Aholi farovonligini ta'minlashda davlat ijtimoiy-moliyaviy siyosatning ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari
Madina Xasanovna Baratova O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Annotatsiya: Ushbu maqola ijtimoiy muvozanatni ta'minlashda davlat ijtimoiy-moliyaviy siyosatning ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan bo'lib, unda ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish manbalari, davlat ijtimoiy-moliyaviy siyosati yo'nalishlari, 2019-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlari tarkibida aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining tutgan o'rni asoslari atroflicha yoritilgan.
Kalit so'zlar: ijtimoiy siyosat, davlatning ijtimoiy-moliyaviy siyosati, davlat budjeti xarajatlari, ijtimoiy soha xarajatlari, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash
The importance and specific features of the state socio-financial policy in ensuring the well-being of the population
Madina Khasanovna Baratova Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Abstract: This article is devoted to the importance and specific features of the state socio-financial policy in ensuring social balance, in which the sources of the formation of financial resources directed to the social sphere, the directions of the state socio-financial policy, in 2019-2023, the basis of the role of social protection expenses in the structure of the state budget expenses of the Republic of Uzbekistan is covered in detail.
Keywords: social policy, social and financial policy of the state, state budget expenditures, social sector expenditures, social support of the population
KIRISH
Respublikamizda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini joriy qilish bilan bir vaqtda aholini, ayniqsa kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalar va nafaqa yoshidagi kishilarni kuchli ijtimoiy himoya qilish borasida ta'sirchan choralarni ko'rish tufayli kuchli ijtimoiy siyosat olib borildi va bugungi kunda davom ettirilmoqda.
Bu xususida mamlakatmiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish joizki: "Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'i
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 225 [M^^^Hl
nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo'lib yashashi -bizning bosh maqsadimizdir. Bu yo'nalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog'liq" [1].
Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati bo'lib, bu faoliyat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yig' indisidir.
Davlatimiz rahbari bu mablag'larni mahallada ish o'rni yaratadigan, aholining og'irini yengil qiladigan loyihalarga yo'naltirish zarurligini ta'kidladi. Ushbu yangi tizim bo'yicha mahalla raislarini o'qitish, mablag'larning hisobini yuritish va nazorat qilish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, budjet intizomini kuchaytirish bo'yicha qonunchilikka takliflar kiritish zarurligi aytildi. Bu borada budjet mablag'lari hisobidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzishga yo'l qo'ymaslik, ochiq-oshkora tanlov va tenderlar o'tkazish amaliyotini kengaytirish qat'iy ko'rsatib o'tildi.
Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya'ni qariyb 48,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 46 foizdan ortig'i ta'lim, 22 foizdan ko'prog'i sog'liqni saqlash sohalarini moliy alashtirishga y o' naltirildi.
Budjet mablag'larini samaradorligini oshirish, uning ijtimoiy siyosatiga bo'lgan ta'siri va oqilona foydalanish muammosi hamisha dolzarb masala bo'lib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko'rsatib beradi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Iqtisodchi olimlarimizdan A.Vahobov va T.Malikovlar "Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas" deb ta'kidlaganlar [2].
Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundaki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta'minlab va davlat daromadlarining manbaini ko'paytirib moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin [2] :
- jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti;
- aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish.
O'zbekistonda kechayotgan bugungi o'zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma'noda integratsiyalashuvini ta'minlamoqda [9].
Har qanday mamlakatning aholisi o'z tarkibi bo'yicha bir xil emas va u vaqt bo'yicha o'zgaruvchan, shuning uchun aholining yashash qonuniyatlari, turmush darajasi, uning tarkibiy o'zgarishi va boshqalar aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda o'rganiladi. Qishloq xo'jaligida band oilalarning demografik tarkibi o'ziga xos bo'lib, ularda bir oilaga to'g'ri keladigan kishilar soni o'rtacha 7,1 nafarni tashkil etadi. Ma'lum bir mintaqa misolida olib qarasak, Qashqadaryo viloyati qishloq joylarida o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, u yerda istiqomat qiluvchi oila a'zolarining 25,0% i ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishsa, 7,0%i nafaqaxo'rlar bo'lib, 68,0%i ishlamaydigan, ulardan 42%i hali 16 yoshga etmagan bolalar hisoblanadi. Bu shundan dalolat beradiki, viloyat qishloqlarida demografik vaziyat borasida hali ko'p ish o'rinlarini yaratish lozim bo'ladi [3].
