Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: OILA DAVLAT HIMOYASIDA'

YANGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: OILA DAVLAT HIMOYASIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / jamiyat / davlat / konstitutsiya / demokratik / fuqaro / muhofaza / vatanparvarlik / urf-odat. / Family / society / state / constitution / democracy / civil / protection / patriotism / tradition

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sarvarbek Alijon O’g’li Ahmadaliyev

Ushbu maqolada oilaning qonuniy himoyasi, Konstitutsiyada aks ettirilganligi, oilaviy munosabatlar va uning mustahkamligi – jamiyatni mustahkamlashga o’z ta’sir doirasi amaliyotda sinovdan o’tgan omillar keltirilgan bo’lib, oila avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak avlod qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the legal protection of the family, reflected in the Constitution, family relations and its strength factors that have been tested in practice, their impact on the strengthening of society, the family ensures the continuity of generations, preserves our sacred traditions, and at the same time it is stated that it is a center of education that directly affects the future generation.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: OILA DAVLAT HIMOYASIDA»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

TaShkena^^iamTmmmmPmi^UmaVmma^

YANGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: OILA -

DAVLAT HIMOYASIDA

Sarvarbek Alijon o'g'li Ahmadaliyev

Toshkent davlat Transport universiteti 2-kurs talabasi Ilmiy rahbar: "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi dots.v.b., N.Kh Egamberdiyeva

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada oilaning qonuniy himoyasi, Konstitutsiyada aks ettirilganligi, oilaviy munosabatlar va uning mustahkamligi - jamiyatni mustahkamlashga o'z ta'sir doirasi amaliyotda sinovdan o'tgan omillar keltirilgan bo'lib, oila avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak avlod qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Oila, jamiyat, davlat, konstitutsiya, demokratik, fuqaro, muhofaza, vatanparvarlik, urf-odat.

ANNOTATION

In this article, the legal protection of the family, reflected in the Constitution, family relations and its strength - factors that have been tested in practice, their impact on the strengthening of society, the family ensures the continuity of generations, preserves our sacred traditions, and at the same time it is stated that it is a center of education that directly affects the future generation.

Keywords: Family, society, state, constitution, democracy, civil, protection, patriotism, tradition.

KIRISH

O'zbekistonda oilani mustahkamlash va ravnaqi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishga qaratilgan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buga misol qilib Prezidentimizning 2021 yil 13 iyuldagi "Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga doir kafolatlar belgilangan. Jumladan, ipoteka dasturi doirasida boshlang'ich badal va foiz to'lovlari bo'yicha qo'shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan.

413

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti

^ashkeni^iaie^rans^sii^nivei^t^™

Konstitutsiya — inson qadri uchun

TheConS^^ion^^arHU^^n^aÊgnmi^

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning, "Oila kelajagi - uni mustahkamlash, nasl-nasabi bilan farqlanish, vatanparvarlik, oilaviy an'analarini avaylab-asrash va boyitish, o'z mehnati-bilimlari bilan nasl-nasab obro'sini mustahkamlash, odamlarning hurmat-ehtiromiga sazovor bo'lish lozimligi haqidagi fikrlari, oilaning muborak nomini ulug'lashga, o'tmish ajdodlarimizning ruhini yod etib ularning an'analarini davom ettirishga qaratilgandir" Amaldagi konstitutsiyamizning 76-moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda u jamiyat va davlat himoyasida"1, ekanligi belgilab qo'yilgan. Zero asosiy bo'g'in bo'lmas ekan, na davlat va na jamiyat bir butun bo'la oladi.

Asosiy qism

O'zbekiston Respublikasida nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan bo'lib, uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda, nikohlanuvchilarning iltimosiga ko'ra, nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga qisqartirilishi mumkun. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 3-moddasida, "Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog'ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo'l qo'yilmaydi"2.

"Hayotda eng katta narsa har bir inson uchun bu - oila. Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashingizdan, kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, oilada tarbiya muhim, halollik, mehr-oqibatga e'tibor berilmasa, hech qachon kerakli natijaga erishilmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e'tibor berganman. Farzandlarimga ham, nevaralarimga ham alohida munosabatim bor, har birining niyatini, istagini bilaman. Agar oila bilan bo'lsang, o'zingni baxtli deyishga to'liq huquqing bor. Faqat oilam emas, xalqim ham baxtli bo'lsa men o'zimni baxtli his qilaman", - deb Sh. Mirziyoev o'z fikrlarini bildirganlar.

