Research BIB / Index Copernicus
O'ZBEK VA QOZOQ OILALARIDA OTA-ONA VA FARZAND
MUNOSABATLARI
Shadimetov Maxmudjon Negmatjanovich
Fan va texnologiyalar universiteti ilmiy tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi kundagi o'zbek va qozoq oilalarida ota-ona va farzand munosabatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Oila tarbiyasi kabi katta mas'uliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. SHu o'rinda bir narsani alohida uqtirish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta'sirchan kuch-qudrat, bu -Onadir. Darhaqiqt ota ko'pchincha oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta'minlash, qolaversa oilaning xojalik ishari bilan band bo'ladi. Bu o'zbek oilalari tarixidan ma 'lum bo 'lgan haqiqat va ota-bobolarimizdan meros bo 'lib qolgan an 'anadir.
Kalit so'zlar: oila, ota, ona, farzand, tarbiya, yoshlar, urf-odatlar. an 'analar, qadriyatlar, kasb-kor, ma 'naviyat, madaniyat.
В статье научно анализируются взаимоотношения родителей и детей в современных узбекских и казахских семьях. Большая ответственность, такая как воспитание семьи, ложится прежде всего на отца и мать. Здесь следует подчеркнуть одно: главной влиятельной силой в воспитании детей является Мать. Действительно, отец часто занят удовлетворением и обеспечением материальных потребностей семьи, а также хозяйственной работой семьи. Это факт, известный из истории узбекских семей и традиция, унаследованная от наших предков.
Ключевые слова: семья, отец, мать, ребенок, воспитание, молодежь, традиции, ценности, профессия, духовность, культура.
The article scientifically analyzes the relationship between parents and children in modern Uzbek and Kazakh families. Great responsibility, such as raising a family, falls primarily on the father and mother. Here it is necessary to emphasize one thing: the main influential force in raising children is the Mother. Indeed, the father is often busy with satisfying and providing for the material needs of the family, as well as the household work of the family. This is a fact known from the history of Uzbek families and a tradition inherited from our ancestors.
Keywords: family, father, mother, child, education, youth, traditions, values, profession, spirituality, culture.
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
KIRISH
Yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat-e'tibori va himoyasida bo'lib kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo'lgan Qomusimiz-Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg'u berilgan. Konstitutsiyamizda: "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidur hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega" [1, 22-b.], deb yozilgan. Xalqimizning tarixini ko'zdan kechirsak, oila va vazifalari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni va salmoqli ishlari haqida qimmatli fikrlar aytilgan. Demak, o'zbek oilasi tarixi va milliy oila pedagogikasi tarixi juda qadimiydir.
O'zbek halqining qadimgi tarixini aks ettirgan «Avesto»da ham oila munosabatlari bilan bog'liq mantiqiy fikrlar ilgari suriladi. Unda qayd qilinishicha, erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg'a bosishar yoki beliga zanjir bog'lab yurishga majbur qilishardi. «Avesto»da qarindoshlarning o'zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug' qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan [2, 32-35-bb.].
Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi sog'lom avlodning yaralishi yo'lida muttasil e'tiborda bo'lgan, oilasi, urug'i obro'si mustahkamligi, g'ururi uchun doim kurashib kelgan. Bunday oilaparvarlar va bolaparvarlar zardushtiylik g'oyalarining aynan bizning zaminda tug'ilishi bilan ham bog'liq. Buni tarixiy manbalarni kuzatishning o'ziyoq anglatib turibdi. Zarudushtiylikning muqaddas kitobi "Aveto"da oila, uning mustahkamligi, tarbiya masalalariga katta e'tibor berilgani uning isbotidir. Oilaparvarlik va bolaparvarlik g'oyalari faqat yo'l-yo'riqlar sifatidagina qabul qilinib qolmay, avlod turmushining baxtli-saodatli, to'la ta'minotli, xushchaqchaq, serfarzand bo'lishi to'g'risida ham katta g'amxo'rlik ko'rsatilgan. Bunday g'oyalar avloddan-avlodga aynan oila tarbiyasi orqali singdirib borilgan deb, ta'kidlaydi tadqiqotchi To'rabek Xo'janiyozov [13, 16-17-bb.].
Bu misollardan ko'rinib turibdiki, eramizgacha bo'lgan uzoq o'tmishda ham biologik-fiziologik jihatdan sog'lom erkak yohud ayol kishilar oila qurishga majbur bo'lishgani holda ular (insonlar) qavm-urug'ni toza saqlash, milliy qonni (avlod ma'nosida) buzmaslik, nikoh tushmaydigan qarindoshlar o'rtasida oila qurmaslik kabi ahloq-odob normalariga amal qilishgan.
