Научная статья на тему 'XXI ASR O’ZBEKISTON MODA AMALIYOTINING JAMIYAT A’ZOLARI KIYINISH MADANIYATIGA INTEGRATSIYASI'

XXI ASR O’ZBEKISTON MODA AMALIYOTINING JAMIYAT A’ZOLARI KIYINISH MADANIYATIGA INTEGRATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dizayn / moda amaliyoti / kiyinish madaniyati / “brendga sodiqlik” tendensiyasi / brend ambassadori / globallashuv / moda sanoati / design / fashion / clothing culture / brand loyalty trend / brand ambassador / globalization / fashion industry.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xodjayeva, U.M., Abdullayeva, F.S.

Maqolada XXI asr O’zbekiston modasi amaliyotining jamiyat a’zolari kiyinish madaniyatiga integrasiyasi tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTEGRATION OF 21ST CENTURY UZBEKISTAN FASHION PRACTICE INTO THE DRESSING CULTURE OF SOCIETY MEMBERS

The article examines the integration of the practice of Uzbek fashion of the 21st century into the clothing culture of members of society.

Текст научной работы на тему «XXI ASR O’ZBEKISTON MODA AMALIYOTINING JAMIYAT A’ZOLARI KIYINISH MADANIYATIGA INTEGRATSIYASI»

Research BIB / Index Copernicus

XXI ASR O'ZBEKISTON MODA AMALIYOTINING JAMIYAT A'ZOLARI KIYINISH MADANIYATIGA INTEGRATSIYASI

U.M.Xodjayeva

K.Behzod nomidagi MRDI "Libos dizayni

kafedrasi dotsenti Abdullayeva F.S.

K.Behzod nomidagi MRDI "Libos dizayni kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada XXI asr O 'zbekiston modasi amaliyotining jamiyat a 'zolari kiyinish madaniyatiga integrasiyasi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: dizayn, moda amaliyoti, kiyinish madaniyati, "brendga sodiqlik" tendensiyasi, brend ambassadori, globallashuv, moda sanoati

В статье рассматривается интеграция практики узбекской моды XXI века в культуру одежды членов общества.

Ключевые слова: дизайн, мода, культура одежды, тенденция «лояльности к бренду», амдассадор бренда, глобализация, индустрия моды

The article examines the integration of the practice of Uzbek fashion of the 21st century into the clothing culture of members of society.

Keywords: design, fashion, clothing culture, brand loyalty trend, brand ambassador, globalization, fashion industry.

O'zbekistonda moda sohasining "dizayn" qonuniyatlari asosida shakllantirilgan yangi davri mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, mazkrn- davñaráa yurtimiz moda sohasi rivojiga keng imkoniyatlar ochildi. Bu davráa barcha sohalaráa mamlakatimiz o'zining mustaqil siyosatini olib bora olish imkoniyatiga ega bo'lishi, tuгli jabhalaгda jahon xalqlari bilan o'zara siyosiy, iqtisodiy hamda ma'naviy aloqalami yo'lga qo'yilishi jarayonlari xalqimiz ongidan unutilayozgan milliy merosimizni tiklash doirasida boshlangan davlat siyosati bilan hamohang holda kechganligini qayd etish lozim.

Tabiiyki, yuqoгida ta'kidlab o'tilgan yutuqlaг mustaqil yuгtimiz modasining zamon talablariga mos holda qaytadan shakllantirilishi va yosh dizaynerlar ijodida asosiy tendensiya sifatida zamonaviy uslub va uslubiy yo^a^^la^a xos kostyum

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

shakllarining o'zbek milliy kostyum an'analari asosidagi loyihalarini yaratish hisoblanganligini qayd etish lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Mustaqillik yillarida olib borilgan yurtimizdagi libos loyihalash jarayonlarining tarixiy va zamonaviy tendensiyalari haqidagi ma'lumotlar K.Akilova, M.Abdukarimova, B.Nodir, F.Nig'matova, S.Davlatova, V.Chursina, F.Ataxanova, E.Mirzanazarova, Yu.G'aybullayeva, M.Salaxiddinovlarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan.

