INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© Z.Sh. Qarshiyeva1H_
1Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali, Kattaqo'rg'on, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik jarayonida refleksiv pozitsiyani rivojlantirish masalasi dolzarb pedagogik muammo sifatida ko'rib chiqiladi. Shuningdek, oliy ta'lim tizimida refleksiv yondashuvning ahamiyati va uni ta'lim jarayonida tatbiq etish yo'llari tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik jarayonida refleksiv pozitsiyani rivojlantirishni ta'minlash va interfaol o'qitish texnologiyalari yordamida ularning tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish kabi ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda refleksiv pozitsiyani rivojlantirishga doir ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlil qilindi. Shuningdek, modulli dastur texnologiyalari, interfaol o'quv usullari va aksiologik yondashuvlar asosida o'qitish tajribasi o'rganildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, refleksiv pozitsiyani rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshiradi. Ayniqsa, interfaol o'qitish usullari, tanqidiy fikrlash va refleksiya elementlarini o'z ichiga olgan texnologiyalar o'quvchilarning faoliyat samaradorligini sezilarli darajada oshirgan.
XULOSA: tadqiqot natijalari bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida refleksiv pozitsiyani rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini tasdiqladi. Refleksiv pozitsiyani rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar nafaqat talabalarning nazariy bilimlarini, balki ularning amaliy ko'nikmalarini ham mustahkamlashga yordam beradi.
Kalit so'zlar: refleksiv, pozitsiya, model, modellashtirish, yondashuv, loyiha, uyg'unlashtirish, aksiologik, natija, komponent, tamoyil.
РАЗВИТИЕ РЕФЛЕКСИВНОЙ ПОЗИЦИИ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ КАК АКТУАЛЬНАЯ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА_
© З.Ш. Каршиева1И
1Каттакурганский филиал Самаркандского государственного университета, Каттакурган, Узбекистан_
Iqtibos uchun: Qarshiyeva Z.Sh. Bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.261-269.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается проблема развития рефлексивной позиции у будущих педагогов в процессе их профессиональной подготовки как актуальная педагогическая проблема. Особое внимание уделено значению рефлексивного подхода в системе высшего образования и его внедрению в образовательный процесс.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования - обеспечить развитие рефлексивной позиции будущих педагогов в процессе их профессиональной подготовки и сформировать у них навыки критического мышления, самостоятельного принятия решений с использованием интерактивных технологий обучения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проведён анализ научно-педагогической литературы, посвящённой развитию рефлексивной позиции. Были изучены технологии модульных программ, интерактивные методы обучения и аксиологические подходы к образовательному процессу.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что подходы, направленные на развитие рефлексивной позиции, способствуют повышению уровня профессиональной подготовки педагогов. Внедрение интерактивных методов обучения и элементов рефлексии значительно повышает эффективность образовательного процесса и уровень активности студентов.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили актуальность развития рефлексивной позиции у будущих педагогов в системе профессиональной подготовки. Подходы, направленные на развитие рефлексивной позиции, помогают укрепить как теоретические знания студентов, так и их практические навыки.
Ключевые слова: рефлексивный, позиция, модель, моделирование, подход, проектирование, гармонизация, аксиологический, результат, компонент, принцип.
THE DEVELOPMENT OF A REFLEXIVE ATTITUDE AMONG CHILD TEACHERS AS AN URGENT PEDAGOGICAL PROBLEM_
© Zulfiya Sh. Qarshiyeva1®
1 Kattakurgan Branch of Samarkand State University, Kattakurgan, Uzbekistan_
INTRODUCTION: the article examines the issue of developing a reflexive position in future teachers during their professional training as a relevant pedagogical problem. Particular attention is paid to the significance of the reflexive approach in higher education and its integration into the educational process.
Для цитирования: Каршиева З.Ш. Развитие рефлексивной позиции у будущих педагогов как актуальная педагогическая проблема // Inter education & global study.2024. №10(1). С.261-269.
Annotation
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
AIM: the main objective of the study is to ensure the development of a reflexive position in future teachers during their professional training and to form their critical thinking skills and independent decision-making through the use of interactive teaching technologies.
MATERIALS AND METHODS: the study involved analyzing scientific and pedagogical literature related to the development of a reflexive position. Modular program technologies, interactive teaching methods, and axiological approaches to the educational process were studied.
DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study showed that approaches aimed at developing a reflexive position significantly enhance the level of professional training for teachers. Implementing interactive teaching methods and elements of reflection greatly improves the effectiveness of the educational process and student engagement.
CONCLUSION: the results of the study confirmed the relevance of developing a reflexive position in future teachers as part of their professional training. Approaches focused on developing a reflexive position help to strengthen students' theoretical knowledge and practical skills.
Key words: reflexive, position, model, modeling, approach, design, harmonization, axiological, result, component, principle.
Oliy ta'lim muassasasi tarbiyaviy jarayoni - bu OTMning auditoriya va auditoriyadan tashqari faoliyatida umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish uchun ta'lim tashkilotining maxsus tarbiyaviy imkoniyatini maqsadga yo'naltirilgan holda ro'yobga chiqarilishidir. Mazkur jarayonning sub'ektlari ta'lim oluvchilar va o'qituvchilar bo'lib, mazmuni esa ularning kasbiy yo'naltirilgan faoliyatning umumiy turlaridagi (o'quv, auditoriyadan tashqari, nazariy, ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy va boshqalar) hamkorligidir.
Ta'lim modernizatsiyasi zamonaviy nazariya va amaliyot asosida tarbiyaning yangi modellarini yaratish jarayonidir. Zamonaviy ta'lim qadriyat jihatidan yaxlit voqelik bo'lib, bu inson shaxsiga samarali ta'sir ko'rsatish natijalarida aks etadi. U madaniyatlarning uzatuvchisi bo'lib qolmay, uni shakllantirish mexanizmiga aylana boradi.
Qadriyatlar bu umumiy maqsadlar va ularga erishish vositalari bo'lib, bilimlar integratsiyasini ta'minlovchi fundamental me'yorlar vazifasini bajaradi, bu esa, individga hayotda muhim ahamiyat kasb etadigan holatlarda o'zini tutishning maqbul shaklini tanlashga yordam beradi. Qadriyatlar - ta'lim oluvchi ichki salohiyatining individual rivojlanishi hamda yangi sifatlar va qobiliyatlarning shakllanishi ko'rsatkichidir (inson faoliyatining ma'lum bir sohasida, xususan - kasbiy faoliyatda).
For citation: Zulfiya Sh. Qarshiyeva. (2024) 'The development of a reflexive attitude among child teachers as an urgent pedagogical problem', // Inter education & global study. (10(1)). pp. 261-269.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
So'nggi yillarda ta'lim tizimi, shu jumladan, oliy ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari sifatida ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi, ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati kabilar belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ularning kasbiy kompetentligi bilan insoniy fazilatlarini uyg'unlashtirish, professor-o'qituvchilarning tarbiyaviy mas'uliyatini oshirish, ta'lim va tarbiya uyg'unligini amalda ta'minlash uchun fanlarning har bir mavzusidagi tarbiyaviy maqsaddan unumli foydalanilishini ta'minlash" kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta'lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish; davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar hamda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyati oliy ta'lim muassasalari tomonidan televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi e'tiboriga yetkazilishini ta'minlash kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Ayniqsa, "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi"da bo'lajak o'qituvchilarning refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish bilan bevosita bog'liq qator muhim yo'nalishlar belgilab berildi:
- davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta'lim-tarbiya usullaridan foydalanish;
- yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog'lom turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;
- talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
istiqboli yo'lida birlashtirish maqsadida ta'lim-tarbiyaning ta'sirchan usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e'tiborga olish va tashabbuslarini qo'llab -quvvatlash;
"Maktab - ma'naviyat va ma'rifat o'chog'i" kontseptsiyasi doirasida oliy ta'lim muassasalarining umumta'lim maktablari bilan o'quvchi-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish, kasbga yo'naltirish va mustaqil hayotga tayyorlash kabi masalalarda mentorlik modeli asosida hamkorligini rivojlantirish va h.k.
Shiddatli modernizatsiya sharoitida zamonaviy kasbiy-pedagogik ta'lim nafaqat o'z kasbi va turdosh sohalarni yaxshi egallagan, balki doimiy ravishda kasbiy o'sishga va mobillikka tayyor bo'lgan mutaxassisni tayyorlashga qaratilgan.