Demak, oila o'zbek ba qozoq xalqi ananalarida insonlarning tabiiy-biologik-fiziologik, moddiy-iqtisodiy, huquqiy-qonuniy, ma'naviy-axloqiy aloqa-munosabatlari asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir. Insonlarning tabiiy biologik-fiziologik munosabati deganda jinsiy aloqa va nasl qoldirish (farzand tug'ish
Research BIB / Index Copernicus
va tarbiyalash)ni moddiy-iqtisodiy munosabatda - uy-ro'zg'orni boshqarish, mulkiy munosabatni, huquqiy - qonuniy munosabat-nikohning qonuniyligini, ma'naviy-axloqiy munosabatda esa er-xotin inoqligi, pokligi, ota-ona bilan farzandlar o'rtasidagi mehr-oqibat, hurmat, burch va shu kabilarni tushunish lozim. Hozirgi kunda yuqorida zikr etilgan oila va uning bilan bevosita bog'liq masalalar qonun yo'li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. CHunki u jamiyatning ajralmas bir bo'lagidir. Bundan jamiyat va oila dialektik birlikni tashkil qiladi degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi [4, 235-236-bb.]. SHunga ko'ra bola bilan ko'proq ona birga bo'ladi. Axir, xalqimiz: «Sut bilan kirgan-jon bilan chiqadi» deydi-ku! Tarbiya, ya'ni yuksak axloq-odob aqidalari bola joniga (ruhiga) ko'proq ona suti (tarbiyasi) bilan kiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oila tarbiyasida hikmat (falsafiy-pedagogik yo'nalishlar) ko'p. YAngi o'tkazilgan inholning to'g'ri yoxud egri o'sishi bog'bon mehnati va mahoratiga bog'liqdir. Egri o'sayotgan niholning qaddini rostlab qo'yilmasa, u noto'g'ri rivojlanadi. YAngi tug'ilgan go'dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o'rtasida qandaydir tabiiy o'xshashlik mavjud [5, 102-105-bb.].
Bundan ko'rinib turibdiki, mehnat tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy tarbiya, axloq-odob normalari, Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik tarbiyasi, ma'naviy-estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, milliy g'urur va iftixor tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya va shu kabilar oiladan boshlanadi. SHu zikr qilingan pedagogik-falsafiy tushunchalar oila rahbarlarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir. Deylik, dehqon dunyoqarashi uning halol mehnat qilib, dastlab oila to'kinligi va so'ngra xalq farovonligini ta'minlashda ko'rinadi. Uning barcha faoliyati shu olijanob tuyg'u bilan uyg'unlashgan. Bu oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Hayot va turmushning hamma nuqta va qirralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan, mehnatkash inson har sohada o'z yo'lini topa oladi.
Xalq mehnatkash, yuksak axloq-odobli yigitchani ko'rsa, «otangga rahmat», xush qiliqli, go'zal xulq-atvorli, shirinsuhan, muloyim, chevar, pazanda qizni ko'rsa «onangga rahmat» deydi. Bu oila tarbiyasining shirin mevasi tufaylidir.
Yana bir narsani unutmaslik kerakki, bir oilaning ikkinchi bola bilan munosabati ham oila tarbiyasi bilan uyg'unlashib boradi. Boshqacha aytganda, bir oila o'g'il uylantirib, kelin tushiradi. Ikkinchi oila esa qizini chiqarib, kuyovlik bo'ladi. Bu quda-andalar oilasi deb aytiladi. Oilalar ichida yangi oilalar vujudga keladi. Avvalroq aytganimizdek, yosh nihollar (kelin va kuyov) taqdiri dastlab ularning o'zlariga, qolaversa ota va ona, qayin ona va qayin ota muomala-munosabatlariga bog'liq bo'ladi. Bu o'rinda yosh oilalarning mustahkamlanishi uchun ota va ona, qayin ota va
Research BIB / Index Copernicus
qayin ona tadbirkor dehqon kabi tarbiya mahoratiga ega bo'lishlari kerak. Ba'zi hollarda ota-ona yohud qayin ota va qayin onalarning injiqliklari, me'yoridan ortiq qattiqqo'lliklari tufayli yosh oilalar buzilib ketadi. Zotan, ota va ona, qaynota, qayin onalar farzandlarining oilasini, ya'ni yosh nihollar oilasini parvarish qilishni bilsalar va shunga harakat qilmaydi. Oila ichidagi oila ravnaq topardi, mustahkamlanadi [6, 157-159-bb.].
