Научная статья на тему 'XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA AKSIOLOGIK ONGNI SHAKILLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI'

XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA AKSIOLOGIK ONGNI SHAKILLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
684
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadriyat / millat / milliy g’urur / milliy g’oya / urf-odat / an’ana / marosim / mustaqil fikr / ong / ta’lim / tarbiya / Values / nation / national pride / national idea / customs / traditions / ceremonies / independent thought / consciousness / education / upbringing.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xolov, Olimjon Chorshamiyevich

Har bir davlat taraqqiyotning yuksak cho’qqilariga erishish uchun ta'lim-tarbiya sohasiga va bu jarayonda milliy mentaletetiga alohida etibor qaratib, o’z xalqini zamonaviy ilm-fan texnologiyalari va yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi. Haqiqatdan taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatli, mustaqil fikrga ega bo‘lgan milliy qadriyatlariga sodiq bo’lgan fuqorolari hal etadi. Bu borada milliy tiklanishdan milliy yukasalish sari olg’a qadam qo’yayaotgan, tez fursatlarda rivojlanayotgan davlatimizning negizida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarida hamda ta’lim-tarbiya sohasida xalq og’zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizga qaratilayotgan yuksak etibori asos bo’lib xizmat qilmoqda. Aynan shu jihatlarni inobatga olib maqolamizda xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarda aksiologik ongni shakillantirishning ilmiy nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SCIENTIFIC THEORETICAL FUNDAMENTALS OF FORMATION OF AXIOLOGICAL CONSCINS IN PUPILS IN THE MEANS OF FOLKLORE

Each country pays special attention to the field of education and, in the process, to the national mentality in order to achieve the highest levels of development, and regularly introduces its people to modern scientific technologies and achievements. Indeed, the fate of development is decided by citizens who are spiritually mature, possess modern knowledge and sophisticated technology, have a strong faith, strong will, deep thinking, high potential, independent thinking and commitment to national values. In this regard, the decisions and decrees adopted on the basis of our rapidly developing state, which is moving forward from the national revival to the national uplift, as well as the high attention paid to the folklore and national values in the field of education. . With this in mind, our article discusses the scientific and theoretical basis for the formation of axiological consciousness in students through folklore.

Текст научной работы на тему «XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA AKSIOLOGIK ONGNI SHAKILLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor

XALQ OG'ZAKI IJODI VOSITASIDA O'QUVCHILARDA AKSIOLOGIK ONGNI SHAKILLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY

ASOSLARI

d 10.24412/2181 -1784-2021-8-498-508

Xolov Olimjon Chorshamiyevich

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ishtimoiy ish" kafedrasi o'qituvchisi olim.xolov.86@bk.ru

ANNOTATSIYA

Har bir davlat taraqqiyotning yuksak cho'qqilariga erishish uchun ta'lim-tarbiya sohasiga va bu jarayonda milliy mentaletetiga alohida etibor qaratib, o'z xalqini zamonaviy ilm-fan texnologiyalari va yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi. Haqiqatdan taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatli, mustaqil fikrga ega bo 'lgan milliy qadriyatlariga sodiq bo 'lgan fuqorolari hal etadi. Bu borada milliy tiklanishdan -milliy yukasalish sari olg'a qadam qo'yayaotgan, tez fursatlarda rivojlanayotgan davlatimizning negizida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarida hamda ta'lim-tarbiya sohasida xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizga qaratilayotgan yuksak etibori asos bo'lib xizmat qilmoqda. Aynan shu jihatlarni inobatga olib maqolamizda xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakillantirishning ilmiy nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi.

Tayanch so'z va tushunchalar: Qadriyat, millat, milliy g'urur, milliy g'oya, urf-odat, an 'ana, marosim, mustaqil fikr, ong, ta 'lim, tarbiya.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ УЧАЩИХСЯ ПОСРЕДСТВОМ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВО

Холов Олимжон Чоршамиевич

Термизский Государственный Университет Преподаватель кафедры педагогики и социальной работы

olim.xolov.86@bk.ru

Scientific Journal Impact Factor

АННОТАЦИЯ

Каждая страна уделяет особое внимание сфере образования и, в процессе, национальному менталитету, чтобы достичь высочайшего уровня развития, и регулярно знакомит свой народ с современными научными технологиями и достижениями. По сути, судьбу развития решают духовно зрелые граждане, обладающие современными знаниями и передовыми технологиями, обладающие полной верой, сильной волей, глубоким мышлением, высоким потенциалом, независимым мышлением и верностью национальным ценностям. В этой связи решения и указы, принятые на основе нашего стремительно развивающегося государства, которое движется от национального возрождения к национальному подъему, а также большое внимание, уделяемое фольклору и национальным ценностям в области образование. Имея это в виду, в нашей статье речь идёт о сущности и формирования у учащихся понятий об устном народном творчестве, национальных ценностей обычаях и традициях.