O'zbekistonda dizayn sohalarining nazariy aspektlari, amaliyoti va rivojlanish tamoyillariga bag'ishlangan K.Akilovaning tadqiqoti e'tiborga loyiq. Unda XX asr mobaynida dizayn nazariyasini shakllanishida ahamiyatli bo'lgan jahon va rus nazariyotchilari ilmiy qarashlari, O'zbekiston XX asr dizayni amaliyoti xususan, libos dizayni sohasining shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan omillar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faktorlar kesimida tizimli yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida dizayn sohalari amaliyotida qo'llanilgan zamonaviy tendensiyalar, hamda soha nazariyasining bugungi kunda yurtimizda mavjud bo'lgan muammolari ham tadqiqotdan o'rin olgan [1].

V.Chursinaning "Мода Узбекистана: вчера и сегодня" albom-katalogida XX asrning 1960-90 yillari mamlakatimiz modasi retrospektiv kesimda ya'ni, arxiv ma'lumotlari, illustrativ materiallar va moda jurnallarida e'lon qilingan maqolalar asosida yoritilgan. Shuningdek, manbaning "Moda: segodnya" nomli ikkinchi bo'limida mustaqillikning ilk yillarida ijod qilgan dizayner mutaxassislar faoliyati, hamda "Lali", "Moel Bosh", "Maru", "Saida Amir" kabi bir qator tajribali dizaynerlar ijodining xronologiyasiga oid ma'lumotlar keltirib o'tilgan [2].

F.Ataxanova tadqiqotida XXI asr boshlaridagi zamonaviy o'zbek libos dizayni rivojlanishining bosqichlari, an'analar va innovatsiyalar o'zaro ta'siri natijasida vujudga kelgan asosiy yo'nalishlari, shakllari, o'ziga xos badiiy xususiyatlarini tadqiq qiluvchi ilmiy izlanishlar natijalari aks ettirilgan. Mazkur tadqiqotda libos dizayni va moda tushunchalari madaniyatshunoslik va san'atshunoslik sohalaridagi fanlararo yondoshuv uslubiyati asosida tizimli tadqiq etilgan [3].

E.Mirzanazarovaning tadqiqot ishida O'zbekiston an'anaviy libosi rivojidagi tarixiy jarayonlar, XX asr O'zbekiston libos dizaynining rivojlanish dinamikasi, hamda mustaqillik davrida libos dizayni sohasining rivojlanish istiqbollari va muammolari aks etgan. Mazkur tadqiqot ishida mamlakatimiz moda sohasi rivojiga doir manbalarni yoritishda san'atshunoslik nuqtayi nazaridan yondoshilganligi sababli o'zbek modasi rivojida ahamiyatli bo'lgan libos dizaynining amaliy mexanizmlarini tadqiq etishga e'tibor qaratilmagan.

Research BIB / Index Copernicus

MUHOKAMA

Bugungi kunda O'zbekistonda kiyinish madaniyati xususan, moda sohasining "ot kutyur" va "pret-a-porte" yo'nalishlari amaliy jarayonlari tahlili uning jahon moda sanoatida aktual bo'lgan tendensiyalar asosida faoliyat olib borayotganligi haqidagi xulosalar shakllantirilishiga asos bo'lib xizmat qildi:

XXI asrning ilk yillarida jahon moda sanoatining asosiy tendensiyalaridan bo'lgan "brendga sodiqlik" tendensiyasi bugungi kun modasida ham o'z aktualligini namoyon etmoqda. ("Brend" iborasi mahsulot belgisi sifatida ham tavsiflanadi, ammo har bir savdo belgisi "brend" sifatida e'tirof etilmaydi. "Brend" tavsifi faqatgina riteylda (bozor) katta muvaffaqiyat va ta'sirga erishgan "targ'ib qilingan" brendga nisbatan qo'llaniladi. Xaridor "brend" (markali) mahsulotni sotib olayotganda, u birinchi navbatda nom uchun xaq to'layotganini tushunadi.) Bugungi kunda "brendga sodiqlik" tendensiyasi mamlakatimiz moda sohasining nafaqat "ot -kutyur" balki, "pret-a-porte" liboslarini ishlab chiqaruvchi mahalliy brendlar sotuv strategiyalarining asosiy yo'nalishiga aylanib bormoqda.