Jamiyatning dolzarb ehtiyojlariga e'tibor qaratgan holda, kasbiy ta'lim bo'lajak mutaxassisni tayyorlashda ustuvor vazifani belgilab olishi, o'zini va o'z kasbiy faoliyatini yaxshilaydigan, uzluksiz ravishda mustaqil bilim olishga qodir bo'lgan shaxsni rivojlantirish uchun sharoit yaratishni yetakchi vazifa sifatida ilgari surishi kerak, chunki faqat yuqori idroklilik, operativ tarzda bilimlarini yangilashga, malaka va ko'nikmalarini kengaytirishga tayyorligi bilan ajralib turadigan mutaxassislar o'z kasbiy funktsiyalarini bemalol amalga oshirishlari mumkin.
Bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik faoliyatning asosiy yo'nalishini tarkib toptirishga alohida e'tibor qaratgan holda, voqelik bilan o'zaro munosabatlarning muayyan vaziyatlarida universal faoliyat usullaridan foydalanishga ongli munosabatni shakllantirish asosiy vazifa bo'lib, u kasbiy tayyorgarlik jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ushbu jarayonni tashkil etish usullari, shakllari va vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Insonning o'z faoliyati va "hayot sohibi" sifatida o'ziga nisbatan ongli munosabati refleksiya orqali shakllantiriladi, chunki aynan refleksiya anglab yetiladigan voqelikka nisbatan o'z munosabatini identifikatsiyalashga yordam beradi.
Ilg'or ta'lim masalasi birinchi galdagi vazifa deb hisoblansa, pedagogik tizimni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi yaxlit shaxsni rivojlantirish mexanizmi sifatida refleksiyaga bo'lgan layoqatni shakllantirish g'oyasini olg'a suradi. Olimlar B.Z.Vulfov va V.D.Ivanov ichki nazoratning roliga katta e'tibor qaratishadi: "o'zini tahlil qilish, kasbni va u bilan yashash usullarini ongli ravishda tanlash", bu yerda refleksiya "o'z o'rniga munosib bo'lishning faol omili"dir, chunki u raqobatbardoshlikning erkinlik, moslashuvchanlik, belgilangan maqsadlarga erishishda qat'iylik kabi muhim sifatlarini rag'batlantiradi .
Bo'lajak o'qituvchi shaxsini tarkib toptirish shaxsiy pozitsiyasini shakllantirishsiz amalga oshmaydi. Aniq pozitsiyaning yo'qligi shaxsni ziddiyatlar va qiyinchiliklar bilan ro'baru etish orqali o'zining ichki imkoniyatlarini namoyon bo'lishiga to'sqinlik qiladi .
Shaxsning ongli mustaqil faoliyatga tayyorligining asosi bo'lgan shaxsning pozitsiyasini shakllantirish masalalari ko'plab olimlar tomonidan yoritilgan, xususan:
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
hayotiy pozitsiya (K.A.Abulxanova, G.M.Kodjaspirova, N.E.Shurkova, Sh.Z.Taylanova), sub'ektiv pozitsiya (G.M.Aksenova, A.G.Gogoberidze, S.A.Nelyubov, M.Maxmudova), pedagogik pozitsiya (I.A.Zimnyaya, A.K.Markova, V.A.Slastenin, N.Egamberdiyeva), refleksiv pozitsiya (T.A.Bondarenko, L.V.Yakovleva, A.V.Xristeva, Ye.L.Erina, D.Xakimova va boshqalar).
Yuqoridagi ishlar tahlili refleksiv pozitsiya shaxsning boshqa barcha nuqtai nazarlarini shakllantirish uchun asosdir, degan xulosaga kelishimizga imkon beradi. Shu munosabat bilan, bo'lajak o'qituvchining aynan ushbu shaxsiy-mustaqil ta'limini shakllantirish jarayonini tahlil etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish natijasida ushbu pedagogik hodisaning yagona aniq ta'rifi mavjud emas, degan xulosa qilish mumkin. Refleksiv pozitsiyaning mavjud ta'riflari ilmiy tadqiqotlarning mohiyatidan kelib chiqqan holda tavsiflangan.
