Научная статья на тему 'RADIATSION XAVF, NURLANISH VA UNING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI'

RADIATSION XAVF, NURLANISH VA UNING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

440
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ion / yadro / radiatsiya / xavfsizlik / reaksiya / nurlanish / doza / radiatsiya o‘chog‘i / shaxsiy himoya vositalari / ion / nuclear / radiation / safety / reaction / radiation / dose / radiation source / personal protective equipment

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Xayrullaxon Omonilloyevich Fayziyev, Yoqubjon Saidaliyevich Ravshanov, Sardor Rajabbayevich Vapayev, To‘xtamurod Ilhomovich Qodirov, Akbar Usmonovich Abduraimov

Ushbu maqolada radiatsiya va yadro reaksiyalarining inson omili uchun foydali hamda zararli oqibatlari qonunlar asosida yoritib berilgan. Bunda radiatsiya, ion, yadro va yadroviy reaksiya nima degan savollarga tajribaviy usul hamda rasmlar asosida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the beneficial and harmful consequences of radiation and nuclear reactions for the human factor are highlighted on the basis of laws. In this, the questions of radiation, ion, nuclear and nuclear reaction are given experimental method and information based on pictures.

Текст научной работы на тему «RADIATSION XAVF, NURLANISH VA UNING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI»

RADIATSION XAVF, NURLANISH VA UNING ODAM ORGANIZMIGA

TA'SIRI

Xayrullaxon Omonilloyevich Fayziyev

Mudofaa Vazirligi harbiy xizmatchisi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti erkin tadqiqotchisi (PhD) fayziyevxayrullaxon@gmail .com

Yoqubjon Saidaliyevich Ravshanov

Mudofaa Vazirligi harbiy xizmatchisi

Sardor Rajabbayevich Vapayev

Mudofaa Vazirligi harbiy xizmatchisi

To'xtamurod Ilhomovich Qodirov

Mudofaa Vazirligi harbiy xizmatchisi

Akbar Usmonovich Abduraimov

Mudofaa Vazirligi harbiy xizmatchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada radiatsiya va yadro reaksiyalarining inson omili uchun foydali hamda zararli oqibatlari qonunlar asosida yoritib berilgan. Bunda radiatsiya, ion, yadro va yadroviy reaksiya nima degan savollarga tajribaviy usul hamda rasmlar asosida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ion, yadro, radiatsiya, xavfsizlik, reaksiya, nurlanish, doza, radiatsiya o'chog'i, shaxsiy himoya vositalari.

ABSTRACT

In this article, the beneficial and harmful consequences of radiation and nuclear reactions for the human factor are highlighted on the basis of laws. In this, the questions of radiation, ion, nuclear and nuclear reaction are given experimental method and information based on pictures.

Keywords: ion, nuclear, radiation, safety, reaction, radiation, dose, radiation source, personal protective equipment.

January, 2024

5

АННОТАЦИЯ

В данной статье на основании законов выделены полезные и вредные последствия радиации и ядерных реакций для человеческого фактора. При этом вопросы радиации, ионов, ядер и ядерных реакций даются экспериментальным методом и информацией на основе изображений.

Ключевые слова: ион, ядерное, радиация, безопасность, реакция, радиация, доза, источник радиации, средства индивидуальной защиты.

RADIATSIYA XAVFSIZLIGI

Radiatsiya - bu energiyaning zarrachalar yoki to'lqin shaklida tarqalishidir. Yorug'lik, ultrabinafsha nurlar, infraqizil issiqlik nurlantirish, mikroto'lqinlar, radioto'lqinlar radiatsiyaning turli shakllaridir. Ayrim nurlanishlar ionlashtiruvchi nomini olganki ular nurlangan moddalarda ionlashishni sodir qiladi. Ularning odamga salbiy ta'siri og'ir oqibatlar bilan yakunlanadi.

Radiatsiyaviy nurlar a ß y turlarga bo'linadi. Ularning odam tanasiga nisbatan o'tuvchanligi quyidagi rasmda ko'rsatilgan.

