Научная статья на тему 'Yangi O’zbekiston ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos xususiyatlari'

Yangi O’zbekiston ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
71
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O’zbekiston / aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi / “Mahallabay” ishlash tizimi / “Temir daftar” / “Yoshlar daftari” / “Ayollar daftari”. / Новый Узбекистан / система социальной защиты населения / система работы “Махаллабай” / “железная тетрадь” / “Молодежная тетрадь” / “женская тетрадь”.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xolmurodov G‘

Ushbu maqolada Yangi O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining vujudga kelishi, shakllanish jarayonlari, milliy qonunchilik asoslari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda konstitutsiyaviy xususiyatlari, davlat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi kabi jihatlat yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Specific features of the social protection system of new Uzbekistan

This article highlighs such aspecs of the formation of the social protection system in the new Uzbekistan as the formation processes, the foundations of national legislation, social, economic, political and constitutional features, the system of social relations between the state and citizens.

Текст научной работы на тему «Yangi O’zbekiston ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos xususiyatlari»

I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2

YANGI O'ZBEKISTON IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Xolmurodov G'. -

O'zMU o'qituvchisi

"Yangi O'zbekiston-bu xalq manfaati hamma narsadan ulug' degan yezgu g'oya amaliy ishlar bilan o'z tasdig'ini topayotgan mamlakatdir"[1].

Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohatlar negizida inson va uning manfaatlari yotadi. Bundan kelib chiqadiki, aholining ijtimoiy himoyasi O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bozor munosabatlari sharoitida yeng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki, mamlakatda olib borilayotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy islohot va tadbirlarning hammasi inson uchundir. Shuning uchun aholining kam ta'minlangan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan qatlamini: kam ta'minlangan oilalar, ishsizlar, nogironlar, bolalar, talabalar, qariyalar, nogironligi bor shaxslar, boquvchisini yo'qotganlarni ijtimoiy himoya qilishni maqsad qilib qo'yadi.

Yangi O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishda "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"[2] gi, "O'zbekiston Respublikasi Aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"[3] gi, "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"[4] gi, "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"[5] gi qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va amaliyotga joriy yetildi. Mazkur qonun hujjatlari ijrosining izchil ta'minlanishi natijasida, birgina har yili davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohalarga sarflanayotgani yurtimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish, aholini turmush faravonligi darajasini oshirish, ishsizlik hamda kambag'allik ko'rsatkichlarini kamaytirishga, aholimizning yertangi kunga ishonchini yanada ortishiga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganda "Aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo'lish, fuqarolarning qonuniy talab va yehtiyojlarini nafaqat o'rganish, balki ta'minlashdan iborat"[6].

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi - bu moddiy yordam ko'rsatish maqsadida aholining turli ijtimoiy-demografik va kasb guruhlari, shuningdek, davlat uchun alohida xizmat ko'rsatgan fuqarolarga taqdim yetiladigan ijtimoiy pensiya, nafaqa, kompensatsiya, subsidiya (pul ko'rinishida beriladigan yordam) va imtiyozlar tizimidir.

Davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha islohotlarning samarali olib borilayotganligi Respublikamizda istiqomat qilayotgan barcha aholining farovon hayot kechirishi uchun bir qancha qulay shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Aholining har bir a'zosini turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok yetish salohiyatini yuksaltirish davlatimizning ijtimoiy siyosatini ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Shu ma'noda, aholini ijtimoiy himoyasini ta'minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish, uning oila va jamiyatdagi o'rni hamda nufuzini ko'tarishga qaratilgan. Jamiyatning insonparvarligi mamlakat iqtisodiy salohiyatining qanchalik yuksakligi bilangina yemas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va har tomonlama rivojlanishi uchun yo'naltirilgani bilan ham baholanadi.

Yurtimizda aholini ijtimoiy-iqtisodiy muommolarini o'rganish, bartaraf yetishda mutloqo yangicha hamda o'ziga xos bo'lgan tizim yaratildi va amaliyotga joriy yetildi.

Aholi bilan to'g'ridan to'g'ri muloqotni tashkil yetish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlarini to'laqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o'rganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni

I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2

muhofaza qilish va nazorat organlariga, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga murojaat qilish, sektorlar faoliyatini hamda mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok yetish, davlat organlarining nogironligi bo'lgan shaxslar, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko'maklashish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-4904-sonli farmoni bilan yuridik shaxs maqomiga yega bo'lmagan tuzilma xalq qabulxolari tashkil yetildi.

2021 yildan boshlab, aholini ijtimoiy himoya qilish, manzilli ijtimoiy himoyani ta'minlash hamda hududlardagi muommolarni joyida bartaraf yetishda, xonadonbay ishlash tizimini yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy yetish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"[7] gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko'ra mamlakatimizda mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band bo'lganlar va ishsizlar soni, tadbirkorlar soni va ularning faoliyat turi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagini bildirgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishda har tomonlama amaliy yordam ko'rsatish, mahallalarda mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va tezkorlik bilan hal yetish choralarini ko'rish kabi vazifalar belgilab olindi.