Darhaqiqat, O'zbek oilasi or-nomusli va ahil oila hisoblanadi. Shuning uchun u o'zining milliy qiyofasini yo'qotmagan holda butun oilaning sha'nini, obro'sini saqlash uchun mas'uliyat bilan ish tutadi, oilaning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-oila jamiyatning demokratik hujayrasini tashkil etib, odamlar bu muqaddas maskanda tugxilib, o'sib jamiyat tarkibini tashkil etadi;

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023

2 O'zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 01.09.1998

2024-yil, 7-dekabr

414

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

-oila muhim bo'g'in bo'lib, unda mehnat jarayonida sarf qilingan kuchlarini tiklash imkoniyati yaratiladi;

-oila muhim tarbiya o'chog' i;

-oila nodir ruhiy muhitdir.3

Shu o'rinda oila haqida gap ketganda jadidlarimizdan biri bo'lgan Abdurauf Fitratning oila va uning intizomi haqidagi hikmatlarini yodga olish joiz: "Har bir millatning saodati va izzati albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muntazam bo'ladi".4 Buning mazmuni shundan iboratki, oilangizni tinchlikda saqlang, uning intizomi kuchli bo'lsa, millat ham mustahkam bo'ladi deganidir.

Fuqarolarning oilani mustahkamlash uchun ma'suliyatini oshirish maqsadida huquqiy me'yorlarni takomillashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ayni hozirgi kun talablaridan kelib chiqmoqda. Yurtboshimiz o'zlarining qator chiqishlarida oila to'g'risidagi g'amxo'rlikni kuchaytirish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan g'oyat muhim vazifa sifatida ko'rsatishining boisi ham shunda bo'lsa kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida "Oila, bolalar va yo'shlar"ga bag'ishlangan bobning yanada kengayishi oilaga nisbatan jiddiy e'tibordan darakdir. Zero, sog'lom oilalar bor ekan, jamiyat va davlat har doim mustahkamlanib, ko'kka bo'y cho'zib boraveradi.

Jamiyat mustahkam ma'naviy va axloqiy jihatdan sog'lom oila bo'lishdan g'oyat manfaatdordir. Shu boisdan ham hukumatimiz oilani mustahkamlash,unga ijtimoiy vazifalarni bajarishda, bolalarni tarbiyalashda yordam berish, bolali oilalar va kelin-kuyovlarning moddiy, turar joy va maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yo'lni o'tkazishni zarur hisoblab, bu boradagi tadbirlar davlat siyosati darajasida amalga oshirilmoqda. Chunonchi, 2007 yil 18 mayda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga doir qo' shimcha chora-tadbirlar to' g'risida" gi Farmoni e'lon qilingan. Mazkur farmonning eng muhim jihatlari yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanishni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishda ularga zarur yordam ko'rsatish barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy rag'batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida chora-tadbirlar belgilangan.

XULOSA

3 Falsafa va huquq. 3-son. 2007-yil

4 Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. 2013 yil

2024-yil, 7-dekabr

415

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

Shunday qilib, oilani ijtimoiy hayotdagi munosabatini o'rganib, jamiyat uchun maqsadga muvofiq bo'lgan huquqiy qoidalaridan amaliyotda unumli foydalanish lozim.

Xulosa o'rnida, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi 3-qismida "Davlat oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart sharoitlar yaratadi" deb belgilangan. Bu esa oila munosabatlariga oid huquqiy me'yorlarni o'zbek xalqining urf-odatlari va an'analarini hisobga olgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalalari davlatning doimiy e'tiborida turganligi o'z ifodasini topmoqda. Qo'shimcha qilib shuni aytish mumkinki, oila davlat himoyasida ekan, davlat tomonidan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ko'rsatilishi, oila tarbiyasini mustahkamlash va farzandlar tarbiyasida ota-onalarning ro'lini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilishi lozim, hamda oila qadriyatlarini rivojlantirish orqali sog'lom jamiyatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi kerak. Zero, oilasi, jamiyati va davlati mustahkam va sog'lom xalqlar har doim ijtimoiy barqaror va iqtisodiy rivojlanish yo'lida ilgarilaydi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023 yil 1 may.

2. O'zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. 1998 yil lsentabr.

3. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. Abdurauf Fitrat 2013. -6 b

4. Falsafa va huquq. 3-son. 2007.

416

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.