Mamlakatimizdagi olimlaridan O.K.Iminov, B.A.Xodjayev,
A.A.Isadjanovlarning ilmiy izlanishlarida ayrim jihatlari o'z ifodasini topgan [4]. Tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag'allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholi daromadlarini oshirishning nazariy jihatlari mamlakatimiz olimlaridan A.Vahobov, R.Xasanov, A.O'lmasovlarning ilmiy ishlarida kengroq yoritilgan [5].
Moliya sohasida tan olingan iqtisodchi olimlarimizdan A.O'lmasov va A.Vahobovlarning fikricha "Davlat ijtimoiy siyosati - bu insonning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. Uning maqsadi ommaviy farovonlikni oshirishga ko'mak berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash minimal ish haqi nafaqa pensiyani to'lash kambag'allik chegaralarini aniqlash tirikchilik minimumini belgilash ijtimoiy himoya me'yorlarini aniqlash kabi usullar qo'llaniladi. Uning asosiy yo'nalishlari bandlik daromad va ijtimoiy himoya siyosatidir" [7].
Iqtisodchi olim G.Qosimovaning fikricha "Ijtimoiy siyosat - bu aholining turmush farovonligini oshirish uning yashashi va ishlashi uchun yetarli sharoitlarni ta'minlaydigan davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biridir" [8].
Ijtimoiy siyosat aholining turmush darajasini oshirish inson kapitalini rivojlantirish ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishni tashkil etish munosabatlari bo'yicha davlat siyosatining bir bo'g'inidir.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bozor munosabatlarini shakllantirishning yangi bosqichida quyidagilar ijtimoiy siyosatning asosiy yo'nalishlari bo'lib hisoblangan:
- fuqarolarning iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi kasbini va mehnat sohasini erkin tanlash bo'yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash.
- ijtimoiy himoyalash aniq maqsadni ko'zlagan va o'z egasiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
- aholining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalari va guruhlarini qo'llab-quvvatlash avvalgidek ijtimoiy siyosatning ustuvor yo'nalishi bo'lib qolaveradi biroq u ma'lum yo'nalishdagi siyosat tusini olishi lozim.
- iqtisodiy jihatdan faol aholiga kelganda shuni aytish kerakki uning uchun davlat mehnatni rag'batlantirishning kuchli vositasini joriy etish hisobiga bu tabaqaning mehnat va ijodiy imkoniyatini to'liq darajada ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.
- aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimida real mehnat bozorini shakllantirish mehnatga layoqatli har bir kishiga o'z mehnati bilan oilasining turmush darajasini yaxshilash imkonini beradigan sharoitni yaratish asosiy o'rinlardan birini egallaydi.
1-rasm. Ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish manbalari
[6]
Davlatning moliyaviy siyosati davlat zimmasidagi vazifalarni bajarilishini ta'minlash maqsadida iloji boricha ko'proq moliyaviy resruslarni to'plash va ularni to'g'ri taqsimlash va ulardan samarali foydalanish bilan bog'liq tadbirlardan iborat. Bu siyosat milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo'li bilan shaxsiy ehtiyojlarnigina emas shu bilan birga ijtimoiy ehtiyojlarni ham qondirish zarurligi yuzasidan obyektiv jarayondir. Moliyaviy siyosat natijasida ushbu jamg'armalarning muayyan qismi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun umumdavlat jamg'armalariga jalb etiladi (1-rasm).
Hozirgi paytda davlatning ijtimoiy moliyaviy siyosati umumiy tarzda pensiya siyosati, bandlik siyosati, aholi ayrim sotsial guruhlariga moliyaviy yordam ko'rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o'z ichiga oladi (2-rasm).