Bulardan tashaqari mahallalarda isiqomat qiluvchi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'ir oilalar, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga yehtiyoji va ishtiyoqi bo'lgan, ishsiz yoshlar hamda xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf yetish, nazoratini olib borish bo'yicha "Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari" kabi ma'lumotlar bazasi yaratildi.

Aholini yehtiyojmand (ijtimoiy himoyaga muhtoj) guruhlari, keksalar, nogironligi bor shaxslar, og'iz ahvolga tushub qolgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashda davlatimiz rahbari boshchiligida "Obod qishloq", "Obod mahalla", "Besh muhim tashabbus", "Har bir oila tadbirkor" kabi dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq yetilmoqda.

Kam ta'minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari hamda davlat tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar toifalari, oluvchilar to'g'risida yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi ishlab chiqildi.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" orqali kam ta'minlangan oilalarga davlat tomonidan belgilangan tartib asosida, bepul, imtiyozli shartlar asosida kafolatlangan yordamlar va xizmatlarni olishlari mumkin. Bularga, agar oila farzandlari davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga berilganida ota-onalarni to'lovlardan ozod yetish, maktablar o'quvchilari (oila farzandlari) uchun qishki kiyim-bosh berish, umumiy o'rta maktablar o'quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod yetish, nogiron a'zolarini protez - ortopediya buyumlari bilan ta'minlash, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha yo'llanma (order) olishlari mumkin.

Yuqoridagi islohatlarni umumiylashtirgan holda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va konstitutsiyaviy xususiyatlarini yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada ko'rishimiz mumkin. Unga ko'ra, O'zbekiston o'zini ijtimoiy davlat deb ye'lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu - mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo'l qo'ymaslik, yeng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta'lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo'llovga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi

I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2

kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, yeng kambag'al oilaning bolalarida ham sog'-salomat o'sib-ulg'ayib, yaxshi ta'lim olib, farovonlikka yerishish imkoniyati bo'lishi kerak.

Xuddi shu o'rinda ta'kidlash joizki, Prezidentimiz "Ijtimoiy davlat" tushunchasini "Ijtimoiy davlat bu, yeng avvalo, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag'allikni qisqartirish",- deya izohlagan va o'z navbatida, "Biz Yangi O'zbekistonni "Ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak", deb ta'kidlagandilar.

Hozirgi kunda mamlakatimizda zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida Yangi O'zbekistonni yangi taraqqiyot yo'liga qadam qo'yganligini biz "inson - jamiyat - davlat" g'oyasi zamirida ko'rishimiz mumkin.

Yangi O'zbekistonda asosiy maqsadi har bir fuqaro millati, tili va dinidan qat'i nazar uning qonuniy manfaatlari hamda farovonligi ta'minlanadigan, kelgusida yerkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish amalga oshiriladigan xalq va insonparvar davlatni yaratish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Yangi O'zbekistonda aholini yextiyojmand guruhlarini (nogironligi bor shaxslarni, bolalarni, yoshlarni, kam ta'minlangan oilalarni), jtimoiy himoya qilish, qo'llab-quvvatlashda olib borilayotgan ishlar Yangi O'zbekistonni bunyod yetishning strategik maqsadlariga to'la mos keladi.

ADABIYOTLAR:

1.Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strstegiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashr. -Toshkent:

"O'zbekiston" nashriyoti, 2022.-416 bet. 2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori 21.10.2021 yildagi 654-son. 3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Aholisini ijtimoiy himoya

qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" Farmoni, 25.07.2022 yildagi PF-175-son. 4.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi

O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida" Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-58-son.

6.Sh.M.Mirziyoyev. Yerkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo

yetamiz.T.: "O'zbekiston", 2017 yil, 10.b. 7.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy yetish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" qarori. 19.03.2021 yildagi 152-son. 8. Муминов А.Г. "Empaty in modern conditions: views, factors, manifestations" Журнал: Социальных Исследований, 2021, №4, Р .13 -23.

REZYUME:

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining vujudga kelishi, shakllanish jarayonlari, milliy qonunchilik asoslari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda konstitutsiyaviy xususiyatlari, davlat va fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi kabi jihatlat yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi, "Mahallabay" ishlash tizimi, "Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari".

РЕЗЮМЕ:

В данной статье освещены такие аспекты становления системы социальной защиты населения в Новом Узбекистане, как процессы формирования, основы национального законодательства, социальные, экономические, политические и конституционные особенности, система социальных отношений между государством и гражданами.

¿> vb,

I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^

Ключевые слова: Новый Узбекистан, система социальной защиты населения, система работы "Махаллабай", "железная тетрадь", "Молодежная тетрадь", "женская тетрадь".

RESUME:

This article highlighs such aspecs of the formation of the social protection system in the new Uzbekistan as the formation processes, the foundations of national legislation, social, economic, political and constitutional features, the system of social relations between the state and citizens.

Key words: New Uzbekistan, social protection system, "Mahallabay" work system, "iron notebook", "Youth notebook", "women's notebook".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.