Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA LIBOS DIZAYNI SOHASIGA O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA LIBOS DIZAYNI SOHASIGA O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
20
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dizayn / ijodkorlik va keng professional ko‘nikmalar / libos dizayneri / loyihalash faoliyati. / Design / creativity and broad professional skills / clothing designer / design activities.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umarova, Zuxra Sagdullaevna

Maqolada Oliy ta’lim muassasalarida libos dizayn ta'limiga o’qitishning samarali usullari va texnologiyalarining zamonaviy moda talablari asosidagi o’ziga hosliklari o’rganilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarni muvaffaqiyatli professional faoliyatga tayyorlash uchun zarur bo’lgan metodlar tahlili ham maqoladan atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE METHODS OF TEACHING CLOTHING DESIGN IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article explores effective methods and technologies for teaching clothing design in higher educational institutions, based on modern fashion requirements. It also provides a detailed analysis of the methods necessary for successfully preparing students for professional activity.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA LIBOS DIZAYNI SOHASIGA O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(9), Oct., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA LIBOS DIZAYNI SOHASIGA O'QITISHNING SAMARALI METODLARI

Umarova Zuxra Sagdullaevna

K.Behzod nomidagi MRDI "Libos dizayni" kafedrasi o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Tel+998887073357 Elektron pochta: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada Oliy ta'lim muassasalarida libos dizayn ta'limiga o'qitishning samarali usullari va texnologiyalarining zamonaviy moda talablari asosidagi o 'ziga hosliklari o'rganilgan. Shuningdek, ta'lim jarayonida talabalarni muvaffaqiyatli professional faoliyatga tayyorlash uchun zarur bo'lgan metodlar tahlili ham maqoladan atroflicha yoritilgan.

Kalit soizlar: Dizayn, ijodkorlik va keng professional ko'nikmalar, libos dizayneri, loyihalash faoliyati.

ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ДИЗАЙНУ ОДЕЖДЫ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ

АННОТАЦИЯ

В статье изучаются эффективные методы и технологии обучения дизайну одежды в высших учебных заведениях, основанные на современных модных требованиях. Также подробно рассматривается анализ методов, необходимых для успешной подготовки студентов к профессиональной деятельности.

Ключевые слова: Дизайн, креативность и широкий профессиональный опыт, дизайнер одежды, проектная деятельность.

EFFECTIVE METHODS OF TEACHING CLOTHING DESIGN IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS

ANNOTATION

The article explores effective methods and technologies for teaching clothing design in higher educational institutions, based on modern fashion requirements. It also provides a detailed analysis of the methods necessary for successfully preparing students for professional activity.

Keywords: Design, creativity and broad professional skills, clothing designer, design activities.

Research BIB / Index Copernicus

KIRISH

So'nggi yillarda Oliy ta'lim muassasalarida "Libos dizayni" ta'lim tizimiga malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha yuqori talablar qo'yilmoqda. Moda sohasining san'at, sanoat, iqtisodiyot sohalar doirasida faoliyat yuritishini inobatga olgan holda qayd etish joizki, libos dizaynerlari professional mahorat, ijodiy qobiliyatlar, innovatsion qarashlar va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishlari kerak. Shu sababdan mamlakatimizda soha doirasida ta'lim jarayonlarini olib borayotgan oliygohlarda ta'limdagi ilg'or pedagogik texnologiyalar, metodlar va yondashuvlarni takomillashtirish vazifalari dolzarblashmoqda, bu esa libos dizaynerlarining sifatli professional tayyorgarligi va kompetentsiyasini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD.

Jahon miqyosida dizayn sohasi tajribasiga bag'ishlangan fundamental adabiyotlar va bu boradagi ijodiy hamda ilmiy tadqiqot izlanishlarni N.A.Berdyayev, V.I.Vernadskiy, T.Maltus, N.N.Moiseyeva, B.S.Gershunskiy, V.V. Krayevskiy, P.F.Kubrushko, V.S.Ledneva, N.D. Nikandrova, I.P. Smirnova, V.V.Shukina; oliy ta'lim tizimlarida aktual bo'lgan o'qitish metodologiyasi bo'yicha tadqiqotlar Badmeyeva Y.S, V.V.Buxinnik, Yeliner L.V, G.D.Buxarova, V.I.Juravleva, V.M.Jurakovskiy, V.V. Krayevskiy, I.P.Smirnova, A.I.Subetto, S.M.Markova, Ye.V.Tkachenko; dizayn sohalarining konseptual faoliyat mexanizmlari asosida faoliyat olib borishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini, hamda uning talabalarning yetuk ijodiy fikrga ega shaxs sifatida rivojlanishlaridagi o'rni borasidagi tadqiqotlar N.M.Kojuxovskaya, L.N.Klimova, A.N.Klenina, N.M.Boritko, A.A.Bodaleva A.G.Kalashnikova, V.A.Kozireva, O.P.Tarasova S.S.Molojavskiy, Y.S.Manuylova, L.I.Novikova, A.V.Petrovskiy, A.V.Rogova, V.D. Semenova, D.I.Feldshteyn, D.B. Elkonina uzluksiz professional dizayn ta'limi bo'yicha konseptual tadiqiqotlar A.M.Novikova, P.N.Novikova, Ye.V.Tkachenkolar tomonidan tayyorlangan dizayn ta'limiga doir adabiyotlar, turli xrestomatiyalar va ilmiy-nazariy maqolalar hamda dizayn ta'limining metodik asoslariga doir manbalar sifatida tahlil etiladi.1