G.P. Shedrovitskiy birinchilardan bo'lib "refleksiv pozitsiya" tushunchasini individ amalga oshirilayotgan faoliyatga nisbatan uni tahlil qilish va kelgusi faoliyat rejasini tuzib chiqish maqsadida "tashqi" pozitsiyani egallash zarurligini his qiladigan vaziyat sifatida talqin qilgan, bunda u refleksiv jarayonlarga asoslangan. G.P.Shedrovitskiy insonning tashqi olamga nisbatan nuqtai nazariyani refleksiv pozitsiya deb hisoblagan .
V.V. Davidov refleksiv pozitsiyani sub'ektning fikrlash darajasi bilan bog'lab izohlaydi va u individual ongni mustaqil bilish faoliyati vositalariga yo'naltirish; boshqa insonning ichki dunyosi va uning harakatlarining sabablari haqida tasavvurni shakllantirish; vaziyatni tushunish qobiliyatini o'z ichiga olishini ta'kidlab o'tgan .
Ilmiy ishlar tahlillari natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, aksariyat tadqiqotchilar shaxsning qobiliyati, tayyorgarligi, malakasi, fikrlash darajasi, samarali pedagogik jarayonni tashkil etish usuli va refleksiv jarayonlarni faollashtiradigan vaziyat sifatida refleksiv pozitsiyani shakllantirish zarurligini ta'kidlab o'tishadi. Refleksiv pozitsiya tushunchasining izohlari, albatta ko'rib chiqilayotgan hodisaning muhim xususiyatlarini aks ettiradi. Ammo bo'lajak o'qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari tufayli kasbiy tayyorgarlik sub'ekti sifatida o'z shaxsiga nisbatan refleksiv pozitsiya tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Shu munosabat bilan bo'lajak o'qituvchining refleksiv pozitsiyasining aniq ta'rifini kelgusida shakllantirish maqsadida refleksiv pozitsiya tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
Dastlab, "refleksiv pozitsiya" tushunchasini aniqlashtirish uchun uning tarkibiy asosi hisoblangan "refleksiv" va "pozitsiya" atamalariga aniqlik kiritish lozim.
Refleksiya muammosi turli soha vakillari tomonidan ilgari surilgan va uning rivojlanishida sifat o'zgarishlari yuz bergan. "Refleksiya" tushunchasi fanning ko'plab sohalarida ishlatiladi, bu esa ushbu atama bilan bog'liq hodisa mazmunining ko'p ma'noli ekanligi bilan izohlanadi.
Refleksiya (lot.reflexio - ortga qaytish, aks etish).
1. Kishining o'z xatti-harakatlari va ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida bir shakli;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
2) fikrlash, o'z-o'zini nazorat qilish;
3) o'zining shaxsiy harakatlari va ularning qonun qoidalarini fikrlashga yo'naltirilgan inson faoliyatining nazariy shakli;
4) o'z ruhiy holati haqida o'ylash, xayol surish, fikr yurgizish, uni tahlil qilishga moyillikni anglatadi .
Ushbu atama birinchi marta falsafada amaliyot, predmetli moddiy dunyo, madaniyatni yoki kognitiv faoliyatni aks ettirish va o'rganish; insonning ma'naviy dunyosining o'ziga xos xususiyatlarini ochib beradigan mustaqil harakatlari va ularning ko'rinishlari, o'zini o'zi anglash faoliyatini tushunib yetishga qaratilgan ijtimoiy rivojlangan insonning nazariy faoliyatining shakli sifatida foydalana boshlangan . Refleksiya falsafiy nuqtai nazardan tushunib yetish, ongning o'zini, o'z qobiliyatlarini, holatini va namoyon bo'lishini ko'z oldiga keltirish qobiliyatidir , "nafaqat shunchaki bilib olish, balki o'zligini bilish qobiliyati; shunchaki bilish emas, balki o'zing kimligingni bilishing zarurligi" (P.Teyyar de Sharden) tarzida ifoda etiladi.
Bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi jarayonida uning tadqiqot mavzusi sifatida refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish pedagogik va psixologik adabiyotlarda "refleksiya" tushunchasining mohiyatini aniqlashtirishning dolzarbligini ko'rsatadi.
