Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON ZAMONAVIY MODA DIZAYNIDA MILLIY O'ZIGA XOSLIKNI ANGLASH JARAYONI'

O‘ZBEKISTON ZAMONAVIY MODA DIZAYNIDA MILLIY O'ZIGA XOSLIKNI ANGLASH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2523
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy moda / dizayn / milliy o'ziga hoslikni anglash / liboslar / o’zbeklar / xis-tuyg’u / kayfiyat. / modern fashion / design / national self-esteem / clothes / Uzbeks / feeling / mood.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saydiganiyeva, Azizaxon Saydinosirovna

Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi va bu jarayonlarning tarixiy rivoji maqolada keng yoritib berilgan. Jamiyat turmushi iqtisodiyoti va siyosatida bo’layotgan ayrim o’zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go’zallik to’g’risidagi ideallari, xo’jalik yuritishning o’ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko’zga yaqol tashlanadi. Maqolada O'zbekiston moda dizaynida milliy o'zlikni anglash jarayoni yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROCESS OF AWARENESS OF NATIONAL IDENTITY IN MODERN FASHION DESIGN OF UZBEKISTAN

In clothes, some of the traditions, social relations, enlightenment, religion and aesthetic forms that go back to the history of nationality, are expressed and the historical narrative of these processes is widely covered in the article. With some changes taking place in the economy and policy of the society, the forms of clothing are also changing, in which the material condition of the people, the tastes of people, the ideals of beauty, the peculiarities of Economic Conduct, as well as some aspects of family life are also noticeable. The article covers the process of national self-awareness in fashion design of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON ZAMONAVIY MODA DIZAYNIDA MILLIY O'ZIGA XOSLIKNI ANGLASH JARAYONI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON ZAMONAVIY MODA DIZAYNIDA MILLIY O'ZIGA XOSLIKNI ANGLASH JARAYONI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-2-575-583

Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an 'analar, ijtimoiy munosabatlar, ma 'rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi va bu jarayonlarning tarixiy rivoji maqolada keng yoritib berilgan. Jamiyat turmushi iqtisodiyoti va siyosatida bo'layotgan ayrim o'zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o'zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go'zallik to'g'risidagi ideallari, xo'jalik yuritishning o'ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba'zi tomonlari ham ko'zga yaqol tashlanadi. Maqolada O'zbekiston moda dizaynida milliy o'zlikni anglash jarayoniyoritiladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy moda, dizayn, milliy o'ziga hoslikni anglash, liboslar, o 'zbeklar, xis-tuyg 'u, kayfiyat.

ПРОЦЕСС ОСОЗНАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ САМОБЫТНОСТИ В СОВРЕМЕННОМ МОДНОМ ДИЗАЙНЕ УЗБЕКИСТАНА

АННОТАЦИЯ

В одежде представлены некоторые элементы традиций, общественных отношений, просвещения, религии и эстетических форм, восходящих к истории нации и историческое развитие этих процессов широко освещено в статье. В связи с некоторыми изменениями, происходящими в экономике и политике жизни общества, меняются и формы одежды, в которых отражаются материальное положение народа, вкусы людей, идеалы красоты, особенности хозяйствования и некоторые аспекты семейной жизни. В статье освещен процесс национального самосознания в дизайне моды Узбекистана.

Ключевые слова: современная мода, дизайн, восприятие национальной самобытности, костюмы, узбеки, эмоции, настроение.

Saydiganiyeva Azizaxon Saydinosirovna

Libos dizayn kafedrasi o'qituvchisi

+99897 446 3534

Asaydiganieva@bk.ru

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

THE PROCESS OF AWARENESS OF NATIONAL IDENTITY IN MODERN FASHION DESIGN OF UZBEKISTAN

ABSTRACT

In clothes, some of the traditions, social relations, enlightenment, religion and aesthetic forms that go back to the history of nationality, are expressed and the historical narrative of these processes is widely covered in the article. With some changes taking place in the economy and policy of the society, the forms of clothing are also changing, in which the material condition of the people, the tastes of people, the ideals of beauty, the peculiarities of Economic Conduct, as well as some aspects of family life are also noticeable. The article covers the process of national self-awareness in fashion design of Uzbekistan.