Ключевые слова и понятия: Ценности, нация, национальная гордость, национальная идея, обычаи, традиции, обряды, самостоятельная мысль, сознание, образование, воспитание.

THE SCIENTIFIC THEORETICAL FUNDAMENTALS OF FORMATION OF AXIOLOGICAL CONSCINS IN PUPILS IN THE MEANS

OF FOLKLORE

Kholov Olimjon Chorshamievich

Termiz State University The teacher of the department of pedagogy and social work olim.xolov.86@bk.ru

ABSTRACT

Each country pays special attention to the field of education and, in the process, to the national mentality in order to achieve the highest levels of development, and regularly introduces its people to modern scientific technologies and achievements. Indeed, the fate of development is decided by citizens who are spiritually mature, possess modern knowledge and sophisticated technology, have a strong faith, strong will, deep thinking, high potential, independent thinking and commitment to national values. In this regard, the decisions and decrees adopted on the basis of our rapidly developing state, which is moving forward from the national revival to the national uplift, as well as the high attention paid to the folklore and national values in the field

Scientific Journal Impact Factor

of education. . With this in mind, our article discusses the scientific and theoretical basis for the formation of axiological consciousness in students through folklore.

Keywords and concepts: Values, nation, national pride, national idea, customs, traditions, ceremonies, independent thought, consciousness, education, upbringing.

Agar insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u bir necha million yillik davmi o'zida aks ettiradi. Insoniyat rivojining dastlabki ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq tarbiya jamiyat rivojining asosi sifatida qabul qilingan. Hamma davrlarda har bir xalq yoshlarni axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi, malakasi, xatti-harakatini, urf-odati, an'anasi, marosimi, o'zligini anglashiga alohida e'tibor qaratganlar. Shu o'rinda aytish kerakki bizning xalqimiz o'z tarixida bir necha bosqinlarni boshidan o'tkazdi va xalqimizga xos bo'lgan milliy qadriyatlarimizga bir muncha ta'sir o'tkazildi. Ammo shunday davrda ham mard va jasur xalqimiz o'zligini, milliy qadriyatlarini, milliy tarbiyasini yo'qotmagan bo'lsada ularni amalda erkin bajara olishmadi. Aynan mana shunday davrlarda xalqimiz tabiiy qadriyatlarini, iqtisodiy qadriyatlarini, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarini, badiiy qadriyatlarini, diniy qadriyatlarini, xalq og'zaki ijodini yoshlar ongiga singdirishda cheklov va to'siqlarga duch keldi. Bu jarayon esa mustaqillik davrigacha shu tarzda qolaverdi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan kundan boshlab milliy qadriyatlarimizga alohida etibor qaratilib barcha qadriyatlarimizni tiklashga keng imkoniyalar ochib berildi. O'quvchi yoshlarni xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda davlatimiz tamonidan keng e'tibor qaratilib yoshlarga uning mohiyatini yorqin ochib berish, chuqur bilim berish orqali asl milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashda ko'plab islohatlar olib borildi.

Darhaqiqat davlatimiz mustaqillikga erishgan kundanoq barcha sohalarda tub islohatlar amalga oshirildi. Ushbu islohatlar yurtimizning kelajagi uning dunyodagi barqaror o'rnini belgilashda zamin yaratib berdi. Shu o'rinda aytish lozimki mustaqillik yillarida ta'lim sohasida keng miqiyosda ishlar olib borildi. Ta'limni isloh qilish va unda ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsini hurmat qilish, milliy mentalitetga mos talim tizmini yaratish va o'quvchilarda milliy o'zlikni anglash, milliy g'ururni shakllantirish kabi ishlar amalga oshiriladi. Ayni shu damda xalqimizning milliy o'zligini, o'z tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an'ana va urf-odatlarini, umumbashariy madaniyatni, o'zida mujassam etgan xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizni keng ochishga alohida e'tibor qaratildi.