MUHOKAMA

Libos dizayni - bu kiyim-kechak va aksessuarlarda, estetika va tabiiy go'zallikni qo'llash san'ati. Unga madaniyat va turli tendentsiyalar ta'sir ko'rsatadi. Dizaynerlar-bu hali kelmagan voqe'likning uyg'un idrok etilgan holda uning moddiy shakllarini yaratadilar. Shuningdek kostyum dizaynerining faoliyati "inson - narsa -

1 Z.S.Umarova, F.S.Abdullayeva. Libos dizayni ta'limi:talabalarda kasb malakalarini shakllantirishning aktual muammolari. /"Ta'lim va iinovatsion tadqiqot" Xalqaro ilmiy-metodik jurnali//2024, 241-246b.

Research BIB / Index Copernicus

atrof-muhit" tizimida bog'lovchi rol o'ynaydi. U insonning individual va ijtimoiy qiyofasini hisobga olgan holda madaniy, iqtisodiy va ergonomik talablarini aks ettiruvchi yangi kostyum modellarini yaratishga qaratilgan. Bunday modellarni yaratish dizaynerdan zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyatni va zamonaviy badiiy madaniyatning rivojlanish tendentsiyalarini tushunishni, dizayn ishlab chiqarishni tashkil etish, shakllangan dizayn madaniyatini anglashni talab qiladi. Libos dizayni sohasida dizaynerning vazifasi ijodiy loyihalarini ishlab chiqishga asoslanadi. Shuning uchun, ushbu mutaxassislikni o'rganishning eng muhim usullaridan biri — loyiha faoliyati yondashuvi bo'lib, bu talabalarga individual ijodkorlik va keng professional ko'nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Loyiha faoliyati talabalarni mustaqil ma'lumot izlash ko'nikmalarini rivojlantirishga, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llashga, tanqidiy fikrlashni va ma'lumot bilan ishlashni o'rganishga yo'naltiriradi.2 Loyiha metodining qo'llanilishi muammoli ta'limni tashkil etishda asosiy o'rinni egallaydi, bunda talabalarga aniq va ravshan shartlar bilan yechimini talab qiluvchi vazifa qo'yiladi. Bunday ta'lim usuli talabalarning o'rganilayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi, chuqur bilim olishga rag'batlantiradi, mustaqil ravishda ma'lumot to'plash va tahlil qilish ko'nikmalarini, shuningdek, jamoada ishlashni o'rgatadi. Muammoli ta'lim metodining tayyor natijasi — berilgan vazifani yechimini taqdim etuvchi loyiha bo'ladi.

Bir maqsadga yo'naltirilgan va talabalarning libos yaratishga qiziqishini uyg'otadigan samarali usullardan biri — loyiha bo'yicha guruhda ishlashdir. Jamoada ishlash samarali ta'lim va professional kommunikatsiya ko'nikmalarini egallashning ajralmas qismidir. Bu yondashuv talabalarga ijodiy jarayonda maksimal darajada integratsiyalashish imkonini beradi.3 Guruhda ishlash orqali libos loyihalarini yaratish, talabalar uchun ayniqsa qiziqarli bo'lib, amaliy ijtimoiy yo'naltirilgan vazifalarni, oson hal qilishga yordam beradi. Vazifani bajarish jarayonida loyiha bosqichlarini ishlab chiqish ko'nikmalarini rivojlantirish ham juda muhimdir, bu esa ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga mos keladi: Loyihalanayotgan liboslarning eskizlarini chizish, ularni konstruksiyasini qurish va modellashtirish, namunaviy modelni yaratish va texnik hujjatlarni tayyorlash kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.

Ta'lim jarayonida talabalarning bilimi va kompetensiyalarini oshirishning muhim usuli bu o'quv jarayonini ishlab chiqarish amaliyotiga uzviy holda bog'lashdir. Ishlab chiqarish amaliyoti davomida talaba chuqur amaliy kasbiy bilimlar va ko'nikmalarni oladi, ta'lim jarayonida olingan nazariy bilimlarini amalda

2 Щеглова Т.М. Инновационные технологии и методы обучения при компетентностям подходе в подготовке специалистов дизайна одежды // Вестник Воронежского государственного университета.