Keywords: modern fashion, design, national self-esteem, clothes, Uzbeks, feeling, mood.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, unutilayozgan qadimgi milliy an'analarimizni, qadriyatlarimizni tiklashga imkon tug'ildi. O'zbek milliy kiyimlari xalqimiz tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib, u moddiy-ma'naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o'ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. Milliy kiyimlarda, biron-bir el-elat tarixiga borib taqaladigan an'analar, ijtimoiy munosabatlar, ma'rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi, unda xalqimizning didi, go'zallik to'g'risidagi ideallari, xo'jalik yuritishning o'ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba'zi tomonlari ham ko'zga yaqqol tashlanadi.

O'zbek xalqining kiyimlari juda xilma-xil, rang-barang va jozibalidir. Ular -erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlaridan iborat bo'lib, inson umrining fasllariga qarab ham ajratilgan: yoshlar, o'rta yoshlilar, keksalar uchun. Shuningdek, hududlar bo'yicha ham o'ziga xoslikni tashkil qiladi. Kiyimlarda insonning ijtimoiy mavqei, u yashagan joy va zamon, hayotidagi quvonchli yoxud qayg'uli voqealar ham namoyon bo'ladi. Bu masala tarixini o'rganish ko'plab yo'qolib ketgan va ketayotgan bebaho yodgorliklarimizning xilma-xilligini qayta tiklash va xalqimizning nodir merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asosiy maqsad: mustaqil O'zbekiston xalqiga milliy o'zligini anglatish, uning qadimdan to hozirgacha bo'lgan an'anaviy, betakror kiyimlarini ko'rsatish, hududlarda (qishloq, shahar, tumanlar) saqlanib kelinayotgan farqlarni aks ettirish va ularning davomiyligini anglatishdan iboratdir.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xalq turmushining har qanday sohasi kabi o'zbek milliy kiyimini o'rganish o'zbek xalqining etnik tarixi va madaniyatini, uning boshqa xalqlar bilan o'zaro aloqalarini tadqiq etish bilan chambarchas bog'liqdir.U moddiy va ma'naviy yodgorliklar ichida xalqIarning milliy o'ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarini ko'rsatuvchi mezondir. Kiyimlarda urfodatlar, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba'zi bir elementlari, diniy e'tiqod, nafosat va estetik normalar o'z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotidagi quvonchli yoxud qayg'uli voqealar namoyon bo'ladi.

1 - rasm. Milliy o'zbek libosi

Millatimizni o'zga millatlardan ajratib turuvchi mohiyatlar emas, balki birlashtiruvchi omillar milliy ma'naviyat zamirini tashkil etadi. Faqat buni jo'n tushunish ham, jo'nlashtirib talqin etish ham xato. Ma'naviyatimizdagi eng umuminsoniy g'oyalar ham nihoyatda milliy bir tarzda o'zligini namoyon qiladi, ular boshqa millat ma'naviyati unsurlaridan nusxa ko'chirish shaklida namoyon bo'lmaydi.

Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bo'lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg'unlikda olib qaramog'imiz talab etiladi.

Go'zallik o'ziga xos estetik timsoldir. Shuning uchun, moda har doim o'z-o'zidan harakat qiladi. Har doim ayollar chiroyli ko'rinishga intilishgan. Chiroyli ko'rinishni yaratishda kiyim muhim rol o'ynaydi. Zamonaviy moda ayollari turli xil uslublarga rioya qilishadi, bizning davrimizda modada ko'plab alternativalar mavjud, kiyim tanlash ajoyibdir.