KIRISH

Mustaqillik tufayli milliy-ma'naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tamonidan mustaqillikning dastlabki yillaridan, ya'ni 1992 yilda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik, O'zbekiston Respublikasining rivojlantirishning ma'naviy-ahloqiy negizlari sifatida aytib o'tgan edilar1.

Shuningdek, 1994 yil 23 aprelda esa Vatan - eng oliy makon, u menikidir, - eng oliy qadriyat - inson, - mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyatining eng oliy turi intellektual mehnat, - vaqt eng oliy boylik, - umuminsoniy qadriyatlar, - moddiy qadriyatlar, - milliy qadriyatlar, - tabiiy qadriyatlar, - iqtisodiy qadriyatlar, - ijtimoiy - siyosiy qadriyatlar, - ma'naviy qadriyatlar, axloqiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, oilaviy qadriyatlar, demokratik qadriyatlar haqida to'xtalgan2.

Ayni damda barcha sohalarda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz tamonadan xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarga yanada e'tibor qaratilmoqda.

Hurmatli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o'zining 2017 yil 22 dekabrda Oliy majlisga murojaatnomasida milliy-ma'naviy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan olamshumul harakatlar haqida yig'ilish qatnashchilariga quyidagilarni bayon qilgan edi: "Ma'naviy hayotimizda muhim voqea bo'lgan O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma'rifiy muassasalar faoliyatini yo'lga qo'yish ishlari boshlanganini alohida qayd etish zarur. Shular qatorida buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma'rifiy yo'nalishlarni o'rganish bo'yicha maxsus maktablar tashkil etildi. Albatta, bizning bu ishlarimiz chuqur ilmiy va amaliy asoslarga ega. Ma'lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo 'lgan yurtimiz zaminidan o 'rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi. Hozirgi kunda O'zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo'lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to'liq o'rganilmagan, ular olimlar va o'z o'quvchilarini kutib

1 Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T. "O'zbekiston", 1992. - 12 b.

2 Karimov I.A. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risidagi nutqidan. 1994.

501

Scientific Journal Impact Factor

turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o 'rtaga qo 'yayotgan juda ko p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlikyo 'lida birlashishga da'vat etadigan teran ma'noli fikr va g'oyalar bugun ham o 'z qimmati va ahamiyatini yo 'qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo 'laturib, ularni har tomonlama o 'qish-o 'rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o 'sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo 'yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak. Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko'p gapiramiz. Bu to'g'ri, albatta. Lekin ma'rifat, ma'rifiy bilimlar qaerda-avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo'tabar kitoblarda emasmi?3" degan edilar. Shuningdek Prezidentimiz tomonidan avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uni rivojlantirish bo'yicha ko'plab qaror va farmonlari qabul qilindi. Bular quyidagilar:

- "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 may, PQ-4320-sonli qarori;

- "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari" hamda "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazib borishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5841-son Farmoni.

Prezidentimizning shunday muhim qarorlaridan yana biri sifatida "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovichning 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3391-son Qarori hamda "Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevral, PQ-4584-son Qarorini keltirishimiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi "Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori hamda 27 apreldagi Bayoniga muvofiq, "Boysun bahori" ochiq folklor festivali qayta tiklanganligini alohida e'tirof etish lozim..

«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini yanada uyushqoqlik bilan o'tkazish to'g'risidagi qarorlari shular jumlasidan bo'lib, bularning barchasi yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga bo'lgan e'tiborini yanada oshirmoqda.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning Oliy majlisga murojaatnomasidagi nutqidan.

22.12.2017.

Scientific Journal Impact Factor

Yuqorida qayd etilgan fikr hamda Prezidentimizning qaror va farmonlari qabul qilinganligi bejiz emas. Chunki bugungi kunda axborot kommunikatsion texnologiyalarini rivojlanganligi, xalqimizga yod bo'lgan boshqa millat ya'ni "ommaviy madaniyat"ni kirib kelayotganligi tufayli xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirish ayni dolzarb masalalardan biri ekanligini anglashimiz qiyin emas.