6-rasm. Davlat ijtimoiy-moliyaviy siyosati yo'nalishlari [2]
Shuni aytib o'tish kerakki davlatning iqtisodiy rivojlanishida ijtimoiy omillarning rivojlanishi ustuvorligiga e'tibor qaratishi aholining turmush farovonligini oshirishni ta'minlashi ijtimoiy xizmatlar sohasida islohotlarning qonuniy asoslarini yaratishi olib keladi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlari bir qator moliyalashtirish manbalariga ega bo'lib, davlat budjeti mablag'lari ular ichida asosiy ahamiyatga va salmoqli o'ringa ega.
Davlat budjeti xarajatlari 2019-yilda 107118,4 mlrd. so'mni va 2023-yilda 257 734 mlrd. so'mni tashkil etgan. Jami budjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari yillar mobaynida o'zgarib, 2019-yilda 54 %ni, 2020-yilda 50.4 %ni, 2021-yilda 52.2 %ni, 2022-yilda 49.7 %ni va 2023-yilda 50.4 %ni tashkil etgan. Nafaqa, moddiy yordam va kompensatsion to'lovlar xarajatlarining jami budjet xarajatlaridagi ulushi 2023-yilda 2019-yildagi 4,9 %da 7,0 % ga, uy-joy qurish dasturi xarajatlari ulushi 2019-yildagi 2,8 %dan 2021-yilda 0,4 %ga tushgan, pensiya jamg'armasiga transfertlar ulushi esa 2019-yildagi 4,4% 2023-yilda 5.8% ga ko'tarilgan.
O'z navbatida o'tgan 5 yil mobaynida ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam va kompensatsion to'lovlar xarajatlari, pensiya jamg'armasiga transfertlar xarajatlarining ijtimoiy soha xarajatlaridagi ulushi ulushi ortib, uy-joy qurish dasturi xarajatlari 1,4% ga tushgan.
COVID-19 pandemiyasi inqirozi barcha mamlakatlarda ijtimoiy himoya muammolarini kuchaytirdi. Aholini qo'llab-quvvatlash choralarida ijtimoiy zaif toifalarni qo'llab-quvvatlash budjet xarajatlarining dolzarb masalalariga aylandi. 2021-yilda oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olishning o'sishi davom etadi. Ijtimoiy nafaqa oladigan kam ta'minlangan oilalar soni 2020-yil boshiga nisbatan ikki baravarga ko'paydi. 2021-yilda yetim bolalarni qo'llab-quvvatlashga ko'proq e'tibor qaratiladi. Birinchi marta budjetda chin yetimlarni uy-joy bilan ta'minlash maqsadida 50 mlrd so'm ajratilishi ko'zda tutildi.
1-jadval
2019-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlari tarkibida aholini ijtimоiy himоya qilish хarajatlarining tutgan o'rni, mlrd. so'mda
Xarajatlar 2019 2020 2021 2022 2023
Davlat budjeti xarajatlari 107118,4 131104,5 188257,1 236692,0 257 734
Ijtimoiy soha xarajatlari 57822,3 66018,1 92013.6 117691,9 129 891
Jami budjet xarajatlariga nisbatan %da 54,0 50,4 48.9 49.7 50.4
1 nafaqa, moddiy yordam va kompensatsion to'lovlar xarajatlari 5267,2 6 573,70 10 880,3 19 397,1 18 067
1.1 jami budjet xarajatlariga nisbatan %da 4,9 5,0 5,8 8,2 7,0
1.2 ijtimoiy soha xarajatlariga nisbatan, %da 9,1 9,9 11,8 16.5 14
2 uy-joy qurish dasturi xarajatlari 2978,1 1 905 2409 1 010,8 1 100
2.1 jami budjet xarajatlariga nisbatan %da 2,8 1,5 1,5 0,4 0,4
2.2 ijtimoiy soha xarajatlariga nisbatan, %da 5,2 2,9 2,8 0,9 0,8
3 Pensiya jamg'armasiga transfertlar 4700 8 000 14 700 11 092,0 15 000
3.1 jami budjet xarajatlariga nisbatan %da 4,4 6,1 8,9 4.7 5.8
3.2 ijtimoiy soha xarajatlariga nisbatan, %da 8,1 12,1 17,0 9.4 11.5
Shuningdek, ushbu hujjat bilan 2021-2030- yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning bazaviy kafolatlari belgilanadi.