Radiatsiya nurlarining odam tanasiga nisbatan o'tuvchanligi: -a alfa nuri, kuchsiz, uni qog'oz varag'i ham to'sib qolishi mumkin; -fi betta nur, uni odam terisi to'sib qolishi mumkin, odam ichiga tushganda zararli; - y gamma odam tanasidan o'tib ketadi, undan yuqori zichlikdagi materiallar bilan himoyalanish mumkin. a-nurlanish

atom massasi 4 ga teng va zaryadi +2 bo'lgan geliy moddasining atomi yadrolarining oqimini tashkil etadi va ular taxminan 15000 km/sek tezlik bilan deyarli to'g'ri chiziqli harakat qiladi. O'zining katta massasi hisobiga a-zarrachalar biror modda bilan o'zaro ta'sirlashganda o'zining energiyasini tezyo'qotadi. Bu narsa ularning kichik o'tuvchi qobiliyatini va yuqori darajadagi nisbiy ionlashtirish qobiliyatini tushuntiradi:

January, 2024

6

havo muhitida harakatlanganda a-zarracha o'z yo'lining har 1 smda bir necha o'n minglab qo'shaloq zaryadlangan zarrachalarni - ionlarni hosil qiladi.

ß-nurlanish

Elektronlar yoki pozitronlar oqimi bo'lib, u radioaktiv parchalanish vaqtida hosil bo'ladi. Hozirgi kunda tahminan 900 ga yaqin ß-radioaktiv izotoplar mavjudligi aniqlangan. Ba'zi ß-nurlantirgichlar va ularning yarim parchalanish davrlari quyidagilardir: kaliy-40 (1,18x109 yil), seziy-137 (30,2 yil), tritiy (12,3 yil), uglerod-14 (5730 yil), yod-131 (8,07 sutka). ß-zarrachalarning massasi a zarrachalarnikidan bir necha o'n ming marta kichikdir. ß-nurlanishi manbasining tabiatiga ko'ra ushbu zarrachalarning tezligi yorug'lik tezligining 0,3...0,99 qismiga teng bo'lishi mumkin.

Neytron nurlanish

Turli xil yadroviy o'zgarishlar natijasida tashkil topadi. Neytron massasi tahminan a zarrachalarnikidan 4 marta kichikdir. Neytronlarning o'tib (kirib) borish qobiliyati ularning energiyasiga bog'liq bo'lsada, a- yoki ß-zarrachalarnikidan ancha katta. Masalan,

January, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal

7

o'rtacha energiyali neytronlarning o'tish masofasi havo muhitida 15 metmi va biologik to'qimada 3 sm ni tashkil etsa, tez neytronlar uchun ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 120 m va 10 sm ni tashkil etadi.

y-nurlanish

Eng qisqa to'lqinli elektromagnit nurlanish bo'lib, 3x1020 Gs kattaroq chastotali diapazonning hammasini ishg'ol qiladi va bu 10 - 12 m dan kam to'lqinlarga to'g'ri keladi. y-nurlanishning manbasi sifatida atom yadrosi holatining o'zgarishi va shuningdek, ozod zaryadlangan zarrachalarning tezlanishi hizmat qiladi. Bu narsa yadrolarning radioaktiv parchalanishida, tezkor zaryadlangan zarrachalarning modda bilan o'zaro ta'sirlashuvida (tormozlanish nurlanishi), shuningdek annigilyasiya (elektron - pozitron juftligi va boshq.) hosil bo'ladi [1].

Rentgen nurlari

Bu 3x1016 - 3x1020 Gs diapazon diapazonidagi chastotalarda hosil bo'ladigan

19 8

to'lqin uzunligi 10- - 10- m bo'lgan elektromagnit nurlanishdir. Bunday nurlanishlar tezkor elektronlarning moddada tormozlanishidan va elektronlarni atomning tashqi qobig'idan ichki qobig'iga o'tishida taraladi. Rentgen nurlanishi mahsus rentgen trubalarida, elektron tezlatgichlarida, ß-nurlanish manbasini atrofidagi muhitda va boshqa yo'llar bilan hosil qilishi mumkin.

Radioaktiv parchalanish qonuni

Radioaktiv parchalanish - statistik jarayondir. Muayyan vaqt mobaynida radioaktiv namunadagi aynan qaysi atomlar parchalanishini aytib bo'lmaydi. Lekin ushbu vaqt mobaynida bir biridan mustaqil ravishda nechta atomlar parchalanishini amalda deyarli to'liq aniqlik bilan bashorat qilish mumkin. Quyidagi rasmda yarim parchalanish davri 71/2 bo'lgan izotop uchun radioaktiv atomlar sonining vaqtga bog'liqligi ifodalangan.

