Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI'

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

11487
621
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy madaniyat / tizim / umumiy tushincha / Qonun / farmon / mustaqillik / rivojlanish. / Physical culture / system / general concept / law / decree / independence / development

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — San’at Raximbaevich Kenjayev

Ushbu ishida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, rivojlanish tarixi, sobiq ittifoq davrida va mustaqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanish xususiyatlari, mustsqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimida olib borilgan islohatlar va ularning ijobiy samarasi keng ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL DESCRIPTION OF THE DEVELOPMENT OF THE SYSTEM OF PHYSICAL CULTURE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The following aspects are widely publicized in this work: The purpose and tasks, directions, history of development of the system of physical culture of the Republic of Uzbekistan in the society, as well as the features of development of the system of physical culture in the Republic of Uzbekistan in the former Soviet Union and the years of independence, reforms and their positive effects are widely publicized

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI

San'at Raximbaevich Kenjayev

Urganch davlat universiteti sanat82@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu ishida O'zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining jamiyatda tutgan o'rni, maqsad va vazifalari, yo'nalishlari, rivojlanish tarixi, sobiq ittifoq davrida va mustaqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanish xususiyatlari, mustsqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimida olib borilgan islohatlar va ularning ijobiy samarasi keng ochib berilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy madaniyat, tizim, umumiy tushincha, Qonun, farmon, mustaqillik, rivojlanish.

GENERAL DESCRIPTION OF THE DEVELOPMENT OF THE SYSTEM OF PHYSICAL CULTURE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Sanat Rakhimbaevich Kenzhayev

Urgench State University sanat82@mail.ru

ABSTRACT

The following aspects are widely publicized in this work: The purpose and tasks, directions, history of development of the system of physical culture of the Republic of Uzbekistan in the society, as well as the features of development of the system of physical culture in the Republic of Uzbekistan in the former Soviet Union and the years of independence, reforms and their positive effects are widely publicized.

Keywords: Physical culture, system, general concept, law, decree, independence, development.

KIRISH

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki jismoniy

madaniyat va sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati miqyosida e'tibor qaratilishi, ayniqsa O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti LA.Karimovning 2015 yil 12 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo'nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo'lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi va shu farmonlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo'yicha hukumat tomonidan qabul qilingan qaror bolalar sportiga ham tamomila yangicha yondashish, ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida iste'dodli yoshlarni tarbiyalashda sport zahiralarini tayyorlash maktablarini yaratish masalalarini o'rtaga tashlamoqda. Yosh avlodni har tomonlama, aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o'rinlardan birini egallaydi. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

O'zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy portni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilaring yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz sportini xalqaro nufuzini oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va shaxsan Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan katta e'tibor qaratilishi, tegishli qaror, farmon va qonunlarni ishlab chiqilayotganligi va hayotga tadbiq etilayotganligi jismoniy madaniyat O'zbekiston tizimini taraqqiy etishiga zamin bo'lmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oxirgi o'n yillikda Respublikamizning etakchi olimlari T.S. Usmonxodjaev, R.S.Salomov, R.D.Xalmuxamedov, Nurimov R.I., F.A. Kerimov, E.A. Seytxalilov, I.A. Koshbaxtiev, Yu.M.Yunusova, SH.X. Xankeldiev va boshqalar tomonidan eng zarur adabiyotlar - darsliklar, monografiyalar o'quv qo'llanmalari nashrdan chiqarildi. 2004 yildan boshlab esa "Fan sportga" nomli ilmiy-nazariy maxsus jurnalni chop etilishi mamlakatimizda, xorijda olib borilayotgan jismoniy tarbiya va sport sohasi bo'yicha ilmiy-uslubiy,

ilmiy-tadqiqot yangiliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yuzaga keltirdi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy madaniyat tizimini jamiyatda tutgan o'mi, rivojlanish xususiyatlari, olib borilayotgan islohatlar natajasida qo'lga kiritalayotgan yutuqlar asoslab beriladi. O'zbekiston Respublikasi jismoniy madaniyat tizimini barkamol avlodni tarbiyalash sohasidagi maqsad va vazifalarini asoslarini ochib berish.