Shunday ekan, xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishda oila va jamiyatda, ta'lim-tarbiyada milliy qadriyatlarimizga alohida e'tibor qaratishimiz, yoshlarimizni xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash vatan oldidagi burchimiz sifatida qaramog'imiz lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Shu o'rinda xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarga qisman to'xtalib o'tamiz. Inson qadimdan atrof muhitda ro'y berayotgan voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik his-tuyg'ularni so'zlar, raqslar ifodalagan va undanda keyinroq odamlar o'zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o'simliklar, tog'lar, suvlarning paydo bo'lishini izohlovchi to'qima hikoyalar o'ylab topadilar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo'shiqlarini to'qiydilar. Qabila-urug'ning mard va jasur yigitlari haqida, ularning g'aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo'ladi. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo'lib yashayotgan insonlar o'rtasida shuhrat topadi. Bugungi kunda biz ularni "xalq og'zaki ijodi" deb atashga odatlanganmiz.

Xalq og'zaki ijodi fanda "folklor" deb yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo'lib, uning ma'nosi "xalq donoligi" degan tushunchadan iborat. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san'at namunalari tushuniladi. Me'morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo'zlik, musiqa, raqs, og'zaki adabiyot namunalarining barchasi folklor deb tushunish qabul qilingan.

Xalq og'zaki ijodi namunalari sifatida qo'shiq, maqol, matal, topishmoq, afsona, rivoyat, asotir, yertak, latifa, lof, lapar, termalar, doston, askiya, tez aytish, alla, yor-yorlar, kelin salom kabilarni aytishimiz mumkin.

Hozirgu kunda pedagogik adabiyotlarda qadriyatga taa'luqli keng manolarni beruvchi aksiologiya so'zi keng ishlatilmoqda. Aksiologiya tushunchasi nima? Aksiologiya falsafaning mustaqil sohalaridan biridir. Mazkur tushuncha adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. "Aksiologiya" yunoncha so'z bo'lib, axio -

qadriyat, 1ogos - ta'limot, so'z, ya'ni qadriyatlar haqidagi ta'limot ma'nosini bildiradi.

I.T.Frolova tahriri ostidagi falsafiy lug'at(1986)da aksiologiyaga qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etish, deb ta'rif beriladi4.

Aksiologiya G'arb falsafasida XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida umumiy «qadriyatlar muammosi»ning ba'zi murakkab masalalarini hal etishga urinish sifatida yuzaga keldi. Qiyomiddin Nazarov umumiy tahriri ostidagi «Falsafa: qomusiy lugat»(2004)da «aksiologiya»ga aksiologik ong, qadrlash tuyg'usi, aksiologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to'plangan qadriyatlar to'grisidagi bilimlar sistemasi sifatida ta'rif berilgan. V.Ye.Kemerov umumiy tahriri ostidagi zamonaviy falsafiy lugat(1998)da «aksiologiya» tushunchasi insonda kelajakka bo'lgan o'zining hayotiy intilishlari, mavjud hayot uchun mo'ljalni ola bilish, o'tmish, «boshqa», umum ahamiyatlilikni oqlash yoki ayblashni qadriyatli loyihalash shakl va usullari haqidagi ta'limot sifatida ta'rif beriladi. Aksiologiya tushunchasi qadriyat va qadriyatlar haqidagi ta'limotga qaraganda, keyinroq paydo bo'lgan.

Mazkur tushuncha XIX asrning 2-yarmida nemis qadriyatshunosi Eduard Gartman va fransuz olimi P.Lapilar tomonidan fanga kiritilgan. Qadriyat tushunchasi maxsus falsafiy lug'atda XIX asrning 60-yillarida paydo bo'lganligi ta'kidlab o'tilgan. Falsafiy lug'atning 5-jildida qadriyatga quyidagicha ta'rif berilgan: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob'ektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (sub'ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».

"Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot" nomli ilmiy ishlar to'plamida: "Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari hodisalari majmuini tushunmog'imiz lozim", deb ta'kidlab o'tilgan.

"Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'at"da: "Qadriyatlar - jamiyatda kishilar o'rtasida obro'ga, e'tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma'naviy boyliklar majmuasi", degan ta'rif berilgan.

