Научная статья на тему 'YANGI О‘ZBEKISTON YOSHLARI QADRIYATLARINI MUSTAHKAMLASHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING О‘RNI'

YANGI О‘ZBEKISTON YOSHLARI QADRIYATLARINI MUSTAHKAMLASHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
424
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
yoshlar / Yangi О‘zbekiston / qadriyat / madaniyat / san’at / milliy / umuminsoniy / tarbiya / ma’naviyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mо‘minmirzo Xolmо‘minov Zokir О‘g‘li

Mazkur maqolada Yangi О‘zbekiston yoshlarining qadriyatlarini mustahkamlash unda madaniyat va san’at sohasining qay darajada о‘rni bor ekanligi yoritilgan. Undan tashqari Madaniyat vazirligi tomonidan yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini о‘stirishga doir amalga oshirilgan ishlar tahlili bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI О‘ZBEKISTON YOSHLARI QADRIYATLARINI MUSTAHKAMLASHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING О‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI QADRIYATLARINI MUSTAHKAMLASHDA MADANIYAT VA SAN'ATNING O'RNI

Mo'minmirzo Xolmo'minov Zokir o'g'li mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Yangi O'zbekiston yoshlarining qadriyatlarini mustahkamlash unda madaniyat va san'at sohasining qay darajada o'rni bor ekanligi yoritilgan. Undan tashqari Madaniyat vazirligi tomonidan yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini o'stirishga doir amalga oshirilgan ishlar tahlili bayon etilgan.

Kalit so'zlar: yoshlar, Yangi O'zbekiston, qadriyat, madaniyat, san'at, milliy, umuminsoniy, tarbiya, ma'naviyat

THE ROLE OF CULTURE AND ART IN STRENGTHENING THE VALUES

OF YOUTH OF NEW UZBEKISTAN

Muminmirzo Kholmuminov Zokir oglu mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article highlights the role of culture and art in strengthening the values of the youth of New Uzbekistan. It also provides an analysis of the work done by the Ministry of Culture to promote the national and universal values of young people.

Keywords: youth, New Uzbekistan, values, culture, art, national, universal, upbringing, spirituality

Yoshlarning iste'dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to'liq ro'yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o'rin egallashlari uchun yurtimizda tahsinga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning boshida Muhtaram Prezidentimizning o'zlari namuna bo'layotganliklarini barchamiz ko'rib turibmiz.

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans sari!" shiori atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Birgina madaniyat va san'at sohasiga doir qabul qilinayotgan Farmon va qarorlarining har birida yoshlar masalasiga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabr "O'zbekistonda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qarorida, 2020-yil 26-may "Madaniyat va san'at sohasini jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 6000-sonli Farmonida [1:211, 423], 2022-yil 2-fevral "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarorida [2:1] va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-aprel "Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo'shgan san'atkorlarni hamda o'zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 271-sonli qarorida, 2019-yil 20-mart "Xalq cholg'ulari ijrochilari", Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Milliy raqs ijrochilari" va Yunus Rajabiy nomidagi "Yosh maqom ijrochilari" respublika ko'rik-tanlovlarini o'tkazish to'g'risida"gi 237-sonli qarorida, 2019-yil 26-avgustda "Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 718-sonli qarorida, 2019-yil 21-noyabr "Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 923-sonli qarorida [3:470-477] va 2021-yil 16-noyabr "Buxoro viloyatida Yosh ijrochilarning "Shashmaqom" respublika festivalini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 685-sonlida [4: www.lex.uz] aynan yuqorida aytilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yoshlar masalasiga doir alohida yo'l xaritalari ishlab chiqib, joylarda shu asosda samarali ishlar olib bormoqda. Madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ruhida tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan. Quyidagi 1-rasmda Madaniyat vazirligi tomonidan 2019-2020-yilar mobaynida yoshlarni madaniyat va san'atga jalb etish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti statistikada ko'rsatib o'tilgan.

