:
70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 turdagi kasb-hunarga o'qitish; 39,6 ming ishsiz fuqaroni tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish; 50 ming fuqaroni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillariga o'qitish; XULOSA
"Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kirgan fuqarolarning xarajatlarini Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi, yoshlar va xotin-qizlarning xarajatlarini esa Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (jamg'armasi) tomonidan berish nazarda tutiladi.
REFERENCES
o'qish o'qish qoplab
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1. Kuvanchieva M. D., Jumayev U. N., Alaudinova D. R. FEATURES OF LAND AS CAPITAL AND THE IMPACT AND MECHANISM OF AGRICULTURAL CAPITALIZATION //Научные горизонты. - 2019. - №. 12. - С. 52-56.
2. Alaudinova D. R., Mamatqulova N. X., Erdonova M. H. USE OF PHRASAL VERBS IN TESTS ON MEDICAL DISCIPLINES //ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ НАУКИ И ОБЩЕСТВА: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ. - 2019. - С. 106-107.
3. Rustamovna A. D. Technology Of Teaching Languages //JournalNX. - 2020. - С. 180-183.
4. Rustamovna A. D., Xasanovna A. S. MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AS A MEANS OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION //Zbior artykulow naukowych recenzowanych. - С. 176.
5. Алаудинова Д. Theoretical approach of oral communication competency //Общество и инновации. - 2022. - Т. 3. - №. 3/S. - С. 147-151.