Научная статья на тему 'YADRO NURLANISHLARINING TIBBIYOTDA QOʻLLANILISHI'

YADRO NURLANISHLARINING TIBBIYOTDA QOʻLLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
37
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yadro nurlari / tomografiya / biologik ta’sirlar / dozimetriya.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Zamonova Shahlo Safar Qizi, Jumayeva Sevara Roʻzimamat Qizi, Madaminova Fazilat Gʻanisher Qizi, Jumayeva Barchinoy Normengli Qizi

Ushbu tezisda yadro nurlari, yadro nurlanishlarning modda bilan oʻzaro ta’siri va ularning zamonaviy tibbiyotda qoʻllanilishi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YADRO NURLANISHLARINING TIBBIYOTDA QOʻLLANILISHI»

YADRO NURLANISHLARINING TIBBIYOTDA

QOLLANILISHI

1Zamonova Shahlo Safar qizi, 2Jumayeva Sevara Ro'zimamat qizi, 3Madaminova Fazilat G'anisher qizi, 4Jumayeva Barchinoy Normengli qizi

Vqituvchi, DTPI, 23 4DTPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11115623

Annotatsiya. Ushbu tezisda yadro nurlari, yadro nurlanishlarning modda bilan o'zaro ta'siri va ularningzamonaviy tibbiyotda qo'llanilishi keltirilgan.

Kalit so'zlar: yadro nurlari, tomografiya, biologik ta'sirlar, dozimetriya.

Аннотация. В данной диссертации представлены ядерные излучения, взаимодействие ядерных излучений с веществом и их использование в современной медицине.

Ключевые слова: ядерное излучение, томография, дозиметрия, биологические эффекты.

Abstract. this thesis presents nuclear radiation, the interaction of nuclear radiation with matter and their use in modern medicine.

Keywords: nuclear radiation, tomography, dosimetry, biological effects.

Ko'pgina zamonaviy tibbiy asboblar tuzilishiga ko'ra fizik asboblardir, ulardan qon bosimini o'lchash, organizm ichkarisidagi tovushlarni eshitish, ichki organlarning kasal yoki sog'ligi haqida axborot olish, issiqlikdan kengayishga asoslangan termometrlar esa tibbiyotda keng tarqalgan tahlil qilish asboblaridir. Hozirgi davrda texnika va elektronikaning rivojlanishi tirik organizmda hosil bo'ladigan kuchsiz biopotensiallarni yozib olishga imkon bermoqda. Masalan, EKG yurak biopotensiallarni yozib olishdir. Tola optikasiga asoslangan endoskoplar esa organizm ichki qismlarini ko'rishga imkon bermoqda. Spektral tahlil qilishdan esa kriminalistika, gigiyenada, farmokologiyada va biologiyada foydalaniladi.

Radioaktiv izotoplar, yadro nurlanishlari tibbiyotda tashxis qo'yishda va davolashda keng qo'llaniladi. Kasalliklarga tashxis qo'yish biologik tizimlarni tadqiq qilishning fizik usullari, prinsiplari va g'oyalaridan foydalanishga asoslangan. Tashxis uchun nishonlangan atom usulida organizmning ma'lum qismiga izotop kiritiladi va o'sha qismning aktivligi aniqlanadi. Yadro nurlanishlari asosan radionuklidlar ko'rinishda tashxis qoyishda qollaniladi. Radionuklid tashxisi yoki ayrim hollarda nishonlangan atomlar deb nomlangan metod qalqonsimon bez kasalligini aniqlash uchun qo'llaniladi. Shuningdek, bu metod qon va boshqa suyuqliklarning taqsimotini o'rganishga, yurak va boshqa a'zolarning kasalliklariga tashxis qo'yishga imkon beradi. Rentgen nurlari deb to'lqin uzunligi 80 nm dan 10-6 nm gacha bo'lgan elektromagnit to'lqinlariga aytiladi. Rentgen nurlar 2 xil bo'ladi, tormozli va qattiq (xarakteristik). Tibbiyotda rengen nurlari asosan tashxis qo'yishda qo'llaniladi. Buning uchun energiya 60-120 keV bo'lgan fotonlar to'plamidan foydalaniladi. Bu holda

mm = K A 3 Z3 bunda K - proporsionallik koeffisiyenti, Z - atom nomeri, X - to'lqin uzunligi

Rentgen nurlarining yutilishi modda atomining qaysi birikmada bo'lishiga bog'liq emas. Shuning uchun so'nishning massa koeffisiyentini taqqoslash mumkin. Masalan, suyak uchun Sa(RO4)2-m0 va N2O suv uchun msuv va ular nisbati -^=68 ga teng bo'ladi.

msuv

Demak, organizm turli qismlarida yutilishi turlicha bo'lgani uchun ichki organlarning ham soyasini suratda ko'rishimiz mumkin. Bu rentgenotashxis bo'lib yoki suratini olish mumkin yoki lyuminissent ekranda tasvirini ko'rish mumkin. Agarda tekshiruvchi organ va atrofdagi to'qimalar bir xil yutish qobiliyatiga ega bo'lsa, maxsus kontrast modda yutilib suratga olinadi. Flyurografiya ham rentgen nurlar yordamida suratga olishdir.

Keyingi vaqtlarda zamonaviy tashxis qo'yish metodlaridan biri bo'lganpozitron emission tomografiya metodi tibbiyotda keng qo'llanilmoqda. Bu metod qisqa yashovchi radioizotoplarni qo'llashga asoslangan. Pozitron emission tomografiya (PET), uni ikki fotonli emission tomografiya ham deyiladi. Bu metodda inson va hayvonlarning ichki a'zolari radionuklidli tomografiya yordamida o'rganiladi.