Xususan, "Azukar Moreno" , "Lali" , "Dildora Kasimova" , "Saadi" , "Madina Kasimbayeva" , "Anor" , "Iroda AgzamHoja" singari yetakchi brendlar libos to'plamlari ular tomonidan "Brend yuzi" (brend ambassadori) sifatida tanlab olingan siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalarining taniqli shaxslari orqali targ'ib qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda, mazkur moda uylarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xorijiy davlatlarning yuksak martabali shaxslari, mahalliy shou biznes vakillari, jamoat arboblarining brend liboslarida tushgan foto suratlari va video materiallar e'lon qilinmoqda. Globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarining rivoji jamiyat a'zolari kiyinish madaniyatiga taniqli shaxslar va moda infyuenserlari kiyinish uslublarining ommaviy ta'sir ko'rsatishiga xizmat qilayotganligi, nomlari sanab o'tilgan moda uylari maqsadli auditoriyalarining brend mahsulotlariga sodiqligini kuchaytirishda o'ziga xos o'ringa ega bo'lib kelmoqda.

Bugungi kunda jahonning yetakchi moda uylari dizaynerlari bir vaqtning o'zida mahalliy urf-odatlarni hisobga olgan holda, jahon trendlarini o'z ifoda usullariga tatbiq etib kelmoqdalar. Masalan, "etno" yo'nalishi elementlarini zamonaviy liboslarda qo'llash, yoki Sharq va G'arb modasini uyg'unlashtirish kabi tendensiyalar dizaynerlar uchun ilhom manbaiga aylanmoqda. Mazkur jarayon mamlakatimiz modasi amaliyotida kun sayin ahamiyatli o'rniga ega bo'lib, dizaynerlar ijodiy faoliyati, hamda mahalliy moda brendlari mahsulotlarida o'zining amaliy tasdig'ini topib kelmoqda. Bu jarayonda mazkur tendensiyaning o'ziga xosligi libos va aksessuarlarni qo'l mehnati asosida ishlab chiqarishni rag'batlantirishga qaratilgan faoliyatlari bilan ahamiyatli hisoblanmoqda.

Research BIB / Index Copernicus

Mustaqillik yillari o'zbek modasining asosi milliy hunarmandchilikni o'z ichiga olgan amaliy faoliyatlar doirasini qamrab oladi. Ya'ni, mahalliy moda sohasining "ot-kutyur" yo'nalishi o'zida o'zbek xalqining libos va aksessuarlar yaratishdagi boy tarixiy tajribasini zamonaviy talqinda qayta shakllantirilishiga asoslanadi: "O'zbekistonda moda sanoati kvant o'sishlarda rivoj topmoqda. Nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham etnik motivlarimizga talab va qiziqish katta. Bugungi kunda mass-marketga chiqish imkoniyati va ijtimoiy tarmoqlar tufayli O'zbekistondagi kiyinish uslubi dunyodagi kabi bir xil. Bizning o'ziga xos xususiyatimiz shundaki, biz etnik kelib chiqishdan foydalanamiz. Bizning dizaynerlarimiz har jihatdan ilg'or. Men nafaqat dunyo moda sanoati talablariga muvofiq keluvchi, balki global tendensiyalarda ajralib turadigan mahalliy brendlar mahsulotlarini kiyishni yoqtiraman. Bizda eng yaxshi matolar, uslublar va hunarmandlar mavjud. Bu bizning dizaynerlarimiz jahon iste'molchilari tomonidan e'tirof etilishida o'z ifodasini topmoqda" [1].

Bu borada mamlakatimizning taniqli moda infyuenserlaridan biri - Bexruz Xomidovning fikrlari quyidagicha: "O'zbekistondagi moda uslubi o'zbek madaniyatining an'anaviy elementlari bilan zamonaviy moda yo'nalishlari aralashmasini aks ettiradi. O'zbekistondagi ko'plab dizaynerlar milliy naqsh va bezaklarning boy merosidan ilhomlanib, ulardan kiyim-kechak, aksessuarlar va to'qimachilik buyumlari dizaynida foydalanishmoqda" [2].