Hamma davrlarda ham libosga qarab insonning qaysi ijtimoiy toifaga mansubligini bilish mumkin bo'lgan. Shuning uchun mazkur asarda xalqimizning har bir ijtimoiy qatlami alohida berildi: boylarning — boy savdogar, shaharlik sanoat korxona egalari, mahalliy burjuaziya vakillarining kiyimlari; hunarmand shaharliklarning — shoyi to'quvchi, etikdo'z, zargarlar kiyimi; qishloq mehnatkashlari — dehqonlar, temirchilar, kulollar, to'quvchilar kiyimi; mahalliy ziyolilar — jadidlar, mullalar, din ahillaridan:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Imom, so'fi, darvish, qozikalonlar libosi kabi. Ma'lumki, o'zbek xalqi o'zining milliy marosimlarida alohida kiyinadi. Nikoh yoki xatna to'yida kelin-kuyovlar liboslari, to'y bolaning kiyimi, dafn marosimida marhumni yodlash davrida kiyiladigan liboslar. Yana liboslar bezakli, bayram, tantanalarda, kundalik kiyiladigan, korjoma kabi turlarga bo'linadi. Jinsiga qarab: erkaklar, ayollar va bolalar hamda yoshiga qarab: yoshlar, o'rta yoshli va keksalar kiyimlariga ajratilgan. Qadimgi davrlarda yaratilgan va shu kungacha ishlatib kelinayotgan o'zbek milliy kiyimi o'zbek xalqining milliy xususiyatlarini aks ettiradi.

2 - rasm. Boy zodagon erkak libosi.

Sharq ayollarining go'zalligi - bu nafis yuz xususiyatlari, muloyim tabassum, ichki kamtarlikni o'zida yashirgan hayoli ko'zlar, olijanoblik va sharqona tarbiyadir. Qadim zamonlardan beri insoniyatning kuchli tomoni sharqona ayolning go'zalligini kuylab keladi va go'zallar esa o'z navbatida, o'zlarining go'zalligi va jozibali ko'rinishi bilan erkaklarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Turli vaqtlarda, tarixiy o'zgarishlar va moda tendensiyalariga rioya qilgan holda, o'zbek qizining qiyofasi o'zgarib borardi. Ayniqsa XX asrda uslub o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega bo'ldi. O'zbek ayollarining kiyimlari tez fursatda o'zgarib bormoqda. Ammo o'zbek modasining asosiy xususiyati o'zgarmas bo'lib qolaveradi -asrlar davomida faqat sharqona go'zallikka xos bo'lgan jozibali tasvirlarni yaratib bergan ajoyib o'zbek matolari, milliy

zargarlik buyumlariga bo'lgan sodiqlik.

3 - rasm. Milliy o'zbek ayol kelinlari libosi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Baxmal, xon-atlas va adrasdan tikilgan hashamatli liboslar, ikat uslubida to'qilgan kiyimlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan ajoyib zargarlik buyumlari, tillaqoshlar, bosh kiyimlari: do'ppilar va choponlar har doim o'zbek ayollarining sevimli libosi bo'lib kelgan. Milliy liboslar to'plamiga ko'ylak va lozimlar kiradi, bunday liboslar har doim matoda yorqin va rangli naqshlar bilan bajarilgan.

Turli vaqtlarda, tarixiy o'zgarishlar va moda tendensiyalariga rioya qilgan holda, o'zbek qizining qiyofasi o'zgarib borardi. Ayniqsa XX asrda uslub o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega bo'ldi. O'zbek ayollarining kiyimlari tez fursatda o'zgarib bormoqda. Ammo o'zbek modasining asosiy xususiyati o'zgarmas bo'lib qolaveradi - asrlar davomida faqat sharqona go'zallikka xos bo'lgan jozibali tasvirlarni yaratib bergan ajoyib o'zbek matolari, milliy zargarlik buyumlariga bo'lgan sodiqlik timsolini bildiradi.

O'zbekiston aholisining milliy kiyimi barcha sharq xalqlariga xos xususiyatlarni ajablantiradigan tarzda birlashtiradi va o'ziga xos individual va o'ziga xos

yoqtirmaydilar, chunki ular fikricha, to'q ranglar muammolarni jalb qilishlari mumkin. 4 - rasm. XX asr o'zbek ayoli libosi.