Rentgenli tomografiya va uning mashina varianti - kompyuterli tomografiya metodlari rentgenografiyaning qiziqarli va istiqbolli variantlari hisoblanadi. Oddiy rentgenogramma tananing katta qismini egallaydi va har xil organ va to'qimalar bir-biriga soya tushiradi, tomografiyada esa qatlamma-qatlam rentgen tasvirini olish mumkin. Mana shundan tomografiya nomi kelib chiqqan. Bundan foydalanib hattoki miyaning kulrang va oq moddalarini farqlay olish, hamda kichik o'simtalarni ko'rish mumkin.

Yadro nurlanishlari tibbiyotda davolash sifatida ham keng qo'llaniladi. Tibbiyotda bu metod nur terapiyasi deb yuritiladi. Bu metod xavfli o'smalarni (saraton kasalligi) davolashda asosiy vosita hisoblanadi. o'smalarni nurlantirish uchun turli yadro nurlanishlari qo'llaniladi, ya'ni gamma-nurlanish, elektronlar, neytronlar, protonlar. Bu nurlanishlar manbalari sifatida reaktor, tezlatkichlar, radionuklid qurilmalar ishlatiladi.

Ionlovchi yadro nurlanishlar, ya'ni zaryadlangan zarralar, gamma nurlanish va neytronlar muhit orqali o'tganda muhit atomlari tarkibidagi elektronlar, atomlarning yadrolari bilan o'zaro ta'sirlashib, turli effektlarni yuzaga keltiradi. Turli jismlarda, jumladan, tirik organizm to'qimalarida ham, nurlanishlar ta'sirida ma'lum energiya yutiladi va ulardagi atomlar ionlashadi yoki uyg'ongan holatga o'tadi. Shuning uchun ham nurlanish dozasini o'lchash asosan ionlashtirish natijasida hosil bo'lgan zaryad miqdorini o'lchashga asoslangan bo'lishi mumkin. Haqiqatan ham, gamma-kvantlar muhit orqali o'tganda yuqorida aytilgan effektlar natijasida elektron yoki pozitronlar yuzaga keladi. Dozimetriyaning asosiy vazifasi ionlovchi nurlanishning aholiga va boshqa obyektlarga nisbatan xavflilik darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bunday joylarda odamlar bevosita nurlanish manbalari bilan ish olib boradi. Nurlanishdan himoyalanishni tashkil etish kerak. Nuqtaviy manbaning nurlanish dozasini amalga oshirishning 3 ta yo'li bor:

1)Nurlanish dozasi masofa bo'yicha 1/r2 bo'yicha kamayadi;

2) Nurlanish vaqti kam bo'lishi kerak;

3) Odam bilan nurlanish orasiga himoya devori qo'yish kerak.

Nurlanish ta'sirida tirik organizm hujayrasida turli o'zgarishlar yuz beradi. Masalan, nurlatilgan hujayralarning bo'linish mexanizmi va xromosoma apparati buziladi, hujayralarning yangilanish va bo'linish jarayonlari susayadi va hokazo. Nurlanish organizmning turli qismlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ilik, qora taloq, jinsiy bezlar kabi hujayralari doimo yangilanib turuvchi to'qima va a'zolarga radioaktiv nurlanishlar ta'siri, ayniqsa, kuchli bo'ladi. Hujayralarning shikastlanishi va nobud bo'lishi esa alohida a'zolarning ishlash funksiyasining buzilishiga sabab bo'ladi va bular o'z navbatida kishi organizmining halok bo'lishiga olib keladi.

Ionlashtiruvchi nurlanishlarning tirik organizm hujayrasiga ta'sirini o'rganish bo'yicha olib borilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijasida yangi fan - radiologiya vujudga keldi.

Radiologiya - turli kasalliklarni tashxislash va davolash uchun inson tanasida ionlashtiruvchi nurlanish ta'sirini o'rganadigan tibbiyotning maxsus bo'limi. Ushbu fanning tamoyillariga asoslangan radiatsion terapiya bugungi kunda onkologiyani jarrohlik va kimyoterapiya bilan birga davolashda keng qo'llaniladi. Bu fanda ionlashtiruvchi nurlanishlarning tirik organizmga salbiy ta' sirining ijobiy tomonidan keng foydalaniladi, ya'ni mazkur nurlanish yordamida xavfli o'smalar mavjud bo'lgan soha nurlantiriladi. Bu nurlanishlar natijasida saraton hujayrlarining DNK strukturasi buziladi va ularning ko'payish hamda bo'linish qobilyati kamayadi. Dozimetriya -ionlashtiruvchi nurlanishni o'lchash usullari va qurilmalari, radioaktiv nurlanishning biologik organizmga ta'sir darajasini miqdoriy ko'rsatkichlar asosida tavsiflash haqidagi nazariy va amaliy bilimlar majmuasi hisoblanadi.

REFERENCES

1. B. S. Yuldashev, S. R. Polvonov, E. X. Bozorov, AMALIY YADRO FIZIKASI, Toshkent-2020

2. E.Ismoilov, N. Mamatqulov, G'. Xodjayev, N. Norboyev-BIOFIZIKA, Toshkent-2012

3. T. M. Mo'minov, A. B. Xoliqov,SH. X. Xushmurodov, ATOM YADROSI VA ZARRALAR FIZIKASI,Toshkent-2009

4. S. Polvonov, E. Bozorov, Z. Kanokov, ATOM YADROSI VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI,Toshkent-2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.