Yoshlarning qadriyatlarini mustahkamlash haqida bot-bot gapirayapmiz, savol tug'iladi qadriyat o'zi nima? Unga qanday ta'rif berilgan? Demak, qadriyatlar bu -borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan tushuncha...Qadriyat tarixiy va zamonaviy bo'lishi mumkin. Qadriyatning xilma-xil shakllari bor: moddiy, ma'naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo'yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyat; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilmasiga mos keladigan milliy, sinfiy, partiyaviy qadriyatlar va boshqalar. [6:323,324] Qadriyatlarning ma'naviy, umuminsoniy, moddiy, madaniy, ijtimoiy shakllarini yoshlarda shakllantirish va mustahkamlashda madaniyat va san'at sohasining o'rni

beqiyosligini bugungi kunda jadal olib borilayotgan islohotlarda ko'rib, guvoh bo'lib turibmiz. Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari, teatr studiyalari, O'zbek milliy maqom san'ati markazi, Respublika baxshichilik san'ati markazi, M. Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti (Farg'ona va Nukus filiali), О'zbekiston davlat konservatoriyasi (Nukus filiali), O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi (Urganch filiali), Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti K. Zaripov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk kolleji, Respublika musiqa va san'at kolleji, R. Gliyer nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, madaniyat va san'atga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar kabi muassasalar yoshlarni madaniyat va san'at sohasi orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar mujassamligida tarbiyalashga katta xizmat qilib kelmoqda.

1-rasm [5:59]

Madaniyat, san'at, ilm-fan, ta'lim sohasida o'z iqtidorini namoyon etayotgan yoshlar uchun zarur sharoitlarni yaratish hududlar hamda vazirlik va idoralar rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri bo'lishi shart. [7:259]

Yangi O'zbekiston yoshlarida ezgulik g'oyalarini shakllantirish hamda qadriyatlarni mustahkamlash bu yurt tinchligi va demokratiya tamoyillarining to'g'ri yo'lga qo'yilganligiga bog'liqdir.

Demokratiya va siyosiy madaniyat qanchalik umuminsoniy ma'no va qadriyat kasb etmasin, uning negizini, ungga ruhiy quvvat beradigan, uni boyitib boradigan, rang-barangligini ta'minlaydigan "milliylik", "milliy ruhiyat" milliy-ma'naviy qadriyatlardir. [8:20]

Yangi O'zbekiston yoshlarini bilimli, ma'naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq farzand etib tarbiyalashda ajdodlarimiz merosini o'rganish ham juda katta turtki bo'ladi deb ayta olamiz. Chunki, ajdodlarimiz merosi biz yoshlar uchun katta bir tuhfadir.

Mustaqillik sharofati bilan boshlangan va endilikda katta bir ma'naviy ehtiyoj sifatida o'rganilayotgan ajdodlarimizning ulkan merosi hozirda yangi bir qiyofa bilan boyib bormoqda. Bu milliy istiqlolning ma'naviy olamidir. Agarki biz bu ishga belni mahkam bog'lagan, xalqimiz ma'naviy qiyofasini yangilash uchun chog'langan, milliy qadriyatlarimizni idrok etishga intilayotgan ekanmiz, avvalo, zabardast allomalarimiz merosidan yanada unumliroq foydalanaylik. Ana shunda ular xotirasi oldidagi farzandlik burchini ado etgan bo'lamiz. Shundagina insoniy kamolot, ma'naviy huzur halovat, yuksak iymon-e'tiqod tuyg'ularini o'zimizda his etamiz. [9:22]

Mustaqillik yillarida yosh avlod qalbida Vatanga, millatga muhabbat tuyg'usini tarbiyalash borasida asrlarga tatigulik ishlar qilindi. Vatan ozodligi uchun kurashgan Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi sarkardalar, Vatan va millatga fidoyilik timsoliga aylangan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon va ularning safdoshlari xotiralarining abadiylashtirilganligi, davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb, madhiyaga yuksak ehtirom tuyg'usining shakllanganligi buning yorqin dalillaridir. Shuning uchun ham bugungi kunda "Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!", "Shu aziz Vatan barchamizniki" degan so'zlar shunchaki shior emas, millat yoshlarining qalb da'vatiga, siyosiy e'tiqodiga, qadriyatiga aylanmoqda. [10:51]