Xususan, mazkur jarayon "Azukar Moreno", "Lali", "Dildora Kasimova", "Saadi", "Madina Kasimbayeva", "Anor", "Iroda AgzamHoja" kabi taniqli moda uylari amaliy faoliyatlarining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.

Qayd etish joizki, "Madina Kasimbayeva" moda uyining asoschisi M.Qosimboyevaning individual faoliyati hamda, taniqli o'zbek brendlari bilan kollaboratsiyalari o'zbek milliy kashtachilik san'ati asosida, qo'l mehnati orqali tayyorlangan libos va aksessuarlarga bo'lgan talabni nafaqat yurtimiz balki, jahon miqyosida ortishiga sabab bo'lmoqda.

So'nggi yillarda moda sohasining "ijtimoiy trendlarga moslashuv" tamoyili dizaynerlarning jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlarga individual xulq-atvor va qarashlariga muvofiq holda shakllantirilgan yondoshuvlarini aks ettirib kelmoqda. Bu jarayonda G'arb davlatlari mutaxassislari va moda brendlari ijodida aktuallik kasb etayotgan tendensiya - liboslarning bir vaqtning o'zida erkaklar va ayollar uchun mo'ljallanganligidir. "Visa fashion Week Tashkent" to'rtinchi va "Uzbekistan Fashion Week" beshinchi mavsumlari doirasida 2024-25 yil mavsumlari uchun taqdim etilgan libos to'plamlarida mazkur tendensiya mamlakatimiz modasida ham

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

o'zining amaliy tasdig'ini topayotganligiga doir xulosalar shakllantirishga asos bo'ldi.

Ayollarning erkaklar garderobidagi kostyum assortimentlarini o'zlashtirish jarayonlari XX asrning 20-yillaridan boshlangan bo'lsa, hozirgi kun modasida esa aksincha, ayollar liboslari assortimentiga xos elementlar erkaklar kostyumida o'z ifodasini topib kelmoqda. Mamlakatimizda, gender jihatidan neytral bo'lgan kiyim -kechaklarni tekstil korxonalarida tayyorlanayotgan sport uslubidagi libos assortimentlarida, "Bjeans" mahalliy moda brendining denim matosidan ishlab chiqarilgan "casual" (kejuel) uslubiga xos liboslarida kuzatish mumkin.

Gender jihatidan neytral bo'lgan liboslarning zamonaviy moda va xususan, mamlakatimiz modasi, xalqimiz mentalitetiga muvofiqligi haqida to'xtalar ekanmiz, ushbu tendensiya doirasida liboslarning erkaklar va ayollar psixologiyasi va fiziologiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan talablar asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiqligini ta'kidlash lozim. Mazkur yo'nalish doirasida faoliyat olib borayotgan moda brendlari erkaklar va ayollar garderoblari uchun maqbul bo'lgan shakl va siluetga ega bo'lgan pidjak, oversayz bichimdagi futbolka, shim assortimentlarini ishlab chiqarmoqdalar. Zamonaviy trendlar asosida shaxsiy garderoblarini shakllantirayotgan ayol va qizlar erkaklar kiyim-kechak do'konlaridan mazkur assortmentdagi liboslarni harid qilishlari odatiy holga aylanib bormoqda. Ammo, bu jarayonda liboslarda androgenlik xususiyatlarini ifoda etilishi, ushbu yo'nalishdagi libos to'plamlarini ishlab chiqarish va targ'ib qilish jamiyat rivoji uchun xalokatli bo'lgan oqibatlarga olib kelishini alohida qayd etish zarur. Jumladan, jahon modasining ilg'or vakillari to'plamlarida mazkur tamoyilga moyillik niqobi ostida erkaklar kostyum assortimentida - ayollar kostyumiga xos libos assortimentlari, shakllar, printlar va rang o'ziga xosliklari hamda, aksessuarlarni qo'llash holatlari tobora keng tus olmoqda.