Yadroviy reaksiyalar- elementar zarrachalar, y-kvantlar yoki bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashishi natijasida atom yadrolarining o'zgarishidir. Bu hodisa tabiiy sharoitlarda, masalan, birlamchi kosmik nurlantirishlar (147N + 10n ^ 146C + 11p) ta'siri ostida, yoki yangi kimyoviy elementlar olish maqsadida antropogen faoliyat

949 99 9SQ 1

( 94Pu + 10Ne ^ 104Ku + 5 0n) natijasida, yadroviy portlashlar (yo'naltirilgan aktivlik) va xokazolar natijasida sodir bo'ladi.

Yadroviy zanjirli reaksiyalar Yadroviy zanjirli reaksiyalar - neytronlar ta'siri ostida atom yadrolarining o'z o'zini qo'llab-quvvatlab turuvchi bo'linish reaksiyasi bo'lib, bunda xar bir parchalanish akti kamida 1 ta neytron chiqarilishi bilan kechadi va buning natijasida reaksiya davom etishi ta'minlanadi. Bo'linish zanjirli reaksiyalari tabiiy 235U izotopi uchun shuningdek texnogenli 239Ru va 233U xarakterlidir. Birinchisi 238U yadrolarini, ikkinchisi esa 232Th yadrolarini neytronlar bilan nurlantirish natijasida hosil qilinadi. Uranning bo'linish zanjirli reaksiyasining boshlanishi va rivojlanishi

Radiatsiyaning odam organizmiga ta'siri va undandan himoyalanish.

Inson uchun alfa, betta va gamma nurlanish ancha xavfli bo'lib, ular ancha jiddiy kasalliklarga (nur kasali, genni buzilishi, farzandsizlik va hatto o'lim) sabab bo'lishi mumkin. Inson sog'ligiga ta'sir

January, 2024

9

etadigan radiatsiya darajasi uning zararlanish turi, vaqti va chastotasiga bog'liq.

Nurlanishning organizm to'qimalariga ionlashtiruvchi ta'siri

Zaryadlangan zarrachalar. Organizm to'qimalariga kirgan alfa va betta zarrachalar atom elektronlariga yaqinlashib ular bilan o'zaro harakati tufayli energivasini yo'qotadi. Gamma mirlanish va rentgen nirlari o'zining energiyasini moddaga bir necha usullar bilan beradi va natijada electrik o'zaro harakatga olib keladi.

Elektrik o'zaro harakal. Kirgan nurlamshdan so'ng o'nlab trillion sekundlarda organizmdagi to'qimaning tegishli ato miga etadi, shu atomdan elektron ajraladi. U manfíy zaryadlangan. Shu sababli dastlabki neytral atumlardan qolganlari musbat zaryadlangan bo'lib qoladi. Bu jarayon ionlashish deb aytiladi. Ajralayotgan elektronlar boshqa atomlami ionlashtirish bilan davum etadi.

. . . illf*. Fizik-kimvoviy o'zgarishlar. Erkin elektronlar va ionlashgan atomlar shunday hoi at da to'xtab qolmaydi va sekundning o"n millíardlar vaqtida murakkab zanjirli reaksiyada ishtirok etadi, natijada yangi niolekulalar sodir bo'ladi, shundan tajovuzli erkin radikal kabi.

Kímyoviy o'zgarishlar Navbatdagi sekundning millionlar qísmida hosil bo'lgan erkin radikallar bir-biridan ta'sirlanadi va reahiya zanjiri orqali büühqa oxirigacha o'rganilmagan molekulalami ham, qaysiki biologik tomondan to'qimalami normal faoliyati uehun kerakli niolekulalar kímyoviy mûdifïkasiyasini chaqirishi mumkin.

0 Biologik samaralar. Bir neeha sekundda biokimyoviy o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin, nurlangandan o'n yillardan so'ng to'qimani o'lishi yokí ularda rakni keltinb chiqarishi mumkin.