Hozirgi kunda ayrim toifadagi kishilar bozor-o'chardan boshqa narsani o'ylamay qo'yishdi. Ota-ona bozorda, bola bozorda. Bugun bozorni boshiga ko'tarib suv sotayotgan, sipirtli ichimlik yoki tamaki bilan savdo qilayotgan bolalardan ertaga biz nimani kutamiz? Kun bo'yi pul ketidan quvgan bolalarni maktabga qaytarib bo'ladimi? To'g'ri biz bozor qonunlari sharoitida yashamoqdamiz. Lekin bozorni ham ma'rifatli kishilar boshqaradi. [11:44] Ma'rifatli, madaniyatli, ma'naviyatli inson bo'lish uchun hozirgi yosh avlodni tarbiyalash jarayonida, ularning qiziqishlariga qarab madaniyat va san'atga jalb etishimiz kerakdir. Yaqinda ya'ni, 2022-yil 2-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori bilan 2022-2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash maqsadida milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Undan tashqari musiqa fani uchun haftasiga

belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari o'tkaziladi.

Xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analari ming yillar davomida yaratilgan bo'lib, u insonlarining turmush tarziga, kundalik ehtiyojiga aylanib ketgan. Avloddan-avlodga o'tib o'z tilini udumini, milliy e'tiqodini saqlab qolgan. [12:3]

Har tomonlama rivojlanayotgan, yangilanayotgan O'zbekistonda iqtisodiyot bilan bir qatorda taraqqiy etgan ilm-fan cho'qqilarini egallagan yoshlarga yuksak madaniyat va milliy ma'naviyat ham zurur ekanligini hayotning o'zi taqazo etmoqda. Shu ma'noda mamlakatimiz istiqbolini yaratuvchilari bo'lgan yoshlarimizni vatanparvar, sadoqatli va yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashda bor kuch-g'ayratimizni safarbar etish barchamizning birinchi galdagi vazifamizdir.

Tomirlarida buyuk bobolarimizning qoni oqayotgan yoshlarimiz ulug' ajdodlarimizning munosib vorislari bo'lishi, ular kabi ulkan maqsadlar sari intilib yashashi va yuksak maralarga erishishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz zarur. Yangi O'zbekiston yoshlari ana shunday yuksak darajalarga ko'tarilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. [13:263]. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston yoshlari yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, yurtimizni shon-shuhrati uchun doim xizmatga labbay deb javob berishimiz lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

2. Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 1.

3. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

4. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz

5. Turdiyeva M. Yoshlarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda madaniyat markazlarining o'rni. BMI. - Toshkent.:2021 - 59-b.

6. A.Umarov, M.Bekmurodov. Madaniyat va san'at atamalarining izohli lug'ati. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2015. - B. 349.

7. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464

8. Haydarov A. O'zbekiston jamiyati siyosiy madaniyatida milliy-ma'naviy qadriyatlarning o'rni. Avtoreferat - Toshkent: "Moziydan sado" jurnali kichik bosmaxonasi. 2005. - B. 30

9. Haydarov A. Ajdodlarimiz merosi - milliy ma'naviyatimiz poydevori (Matn)-Toshkent: Ma'naviyat. 2015. - B. 32

10. Haydarov A. Inson kamoloti va milliy-ma'naviy qadriyatlar- Toshkent: Muharrir. 2008. - B. 95

11. Haydarov A. Ma'naviyat - huquqiy davlat tayanchi. - Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1999. - B. 96

12. Jumayeva F. Qadriyati qadrlangan yurt.- Qarshi:Qashqadaryo ko'zgusi OAV nashriyoti, 2019-yil, 120 b.

13. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.