Professor O.Musurmonova ta'kidlaganidek: "Oilaning asosi er-xotin yoxud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas'ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand tarbiyasida mas'uldirlar" [7, 60-b.].
Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o'zi yoxud bir ayolning o'zi oila bo'la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan tashqari erning ota-onasi, ya'ni qaynota va qaynona, farzandlar, uka singillardan iborat ko'p bo'g'inli xonadon. Uning har bir a'zosi o'z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga bo'ysunib yashaydi. Shu ma'noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o'z saltanati bor: bunda minglab tasodiflar jarayonida er-xotin muhabbati sinovdan o'tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni o'rniga quyadigan bo'ladi, bir-birlariga kechirimli bo'lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu-havas ko'radi. SHu ma'noda oila inson hayotiga to'kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi [8, 297-301-bb.].
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go'zal mo''jizalaridan biri bo'lib, u insonlrga xos "tabiiy-biologik", iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir[9, 187-b.].
Huquqiy jihatdan kafolatlangan oila o'z burchlarini ham unutmasligi lozim. Shulardan eng asosiysi, oilani yaxshi oila qilib ko'rsatuvchi fazilatlardan biri -farzandlarni oila qurishga tayyorlashdir. Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash - oilalarning mustahkamligini ta'minlashning muhim shartidir. SHu boisdan ham "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da xuddi mana shunday masalaga alohida e'tibor berilgan, ya'ni:
- oila-oilaviy an'analarni hamda ma'naviy-ahloqiy merosni saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;
Research BIB / Index Copernicus
- jamiyatning eng kichik bir qismi bo'lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa ehtiyojlari o'sishini va sog'lom turmush tarzini ta'minlovchi;
- bolaning fe'l-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;
- hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo'l-yo'riq ko'rsatuvchisidir, deyiladi.
Demak, oila poydevorining mustahkamligi - jamiyat poydevori va binosini puxta qilib qurishni ta'minlashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma'naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat faroonligining negizidir.
Yangi O'zbekiston uchun oilaning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta'minlash bilan bog'lq barcha masalalarni o'zida mujassam etgan quyidagi yo'nlishlarda muhim ishlar amalga oshirilmoqda:
- oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta'minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish;
- oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a'zolarining sog'ligini muhofaza qilish va bilim darajasini oshirish uchun imkoniyatlarni yaxshilash;
- oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a'zolarining ish bilan ta'minlash darajasini oshirish, ro'zg'or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash. Kam ta'minlangan oilalarni davlat tomonidan qo'llab-quvatlash;
- oilaning ma'naviy-ahloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- oilaning sog'lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
- oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko'rsatuvchi statistika hisobotini to'plash va takomillashtirishdan iborat.
Manbalarning ko'rsatishi va tadqiqotchilarning fikricha, kishilik jamiyati paydo bo'lishining dastlabki davrlarida guruhiy nikoh, ya'ni poligamiya (ko'p nikoh) asosida erkak va ayol tartibsiz jinsiy munosabatda bo'lgan holda turmush tarzi matriarxal, so'ng patriarxal hukmronlik asosiga qurilgan. Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi, jamiyatning o'zgarishi, shu o'zgarishlarning insonlar ongiga ta'siri, shu asnoda ular fikrlashining o'sa borishi oila va oilaviy munosabatlarning shakllanishiga olib kelgan [10, 153-b.].
Research BIB / Index Copernicus
Hozirgi zamon o'zbek ba qozoq oilasining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat bo'lishi kerak? U uzoq o'tmish oilalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Oila jamiyat, tabiat qonun-qoidalari asosida barpo etilsa va yashasa-da, oiladagi er-xotin, ota-ona farzandlar, qaynona-qaynota, qayin uka va singillar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, oila an'analari va qadriyatlari borasida mustaqil makon bo'lib qolaveradi. Lekin u yoki bu tuzum, davlat yoki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy mafkuraviy, ma'naviy-ahloqiy boradagi ustuvor g'oyalari va munosabatlarga bilvosita yoki bevosita ijobiy yoki salbiy ta'sir etmasdan qolmaydi.