Ayollar kiyimining ranglariga ko'ra, erlarning holatini ham baholash mumkin edi. Boy o'zbeklar o'z xotinlariga ko'k yoki binafsha liboslar kiydirishgan, hunarmandlarning xotinlari esa yashil kiyimda yurishgan.

xususiyatlarga ega. Vaqt o'tishi bilan o'zbek milliy kiyimi modifikatsiyadan o'tgan bo'lsa-da, zamonaviy shaklda u Sharq xalqlarining madaniy an'analarining barcha boyliklarini va qadimiy zamonlardan kelib chiqqan tarixiy aloqani saqlab qoldi. Hozirda O'zbekistondagi erkaklar uchun to'y liboslari an'anaviy ravishda oltin yoki kumushdan yasalgan brokad bilan bezatilgan. Milliy o'zbek kostyumining ranglari juda keng. Mamlakatning turli mintaqalarida

yashovchilarning o'ziga xos rang imtiyozlari mavjud, ammo o'zbeklar to'q rangli kiyimlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Baxmal, xon-atlas va adrasdan tikilgan hashamatli liboslar, ikat uslubida to'qilgan kiyimlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan ajoyib zargarlik buyumlari, tillaqoshlar, bosh kiyimlari: do'ppilar va choponlar har doim o'zbek ayollarining sevimli libosi bo'lib kelgan. Milliy liboslar to'plamiga ko'ylak va lozimlar kiradi, bunday liboslar har doim matoda yorqin va rangli naqshlar bilan bajarilgan.

5 - rasm.

Binafsha rangli duxoba zodagon ayol libosi.

XULOSA.

Qadimiy milliy liboslarimizni rivojlangan sanoat, ishlab chiqarish talablarigan mos holda yaratish va har bir yaratilgan liboslarda o'zbek halqining azaliy urf-odatlari, an'analari aks etishi zamon sahnasida milliy o'zligimizning nechog'li qadri baland ekanligini ko'rsatmoqda. Uzoq o'tmish tarixga ega bo'lgan davlatlarimiz tarixida, erkak va ayol liboslari tarixiy jarayonlar va o'zbek xalqining azaliy dunyoqarashini aks etib turadi.

6-rasm. Qadimiy va zamonaviy erkak va ayollar bosh kiyimi bo'lgan do'ppi

va do'ppi-kepkalar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Buni biz xozirgi kunda amaliy bezak ko'rinishiga aylanayotgan bosh kiyimlarimiz misolida ham ko'rishimiz mumkin. O'zbek erkaklarining or-nomusi, qadrini balanjd kerib yurishiga sabab bo'lgan, milliy do'ppilarimiz xozirgi davrga kelib, nafaqat o'zbek yigitlarining bosh kiyimi sifatida keng qo'llanilmoqda, balki moda sanoatida o'ziga hos bezak uslubini yaratib, zamonaviy bosh kiyimlari ko'rinishida qayta tug'ilyapti.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ming yillik tarixga ega o'zbek liboslari, o'zbek halqining tarixiy qadriyatlarini zamonaviy shukuxda dunyo bo'ylab yanada bardavom etmoqda.

REFERENCES

1. Rahmatullayeva U. S. o'zbek xalqining kiyinish madaniyati: an'anaviylik va zamonaviylik (falsafiy-madaniy yondashuv). Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent, 2010 y.

2. Goncharova P. Uningtarkibi. Buxoro oltin kashtachilik san'ati. - G. G'ulom adabiyot va san'at nashriyoti. - Toshkent.1986 y.-110 bet.

3. Sukhareva O. A. Suzani. O'rta Osiyo dekorativ kashtalari. - Moskva: Vostochnaya literatura, 2006. -156 b.

4. O'zbekiston xalq ijodiyoti.- Toshkent: G'afur G'ulom adabiyot va san'at nashriyoti, 1977. -235 b.

5. Kamilova H. H., Raximova Z. I., Raxmatullayeva U. S. o'zbek milliy libosi va an'anaviy qadriyatlar. Monografiya.- G. G'ulom adabiyot va san'at nashriyoti. -Tashkent2018.-330 bet.