Psixologik tadqiqotlarda ko'pincha refleksiya insonning tug'ma qobiliyati deb hisoblanadi, u bilimlar, insonning o'z ichki dunyosi va shaxslararo munosabatlardagi o'rni, shuningdek, bilish va o'zgartirish kiritishga asoslangan faoliyat shakllari va usullariga murojaat qilishda namoyon bo'ladi ; bundan tashqari, individning o'z ichki dunyosiga, fikrlash tajribasiga, kechinmalar va faoliyatiga, boshqacha qilib aytganda, u ko'rgan, eshitgan, o'qigan, o'ylagan, his qilgan barcha narsalarga murojaat qilishi, qanday qilib, nima sababdan, nima uchun u bunday ko'radi, harakat qiladi, o'ylaydi, his qiladi kabi savollarga javob izlashini talab etadi .
"Refleksiv pozitsiya"ning mohiyatini aniqlash uchun yana bir muhim bo'lgan "pozitsiya" atamasi ham tahlil qilinishi talab etiladi.
Zamonaviy fanda "pozitsiya" tushunchasini talqin qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. "Pozitsiya" falsafa, psixologiya, pedagogikada tadqiqot ob'ekti hisoblanadi.
Psixolog-olimlar pozitsiyani voqelikning ayrim jihatlariga nisbatan inson munosabatlarining barqaror tizimi, faoliyat uchun asos bo'lgan, o'ziga xos xulq-atvor va xatti-harakatlarda namoyon bo'ladigan kichik guruhlarning rolli-maqomli tuzilmasidagi individning nuqtai nazarining ajralmas, eng umumlashtirilgan tavsifi sifatida e'tirof etishadi.
Yana shuni ham alohida ta'kidlash mumkinki, pozitsiya - bu rivojlanayotgan qarashlar yig'indisi bo'lib, u mukammal holatda qarama-qarshi bo'lmagan va nisbiy barqarorligi bilan ajralib turadi.
A.A. Akramov pozitsiyani shaxs munosabatlarining ko'p qirrali tizimi (o'z o'ziga, jamiyatga, o'zi bilan bog'liq bo'lgan jamoalarga, mehnatga), motivlar va ustanovkalar tizimi sifatida keng qamrovli va mantiqiy izohga ega, shaxs o'z faoliyati jarayonida unga
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
va ushbu faoliyat lyo'naltirilgan maqsadlar va qadriyatlar tizimiga amal qilishi ekanligi bilan bog'lab talqin qiladi.
V.N. Myasishev munosabatlarni ob'ektiv voqelikning turli jixatlari bilan individual, tanlangan, ongli shaxsiy aloqalarning yaxlit tizimi sifatida belgilaydi, ushbu voqelik shaxsiy tajribani ifodalaydi va ichki harakatlar va kechinmalarni aniqlaydi.Shaxsga dinamik, ijtimoiy ta'sir ostidagi, o'zgaruvchan shakllanuvchi individ sifatida qaraladi. Insonning voqelikka bo'lgan haqiqiy munosabati faqat ma'lum bir vaqtgacha bo'lgan potentsial xususiyatlardir. Ularning to'liq namoyon bo'lishi inson o'zi uchun sub'ektiv ahamiyatga ega bo'lgan vaziyatlarda harakat qilishni boshlaganda yuz beradi, shu bilan faoliyat va alohida harakatlarning individual xususiyatini belgilaydigan faol pozitsiyani namoyish etadi.
"Pozitsiya" tushunchasi bo'yicha pedagogik va psixologik yo'nalishda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarni tahlil qilish "pozitsiya" va "faoliyat" tushunchalari o'rtasidagi yaqin aloqa bor deb xulosa qilish huquqini beradi. Shunday qilib, "pozitsiya - bu insonning qadriyatlari va uning tashqi namoyon bo'lish sharoitlarini bog'laydigan usul" bo'lib, u insonning rivojlanishi hamda uning faoliyati taraqqiyotini belgilab beradi .
Agar inson muayyan qadriyatlarga ega bo'lsa, u faoliyatdagi voqelikka o'z munosabatini ko'rsatishga doimo tayyor bo'ladi. Ushbu tayyorlik muayyan ob'ektlar va faoliyat sharoitlari inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga bog'liq bo'ladi: agar kishi o'z xohish-istaklarini ifoda etishga maqsadlar va faoliyat vositalarini tanlashga tayyor bo'lsa, u amalda o'zi uchun muhim va qadrli bo'lgan narsani himoya qilishga tayyor bo'ladi. Binobarin, pozitsiya faqat faoliyatda, haqiqiy harakatda namoyon bo'ladi. Uni amalga oshirish uchun usullar, vositalar, sharoitlar zarurdir.