Oilaning o'ziga xos qator o'zbek ba qozoq oilalarida vazifalari mavjud bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri - reproduktivlikdir, ya'ni farzand ko'rish, avlodlar daomiyligini, er yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta'minlashdan iboratdir. Xalqimiz "Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor" deganlaridek, bolalik uyda shodu-xurramlik, tinchlik-osoyishtalik hukm suradi. Bunday oilaning har bir kuni mazmunli, rejali va aniq maqsadli o'tadi. Farzandsiz oila aksariyat hollarda notinch, omonat bo'ladi.
Oilaning yana bir o'ziga xos xususiyati, uning nuklearligidir. "Nuklear" lotincha so'z bo'lib, yadro degan ma'noni anglatadi. Er-xotin va bolalardan iborat bo'lgan oila nuklear oila deb ataladi. Oilaning vazifalaridan yana biri iqtisodiy-moliyaviy xo'jaligining faoliyatini to'g'ri yuritish hisoblanadi.
Oila tarixiy-ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyatida qator vazifalarni bajarib, ham o'zining, ham jamiyatning takomillashuvini ta'minlab kelmoqda. Oilaning dastlabki bosh vazifasi - demografik vazifadir. Sirasini aytganda, oila nainki jinsiy aloqani tartibga solish, balki zurriyotni davom ettirish ehtiyoji tufayli ham yuzaga kelgan ijtimoiy-biologik hodisa hisoblanadi [11, 276-279-bb.].
Jahonda ayni zamonda kechayotgan demografik siyosat o'zbek oilasini ham befarq qoldirmayotir. Xususan, mustaqillik tufayli kun tartibiga qo'yilgan sog'lom avlod uchun kurash maqsadlari ishni sog'lom oiladan boshlashni taqozo eta boshladi. Bu hol oilani rejalashtirish masalasini keltirib chiqardi. Oilani rejalashtirish bola tug'ishni tartibga solishni anglatsa-da, bu masalada jahon demografik siyosatida ikki yo'nalish hukm surib kelmoqda.
Birinchi yo'nalish - oilani ixtiyoriy usulda rejalashtirish. Bunda qancha farzand ko'rish masalasini har bir oilaning o'zi hal qiladi. Iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ayollarning ma'lumotlilik darajasi o'sib, ishlab chiqarishda bandliklari oshgan, shuningdek, tibbiy himoyalanish imkoniyatlari kengaygan vaziyatda bir yoki ikki farzand ko'rish bilan cheklanish an'anaga aylangan. Bu hol, ayniqsa, Evropa mamlakatlarida tobora chuqurlashayotir. Bu mamlakatlarda demografik siyosat tug'ilishni rag'batlantirishga qaratila boshlandi. CHunonchi,
Research BIB / Index Copernicus
Germaniya va Polshada farzand ko'rgan oila bir yo'la katta miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlansa, Vengriyada farzand ko'rgan ayol birinchi yili yuz foiz, ikkinchi yili oltmish foiz miqdorida oylik maosh olib turadi. Gretsiyada esa ayol homila ta'tiliga chiqqan kunidan bolasi etti yoshga to'lib maktabga borguniga qadar avvalgi ish joyida qancha maosh olib turgan bo'lsa, har oyda o'sha oyligini olib turadi va ish joyi ham saqlanadi. Ikkinchi yo'nalish - oilani siyosiy yo'l bilan davlat tomonidan rejalashtirish. Bunday demografik siyosat Osiyo va Afrika hamda Lotin Amerikasi mamlakatlarida yigirmanchi asrning o'rtalaridan qo'llanila boshlandi. Zero, bu davrga kelib bu mamlakatlarda tug'ilish shiddatli tus olib, aholini oziq-ovqat, kiyim-bosh va ish bilan ta'minlash o'ziga xos muammo sifatida jiddiy tus ola bordi. Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, Yangi O'zbekistonga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik - ma'naviyatning ma'nosi ana shunday keng va oila asosiy rol o'ynaydi.
Abdulla Avloniyning bayon qilishicha: "Ota-onaning farzandiga nisbatan saksonta haqi bor ekan. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o'lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog'idagi qirqta haqning o'ntasi tanga, o'ntasi tilga, o'ntasi dilga va o'ntasi molga taalluqlidir" [12, 30-b.]. Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Ota-bobolarimiz: "Umr yo'ldoshini saylashda-tanlashda tarozining xusn pallasini emas, aqlu odob pallasini tanlash maqbul. Chunki birinchisi ko'zi uchun, tomosha uchun, ikkinchisi esa qalbing uchun, hayoting uchun kerak" [13, 36 -b.], -deydilar. Darhaqiqat hayot juda murakkab tushuncha, u doim tekis bo'lavermaydi, uni o'nqir cho'nqirlari ham, achchiq-chuchuklari ham, shodu-xurram, orambaxsh onglari ham bo'ladi. Oqil inson mashaqqatlarni sabot va iroda bilan engib o'tishi uchun oldindan o'zini ruxiy jihatdan tayyorlaydilar.