3 Кормакова В.Н., Щеглова Т.М. Технологии формирования профессиональной компетентности будущих специалистов дизайна одежды // Вопросы журналистики, педагогики, языкознания, 2013. №

Research BIB / Index Copernicus

qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladi va professional rivojlanishga bo'lgan motivatsiyasini oshiradi.4 Afsuski, hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida ishlab chiqarish amaliyotini yetarlicha tashkil etishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, va ko'pincha laboratoriya sharoitida o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlar uning o'rnini bosmoqda. Ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning libos dizayni sohasiga kerakli va malakali kadr bo'lishda muhim rol o'ynaydi, bu nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki muvaffaqiyatli kar'era uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikmalarni olish imkonini beradi.

Shuningdek talabalarda sohaga oid ko'nikmalarini oshirish usullari quyidagilardan iborat:

1.Sanoat bilan hamkorlik: Mahalliy korxonalar va brendlar bilan hamkorlik o'rnatish, bu amaliyot uchun barqaror asos yaratishga yordam beradi.

2.Innovatsion amaliyot shakllari: Laboratoriya mashg'ulotlarini qulay sharoitlarda loyiha ishlari bilan birlashtiruvchi gibrid modellarning joriy etilishi, masalan, stajirovkalar yoki hamkorlikdagi loyihalar.

3.Davlat va chet-el davlatlari yoki tashkilotlardan qo'llab-quvvatlash: O'quv muassasalariga amaliyot tashkil etishda yordam berishi mumkin bo'lgan grantlar.

Bu kabi nazariya va amaliyotning uyg'unligi, shuningdek, sanoat bilan faol aloqalar kiyim dizayni sohasidagi ta'lim sifatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Shuningdek libos dizayni sohasini o'rganayotgan talabalarga san'at tarixi, moda tarixi, zamonaviy san'at nazariyasi va amaliyoti bo'yicha bilimlarni oshirish muhimdir. Shu maqsadda, ma'ruza materiallaridan tashqari, ta'lim jarayoniga muzeylarga, ijodiy ko'rgazmalarga va mashhur moda uylariga tashrif buyurishni kiritish muhimdir. Bu esa keyinchalik o'z ijodiy g'oyalarini amalga oshirish uchun asos bo'ladi.

Zamonaviy ta'limning ajralmas qismi sifatida raqamli texnologiyalarni qo'llash ham muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda, dizayn sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun hajmli-grafik modellashtirish vositalaridan, jumladan, kompyuter grafikasidan foydalanish professional faoliyatning muhim qismiga aylangan. Axborot texnologiyalari talabalarning loyiha va texnologik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, grafik dasturlar bilan ishlash, Fashion illyustrastiya fanida zamonaviy "Procreate" dasturini qo'llash, Liboslarni konstruksiyalash fanida "Gemeni" va "3D Cloud" dasturlari orqali liboslar konstruksyalarni qurish albatta o'quv jarayonida talabalarda raqamli texnologiyalar imkoniyatidan foydalangan holda samarali bilim olishlari imkoniyatini yaratadi.

4 Кадиева Н.В. Профессиональная подготовка дизайнера с учетом требований региональных промышленных предприятий // Ped.Rev., 2015. № 2 (8). С. 30-36.

Research BIB / Index Copernicus

Ta'limda raqamli texnologiyalami qo'llash imkoniyatlari talabalarning ta'limga, ilmiy faoliyatga bo'lgan motivatsiyasini oshiradi, o'qish jarayonini mustaqil ravishda tashkil etish ko'nikmalarini beradi va o'qishga bo'lgan qiziqishni rag'batlantiradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, oliy ta'lim muassasalarida libos dizayni sohasiga o'qitishda talabalarning professional kompetensiyasini shakllantirishga, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga, ijodiy o'zini namoyon etishga va individual sifatlarni ko'rsatishga yordam berish orqali sifatli ta'lim berish har bir ta'lim dargohining vazifasi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES):

1. Z.S.Umarova, F.S.Abdullayeva. Libos dizayni ta'limi:talabalarda kasb malakalarini shakllantirishning aktual muammolari. /"Ta'lim va iinovatsion tadqiqot" Xalqaro ilmiy-metodik jurnali//2024, 241-246b.

2. 2.Щеглова Т.М. Инновационные технологии и методы обучения при компетентностям подходе в подготовке специалистов дизайна одежды // Вестник Воронежского государственного университета. Серия: Проблемы высшего образования, 2012. №.1. С. 160-160.

3. Кормакова В.Н., Щеглова Т.М. Технологии формирования профессиональной компетентности будущих специалистов дизайна одежды // Вопросы журналистики, педагогики, языкознания, 2013. № 20 (163). С. 439.

4. Кадиева Н.В. Профессиональная подготовка дизайнера с учетом требований региональных промышленных предприятий // Ped.Rev., 2015. № 2 (8). С. 30-36.4.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.