Insoniy qadriyatlarni ro'yobga chiqarish va uni isbotini topish, o'z faoliyatini aniqlash va rivojlantirish pozitsiya orqali sodir bo'ladi, u orqali inson o'zini faoliyat sub'ekti sifatida namoyon qiladi.
Pozitsiya faoliyatning zaruriy sharti bo'lib, u orqali amalga oshiriladi, "inson amalga oshirishga ikkilangan hatti-harakatlarni" aniqlab, faoliyatda aks ettiradi. Tadqiqotchilar asosan pozitsiyani insonning aynan faoliyatda namoyon bo'ladigan real voqelikning turli jihatlariga munosabati sifatida izohlaydilar.
Shunday qilib, pozitsiya munosabat sifatida insonning u yoki bu faoliyat yo'nalishini tashkil qiladi va ta'minlaydi. Shuning uchun faoliyatsiz pozitsiyani shakllantirish mumkin emas. Tanlov bu pozitsiya birligidir. U qadriyatli yo'nalganlikka asoslangan bo'lib, sub'ektning mustaqilligi bilan belgilanadi. Harakat esa, faoliyat birligidir. Aynan tanlov va harakat birligida pozitsiya namoyon bo'ladi, u vaziyatni tushunish, qaror qabul qilish va zarur harakatlarni amalga oshirishni o'zida birlashtiradi.
"Pozitsiya" tushunchasini tahlil qilib, biz shaxs pozitsiyasini faoliyatda namoyon bo'ladigan voqelikning turli jihatlariga munosabatning sub'ektning barqaror ongli tizimi ekanligi haqidagi xulosaga keldik.
Shuni ta'kidlash kerakki, sub'ekt tomonidan refleksiv qobiliyatlarining maqsadli va mustaqil ravishda namoyon bo'lishi, shuningdek, refleksiv qobiliyatlardan foydalanish
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
(voqelikni turli xil holatlarida yaxlit samarali faoliyatni ta'minlash uchun) sub'ektning refleksiyaga ichki anglangan tarzdagi tayyorgarligi bo'lganda namoyon bo'ladi, refleksiv pozitsiya shaxsning o'z faoliyatiga va o'z-o'ziga barqaror, yaxlit, ongli munosabatlar tizimini aks ettiradi, u shaxsiy tajribani shakllantirish va boyitishga yordam beradi.
Refleksiv pozitsiya har qanday faoliyat turida o'zini namoyon qiladi va shunga mos ravishda, u shaxsning boshqa pozitsiyalarining tarkibiy qismi bo'lib, fundamental asosini esa, shaxsning o'z-o'zini takomillashtirib borishi tashkil etadi.
"Refleksiya", "pozitsiya" tushunchalarini tahlil etish asosida bo'lajak o'qituvchining "refleksiv pozitsiya" tushunchasiga quyidagicha aniqlik kiritildi: refleksiv pozitsiya bo'lajak o'qituvchi o'z o'zi, pedagoglik kasbi, pedagogik munosabatlar sub'ektlari, "Pedagogika" faniga shaxsiy nuqtai nazarini ifoda etishning ongli tizimi bo'lib, uning refleksiv tajribasiga asoslanadi hamda boyib boradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaror
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaror
3. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun 2020 yil
4. Saygushev,N.Ya. Refleksivnoye upravleniye professionalnim stanovleniyem budushego uchitelya : monografiya. - M. : INFRA-M. 2017. - 279 s.S.179.
5. Qarshiyeva Z.Sh. Bo'lajak o'qituvchining refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish. Uslubiy qo'llanma.Samarqand davlat chet tillar instituti - 2021-75 bet.
6. Akramov A.A. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori. ...diss. - Toshkent, 2016. - 282 b.
7. Shedrovitskiy G.P. Kommunikatsiya, deyatelnost, refleksiya // Issledovaniye rechemislitelnoy deyatelnosti. - Alma-Ata, 2004. - 125 s.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Qarshiyeva Zulfiya Shukurovna, dotsent [Каршиева Зулфия Шукуровна, доцент], [Zulfiya Sh. Qarshiyeva, associate professor]; manzil: Kattaqo'rg'on shahar Amir Temur ko'chasi 27a uy, [адре^ Каттакурган город улица Амира Темура 27а дом], [address: Kattakurgan city 27a Amir Temur Street].