O'zbek oilasida o'ziga xos milliy qadriyatlar shakllangan ma'naviy-ahloqiy negizlar mavjuddir. Tongda turish, yuz qo'llarni yuvish, hovli joylarni shupurish, tozalash, kattalarga salom berish, hol-ahvol so'rash, nonushtaga oila kattalarini taklif qilish va ulardan oldin nonushtaga o'tirmaslikdir. Oila kattalari bilan maslahatlashishi va ularni roziligi orqali ishlarni taqsimlash amalga oshiriladi. O'zbek oilasining o'ziga hos jihatlaridan biri "Bir kun janjal bo'lgan joydan qirq kun baraka ketadi" maqolining mohiyati ham oilada qadimdan ham-jihat bo'lib yashashga qaratilganligidir. Ayniqsa, bu borada Abu Ali ibn Sinoning axloqiy va falsafiy qarashlarida batafsiz keltirilgan [14, 63-b.].
Xulosa sifatida aytish joizki, o'zbek va qozoq oilalarini mustahkamlash uning jamiyat xayotida tutgan o'rni va nufuzini oshirishga e'tibor kuchaymoqda. O'zbek oilalari milliy qadriyatlar asosida millat tarbiyachisi sifatida ma'naviy barkamol
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
shaxsni tarbiyalashda faol ishtirok etish zarur. Oilada sog'lom muhit ijtimoiy faollikda namoyon bo'lmoqda. Keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Oilada yoshlarni vatanga sadoqatli, yurtga fidoyi, Yangi O'zbekiston uchun fidoiy shaxslar etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2023, 24-bet.
2. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. - Toshkent: «O'qituvchi» nashriyoti, 1995, 32-35 betlar.
3. Xo'janiyozov T. Oila tarixi va huquq. - Toshkent: "Adolat", 2006, 16-17-betlar.
4. Masharipova G.K. Ayollarning jamiyatda, mahallada va oilada tutgan o'rni // Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2008. - 235-236-bb.
5. Masharipova G.K. Oila mustahkamligining muhim poydevori. //"Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan - obrazovanie i vospitanie molodeji. Materials vtoroy traditsionnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. - Tashkent, 2013. - str.102-105.
6. Masharipova G.K. Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini, tarbiya maskani. // "O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda xotin-qizlarning o'rni va roli" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari. - T., 2014. - 157-159-betlar.
7. Musurmonova O. Oila ma'naviyati-milliy g'urur. - Toshkent: "O'qituvchi", 2000, 60-bet.
8. Masharipova G.K. Oilaviy va mavsumiy marosimlar// "Voyaga etmaganlar o'rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ijtimoiy-ma'naviy asoslari" mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy seminari materiallari. - Toshkent, 2016. - 297-301-betlar.
9. Masharipova G.K. Xorazm Ma'mun Akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy va ma'naviy merosining ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri. Monografiya. - Toshkent, Navro'z nashriyoti, 2019. - 364 b.
10. Masharipova G.K. O'rta asrning buyuk kashfiyotlari - xorazmlik matematiklarining ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari Monografiya. - Toshkent: Navro'z nashriyoti, 2021. - 210 b.
11. Masharipova G.K. Oila va oilaviy munosabatlarda milliy urf-odatlar va an'analarning o'rni. // «Mustaqillik sharoitida xalqimizning g'oyaviy tarbiyalanishining dolzarb masalalari» mavzusida onlayn respublika miqyosida ilmiy-nazariy anjuman. 2020-yil 5 may. - B.276-279.
12. Abdulla Avloniy. Odob bo'stoni va ahloq gulistoni. - Toshkent: "Fan", 1994, 30-bet.
Research BIB / Index Copernicus
13. Usmonov R. Saodatnoma. Tanlangan asarlar. - Toshkent: "O'qituvchi", 1995, 36-bet.
14. Masharipova G.K. Abu Ali ibn Sino ilmiy-falsafiy va ma'naviy merosining jamiyat hayotidagi o'rni. Monografiya. - Toshkent: Navro'z nashriyoti, 2020. - 144 b.