NATIJALAR

Mustaqillik yillari tom ma'noda O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o'rin egallashga intilish yo'lidagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o'rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidanyangi yutuqlarga erishishni ta'minlamoqda [1]. Xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida jismoniy madaniyat va sport sohasi eng muhim o'rin egallaydi. Jismoniy madaniyat va sport ijtimoiy soha sifatida insonlarni jismonan, ma'nan va ruhan etuk, komil shaxs etib tarbiyalasa, iqtisodiy jihatdan esa ishlab chiqaruvchi sub'ektlar, ya'ni insonlarni salomatliklarini hamda yuqori ish qobiliyat-larini tiklash va mustahkamlash orqali mamlakatimizning ishlab chiqarishini hamda iqtisodiyotini rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi. Bizga tarixdan ma'lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasi xar bir jamiyatda shu jamiyatning mafkurasiga xizmat qiladi hamda shu jamiyatning mafkurasi ta'siri ostida rivojlanib boradi. Davlatimiz tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan barkamol avlod tarbiyasining asosiy omili sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasiga katta e'tibor berildi va davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarining biriga aylanib, bugungi kunda ham davlatimiz tomonidan ulkan islohatlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko'tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli qarori, ushbu sohada tub islohotlarni yangicha strategik yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirish uchun ayni muddao bo'ldi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari doirasida rivoj topmoqda. "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" gi Qonun, "O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qaror

"Ommaviy sport tadbirlarini yanada kuchaytirish to'g'risida" gi Qarorlar va shu soxaga oid boshqa kontseptual xujjatlarning qabul qilinishi, ularning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilayotganligi hamda O'zbekiston Konstituttsiyasi "Ta'lim to'g'risida" gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da jismoniy tarbiya va sportga alohida urg'u berilishi yuqorida qayd etilgan fikrimizning ifodasidir. So'nggi yillarda o'zbek sporti o'zining yuksak natijalari bilan mamlakatimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelayotganligi, minglab halqaro standar tlarga mos sport majmualari qad ko'tarayotganligi, yurtimizning turli hududlarida eng nufuzli halqaro musobaqalarning o'tkazib kelinayotganligi ushbu hujjatlarning amaliy natijasidir. Lekin, yuksak natijalarni qo'ldan bermaslik, malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash, to'g'ridan-to'g'ri yosh iste'dodli zahiralarni etishtirish bilan bog'liqdir. Mustaqillik tufayli jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari doirasida rivoj topmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev 2017 yil, 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gir qarorida mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o'z qobiliyat va iste'dodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi.

2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"dagi va 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-son «Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391sonli" Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida oliy ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilganligini

inobatga olib sohasidagi islohotlarning eng muhim ahamiyatli tomoni shundaki, oliy ta'lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning izchil joriy qilinishi natijasida ta'lim mazmunini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, uning xalqaro ta'limi mazmuni, ta'lim nazariyasi va amaliyoti bilan o'yg'unlashuvi jarayonini kuchaytirdi. Shu nuqtai nazardan, Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi" Oliy ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlar va tajribalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarni ta'lim amaliyotida samarali qo'llash natijasida professor-o'qituvchilarimiz o'zining bilimlarini, ma'lumotlarini, axborotlar boyligini talabalarga etkazibgina qolmay, balki xorijdagi kasbdoshlari bilan o'z sohasida muloqotda bo'lishi, ilmiy hamkorlik qilishi, o'quv-uslubiy ishlarni takomillashtirishi uchun qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlarning egasi bo'ladi va ma'lum axborotlarni egallashga talabalarning o'zlarini yo'llash imkoniyatiga ega bo'ladi. O'qitishning an'anaviy texnologiyasidan, axborot -kommunikatsiya texnologiyasi shu bilan farqlanadiki, an'anaviy texnologiyada bilimlar, ma'lumotlar, axborotlar professoro'qituvchilarimiz tomonidan bayon etilsa, axborot - kommunikatsiya texnologiyada talabalar o'zlari bunga yo'naltirib, o'qituvchi xolislikka erishadi. Oqibat - natijada talabalarda fan va texnologiyalarga qiziqish oshadi, ijtimoiy - ma'naviy ehtiyoj qondiriladi, mustaqil va mantiqiy fikrga ega bo'ladi natijada talabalarning o'quv materiallarini o'zlashtirish jarayoni jadallashadi hamda sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. O'quv - tarbiya jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalar unumli foydalanish ta'lim jarayonining samaradorligi va sifatini yaxshilash, o'quv jarayoni oldiga qo'yilgan maqsadga erishish, talabalarning o'quv faoliyati yakunida o'quv materiallarini o'zlashtirish samaradorligini ta'minlaydi. O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevnig 2018 yil 9 martdan "O'zbekiston sportchilarini 2020 yildaTokio (Yaponiya)shahrida bo'lib o'tadigan XXXIIyozgi Olimpiya va XVI Paraolimpiya o'yinlaritayyorgarlik ko'rish to'g'risidagi PQ №2821-sonli (1) qarori,2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturiasosida 2017 yil 3 iyundagi PQ №3031sonli, "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi"(2) qarori yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, bolalar va o'smirlarni yillik hamda ko'p yillik tayyorgarlik mashg'ulotlariga saralash asosida iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularni tor

ixtisoslik bo'yicha yo'naltirish masalalariga e'tibor qaratilgan bo'lib, yurtimizda yuqori malakali sportchilarning ustivor vazifalarini ushbu farmonlarda belgilab berilgan. Albatta, ertangi kunimiz bugungi yoshlarimizni aqlan komol topganligi jismoniy va psixologik hamda funktsional tayyorgarliginingyuqori darajada shakllanganligi bilan bog'liqdir.Bu esa ertangi kunga zahira sportchilarini tayyorlashni dolzarb masalalaridan sanaladi.