Hozirgi vaqtda zamonaviy moda sohasi odob-ahloq va go'zallik kriteriylariga xos har qanday chegaralarni buzishni, muallifning dunyoqarashini yaratgan liboslarida aks ettira olishini rag'batlantiruvchi soha sifatida rivoj topib bormoqda.

E'tiborli jihati, bu jarayonda mutaxassislarimizning yagona, qat'iy pozitsiyasi -mazkur moda tendensiyasining kelib chiqishiga sabab bo'lgan omillar va salbiy oqibatlari to'g'risida o'z vaqtida va asosli ma'lumotlar taqdim etish hisoblanadi. Sababi, moda sohasining talabi dizayner mutaxassislariga biror bir qat'iy cheklovlarsiz erkin faoliyat olib imkoniyatini taqdim etishni qo'llab quvvatlaydi. Yosh ijodkorlarga o'z vaqtida va asosli ma'lumotlar taqdim etish orqali esa mamlakatimiz modasida mazkur tendensiyaning amaliyotda odob ahloq normalariga nomuvofiq qo'llanilishining oldi olinadi.

Research BIB / Index Copernicus

XULOSA

Bugungi kun o'zbek modasida jahon modasi talablari asosidagi yevropaga xos kiyinish uslublarini o'zida eks ettirgan moda amaliyoti hamda, islomiy e'tiqod talablari asosidagi "kamtarona moda" yo'nalishiga xos tendensiyalar ahamiyati ko'zga tashlanmoqda. Mazkur jarayonlar amaliyoti rivojida mamlakatimizdagi moda uylari asoschilari bo'lgan tajribali dizaynerlar, mahalliy moda brendlarining izchil faoliyatlari hamda, moda atelyelari va kichik biznes vakillari, shu bilan birga sohaga kirib kelayotgan yangi mutaxassisliklar doirasida faoliyat olib borayotgan yosh kadrlarning salmoqli mehnatlarini qayd etish joiz.

Ammo, "ot kutyur" va "pret-a-porte" liboslarini ishlab chiqarish jarayonlarida mahalliy mutaxassislarning moda sohasining ma'naviy, ijtimoiy-psixologik aspektlari doirasidagi muammolari yechimiga yanada izchil e'tibor qaratishlari hamda, sohaning ekologiyani asrash talablari asosidagi amaliyotiga innovatsion texnologiya, ixtiro va ishlanmalarni yanada kengroq jalb etishlari maqsadga muvofiqligi ko'zga tashlanmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Акилова К. Дизайн в Узбекистане: теория, практика и перспективы развития. //Поиски смысла// Сб.ст. - Т.: "Санъат", 2016. - с. 246.

2. Чурсина В. Мода Узбекистана: вчера и сегодня. /Альбом-каталог/. - Т.: "Санъат", 2020. - с.128.

3. Атаханова. Ф. Замонавий узбек дизайнида анъаналар ва инновациялар. Санъатшунослик фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. Тошкент, 2022 й.

4. Мирзаназарова Э. ХХ аср Узбекистон либос дизайни: асосий боскичлар ва ривожланиш тамойиллари санъатшунослик фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. - Тошкент: 2010.

5. Узбекский стиль. Основатели популярных брендов и fashion-инфлюенсеры о модных трендах. (Нодира Абдурахманова, город — Ташкент, этнический fashion-инфлюенсер, основатель бренда nadi_uz/Items,@nadi_uz) https://dzen.ru/a/Zk1E3IeaFzkPBtaq?utm referrer=www.google.com&is autologin ya=true.

6. https://www.instagram.com/bexruzwithin/.

7. Васильева Ж. Влияние процессов глобализации на fashion-индустрию. https://cyberleninka.ru/article/n/vliyanie-protsessov-globalizatsii-na-fashion-industriyu.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

8. УП.33. Малышева Е. Влияние процессов цифровизации и глобализации на развитие мирового и российского рынка моды.

https://vest.rea. га/] our/artideMew/444?locale=ru_RU

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.