Qomusiy lug'atda "Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun

4 Xodjayev B.X. Pedagogik aksiologiya. O'quv qo'llanma. - T.: "Fan va texnologiya", 2011. - 3 b.

504

Scientific Journal Impact Factor

qo'llaniladigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha», deb ta'rif berilgan. O.Tohirov, B.Ochilovalarning ta'kidlashicha, "Qadriyat - bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo'ladigan, kishilar qadrlaydigan va ular uchun manfaatli, foydali, ijobiy ahamiyatli tabiiy, individual va ijtimoiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan, moddiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy, mafkuraviy va siyosiy omillar yig'indisidir".

"Qadriyatlar, - deb yozadi O.Musurmonova, - inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo'lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida o'zaro munosabat, o'zaro ta'sir (atrof-muhit bilan, insonlar bilan) natijasida dunyoga keladigan holatdir".

Siyosatshunos olim N.Jo'rayevning ta'kidlashicha, "Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat xodisalari majmui tushunilishi lozim"5.

Qadriyat tushunchasining kelib chiqishi shuni ko'rastadiki, unda uch asosiy belgi birlashadi:

- narsa va hodisalarni baholashga doir insonning amaliy va emotsional munosabatini ta'riflash;

- insonning psixologik tavsifini aniqlovchi axloqiy kategoriyalarni tavsif etish;

- odamlar orasidagi munosabatlarni xarakterlovchi ijtimoiy hodisalarni ta'riflash.

"Qadriyat" tushunchasining rivoji shartli ravishda qadriyatlarning turli ko'rinish (iqtisodiy, psixologik, axloqiy, estetik, bilishga oid, ijtimoiy)larini ajratib ko'rsatish, inson tabiati, uning bilishga intilish mexanizmlarini anglab yetish, bilish faoliyatining harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga imkon beradi.

O'quvchilar faoliyatida o'qitish odatda shubhasiz didaktik printsip sifatida qaraladi. Shu jumladan bir vaqtning o'zida bunday kombinatsiyalarda: "ong va faoliyat", "Ong, faollik va mustaqillik", "ongli faoliyat va mustaqillik " kabilarga ham e'tibor berilish kerak6. Ya'ni qadriyatlarni singdirishda o'quvchilar ongi tafakkuri xohish istagidan kelib chiqib dars va darsdan tashqari ishlarni amalga oshirish kerak bo'ladi.

5 Xodjayev B.X. Pedagogik aksiologiya. O'quv qo'llanma. T.: "Fan va texnologiya", 2011. - 4 b.

6 Холов, О. Ч. (2018). АКТИВНОСТЬ В СТИМУЛИРОВАНИИ УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Вопросы педагогики, (2), 112

MAQOLANING ILMIY MOHIYATI

с.

Yuqoridagi fikrlarga tayanib o'qituvchilarimizga belgilangan tartibda maktab darsliklari hamda rejasiga ta'sir etmay, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishda quyidagi tavsiyalarni berib o'tamiz.

- xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishda nazariy (ma'naviy-ma'rifiy meroslarimiz) ma'lumotlar berish;

- xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishda amaliy (tarixiy qadamjolar, muzeylar) ishlarni olib borish;

- xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishda oilalar bilan hamkorlik ishlaridan to'liq foydalanish.

Maktab ko'p funktsiyalarni birlashtiradi. Ba'zida "maktab va hayot" o'rtasidagi o'zaro bog'lanish muammosiga ham duch kelinadi. Ammo o'qituvchilar ta'limni turli ko'rinishlarda olib borishi o'quvchilarni har tomondan shakllantiradi7.

Shu o'rinda aytish kerakki xalq og'zaki ijodi vositasida o'quvchilarda aksiologik ongni shakllantirishda o'qituvchilarimizning o'rni beqiyosdir. Chunki o'qituvchilarimiz o'quvchilarini har tamonlama barkamol shaxs qilib, milliy ruhda tarbiyalashda munosib o'rin tutadi.

Shu o'rinda aytish kerakki yoshlarimizning milliy madaniyat va qadriyatlarning mazmunini bilish, ularga e'tiqod qilishi, yoshlarimizda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi. Vatan baxt-saodati va milliy istiqlolimiz yo'lida fidokorona mehnat qilishga, komil inson bo'lib voyaga yetishga undaydi.