MUHOKAMA

Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun hamda ularni salomatligini mustahkamlash borasidagi qonunchilik tizimining yaratilishi va bu orqali faoliyatlar ko'lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e'tiborida bo'lib kelmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 5 sentyabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni, 2017 yil, 3 iyundagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3031-sonli Qaroi, 2020 yil, 24 yanvardagi "Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 5924-sonli Farmoni mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashishida muhim omil bo'lmoqda. Bu esa ta'lim jarayonini yaxshilab, yoshlarni ham jismonan, ham ruhan kamol topishlariga keng imkoniyat yaratmoqda [1]

Mustaqil O'zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat ia sport sohalarining rivojlanishi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu sohaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev katta e'tibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo'lib xizmat qilmoqda. Sog'lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog'lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgap keng ko'lamli amaliy harakatlar o'z samarasini bera boshladi.

Ma'lumki, mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimi 1991 yilgacha sobiq Ittifoq bo'yicha amal qilgan hukmron tizimning bir qismi bo'lib, yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o'z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo'lmagan. Respublikamizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya o'yinlari,

jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e'tibor mahalliy aholi o'rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, xo'jako'rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois, respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi. Vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yo'lga qo'yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo'yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob'ektiv xususiyatlari namoyon bo'ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Vatan mudofaasiga tayyorgarligining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, O'zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O'zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning faol quruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko'rsatkichlar bilan baholanadi: -jamiyat a'zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; - jamiyat a'zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan; - jismi madaniyatining mashg'ulotlarining moddiy-texnik ta'minlanganligi va ular ni sifati bilan; - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan; -jamiyat a'zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi.

Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo'lishi kerakligi talabini qo'ymoqda. Har bir millat, elat o'zining paxlavonlari, jismonan barkamol o'g'lonlari bilan faxrlanishgan. O'z farzandlarini xalq og'zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go'ro'g'li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo'lishlarini orzu qilganlar.

XULOSA

Xulosalar qilib shuni aytish mumkin:

1.Jismoniy madaniyat O'zbekiston tizimi insonlarni nafaqat jismoniy, balki ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashga, yoshlarni ijtimoiy mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashga xizmat qiladi.

2. Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda jismoniy tarbiya

va sport sohasining infrotuzulmasi tubdan o'zgardi. Jismoniy madaniyat tizimining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, dastur-normativ, tashkiliy asoslari mustahkamlandi. Jahon andozalariga mos keladigan zamonaviy sport majmualari, stadionlar, suzish xavzalari, tennis kortlari barpo etildi. Barcha viloyatlarda olimpiya zaxiralariga ixtsoslashtirilgan maktab internatlari va kollejlari, ko'plab sport turlariga ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internatlari ochildi. Sportchilarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarida, Osiyo, jahon birinchiliklarida, yozgi olimpiya o'yinlarida va paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib mamlakatimiz dovrug'uni butun dunyoga taratmoqdalar. Ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha katta amaliy ishlar amalga oshirildi.

3. 2018 yil 5-martda "Jismoniy tarbiya va sport davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat ko'mitasi vazirlikga aylantirildi, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga aylantirildi. "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jismoniy tarbiya xodimi" unvoni ta'sis etildi. Bu qaror ham mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlanishiga, dunyo hamjamiyatida o'z o'rnimizni topishga katta yordam bermoqda.

4.Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida davlat tomonidan dastur va konsepsiyalarni qabil qilinishi mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashishiga, sog'lom turmush tarzini shakllanishiga, O'zbekistonning xalqaro sport nifuzini oshishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" gi Qonuni. Toshkent, 5 sentabr 2015 yil. 174 - son Xalq so'zi gazetasi.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida " PF-5368-son farmoni. 2018 yil 5-mart.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF 5924 -son farmoni 2020 yil 24 yanvar.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" PQ 3031-son qarori.2017-yil 3-iyun.

5. 2019-2023 O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi 2019-yil 15-fefral.

6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: "O'zbekiston''. 2017.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: "Ozbekislon " NMIL, 2018.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: "Ozbekislon " NMIL, 2020.

9. Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: "Vori-nashriyoti", 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.