Bunga quyidagi chora-tadbirlar kiritildi:
- asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta'lim, parvarish va boshqa zarur bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo'lmagan bolalarga ko'maklashish;
- kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o'zini o'zi ta'minlash masalalarini to'liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta'minlash;
- keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta'minlash.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi
konsepsiyasi amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samarali ishlashiga to'sqinlik qiladigan asosiy kamchiliklar ham mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy himoya sohasida kompleks yondashuvning mavjud emasligi, ya'ni ijtimoiy himoya sohasidagi munosabatlarni davlat tomonidan yagona muvofiqlashtiruvchi organning mavjud emasligi;
- kambag'al va aholining ijtimoiy himoyalanganlik jihatidan zaif qatlamlarning yetarli darajada qamrab olinmaganligi;
- hayoti davomida barcha fuqarolar uchun hech bo'lmaganda asosiy ijtimoiy muhofazaning, shu jumladan, asosiy tibbiy yordamdan foydalanish, onalikni muhofaza qilish va bazaviy daromadlarni ta'minlaydigan kafolatlarning yo'qligi;
- shaffoflikni yetishmasligi, ya'ni ijtimoiy nafaqalarni olish jarayonini kuzatish uchun sharoitning yo'qligi;
Bugungi kunda ijtimoiy moliyaivy siyosatning quyidagi muhim yo'nalishlar ijobiy hal qilinmoqda:
- yolg'iz keksalar nogironlar va ishga layoqatsiz fuqarolarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish dasturini amalga oshirish;
- ishsiz fuqarolarni haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
- kam ta'minlangan oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun maqsadli mikrokreditlar ajratish;
- tadbirkorlik faoliyatiga jadal jalb qilish;
- mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bo'lgan hududlarda ishsizlikni qisqartirish maqsadida sanoat ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni maqsadli joylashtirish;
- o'z biznesini kengaytirishiga imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar uchun ish o'rinlari tashkil etish .
Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash va qo'llab-quvvatlash turli xil usullar mehnat daromadlarining qo'shimcha manbalari bilan ta'minlash orqali daromadlari oshirilmoqda.
XULOSA
Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko'rsatish imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e'tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o'zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o'zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o'ziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda "temir daftar", "ayollar daftari", "yoshlar daftari", "mahallabay" va "xonadonbay" ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Shu asosda muammoga oid mavhum ko'rsatkichlar emas, balki yordam va ko'makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o'z joyida aniq o'rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/oz/lists/view/2228
2. Vahobov A.V, Malikov T.S. Moliya. Darslik. T: "Noshir" 2011. -711 b.
3. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullayeva M.K. Mintaqalarni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishini prognozlash. -T.: TDIU, 2010.
4. Исаджанов А.А. Развитие внешнеэкономической деятельности Республики Узбекистан в условиях перехода на рыночные отношения. Дис. д-ра экон. наук / АН РУ институт экономики. - Ташкент, 2001. - 323 с. 8.
5. O'lmasov A. Oila iqtisodi. -T.: "Mehnat", 1998. -48 b.
6. Qosimova G.A. Ijtimoiy-madaniy sohalarni rivojlantirishda byudjet siyosati. -T: "Moliya va iqtisod", 2004. -152 b.
7. O'lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T: "Sharq", 2006. - 475 b.
8. Qosimova G.A. Bandlik - ijtimoiy siyosatning ustuvor yo'nalishidir // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. №2 6, noyabr-dekabr, 2016-yil.
9. Rafikov Q. Kuchli ijtimoiy siyosatning O'zbekistonga xos tajribasi. https://xs.uz/uz/post/kuchli-izhtimoij-siyosatning-ozbekistonga-khos-tazhribasi
10. Ziyoyev J.N. Davlatning moliyaviy siyosati: tarkibiy qismlari va tahlili, "Экономика и социум" №6(121) 2024
11. Sirojiddinov K.I., Zaidov I. I. (2022). Aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari: daromadlar va xarajatlarning statistik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 707-713.