Milliy qadriyatlar bir millat a'zolari ming yillar davomida yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklari, milliy til, milliy adabiyot, uning psixik ifodasi, xarakteri, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, ahloqiy jihatlari, urf-odatlari, an'analari kabilardir.

Umuminsoniy qadriyatlar esa jamiyat taraqqiyoti davomida takomillashib borib, kishilarga hayotning mazmunini chuqurroq tushinish, o'zlarining xatti-harakatlarini ma'naviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Umuminsoniy qadriyat jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umum ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan narsalar, hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, balki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan aksiologik tushunchadir. Yoshlarimiz ongiga singdirilayotgan milliy istiqlol g'oyasi ma'naviy meros asosidagi umuminsoniy qadriyatga tayanadi. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning, millatlarninggina emas, balki bashariyatning mulkidir. Zero, millat o'z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ayri holda yarata olmaydi. Milliy o'zlikni anglashda

7 Холов, О. Ч. (2018). ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ШКОЛА В СИСТЕМЕ ДИВЕРСИФИКАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ. Вопросы педагогики, (2), 114 с.

Scientific Journal Impact Factor

milliy g'oya, mafkura va millatga xos bo'lgan yangilanish jarayonlari jadal rivojlanmog'i lozim.

"Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" tamoyili asosida rivojlanish yo'lini tanlagan Yangi O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologiyalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatga ega bo'lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta'lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog'liq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.

Yosh avlodga ta'lim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga tayyorlash jamiyatning asosiy mezonlaridan biridir. Ta'lim-tarbiya orqali yoshlarning milliy qadriyatlar sirasiga kiruvchi axloqiy fazilatlarni shakllantirish, jamiyatdagi g'oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabatini o'zgartirib va barkamol shaxs bo'lib yetishishida xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlardan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb yetadi.

Xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimiz yosh avlodga ma'naviy-axloqiy tarbiya berishning muhim jihatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonida xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimiz o'sib kelayotgan yosh avlodga quyidagi sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi:

- insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi, do'st-birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat;

- yaxshilik va yomonlikning oqibati;

- halollik, to'g'rilik, olijanoblik tarbiyasi;

- adolat, insof va insofsizlik, do'stlik, mehr-oqibat va insonparvarlik;

- botirlik va qo'rqoqlik, odob va odobsizlik, mehmon va mehmondo'stlik, saxiylik, baxillik va kamtarlik, sabr-qanoat va sabrsizlikning oqibati; - qadr va qadrsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, kaltabinlik va ishonchsizlik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik va nosamimiylik, andisha va andishasizlik, farosat va farosatsizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, me'yor va me'yorsizlik, ma'suliyat va

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

ma'sulyatsizlik, vaqt va fursat, foyda va zarar, tabiatni e'zozlash, dehqonchilik va chorvachilik qadriyatlari:

- kattaga hurmat, yoshga mehr shafqat, yo'l va yo'ldosh, sevinch va g'am, to'y va motam, kiyinish, so'zlash, turmush tarzi, salomlashish, ko'cha odobi, ovqatlanish madaniyati, rasm-rusmlar, odatlar, marosimlar va an'analardir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimiz ta'limiy-tarbiyaviy jihatidan juda serqirradir. Xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlarimiz yoshlarni milliy ruhda qolaversa har qanday insonga ma'naviy ozuqa berishi bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan, xalq og'zaki ijodi va milliy qadriyatlardan unumli foydalanib o'quvchi yoshlarning aksiologik ongini shakllantirish yosh avlodni har tamonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T. "O'zbekiston", 1992. - 123 bet.

2. Karimov I.A. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risidagi nutqidan. 1994.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning Oliy majlisga murojaatnomasidagi nutqidan. 22.12.2017.

4. Xodjayev B.X. "Pedagogik aksiologiya" o'quv qo'llanma. T. "Fan va texnologiya", 2011. - 156 bet.

5. Холов, О. Ч. (2018). АКТИВНОСТЬ В СТИМУЛИРОВАНИИ УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Вопросы педагогики, (2), 112-113.

6. Холов, О. Ч. (2018). ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ШКОЛА В СИСТЕМЕ ДИВЕРСИФИКАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ. Вопросы педагогики, (2), 113-11z5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.