6. Bobojanova G. koinot va ramzlar boyligi potok-T.: "Sharq yulduzi" 1-son,

7. U. S. Rahmatullayeva, o'zbek milliy naqshlarining kelib chiqish tarixi va ulaming hududlar bo'yicha tahlili, NamIET ilmiy-texnik jurnali, 6 - son (1) 2021

8. Saydiganieva Azizaxon Saydinosirovna The Design of Combining Ethnic Clothing with Modern Fashion Lecturer of the Department of Clothing Design. International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR) ISSN: 26439670, Vol. 5 Issue 4, April - 2021, Pages: 140-144

9. Юнусхаджаева, С. А. (2020). КАСБ ТАЪЛИМИ ЙУНАЛИШИДАГИ ТАЛАБАЛАРНИ У^ИТИШДА КАСБИЙ БИЛИМНИ ЧУ^УР УЗЛАШТИРГАН МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШ ВА МИЛЛИЙ ЛИБОСЛАРИМИЗГА ОИД БИЛИМЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ АФЗАЛЛИК ЖЩАТЛАРИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ,, 2(4).

1999.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Khodjaeva, U. M. (2022). THE EFFECTIVENESS OF PROTOTYPING IN THE MANUFACTURE OF HIGHLY ARTISTIC CLOTHING MODELS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 171-176.

11. Гайсина, Р. Ш. (2022). ИССЛЕДОВАНИЕ ИЗОБРАЖЕНИЯ ОРНАМЕНТА И ЕГО МЕСТОРАСПОЛОЖЕНИЯ В КОСТЮМАХ НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ РАННЕГО СРЕДНЕВЕКОВЬЯ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 239-247.

12. Nishanova, S. D. (2022). ZAMONAVIY PODIUMGA 80-YILLAR MODASINING QAYTIB KELISHI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 189-195.

13. Usmanova, N. (2022). MODA SANOATIDA "ZERO WASTE" NING O 'RNI VA UNING O 'ZIGA XOS KONSEPSIYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1121-1129.

14. Irgasheva, M. S. (2021). О 'SMIR YOSHDAGI BOLALAR GARDEROBIDAGI KIYIMLARGA QО 'YILADIGAN TALABLARNING О 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 746-751.

15. Tursunpo'Latova, D. R. Q. (2021). KIYIMDAGI" NEW LOOK" USLUBI, KELIB CHIQISH TARIXI VA ZAMONAVIY MODA YO'NALISHIDA AKS ETISHI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 752-762.

16. Атаханова, Ф. З. (2021). УЗБЕК АНЪАНАВИЙ ЛИБОСИ ВА ЗАМОНАВИЙ МОДАНИНГ УЗАРО ИНТЕГРАЦИЯ ЖАРАЁНИНИ ТАДЛИЛ ЭТИШДАГИ МЕТОДОЛОГИК МУАММОЛАР. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(6).

17. Qizi, Y. S. M., & Muratovna, X. U. (2021). LIBOS DIZAYNI TA'LIMIDA EKOLOGIK-INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA-KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 240-251.

18. Abutalibovna, Y. S. (2021). Using Effective Methods in Teaching a Young Artist Is a Pledge That Talented Young People Will Become Mature Specialists. Eurasian Research Bulletin, 2, 31-33.

19. Atahanova, F. Z. (2021). Artistic Design Education In Uzbekistan: Origins, Features, Problems. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(7), 503-506.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

20. Атаханова, Ф. (2021). ЗАМОНАВИЙ МОДАДАГИ ЭТНО-ЙУНАЛИШ ШАКЛЛАНИШИНИНГ ТАРИХИЙ БОС^ИЧЛАРИ. Камолиддин Бецзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институти АХБОРОТНОМАСИ илмий-амалий журнали, 5(02), 69-71.

21. Атаханова, Ф. З. (2021). УЗБЕК АНЪАНАВИЙ ЛИБОСИ ВА ЗАМОНАВИЙ МОДАНИНГ УЗАРО ИНТЕГРАЦИЯ ЖАРАЁНИНИ ТАХДИЛ ЭТИШДАГИ МЕТОДОЛОГИК МУАММОЛАР. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(6).

22. Зарипова, М. А. (2021 ). ТОЛАЛИ МОДДАЛАРДАН ТАЙЁРЛАНГАН МУЗЕЙ КОЛЛЕКЦИЯЛАРИНИНГ ТАД^ЩОТ ЖАРАЁНЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 2),

34-49

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.