January, 2024

10

Organizmda nurlanishning darajasiga bog'liq holda quyidagi natijalar bo'lishi

mumkin:

-o'tkir nur kasalligi;

-markaziy asab tizimining buzilishi;

-mahalliy nurdan kuyish;

-yomon o'smalar hosil bo'lishi;

-leykozlar (oqqon);

-immun kasalliklari;

-farzandsizlik;

-buzilishlar.

Nurlanishning dozasiga bog'liq oqibatlari

Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida" qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi fuqarolar hayoti, sog'lig'i va mol-mulki, shuningdek atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta'siridan muhofaza qilishni ta'minlash bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat [4].

January, 2024

11

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897

Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan

iborat:

normalashtirish prinsipi — ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo'l qo'yiladigan, ular sog'lig'iga xavfsiz bo'lgan darajadan oshirmaslik;

asoslash prinsipi — inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy radiatsiyaviy fonga qo'shimcha ravishda) etkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq bo'lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini taqiqlash;

minimallashtirish prinsipi — ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sog'lig'iga xavfsiz bo'lgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada bo'lishini saqlab turish.

Nurlanishning asosiy chegaraviy dozasi

Me'yörlanadigan miqdor

Chegaraviy doza

x od im la г*

aholi

(A ynriixi)

Effektiv doza

Наг qanday 5 yillik uchun ] mZv/yil har qanday 5

ü'rtacha 20 mZv, ammo yilga, ammo 5 mZv/yil

yiliga 50 mZv/yil dan kolp dan kö'p emas. emas.

Ko'z gavxarida, terida**,

qo'l va oyoqlar panja va yuzalarida yillik ekvi valent doza

150 mZv 500 mZv

500 mZv

15 mZv 50mZv

50mZv

January, 2024

Materiallarni y va neytron nurlanish qiymatini yarimga kamaytirish uchun qalinligi miqdori

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Zieh lik, Yarimga kamaytirish qiymati, sm

Material g/sm3 Neytron lar y-nurlanish

uchun uchun

Suv 1,0 2,7 23,0

Yog'och 0,7 9,7 33,0

Pali et ilen 0,9 2,7 24,0

Tuproq 1,8 12,0 13,0

G'ishtli devor 1,6 10,0 14,4

Muz 0,9 3,0 26,0

Oyna 1,4 11,0 16,5

Beton 2,3 12,0 10,0

Po'lat 7,8 11,5 3,0

Qo'rgoshin 113 12,0 2,0

Shisha plastic material lar 1,7 4,0 12,0

Joydagi radiatsiya darajasi 1 mZv/yil ga yetguncha aholini yashashi va ishlab chiqarish bilan bog'liq faoliyati hech qanday chegaralovlarni talab etmaydi. Bunday joylarda sanitar -gigienik tadbirlar yetarlidir. Vahima va qo'rqinchlarga asos yo'q. Nurlanish dozasi tabiiy fonga nisbatan 1 mZv/yildan yuqori bo'lgan joylarda muhofaza tadbirlarini o'tkazish zarur bo'ladi.

Radiatsion xavfli zonani ko'rsatuvchi belgilar

©

DANGER

A

M

mmm

January, 2024

13

XULOSA

IQ, UB, Gamma, Alfa, Beta, Rentgen nurlanishlari kuchli portlashlar paytida vujudga kelganda tirik organizmlar uchun xavfli mezon hisoblansada, ammo u insoniyat uchun hayot-mamot masalasi bo'lishi bilan birga uning taraqqiyoti uchun ham ahamiyati juda katta hisoblanadi. Masalan, tibbiyot, kimyo, texnologiya va harbiy sohalarda ham qisman foydali jixatlari mavjud. Uning me'yordan oshishi esa hayot uchun o'ta xavfli hisoblanadi.

REFERENCES

1. M. Yunusov, I. Axmedov, S. Gazinazarov A, E. Ibragimov, S. Asilova, N. Saidxo'jayeva // Radiatsiya xavfsizligi. Toshkent 2012.

2. O'zbekiston Respublikasi "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni, Toshkent, 2000 y.

3. R.N. Bekmirzaev, M.H. Samadov// YADRO VA ELEMENTAR ZARRACHALAR FIZIKASI. Jizzax-2015.

4. "Sanitariya nazorati to'g'risida"gi qonun. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -T: 2006 y. 41-son.

5. O'zbekiston Respublikasi "Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni, Toshkent, 1999 y.

January, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal

14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.